Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
517 subscribers
7.26K photos
761 videos
147 files
906 links
Download Telegram
GEPATIT “SOKIN” KECHUVCHI, AMMO JIDDIY KASALLIK

Gepatit — jigarni zararlovchi virusli kasalliklar guruhi bo‘lib, uning A, B, C, D va E turlari mavjud. Ayrim turlari qisqa muddatda kechsa, boshqalari surunkali shaklga o‘tib, jigar sirrozi yoki saratoniga olib kelishi mumkin.
💧 GEPATIT A
Asosan ifloslangan suv va oziq-ovqat, shuningdek, qo‘l gigiyenasiga rioya qilmaslik orqali yuqadi.
🩸 GEPATIT B VA C
Asosan zararlangan qon va biologik suyuqliklar orqali yuqadi. Steril bo‘lmagan tibbiy yoki kosmetologik asboblar, shuningdek, himoyalanmagan jinsiy aloqa xavf omillaridan hisoblanadi.
🦠 GEPATIT D
Gepatit B virusi mavjud bo‘lgan holatdagina rivojlanadi. Shu sababli B gepatitiga qarshi emlanish D gepatitidan ham himoyalanishga yordam beradi.
🥗 GEPATIT E
Ko‘pincha ifloslangan suv va oziq-ovqat orqali yuqadi. Ayniqsa homilador ayollar uchun xavfli kechishi mumkin.
🛡️ OLDINI OLISH — ENG YAXSHI HIMOYA!
Qo‘llarni sovunlab tez-tez yuving.
Faqat toza va xavfsiz ichimlik suvidan foydalaning.
Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib iste’mol qiling.
Qon bilan ishlaydigan tibbiy va kosmetologik muolajalarda faqat steril asboblardan foydalaning.
Shaxsiy gigiyena buyumlarini — ustara, tish cho‘tkasi, manikyur anjomlarini boshqalar bilan bo‘lishmang.
Himoyalangan jinsiy hayot qoidalariga amal qiling.
💉 Gepatit A va B ga qarshi vaksinalar mavjud. Emlanish masalasida tibbiyot xodimiga murojaat qiling va belgilangan emlash jadvaliga rioya qiling.
XONADONLARDA DEZINFEKSIYA TADBIRLARI AMALGA OSHIRILDI.

🛡️Sanepidqo‘mita Bo‘ston tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan xonadonlarda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.

🧴 Dezinfeksiya — tashqi muhitdagi kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni yo‘q qilish yoki zararsizlantirishga qaratilgan tadbir.
🏠 Xonadon egalariga yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun:
🔹 xonalarni muntazam shamollatish va tozalash;
🔹 qo‘llarni sovunlab yuvish;
🔹 toza ichimlik suvidan foydalanish;
🔹 oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash;
🔹 meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish tavsiya etildi.
🛡️ Tozalik va sanitariya qoidalariga rioya qilish yuqumli kasalliklarning oldini olishning muhim omilidir!
⚖️ KORRUPSIYA QONUNBUZARLIK, UNGA MUROSASIZLIK — BURCH!

🔴 Korrupsiya nima?
Korrupsiya — mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy yoki o‘zga shaxslar manfaatlari yo‘lida noqonuniy foydalanish, shuningdek, bunday noqonuniy manfaatni olish yoki berish bilan bog‘liq xatti-harakatlardir.
⚠️ Manfaatlar to‘qnashuvi — xodimning shaxsiy manfaatdorligi uning xizmat vazifalarini xolis va beg‘araz bajarishiga ta’sir qilishi yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatdir. Bunday holatni yashirish ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yodda tuting!
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik qo‘llanilishi mumkin. Qilmishning xususiyatiga qarab jarima, muayyan huquqlardan mahrum qilish va boshqa jazo choralari, jumladan, ozodlikdan mahrum qilish jazosi ham nazarda tutilgan.
🛡 Korrupsiyaning oldini olish uchun:
qonun va xizmat qoidalariga qat’iy rioya qilish;
qarorlarni xolis va shaffof qabul qilish;
shaxsiy manfaatni xizmat manfaatidan ustun qo‘ymaslik;
manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda bu haqda belgilangan tartibda xabar berish;
korrupsiyaviy holatlarga befarq bo‘lmaslik.
👍1
⚠️ OZDIRUVCHI VOSITALAR HAR DOIM HAM BEZARAR EMAS!

💊Bugungi kunda ortiqcha vazndan tez xalos bo‘lish maqsadida turli xil biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) va ozdiruvchi vositalardan foydalanish keng tarqalmoqda. Ammo ularni mutaxassis tavsiyasisiz va nazoratsiz iste’mol qilish salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
🩺 Nimalarga olib kelishi mumkin?
🔸 yurak urishining tezlashishi, qon bosimining o‘zgarishi;
🔸 bosh aylanishi, holsizlik, uyqusizlik va asabiylashish;
🔸 ko‘ngil aynishi, ich ketishi yoki qabziyat;
🔸 suvsizlanish va organizmdagi mineral-tuzlar muvozanatining buzilishi;
🔸 jigar va buyrak faoliyatiga salbiy ta’sir;
🔸 ayrim hollarda allergik reaksiyalar va boshqa noxush holatlar.
❗️Ayniqsa, “tez va oson ozdiradi”, “100% tabiiy”, “nojo‘ya ta’siri yo‘q” kabi va’dalar bilan reklama qilinayotgan mahsulotlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim.
📌 Shuni unutmang: biologik faol qo‘shimcha dori vositasi o‘rnini bosa olmaydi. Har qanday qo‘shimchani, ayniqsa ozdiruvchi vositalarni qabul qilishdan avval shifokor yoki tegishli mutaxassis bilan maslahatlashish muhim.
🍗 PARRANDA GO‘SHTI TO‘G‘RI TANLOV VA TO‘G‘RI TAYYORLASH MUHIM!

Parranda go‘shti, ayniqsa tovuq go‘shti, organizm uchun zarur bo‘lgan yuqori sifatli oqsil manbalaridan biridir. Oqsil mushaklar, suyaklar va boshqa to‘qimalarning normal faoliyati uchun muhim hisoblanadi.
🔹 Oqsilga boy — organizmning o‘sishi va to‘qimalarning tiklanishida muhim ahamiyatga ega.
🔹 Vitamin va minerallar manbai — parranda go‘shtida B guruhi vitaminlari, shuningdek, temir, rux va boshqa mikroelementlar mavjud.
🔹 Yog‘siz qismlari foydaliroq — terisi olib tashlangan parranda go‘shtida yog‘ miqdori nisbatan kam bo‘lishi mumkin.
🔹 Turli taomlar uchun mos — qaynatish, dimlash yoki pechda pishirish kabi usullar go‘shtni tayyorlashning maqbul variantlaridan hisoblanadi.
⚠️ Eng muhimi — xavfsizlik!
Parranda go‘shti xom holatda turli mikroorganizmlar bilan ifloslangan bo‘lishi mumkin. Shu sababli:
go‘shtni faqat ishonchli savdo joylaridan xarid qiling;
xom go‘shtni tayyor mahsulotlardan alohida saqlang;
xom go‘sht bilan ishlagandan so‘ng qo‘l, pichoq va taxta kabi jihozlarni yaxshilab yuving;
parranda go‘shtini ichki qismi to‘liq pishguncha termik ishlovdan o‘tkazing;
tayyor taomni xom go‘sht bilan bir xil idishda saqlamang.
🛍️ Baliqchi markaziy bozorida noqonuniy savdo rastalari olib tashlandi.

📍 Sanepidqo’mita Baliqchi bo’limi xodimlari tomobidan tuman markaziy bozorida hududdagi tartibni ta’minlash, savdo joylaridan belgilangan tartibda foydalanish va sanitariya holatini yaxshilash maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida ruxsatsiz o‘rnatilgan va belgilangan talablarga javob bermaydigan savdo rastalari aniqlanib, ularni hududdan olib tashlash ishlari amalga oshirildi.
🤝 Tadbirkorlar bilan suhbatlar davomida savdo faoliyatini qonuniy asosda olib borish, belgilangan savdo joylaridan foydalanish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
📌Bozor hududida tartib va tozalikni ta’minlash, savdogarlar hamda xaridorlar uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha bunday nazorat tadbirlari davom ettiriladi.
🔴#sóragan_edingiz

Chet eldan olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa olish tartibi qanday?

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-noyabrdagi 720-son qarori bilan “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlangan bo‘lib, mazkur hujjatda sanitariya-epidemiologik xulosa olish tartibi to‘liq ko‘rsatib o‘tilgan.

✔️Chetdan olib kelinayotgan mahsulotga sanitariya-epidemiologik xulosa mahsulotning yaroqlilik davriga,

✔️ yaroqlilik muddatiga ega boʻlmagan mahsulotga esa — muddati koʻrsatilmasdan beriladi.

Aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida sanitariya-epidemiologik xulosa bir kalendar yildan oshmagan muddatga bir marotaba beriladi.

🔔Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining yorliqlarida qayd etilgan mahsulotning yaroqlilik muddatlari Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi sohaga oid normativ hujjatlarda qayd etilgan yaroqlilik muddatlaridan farq qilgan taqdirda, akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya tomonidan ularning qayd etilgan yaroqlilik muddatiga muvofiqligi va xavfsizlik koʻrsatkichlariga sinovlar oʻtkazilib, ijobiy baholanganidan soʻng respublika hududiga olib kirishga ruxsat etiladi.

📌Chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarning xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan oʻtkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun sinov bayonnomalari boʻlmasa sanitariya-epidemiologik xulosa berish rad etiladi.


⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM