Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
516 subscribers
7.27K photos
763 videos
147 files
909 links
Download Telegram
CHANG BO‘RONLARI ATROF-MUHIT VA AHOLI TURMUSHIGA SALBIY TA’SIR ETUVCHI OMIL

🌫️ Kuchli shamol natijasida havoga katta miqdorda chang va mayda zarrachalar ko‘tarilishi chang bo‘ronlarini yuzaga keltiradi. Bunday tabiiy hodisa nafaqat atrof-muhitga, balki aholining kundalik hayotiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
🌱 Atrof-muhitga ta’siri:
🔸 havo sifati yomonlashadi;
🔸 tuproqning unumdor qatlami shamol bilan ko‘chadi;
🔸 o‘simliklar chang bilan qoplanib, rivojlanishi qiyinlashadi;
🔸 ko‘rish masofasi qisqarib, transport harakatiga xavf tug‘iladi;
🔸 hududlarda ekologik holat yomonlashishi mumkin.
😷 Aholi turmushiga ta’siri:
Chang bo‘ronlari vaqtida havodagi mayda zarrachalar nafas yo‘llariga kirib, yo‘tal, tomoq va ko‘zlarning achishishi, nafas olishda noqulaylik kabi holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, bolalar, keksalar va nafas yo‘llari kasalliklariga moyil insonlar ehtiyot choralariga amal qilishi muhim.
🛡️ Chang bo‘roni kuzatilganda:
🏠 imkon qadar ochiq havoda bo‘lishni cheklang;
😷 tashqariga chiqishda niqobdan foydalaning;
🪟 deraza va eshiklarni yopiq tuting;
💧 yetarli miqdorda suv iching;
🚗 zarurat bo‘lmasa, uzoq masofaga avtomobilda harakatlanishni cheklang;
👁️ ko‘zlarni changdan asrang va zarur bo‘lsa, himoya ko‘zoynagidan foydalaning.
1
🍽 MAKTAB OSHXONALARIDA XAVFSIZ OVQATLANISH MUHIM.

🏫 Maktab oshxonalarida o‘quvchilar uchun taom tayyorlash va tarqatishda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish bolalar salomatligini asrashning muhim shartlaridan biridir.
🥗 O‘quvchilar ovqatlanishida quyidagi talablarga amal qilinishi lozim:
🔹 Taomlar o‘quvchilarning yoshi va fiziologik ehtiyojlariga mos, to‘yimli hamda muvozanatli bo‘lishi;
🔹 Kundalik taomnoma belgilangan tartibda tuzilishi va tasdiqlanishi;
🔹 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lishi;
🔹 Tez buziluvchi mahsulotlar belgilangan harorat sharoitida saqlanishi;
🔹 Xom va tayyor mahsulotlar alohida saqlanishi hamda ular bilan ishlashda sanitariya qoidalariga rioya qilinishi;
🔹 Tayyor taomlarni belgilangan talablar asosida saqlash va o‘quvchilarga o‘z vaqtida tarqatish;
👩‍🍳 Oshxona xodimlari ham alohida nazoratda!
🔸 Taom tayyorlash va tarqatishda ishtirok etuvchi xodimlar belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi;
🔸 Xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qat’iy rioya qilishi;
🔸 Ish jarayonida toza maxsus kiyimlardan foydalanishi;
🔸 Yuqumli kasallik alomatlari kuzatilgan xodimlarning oziq-ovqat bilan ishlashiga yo‘l qo‘yilmasligi muhim.
🧼 Shuningdek, oshxona xonalari, jihozlar va idish-tovoqlarning tozaligi muntazam ta’minlanishi, ichimlik suvi sifati esa sanitariya talablariga javob berishi kerak.
⚠️ Unutmang! Oshxonadagi sanitariya talablariga beparvolik o‘quvchilar o‘rtasida oziq-ovqatdan zaharlanish va yuqumli kasalliklar tarqalishiga olib kelishi mumkin.
🛒 Paxtaobod dehqon bozorida oziq-ovqat xavfsizligi nazorat qilindi

♻️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan dehqon bozorida sanitariya targ‘iboti va nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
📌Tadbir davomida bozordagi oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya talablariga muvofiqligi, ularning saqlanishi va sotilish sharoitlariga e’tibor qaratildi.
🧪 Shuningdek, ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan mahsulotlar yuzasidan kunlik ekspertiza xulosalari berilayotganligi monitoring qilindi.
⚠️ Mutaxassislar tomonidan savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya talablariga rioya qilgan holda saqlash va realizatsiya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bunday nazorat tadbirlari aholi dasturxoniga xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetib borishini ta’minlashga asos bo’ladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟢🟦🟦🟦

Gepatit A dan himoyalaning!

‼️Gepatit A — xavfli yuqumli kasallikdir. Kasallik ko‘pincha yuvilmagan qo‘llar, ifloslangan suv hamda yaxshi yuvilmagan meva va sabzavotlar orqali yuqadi. Ayniqsa, bolalar va immuniteti sust kishilar kasallikka tez chalinishi mumkin.

♦️Qo‘llaringizni sovun bilan muntazam yuving, faqat toza ichimlik suvidan foydalaning va

♦️oziq-ovqat mahsulotlarini gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda iste’mol qiling.

✔️Unutmang, oddiy gigiyena qoidalariga amal qilish orqali o‘zingiz va yaqinlaringizni gepatit A kasalligidan asrashingiz mumkin.

💉Gepatit A ga qarshi vaksinatsiya kasallikning oldini olishning samarali usullaridan biridir. Emlash orqali organizmda gepatit A virusiga qarshi himoya shakllantiriladi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALAR REKLAMASIDA QONUN TALABLARIGA RIOYA ETING

☀️ O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar — oziq-ovqat xom ashyosini qayta ishlash yo‘li bilan yoki sun’iy usulda hosil qilingan hamda bevosita ovqat bilan birga iste’mol qilishga yoki oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qo‘shishga mo‘ljallangan tabiiy yoxud tabiiyga aynan o‘xshaydigan biologik faol moddalarning konsentratlari hisoblanadi.

♻️O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni 35-moddasiga ko‘ra, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar va oziq-ovqat qo‘shimchalari reklamasiga nisbatan qat’iy talablar belgilangan.

Batafsil: 👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/216205

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚫 KORRUPSIYANI YASHIRMA XABAR BER!

⚖️ Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan, qonun ustuvorligi va adolat tamoyillariga putur yetkazadigan illatdir.
‼️Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga befarq bo‘lmaslik barchamizning fuqarolik mas’uliyatimiz.
📢 Agar siz:
▪️ pora talab qilinishi yoki berilishiga;
▪️ mansab vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanilishiga;
▪️ tanish-bilishchilik yoki noqonuniy imtiyozlar berilishiga;
▪️ korrupsiyaga oid boshqa holatlarga duch kelsangiz,
❗️ BUNI YASHIRMANG XABAR BERING!
📞 Murojaat uchun:
🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi — 1203
🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (93) 063-24-00
🛡️ Korrupsiyaga qarshi kurash — halollik, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam.
🚻 Jamoat hojatxonasi sanitariya madaniyatining muhim ko‘rsatkichi

🧼 Jamoat joylaridagi hojatxonalar foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lishi bilan birga, sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi lozim. Tozalik va gigiyenaga rioya qilinmasligi esa turli infeksiyalar tarqalishiga sharoit yaratishi mumkin.
🔹 Jamoat hojatxonalarida quyidagi talablar muhim:
💧 Suv ta’minoti — hojatxona sifatli suv bilan ta’minlangan, qo‘l yuvish uchun yetarli sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak.
🧴 Gigiyena vositalari — qo‘l yuvish joylarida sovun va zarur gigiyenik vositalar bo‘lishi lozim.
💡 Yetarli yoritish — hojatxona xonalari va yondashuv joylarida sanitariya holatini nazorat qilish hamda xavfsiz foydalanish imkonini beradigan yetarli tabiiy yoki sun’iy yoritish ta’minlanishi zarur.
🌬️ Shamollatish — xonalarda havo almashinuvi yetarli bo‘lishi, yoqimsiz hidlar to‘planishining oldi olinishi kerak.
🧹 Tozalik — pol, devorlar, sanitariya jihozlari va boshqa yuzalar muntazam tozalanib, yuvilishi hamda belgilangan tartibda dezinfeksiya qilinishi lozim.
🚽 Sanitariya jihozlari — unitaz, rakovina va boshqa jihozlar soz holatda saqlanishi, oqova suvlarning o‘z vaqtida chiqarilishi ta’minlanishi kerak.
🗑️ Chiqindilarni yig‘ish — chiqindi uchun maxsus idishlar o‘rnatilib, ular o‘z vaqtida bo‘shatilishi va tozalanishi zarur.
🧽 Tozalash inventarlari — tozalash vositalari va inventarlar belgilangan tartibda saqlanishi, ulardan sanitariya talablariga muvofiq foydalanilishi kerak.
Qulaylik va xavfsizlik — imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ham foydalanishga qulay sharoitlar yaratish muhim.
⚠️ Yodda tuting: jamoat hojatxonasidagi ozodalik shaxsiy gigiyena emas, balki jamoat salomatligini muhofaza qilishning ham muhim qismidir.
📚 Gigiyenik bilim salomatlik asosi.

🏢 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Xo‘jaobod tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan FAZO GROUP MChJ tikuv-trikotaj korxonasi oshxonasi xodimlari uchun “Fuqarolarni gigiyenik o‘qitish va tarbiyalash” kursi tashkil etildi.
🧼 Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi oshxona xodimlarida shaxsiy gigiyena, sanitariya talablariga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan xavfsiz ishlash hamda sog‘lom turmush tarziga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
🥗 O‘quv jarayonida oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri qabul qilish va saqlash, taom tayyorlash jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish, qo‘l va ish kiyimi tozaligiga rioya etish, oshxona jihozlarini sanitariya holatida saqlash, shuningdek, ovqatdan zaharlanish va yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴🟦🟦

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi natijalari bo‘yicha brifing

🎙Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari M.Saidova ishtirokida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi natijalari bo‘yicha brifing o‘tkazildi.

📌2026-yilning o‘tgan 8 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 3 183 ta murojaat kelib tushgan.

Batafsil: 👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/216421

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👏1