Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
516 subscribers
7.28K photos
768 videos
147 files
910 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴🟦🟦🟦

Kitob ulashish — ezgu maqsad sari tashlangan qadam

📍Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Sanepidqo‘mita raisi Bahodir Yusupaliyev tomonidan o‘quvchilarga kitoblar ulashish tadbiri tashkil etildi.

⚡️Tadbir davomida o‘quvchilarga kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, uning bilim va dunyoqarashni kengaytirishdagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.

📊Uchrashuvda "Kitob — insonning eng yaqin do‘sti, ma’naviy boylik manbai va kelajak sari eltuvchi muhim vositalardan biridir. Kitob o‘qigan bolaning fikrlashi, so‘z boyligi, dunyoqarashi va mustaqil mushohada yuritish qobiliyati rivojlanadi. Ayniqsa, siz kabi yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni mutolaaga oshno qilish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir." - dedi Bahodir Yusupaliyev

☑️Tadbirda o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qilinib, ularni muntazam mutolaa qilishga, olgan bilimlarini hayotda qo‘llashga va tengdoshlari bilan o‘qigan asarlari haqida fikr almashishga chaqirildi.

📌Bunday ezgu tashabbuslar yoshlarning ma’naviy kamoloti, bilimga bo‘lgan qiziqishi va kitobxonlikka mehrini oshirishga xizmat qiladi. Zero, kitobga oshno qalb — ezgulikka, ilmga va yuksak maqsadlarga intiladi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐟 Baliq iste’moli organizm uchun foydali!

Baliq - inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan oqsil, omega-3 yog‘ kislotalari, vitamin va minerallarga boy oziq-ovqat mahsulotidir. Uni muntazam va me’yorida iste’mol qilish sog‘lom ovqatlanish ratsionini yanada boyitadi.
🔹 Omega-3 yog‘ kislotalari yurak-qon tomir tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
🔹 Sifatli oqsil mushaklar va organizm to‘qimalarining normal rivojlanishi uchun muhim.
🔹 Vitamin va minerallar jumladan, D vitamini, B guruhi vitaminlari, yod va selen organizmning turli jarayonlarida muhim ahamiyatga ega.
⚠️ Biroq baliq tanlash va tayyorlashda oziq-ovqat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur. Faqat sifati va saqlash sharoiti talabga javob beradigan baliq mahsulotlarini xarid qiling.
🍽️ Baliqni yetarli darajada issiqlik bilan pishirib iste’mol qilish, xom yoki yaxshi pishmagan baliqdan saqlanish tavsiya etiladi.
🩺 MUTAXASSIS TAVSIYASI: GRIPPNING OLDINI OLISHDA EMLASH MUHIM

🤧 Gripp — mavsumiy ravishda keng tarqaladigan yuqumli kasalliklardan biri. Kasallikning oldini olishda emlash muhim himoya choralaridan hisoblanadi.

🎙 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Epidemiologiya bo‘limi mudiri F. Imomov bilan suhbat

— Grippga qarshi emlash nima uchun muhim?
👨‍⚕️ F. Imomov:
— Gripp virusi tez tarqaladi va ayniqsa bolalar, keksalar, homilador ayollar hamda surunkali kasalligi bo‘lgan shaxslarda og‘ir kechishi mumkin. Emlash organizmda gripp virusiga qarshi himoya shakllanishiga yordam beradi.
— Emlanish gripp bilan kasallanishning oldini oladimi?
👨‍⚕️ F. Imomov:
— Vaksina grippdan 100 foiz kafolat bermaydi, chunki gripp viruslari o‘zgarib turadi. Ammo emlanganlarda kasallikning og‘ir kechishi va asoratlar xavfi kamayadi.
— Qachon emlanish maqsadga muvofiq?
👨‍⚕️ F. Imomov:
— Gripp mavsumi boshlanishidan oldin emlanish maqsadga muvofiq. Vaksina turi va emlash tartibi bo‘yicha tibbiyot xodimining tavsiyasiga amal qilish kerak.
— Grippdan himoyalanish uchun yana nimalarga e’tibor berish lozim?
👨‍⚕️ F. Imomov:
— Qo‘llarni muntazam yuvish, xonalarni shamollatish, gavjum joylarda ehtiyot bo‘lish, yo‘talish va aksirish odobiga rioya qilish hamda kasallik belgilari kuzatilganda shifokorga murojaat qilish muhim.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!

Korrupsiyaga qarshi kurashish — har birimizning fuqarolik burchimiz. Quyidagi audio murojaatda korrupsiyaviy holatlarga duch kelgan taqdirda qayerga va qanday tartibda murojaat qilish mumkinligi haqida muhim ma’lumotlar berilgan.

📞 Ishonch telefonlari:

🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi — 1203

🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (93) 0632400

➡️ Audioni tinglang va yaqinlaringiz bilan ham ulashing!

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi — davlat va jamiyat manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlardir. Halollik, ochiqlik, xolislik hamda qonun ustuvorligini ta’minlashda har bir fuqaroning faolligi muhim ahamiyatga ega.

📞 Ishonch telefonlari:
🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi1203
🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (74) 227-60-19
☎️ (74) 227-60-45
📱(93) 063-24-00
⚖️ Korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi yoki boshqa qonunbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang va murojaat qiling.
🤖 Ushbu lavha sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari yordamida yaratildi.
Forwarded from SanEpidQo'mita Jalaquduq tuman bo'limi (Обиджон)
🔰 " Uch avlod " uchrashuvi maʼnaviy marifiy tadbiri o‘tkazildi.

🏦 Sanepidqoʼmita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limida O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi Jalaquduq tuman kengashi, Nuroniylar kengashi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda madaniy-marifiy tadbir o‘tkazildi.

🎰 Tadbirni Nuroniylar kengashi tuman bo‘limi boshlig‘i, xalq deputatlari Jalaquduq tumani kengashi deputati A. Qurbonov kirish so‘zi bilan ochib, yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari bo‘yicha malumotlar berdi.

🏵 Sanepidqoʼmita tizimida uzoq yillar davomida faoliyat yuritayotgan mehnat fahriysi X. Mamadaliev mustabit tuzim davridagi va istiqlol davrlaridagi sohadagi ish jarayonlari tafovutini aniq misollar bilan o‘z hayotiy tajribalari misolida tariflab berdi.

📚O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi atoqli shoir va adib T. Yusubjonov boshchiligidagi tumanda ijod qilayotgan ijodkorlar Maqsadiy, A. Matqosimovlar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Ularning vatanparvarlik ruhidagi yangi ijod mahsullaridan tinglandi.

🎼 Tumandagi 18- sonli musiqa va sanʼat maktabi o‘quvchilari ijrosidagi qo‘shiqlar hamda raqslar tadbirga o‘zgacha shukuh berdi.

🚨 Mehnat faoliyatini yangi boshlagan mutahasislar va o‘rta avlod vakillarining shukronalik ruhidagi fikrlari tinglandi.

Sanepidqoʼmita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi.