Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
514 subscribers
7.25K photos
761 videos
147 files
901 links
Download Telegram
🛒 OZIQ-OVQAT SAVDOSIDA SANITARIYA TALABLARIGA E’TIBOR!

🏢 Sanepidqo‘mita Andijon tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi oziq-ovqat savdo shoxobchalarida sanitariya targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
📌Targ‘ibot davomida savdo nuqtalarida:
• oziq-ovqat mahsulotlarining saqlash sharoitlari va harorat rejimiga;
• mahsulotlarning yaroqlilik muddati va qadoqlanish holatiga;
• mahsulotlarni realizatsiya qilishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishiga;
• savdo joylari, jihozlar va ishchi hududlarning tozaligi hamda sanitariya holatiga;
• sotuvchilarning shaxsiy gigiyenasiga;
• xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi va shaxsiy tibbiy daftarlari mavjudligiga e’tibor qaratilmoqda.
🥫 Tadbirkorlar va sotuvchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini iste’molchilarga xavfsiz va sifatli yetkazib berish, mahsulotlarni belgilangan sharoitlarda saqlash hamda sanitariya talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.
EMLASH YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISHDAGI MUHIM CHORA

📍 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Baliqchi tumani bo‘limi epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida emlash va immunoprofilaktika masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.
👩‍⚕️ Seminarda tibbiyot birlashmasining bo‘lim va bo‘linma mudirlari, oilaviy shifokorlik punktlari hamda poliklinika mudirlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
📚 Seminar mobaynida;
🔹 emlash ishlarini to‘g‘ri va samarali tashkil etish;
🔹 vaksinalardan belgilangan tartibda foydalanish;
🔹 immunoprofilaktika tadbirlarini sifatli olib borish;
🔹 aholining emlash bilan qamrovini ta’minlash;
🔹 yuqumli kasalliklarning oldini olishda emlashning ahamiyati yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.
🇺🇿 MUSTAQILLIK BUYUK VA ULUG‘ NE’MAT!

🎉 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Tadbirda boshqarma rahbari A. Ikromov so‘zga chiqib, barcha xodimlarni yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida olib borilayotgan ezgu ishlar haqida alohida ta’kidlandi.
🏅 Tadbir davomida fidokorona mehnati, sohaga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda samarali faoliyati bilan ajralib turgan boshqarma xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
💐Jumladan:
🔹 Boshqarma rahbari o‘rinbosari B. Beg‘umqulov;
🔹 Tashkiliy ishlar bo‘limi boshlig‘i X. Tillaoboyev;
🔹 Epidemiologiya bo‘limi mudiri F. Imomov — ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldilar.
💐Aziz hamkasblar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda munosib taqdirlanganingiz bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
🇺🇿 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin! Har bir xonadonga fayz-u baraka, qalblarga quvonch, faoliyatingizga esa ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!
👏4
🦠 YUQUMLI KASALLIKLARDAN HIMOYALANISH HAR BIRIMIZNING VAZIFAMIZ!

📍 Oltinko‘l tumani, Katta Oqtepa MFY hududida aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
🏠 Xonadonma-xonadon yurilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilindi. Suhbatlar davomida yuqumli kasalliklarning tarqalish yo‘llari, ulardan himoyalanish choralari va kasallik alomatlari kuzatilganda tibbiy yordamga murojaat qilish muhimligi tushuntirildi.
🩺 Jumladan, aholi e’tiboriga:
🔹 Qizamiq — emlash orqali oldini olish mumkin bo‘lgan yuqumli kasalliklardan biri ekani;
🔹 Virusli gepatitlar — shaxsiy gigiyena va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish muhimligi;
🔹 Quturish — hayvon tishlagan yoki tirnagan hollarda jarohatni zudlik bilan tibbiy muassasaga ko‘rsatish zarurligi;
🔹 Botulizm — uy sharoitida tayyorlangan konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozimligi haqida tavsiyalar berildi.
🧼 Shuningdek, qo‘l gigiyenasiga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish, ichimlik suvi xavfsizligiga e’tibor berish, xonadonlarda sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🇺🇿🇹🇷 ANQARADA XALQARO TADBIRDA ISHTIROK ETILMOQDA.

📍 Turkiya Respublikasining Anqara shahrida jamoat salomatligi sohasida favqulodda vaziyatlarni boshqarish va ularga tezkor javob choralarini ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbir o‘tkazilmoqda.
🌐 UNICEF tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimi vakillari ishtirok etmoqda.
🇺🇿 Jumladan, Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi boshqarma o‘rinbosari I. Sotvoldiyev mazkur tadbirda qatnashmoqda.
🤝 Tadbir davomida favqulodda vaziyatlarda aholi salomatligini muhofaza qilish, tezkor xizmatlar hamkorligi va ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish masalalari muhokama qilinmoqda.
👍2
⚠️ BAD foydalimi? Tanlashda ehtiyot bo‘ling!

💊 Biologik faol qo‘shimchalar (BAD) dori vositasi emas. Ularni kasalliklarni davolash maqsadida shifokor tavsiyasisiz qo‘llash tavsiya etilmaydi.
BAD xarid qilayotganda:
🔹 mahsulot tarkibi va yorlig‘ini diqqat bilan o‘qing;
🔹 yaroqlilik muddati va saqlash shartlariga e’tibor bering;
🔹 ishlab chiqaruvchi haqidagi ma’lumotlarni tekshiring;
🔹 kelib chiqishi noma’lum mahsulotlarni xarid qilmang;
🔹 BADni qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq.