🦠 QIZAMIQ JIDDIY YUQUMLI KASALLIK!
⚠️ Qizamiq — havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan, juda yuqumli virusli kasallik bo‘lib, ayniqsa bolalar orasida tez tarqalishi mumkin.
🌡 Asosiy belgilari:
🔹 yuqori isitma;
🔹 yo‘tal, aksirish, burun bitishi;
🔹 ko‘zlarning qizarishi va yoshlanishi;
🔹 og‘iz bo‘shlig‘ida mayda oq dog‘lar;
🔹 yuz va tanada toshmalar paydo bo‘lishi.
🚨 E’tibor bering!
Qizamiq pnevmoniya, o‘rta quloq yallig‘lanishi, ich ketishi hamda miya yallig‘lanishi kabi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.
💉 QIZAMIQDAN ENG ISHONCHLI HIMOYA EMLASH!
✅ Farzandingizni milliy emlash taqvimiga muvofiq o‘z vaqtida emlating;
✅ shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling;
✅ kasallik belgilari kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling;
✅ qizamiq bilan kasallangan shaxs bilan muloqotni cheklang.
❗ ESDA TUTING: Qizamiqning oldini olishda emlash eng samarali himoya vositasidir. Farzandingiz salomatligi uchun mas’uliyatli bo‘ling!

🏘 MAHALLABAY ISHLASH TIZIMI ORQALI XONADONLARDA TARG’IBOT TADBIRLARI AMALGA OSHIRILDI.
🔹Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Izboskan tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Istiqlol va Shodlik MFY hududlarida mahalla faollari bilan hamkorlikda aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
🚪 Xonadonma-xonadon yurilib, aholiga mavsumiy kasalliklar, jumladan virusli gepatit, suvchechak, ovqatdan zaharlanish, botulizm hamda zoonoz kasalliklarining kelib chiqish sabablari, oldini olish choralari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlari haqida tushuntirishlar berildi.
📌 Shuningdek, kasalliklarning oldini olishga oid eslatmalar tarqatilib, xonadonlarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.
🤝 Bunday mahallabay targ‘ibot va profilaktika ishlari aholining sanitariya madaniyatini oshirish hamda yuqumli kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda.
Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.
Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.
Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi.
“Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi.
Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi.
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi.
– dedi davlatimiz rahbari.

– O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti,
– dedi davlatimiz rahbari.
Facebook|Instagram|X
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi.
O‘tgan davrda Sharof Rashidov va Qarshi tumanlariga bir xil – 2 trillion 300 milliard so‘mdan kredit resursi berilgan.
Sharof Rashidov tumanida ushbu mablag‘ hisobidan 30 ming aholi kambag‘allikdan chiqarilgan bo‘lib, bir kishiga o‘rtacha 78 million so‘m to‘g‘ri kelgan. Qarshi tumanida esa 13 ming ehtiyojmandning sharoiti yaxshilanib, bir kishiga o‘rtacha 176 million so‘m sarflangan.
Qamashi va Piskent tumanlariga 1 trillion 100 milliard so‘mdan kredit berilgan. Qamashida 28 ming, Piskentda esa atigi 4,5 ming kambag‘al aholi bu toifadan chiqarilgan.
G‘uzor, Nishon, Muborak, Yangiqo‘rg‘on, Toyloq, Boysun, Oltinsoy, Bandixon, Beshariq, Farg‘ona tumanlari hamda Nurafshon, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ham shunday holat kuzatilayotgani aytildi.
Piskentda har bir odamni kambag‘allikdan chiqarishga 250 million so‘m kredit to‘g‘ri kelayotgani aytildi. Vaholanki, boshqa hududda shuncha pulga sanoatda yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi.
Ular zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranishlar va tezkor o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglamayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Hududlarda so‘nggi bir yilda tashkil qilingan 86 ming kichik korxonadan 15 mingtasi, ya’ni 17 foizi faoliyatini to‘xtatgan.
Bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarishga qiynalayotgani qayd etildi.
Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamchisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashni bilishi ko‘rsatildi.

GEPATIT “SOKIN” KECHUVCHI, AMMO JIDDIY KASALLIK
❗Gepatit — jigarni zararlovchi virusli kasalliklar guruhi bo‘lib, uning A, B, C, D va E turlari mavjud. Ayrim turlari qisqa muddatda kechsa, boshqalari surunkali shaklga o‘tib, jigar sirrozi yoki saratoniga olib kelishi mumkin.
💧 GEPATIT A
Asosan ifloslangan suv va oziq-ovqat, shuningdek, qo‘l gigiyenasiga rioya qilmaslik orqali yuqadi.
🩸 GEPATIT B VA C
Asosan zararlangan qon va biologik suyuqliklar orqali yuqadi. Steril bo‘lmagan tibbiy yoki kosmetologik asboblar, shuningdek, himoyalanmagan jinsiy aloqa xavf omillaridan hisoblanadi.
🦠 GEPATIT D
Gepatit B virusi mavjud bo‘lgan holatdagina rivojlanadi. Shu sababli B gepatitiga qarshi emlanish D gepatitidan ham himoyalanishga yordam beradi.
🥗 GEPATIT E
Ko‘pincha ifloslangan suv va oziq-ovqat orqali yuqadi. Ayniqsa homilador ayollar uchun xavfli kechishi mumkin.
🛡️ OLDINI OLISH — ENG YAXSHI HIMOYA!
✅ Qo‘llarni sovunlab tez-tez yuving.
✅ Faqat toza va xavfsiz ichimlik suvidan foydalaning.
✅ Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib iste’mol qiling.
✅ Qon bilan ishlaydigan tibbiy va kosmetologik muolajalarda faqat steril asboblardan foydalaning.
✅ Shaxsiy gigiyena buyumlarini — ustara, tish cho‘tkasi, manikyur anjomlarini boshqalar bilan bo‘lishmang.
✅ Himoyalangan jinsiy hayot qoidalariga amal qiling.
💉 Gepatit A va B ga qarshi vaksinalar mavjud. Emlanish masalasida tibbiyot xodimiga murojaat qiling va belgilangan emlash jadvaliga rioya qiling.

XONADONLARDA DEZINFEKSIYA TADBIRLARI AMALGA OSHIRILDI.
🛡️Sanepidqo‘mita Bo‘ston tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan xonadonlarda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.
🧴 Dezinfeksiya — tashqi muhitdagi kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni yo‘q qilish yoki zararsizlantirishga qaratilgan tadbir.
🏠 Xonadon egalariga yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun:
🔹 xonalarni muntazam shamollatish va tozalash;
🔹 qo‘llarni sovunlab yuvish;
🔹 toza ichimlik suvidan foydalanish;
🔹 oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash;
🔹 meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish tavsiya etildi.
🛡️ Tozalik va sanitariya qoidalariga rioya qilish yuqumli kasalliklarning oldini olishning muhim omilidir!

⚖️ KORRUPSIYA QONUNBUZARLIK, UNGA MUROSASIZLIK — BURCH!
🔴 Korrupsiya nima?
Korrupsiya — mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy yoki o‘zga shaxslar manfaatlari yo‘lida noqonuniy foydalanish, shuningdek, bunday noqonuniy manfaatni olish yoki berish bilan bog‘liq xatti-harakatlardir.
⚠️ Manfaatlar to‘qnashuvi — xodimning shaxsiy manfaatdorligi uning xizmat vazifalarini xolis va beg‘araz bajarishiga ta’sir qilishi yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatdir. Bunday holatni yashirish ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
❗Yodda tuting!
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik qo‘llanilishi mumkin. Qilmishning xususiyatiga qarab jarima, muayyan huquqlardan mahrum qilish va boshqa jazo choralari, jumladan, ozodlikdan mahrum qilish jazosi ham nazarda tutilgan.
🛡 Korrupsiyaning oldini olish uchun:
✅ qonun va xizmat qoidalariga qat’iy rioya qilish;
✅ qarorlarni xolis va shaffof qabul qilish;
✅ shaxsiy manfaatni xizmat manfaatidan ustun qo‘ymaslik;
✅ manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda bu haqda belgilangan tartibda xabar berish;
✅ korrupsiyaviy holatlarga befarq bo‘lmaslik.

👍1