Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
517 subscribers
7.27K photos
765 videos
147 files
910 links
Download Telegram
🍽 MAKTAB OSHXONALARIDA XAVFSIZ OVQATLANISH MUHIM.

🏫 Maktab oshxonalarida o‘quvchilar uchun taom tayyorlash va tarqatishda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish bolalar salomatligini asrashning muhim shartlaridan biridir.
🥗 O‘quvchilar ovqatlanishida quyidagi talablarga amal qilinishi lozim:
🔹 Taomlar o‘quvchilarning yoshi va fiziologik ehtiyojlariga mos, to‘yimli hamda muvozanatli bo‘lishi;
🔹 Kundalik taomnoma belgilangan tartibda tuzilishi va tasdiqlanishi;
🔹 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lishi;
🔹 Tez buziluvchi mahsulotlar belgilangan harorat sharoitida saqlanishi;
🔹 Xom va tayyor mahsulotlar alohida saqlanishi hamda ular bilan ishlashda sanitariya qoidalariga rioya qilinishi;
🔹 Tayyor taomlarni belgilangan talablar asosida saqlash va o‘quvchilarga o‘z vaqtida tarqatish;
👩‍🍳 Oshxona xodimlari ham alohida nazoratda!
🔸 Taom tayyorlash va tarqatishda ishtirok etuvchi xodimlar belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi;
🔸 Xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qat’iy rioya qilishi;
🔸 Ish jarayonida toza maxsus kiyimlardan foydalanishi;
🔸 Yuqumli kasallik alomatlari kuzatilgan xodimlarning oziq-ovqat bilan ishlashiga yo‘l qo‘yilmasligi muhim.
🧼 Shuningdek, oshxona xonalari, jihozlar va idish-tovoqlarning tozaligi muntazam ta’minlanishi, ichimlik suvi sifati esa sanitariya talablariga javob berishi kerak.
⚠️ Unutmang! Oshxonadagi sanitariya talablariga beparvolik o‘quvchilar o‘rtasida oziq-ovqatdan zaharlanish va yuqumli kasalliklar tarqalishiga olib kelishi mumkin.
🛒 Paxtaobod dehqon bozorida oziq-ovqat xavfsizligi nazorat qilindi

♻️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan dehqon bozorida sanitariya targ‘iboti va nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
📌Tadbir davomida bozordagi oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya talablariga muvofiqligi, ularning saqlanishi va sotilish sharoitlariga e’tibor qaratildi.
🧪 Shuningdek, ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan mahsulotlar yuzasidan kunlik ekspertiza xulosalari berilayotganligi monitoring qilindi.
⚠️ Mutaxassislar tomonidan savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya talablariga rioya qilgan holda saqlash va realizatsiya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bunday nazorat tadbirlari aholi dasturxoniga xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetib borishini ta’minlashga asos bo’ladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟢🟦🟦🟦

Gepatit A dan himoyalaning!

‼️Gepatit A — xavfli yuqumli kasallikdir. Kasallik ko‘pincha yuvilmagan qo‘llar, ifloslangan suv hamda yaxshi yuvilmagan meva va sabzavotlar orqali yuqadi. Ayniqsa, bolalar va immuniteti sust kishilar kasallikka tez chalinishi mumkin.

♦️Qo‘llaringizni sovun bilan muntazam yuving, faqat toza ichimlik suvidan foydalaning va

♦️oziq-ovqat mahsulotlarini gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda iste’mol qiling.

✔️Unutmang, oddiy gigiyena qoidalariga amal qilish orqali o‘zingiz va yaqinlaringizni gepatit A kasalligidan asrashingiz mumkin.

💉Gepatit A ga qarshi vaksinatsiya kasallikning oldini olishning samarali usullaridan biridir. Emlash orqali organizmda gepatit A virusiga qarshi himoya shakllantiriladi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALAR REKLAMASIDA QONUN TALABLARIGA RIOYA ETING

☀️ O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar — oziq-ovqat xom ashyosini qayta ishlash yo‘li bilan yoki sun’iy usulda hosil qilingan hamda bevosita ovqat bilan birga iste’mol qilishga yoki oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qo‘shishga mo‘ljallangan tabiiy yoxud tabiiyga aynan o‘xshaydigan biologik faol moddalarning konsentratlari hisoblanadi.

♻️O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni 35-moddasiga ko‘ra, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar va oziq-ovqat qo‘shimchalari reklamasiga nisbatan qat’iy talablar belgilangan.

Batafsil: 👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/216205

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚫 KORRUPSIYANI YASHIRMA XABAR BER!

⚖️ Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan, qonun ustuvorligi va adolat tamoyillariga putur yetkazadigan illatdir.
‼️Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga befarq bo‘lmaslik barchamizning fuqarolik mas’uliyatimiz.
📢 Agar siz:
▪️ pora talab qilinishi yoki berilishiga;
▪️ mansab vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanilishiga;
▪️ tanish-bilishchilik yoki noqonuniy imtiyozlar berilishiga;
▪️ korrupsiyaga oid boshqa holatlarga duch kelsangiz,
❗️ BUNI YASHIRMANG XABAR BERING!
📞 Murojaat uchun:
🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi — 1203
🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (93) 063-24-00
🛡️ Korrupsiyaga qarshi kurash — halollik, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam.
🚻 Jamoat hojatxonasi sanitariya madaniyatining muhim ko‘rsatkichi

🧼 Jamoat joylaridagi hojatxonalar foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lishi bilan birga, sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi lozim. Tozalik va gigiyenaga rioya qilinmasligi esa turli infeksiyalar tarqalishiga sharoit yaratishi mumkin.
🔹 Jamoat hojatxonalarida quyidagi talablar muhim:
💧 Suv ta’minoti — hojatxona sifatli suv bilan ta’minlangan, qo‘l yuvish uchun yetarli sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak.
🧴 Gigiyena vositalari — qo‘l yuvish joylarida sovun va zarur gigiyenik vositalar bo‘lishi lozim.
💡 Yetarli yoritish — hojatxona xonalari va yondashuv joylarida sanitariya holatini nazorat qilish hamda xavfsiz foydalanish imkonini beradigan yetarli tabiiy yoki sun’iy yoritish ta’minlanishi zarur.
🌬️ Shamollatish — xonalarda havo almashinuvi yetarli bo‘lishi, yoqimsiz hidlar to‘planishining oldi olinishi kerak.
🧹 Tozalik — pol, devorlar, sanitariya jihozlari va boshqa yuzalar muntazam tozalanib, yuvilishi hamda belgilangan tartibda dezinfeksiya qilinishi lozim.
🚽 Sanitariya jihozlari — unitaz, rakovina va boshqa jihozlar soz holatda saqlanishi, oqova suvlarning o‘z vaqtida chiqarilishi ta’minlanishi kerak.
🗑️ Chiqindilarni yig‘ish — chiqindi uchun maxsus idishlar o‘rnatilib, ular o‘z vaqtida bo‘shatilishi va tozalanishi zarur.
🧽 Tozalash inventarlari — tozalash vositalari va inventarlar belgilangan tartibda saqlanishi, ulardan sanitariya talablariga muvofiq foydalanilishi kerak.
Qulaylik va xavfsizlik — imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ham foydalanishga qulay sharoitlar yaratish muhim.
⚠️ Yodda tuting: jamoat hojatxonasidagi ozodalik shaxsiy gigiyena emas, balki jamoat salomatligini muhofaza qilishning ham muhim qismidir.
📚 Gigiyenik bilim salomatlik asosi.

🏢 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Xo‘jaobod tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan FAZO GROUP MChJ tikuv-trikotaj korxonasi oshxonasi xodimlari uchun “Fuqarolarni gigiyenik o‘qitish va tarbiyalash” kursi tashkil etildi.
🧼 Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi oshxona xodimlarida shaxsiy gigiyena, sanitariya talablariga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan xavfsiz ishlash hamda sog‘lom turmush tarziga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
🥗 O‘quv jarayonida oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri qabul qilish va saqlash, taom tayyorlash jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish, qo‘l va ish kiyimi tozaligiga rioya etish, oshxona jihozlarini sanitariya holatida saqlash, shuningdek, ovqatdan zaharlanish va yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴🟦🟦

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi natijalari bo‘yicha brifing

🎙Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari M.Saidova ishtirokida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi natijalari bo‘yicha brifing o‘tkazildi.

📌2026-yilning o‘tgan 8 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 3 183 ta murojaat kelib tushgan.

Batafsil: 👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/216421

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👏1
🧪 BOLALAR UCHUN YEGULIKLAR LABORATORIYADA QANDAY TEKSHIRILADI?

👶 Bolalar iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi alohida nazoratni talab qiladi. Chunki mahsulotning tashqi ko‘rinishi yoki mazasi yaxshi bo‘lishi uning to‘liq xavfsiz ekanini anglatmaydi.
🔬 Laboratoriya tekshiruvlari davomida nimalarga e’tibor beriladi?
🦠 Mikrobiologik ko‘rsatkichlar — mahsulotda inson salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan mikroorganizmlar, jumladan, ayrim patogen bakteriyalar mavjudligi va miqdori aniqlanadi.
🧫 Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlar — mahsulot turiga qarab uning tarkibi va belgilangan me’yorlarga muvofiqligi baholanadi.
☢️ Xavfsizlik ko‘rsatkichlari — ayrim mahsulotlarda toksik elementlar, mikotoksinlar, pestitsidlar, antibiotik qoldiqlari hamda boshqa zararli moddalar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkaziladi.
👃 Organoleptik baholash — mahsulotning tashqi ko‘rinishi, hidi, ta’mi, rangi va konsistensiyasi ham baholanadi.
🍼 Ayniqsa, go‘daklar uchun mo‘ljallangan quruq sutli aralashmalar kabi mahsulotlarda mikrobiologik xavfsizlik masalasiga yanada jiddiy e’tibor qaratiladi.
📌 Muhimi, laboratoriya tekshiruvlari mahsulot turiga qarab amalga oshiriladi. Har bir mahsulot uchun belgilangan sanitariya me’yorlari va xavfsizlik ko‘rsatkichlari mavjud.
⚠️ Laboratoriya nazorati bolalar dasturxoniga yetib boradigan mahsulot xavfsizligini ta’minlashning muhim!
💉 VAKSINATSIYA BOLANGIZNI YUQUMLI KASALLIKLARDAN HIMOYA QILADI!

👶 Farzand salomatligini asrash uning hayotining ilk kunlaridanoq boshlanadi. Vaksinatsiya esa bolalarni qator yuqumli kasalliklardan himoyalashning eng muhim va samarali usullaridan biridir.
🛡️ Vaksina organizmga infeksiyani yengishga yordam beradigan immun himoyani shakllantiradi. Natijada bola ayrim yuqumli kasalliklarga duch kelganda kasallikni yengilroq o‘tkazishi yoki umuman kasallanmasligi mumkin.
🦠 Vaksinatsiya orqali qizamiq, poliomiyelit, ko‘kyo‘tal, difteriya, qoqshol, gepatit B kabi jiddiy kasalliklarning oldini olish mumkin.
👨‍👩‍👧‍👦 Nafaqat bir bola, balki butun jamiyat himoyalanadi. Aholining yetarli darajada emlanishi yuqumli kasalliklarning tarqalishini kamaytirib, emlanish imkoniyati cheklangan bolalar va boshqa himoyaga muhtoj guruhlarni ham asrashga yordam beradi.
📅 Emlashni o‘z vaqtida olish muhim. Bolaning yoshiga mos vaksinalar Milliy emlash taqvimiga muvofiq amalga oshiriladi. Emlash muddatlarini o‘tkazib yubormaslik va zarur hollarda tibbiyot xodimidan maslahat olish lozim.
⚠️ Emlash masalasida turli asossiz ma’lumotlarga emas, tibbiyot xodimlari va rasmiy tibbiy manbalarga tayaning.
🔰 Quturishdan ehtiyot bo‘ling!

🐕‍🦺 Quturish — asosan kasallangan hayvonlarning so‘lagi orqali, tishlash yoki tirnash natijasida yuqadigan, markaziy asab tizimini zararlovchi o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir.
⚠️ Hayvon tishlagan yoki tirnagan taqdirda jarohatni darhol sovunlab oqar suvda yuvish va zudlik bilan tibbiy muassasaga murojaat qilish lozim.
🔰 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi mutaxassislari tomonidan 17-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktabida quturish kasalligining oldini olish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
🤝 Hamkor tashkilotlar ishtirokida mahallalar, korxona va muassasalar hamda maktablarda quturishning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴🟦🟦🟦

Kitob ulashish — ezgu maqsad sari tashlangan qadam

📍Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Sanepidqo‘mita raisi Bahodir Yusupaliyev tomonidan o‘quvchilarga kitoblar ulashish tadbiri tashkil etildi.

⚡️Tadbir davomida o‘quvchilarga kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, uning bilim va dunyoqarashni kengaytirishdagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.

📊Uchrashuvda "Kitob — insonning eng yaqin do‘sti, ma’naviy boylik manbai va kelajak sari eltuvchi muhim vositalardan biridir. Kitob o‘qigan bolaning fikrlashi, so‘z boyligi, dunyoqarashi va mustaqil mushohada yuritish qobiliyati rivojlanadi. Ayniqsa, siz kabi yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni mutolaaga oshno qilish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir." - dedi Bahodir Yusupaliyev

☑️Tadbirda o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qilinib, ularni muntazam mutolaa qilishga, olgan bilimlarini hayotda qo‘llashga va tengdoshlari bilan o‘qigan asarlari haqida fikr almashishga chaqirildi.

📌Bunday ezgu tashabbuslar yoshlarning ma’naviy kamoloti, bilimga bo‘lgan qiziqishi va kitobxonlikka mehrini oshirishga xizmat qiladi. Zero, kitobga oshno qalb — ezgulikka, ilmga va yuksak maqsadlarga intiladi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM