🦠 YUQUMLI KASALLIKLARDAN HIMOYALANISH HAR BIRIMIZNING VAZIFAMIZ!
📍 Oltinko‘l tumani, Katta Oqtepa MFY hududida aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
🏠 Xonadonma-xonadon yurilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilindi. Suhbatlar davomida yuqumli kasalliklarning tarqalish yo‘llari, ulardan himoyalanish choralari va kasallik alomatlari kuzatilganda tibbiy yordamga murojaat qilish muhimligi tushuntirildi.
🩺 Jumladan, aholi e’tiboriga:
🔹 Qizamiq — emlash orqali oldini olish mumkin bo‘lgan yuqumli kasalliklardan biri ekani;
🔹 Virusli gepatitlar — shaxsiy gigiyena va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish muhimligi;
🔹 Quturish — hayvon tishlagan yoki tirnagan hollarda jarohatni zudlik bilan tibbiy muassasaga ko‘rsatish zarurligi;
🔹 Botulizm — uy sharoitida tayyorlangan konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozimligi haqida tavsiyalar berildi.
🧼 Shuningdek, qo‘l gigiyenasiga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish, ichimlik suvi xavfsizligiga e’tibor berish, xonadonlarda sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🇺🇿🇹🇷 ANQARADA XALQARO TADBIRDA ISHTIROK ETILMOQDA.
📍 Turkiya Respublikasining Anqara shahrida jamoat salomatligi sohasida favqulodda vaziyatlarni boshqarish va ularga tezkor javob choralarini ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbir o‘tkazilmoqda.
🌐 UNICEF tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimi vakillari ishtirok etmoqda.
🇺🇿 Jumladan, Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi boshqarma o‘rinbosari I. Sotvoldiyev mazkur tadbirda qatnashmoqda.
🤝 Tadbir davomida favqulodda vaziyatlarda aholi salomatligini muhofaza qilish, tezkor xizmatlar hamkorligi va ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish masalalari muhokama qilinmoqda.

👍2
⚠️ BAD foydalimi? Tanlashda ehtiyot bo‘ling!
💊 Biologik faol qo‘shimchalar (BAD) dori vositasi emas. Ularni kasalliklarni davolash maqsadida shifokor tavsiyasisiz qo‘llash tavsiya etilmaydi.
❗ BAD xarid qilayotganda:
🔹 mahsulot tarkibi va yorlig‘ini diqqat bilan o‘qing;
🔹 yaroqlilik muddati va saqlash shartlariga e’tibor bering;
🔹 ishlab chiqaruvchi haqidagi ma’lumotlarni tekshiring;
🔹 kelib chiqishi noma’lum mahsulotlarni xarid qilmang;
🔹 BADni qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq.

🏅 YUKSAK E’TIROF MUNOSIB MEHNAT NATIJASI
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasida uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar “Mustaqillikning 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🏅 Mukofotlanganlar orasida boshqarma rahbari o‘rinbosari I. Sotvoldiyev, Muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri Sh. Qo‘ziboyev, Virusologiya laboratoriyasi boshlig‘i M. Madaliyeva hamda Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi mudirasi M. Usmonova bor.
👏 Mazkur e’tirof ularning sohada olib borayotgan faoliyati, mas’uliyatli mehnati va aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi xizmatlariga munosib baho bo‘ldi.
💐 Taqdirlangan hamkasblarimizni ushbu quvonchli voqea bilan muborakbod etamiz. Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va kelgusidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

👏4👍2🥰1
TABRIKNOMA
🇺🇿Hurmatli yurtdoshlar!
Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik shonli sanasi bilan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari, erkin va farovon hayot sari dadil qadam tashlashi, o‘z taqdirini o‘zi belgilashdek ulug‘ huquqining timsolidir.
💐Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyot, yangilanish va bunyodkorlik yo‘lidan dadil odimlamoqda. Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu ishlar yurtimizning yanada yuksak marralar sari intilayotganidan dalolat beradi.
💐Ayniqsa, aholi salomatligini asrash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, sog‘lom va farovon jamiyat barpo etish yo‘lidagi har bir ezgu tashabbusda ham Mustaqillikning beqiyos ahamiyati namoyon bo‘ladi.
💐Fursatdan foydalanib, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan barcha fidoyi insonlarga chuqur minnatdorlik bildiraman!
Hurmat bilan,
A. Ikromov

👏7👍4🔥1🥰1
BOTULIZM HAYOT UCHUN XAVFLI KASALLIK!
❗Botulizm botulotoksin ta’sirida yuzaga keladigan, og‘ir kechishi va asab tizimini zararlashi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat orqali yuqadigan kasallikdir. Qo‘zg‘atuvchi kislorodsiz muhitda rivojlanib, kuchli zahar — botulotoksin ishlab chiqaradi.
🥫 Botulizm xavfi ko‘proq:
— uy sharoitida tayyorlangan konservalangan mahsulotlar;
— sanitariya talablari buzilgan holda tayyorlangan va saqlangan mahsulotlar;
— kelib chiqishi va xavfsizligi noma’lum konservalardan foydalanilganda yuzaga keladi.
⚠️ Muhim!
Botulizm qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan mahsulot tashqi ko‘rinishi, hidi yoki ta’mi o‘zgarmagan holda ham xavfli bo‘lishi mumkin. Shu sababli shubhali konservani tatib ko‘rish mumkin emas.
✅ Botulizmning oldini olish uchun:
• uy sharoitida konserva mahsulotlarini tayyorlashdan saqlaning;
• noma’lum sharoitda tayyorlangan va xavfsizligini tasdiqlovchi ma’lumotlari bo‘lmagan konservalarni xarid qilmang;
• konserva mahsulotining yaroqlilik muddati va qadoq butunligiga e’tibor bering;
• qopqog‘i shishgan yoki shikastlangan konservalarni iste’mol qilmang;
• oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qiling.
🩺 Botulizmga shubha tug‘ilganda vaqtni boy bermang!
Zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiling. Kasallikni uy sharoitida o‘zboshimchalik bilan davolash mumkin emas.
❗ Shubhali konservani iste’mol qilmaslik botulizmning oldini olishdagi muhim choradir.

🛒 BOZORLARDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI NAZORATDA
♻️ Sanepidqo‘mita Paxtaobod tumani bo‘limi tomonidan “Dehqon bozori”da sanitariya targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
✅Tadbir davomida bozor rastalarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya holati hamda ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etilishi o‘rganildi.
🧪 Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat-monitoring ishlari olib borildi.
⚠️ Tibbiy tavsiya:
🍎 Oziq-ovqat mahsulotlarini faqat belgilangan va sanitariya talablariga javob beradigan savdo joylaridan xarid qiling.
🥩 Go‘sht, sut, tuxum va boshqa tez buziluvchi mahsulotlarning sifati hamda saqlash sharoitiga e’tibor bering.
🌡️ Tez buziluvchi mahsulotlar belgilangan harorat sharoitida saqlanganligiga ishonch hosil qiling.
🧼 Ovqat tayyorlash va iste’mol qilishdan oldin qo‘llarni sovunlab yaxshilab yuving.
❗️Mahsulotning tashqi ko‘rinishi, hidi yoki ta’mi o‘zgargan bo‘lsa, uni iste’mol qilmang.

TOZA HUDUD SOG‘LOM MUHIT!
♻️Sanepidqo‘mita Andijon tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Sanoat MFY hududidagi ko‘p qavatli turar joy binolarida sanitariya-profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.
🔹 Tadbirlar davomida ko‘p qavatli uylarning yerto‘la, pod’yezd va boshqa umumiy foydalanish joylarida sanitariya holati nazorat qilinib, dezinfeksiya va dezinseksiya ishlari amalga oshirildi.
🦠 Dezinfeksiya — tashqi muhitdagi yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni yo‘qotish yoki zararsizlantirishga qaratilgan sanitariya tadbirlaridir.
🪳 Dezinseksiya esa zararli hasharotlarni yo‘qotish va ularning ko‘payishi hamda tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbir hisoblanadi.
✅ Mazkur ishlar ko‘p qavatli turar joylarda sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va aholi uchun xavfsiz yashash muhitini ta’minlashga asos bo’ladi.

Forwarded from Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!
Korrupsiyaga qarshi kurashish — har birimizning fuqarolik burchimiz. Quyidagi audio murojaatda korrupsiyaviy holatlarga duch kelgan taqdirda qayerga va qanday tartibda murojaat qilish mumkinligi haqida muhim ma’lumotlar berilgan.
📞 Ishonch telefonlari:
🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi — 1203
🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (93) 0632400
➡️ Audioni tinglang va yaqinlaringiz bilan ham ulashing!
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!
Korrupsiyaga qarshi kurashish — har birimizning fuqarolik burchimiz. Quyidagi audio murojaatda korrupsiyaviy holatlarga duch kelgan taqdirda qayerga va qanday tartibda murojaat qilish mumkinligi haqida muhim ma’lumotlar berilgan.
📞 Ishonch telefonlari:
🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi — 1203
🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (93) 0632400
➡️ Audioni tinglang va yaqinlaringiz bilan ham ulashing!
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!
Forwarded from Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurash qonun ustuvorligi va shaffoflik yo‘lida.
🏢Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha mutaxassis Yunusov Yunusjon ishtirokida brifing o‘tkazildi.
📌Brifing davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, amaldagi qonunchilik talablari, davlat xizmatchilarining huquq va majburiyatlari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xizmat faoliyatida halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
✅Shuningdek, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligini ta’minlash sohasida korrupsiyaning oldini olish, qonuniylikni mustahkamlash hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

🚻 JAMOAT HOJATXONASI OZODALIK VA MADANIYAT KO‘ZGUSI
❗️Jamoat hojatxonalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishda muhim ahamiyatga ega.
🧼 Tozalik va sanitariya
Hojatxonalar muntazam tozalanib, sanitariya jihozlari va yuzalar yuvilishi hamda zarur hollarda dezinfeksiya qilinishi lozim. Chiqindilar maxsus idishlarga yig‘ilib, o‘z vaqtida olib chiqilishi, qo‘l yuvish joylari esa sovun va gigiyena vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
🚰 Suv ta’minoti va kanalizatsiya
Jamoat hojatxonalarida sovuq va issiq suv hamda oqova suv tizimi bilan ta’minlash ko‘zda tutiladi. Kanalizatsiya tizimi soz holatda bo‘lib, oqova suvlarning sizib chiqishi va yoqimsiz hidlar tarqalishiga yo‘l qo‘yilmasligi zarur.
🌬️ Shamollatish
Xonalarda havo almashinuvi yetarli bo‘lishi, shamollatish tizimi esa doimiy ishchi holatda saqlanishi kerak. Bu namlik va yoqimsiz hidlar to‘planishining oldini olishga xizmat qiladi.
💡 Yoritish
Jamoat hojatxonalarida joylashuviga qarab tabiiy va sun’iy yoritish ta’minlanishi lozim. Yoritish moslamalari soz va xavfsiz holatda bo‘lishi kerak.
💧 SUVNI TEJAYLIK!
Suv resurslaridan oqilona foydalanish ham muhim. Jo‘mraklarni keragidan ortiq ochiq qoldirmaslik, suv sizayotgan jihozlarni o‘z vaqtida ta’mirlash va suv tejamkor sanitariya jihozlaridan foydalanish zarur.
SanQvaNga ko‘ra, jamoat hojatxonalarida suvni tejash maqsadida 3–6 litrdan oshmagan sig‘imdagi suv tejamkor sanitariya jihozlaridan foydalanish belgilangan.

🦠 QIZAMIQ JIDDIY YUQUMLI KASALLIK!
⚠️ Qizamiq — havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan, juda yuqumli virusli kasallik bo‘lib, ayniqsa bolalar orasida tez tarqalishi mumkin.
🌡 Asosiy belgilari:
🔹 yuqori isitma;
🔹 yo‘tal, aksirish, burun bitishi;
🔹 ko‘zlarning qizarishi va yoshlanishi;
🔹 og‘iz bo‘shlig‘ida mayda oq dog‘lar;
🔹 yuz va tanada toshmalar paydo bo‘lishi.
🚨 E’tibor bering!
Qizamiq pnevmoniya, o‘rta quloq yallig‘lanishi, ich ketishi hamda miya yallig‘lanishi kabi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.
💉 QIZAMIQDAN ENG ISHONCHLI HIMOYA EMLASH!
✅ Farzandingizni milliy emlash taqvimiga muvofiq o‘z vaqtida emlating;
✅ shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling;
✅ kasallik belgilari kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling;
✅ qizamiq bilan kasallangan shaxs bilan muloqotni cheklang.
❗ ESDA TUTING: Qizamiqning oldini olishda emlash eng samarali himoya vositasidir. Farzandingiz salomatligi uchun mas’uliyatli bo‘ling!