Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
513 subscribers
7.25K photos
761 videos
147 files
901 links
Download Telegram
CHANG TA’SIRIDAN O‘ZINGIZNI HIMOYA QILING!

🌪️ Havoda chang miqdorining ortishi, ayniqsa chang bo‘ronlari vaqtida, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
😷 Changli havoda uzoq vaqt qolish nafas yo‘llarining ta’sirlanishi, yo‘tal, tomoq va ko‘zlarda achishish kabi noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
🛡️ Changli havoda quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
🔹 Zarurat bo‘lmasa, ochiq havoda uzoq vaqt qolmang;
🔹 Ko‘chaga chiqishda niqob yoki respiratordan foydalaning;
🔹 Deraza va eshiklarni imkon qadar yopiq tuting;
🔹 Uy va ish joylarida nam tozalash ishlarini muntazam olib boring;
🔹 Yetarli miqdorda suv iching;
🔹 Ko‘zlarni changdan himoya qilish uchun himoya ko‘zoynaklaridan foydalaning.
🪱 BOLANGIZNI GELMINTLARDAN HIMOYALANG!

Gelmintlar o‘zi nima?

Gelmintlar — odam organizmida parazitlik qilib yashaydigan chuvalchangsimon parazitlar bo‘lib, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar gelmintozlar deb ataladi. Ayniqsa, bolalar gelmintozlarga moyil bo‘lib, kasallik gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda oson yuqishi mumkin.
🦠 Gelmint tuxumlari iflos qo‘l, yaxshi yuvilmagan meva-sabzavot, zararlangan suv va yetarlicha termik ishlov berilmagan oziq-ovqatlar orqali organizmga tushishi mumkin.
👧🏻👦🏻 Farzandingizni himoya qilish uchun:
🧼 ovqatlanishdan oldin va hojatxonadan keyin qo‘llarini sovunlab yuvishga o‘rgating;
🍎 meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib iste’mol qildiring;
💧 faqat toza va xavfsiz suv ichishini ta’minlang;
🥩 go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yetarlicha pishirib iste’mol qildiring;
🏠 uyda tozalik va shaxsiy gigiyenaga rioya qiling;
🐕 uy hayvonlarini veterinariya nazoratidan o‘tkazib turing.
⚠️ Bolada qorin og‘rig‘i, ishtahaning o‘zgarishi, ozib ketish, ko‘ngil aynishi yoki boshqa shubhali belgilar kuzatilsa, o‘zboshimchalik bilan dori bermang. Shifokorga murojaat qiling.
Zararli va xavfli mehnat sharoitida ishlovchilar mehnati muhofaza qilinmoqda

🏢 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan zararli va xavfli mehnat sharoitlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning mehnatini muhofaza qilish, ular uchun xavfsiz va sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini ta’minlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
⚠️O‘rganishlar davomida ish joylaridagi sanitariya-gigiyena holati, mehnat sharoitlari hamda xodimlar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan choralar ko‘rib chiqilmoqda.
📌 Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilmoqda hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
🦠 Quturish kasalligining oldini olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

🏢Sanepidqo‘mita Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi epidemiolog mutaxassislari tomonidan 58-son oilaviy poliklinikada hayvonlar tomonidan jarohatlanish holatlarining oldini olish, quturish kasalligiga qarshi kurashish va uning profilaktikasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
📌 Seminar davomida tibbiyot xodimlariga quturish kasalligining oldini olish, hayvon tishlashi yoki tirnashi holatlarida ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar, jabrlangan fuqarolarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
🔹 Shuningdek, hayvonlar tomonidan yetkazilgan jarohatlarni e’tiborsiz qoldirmaslik, bunday holatlarda zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilish va quturishga qarshi profilaktik emlashning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
🌿 TOZA HAVO SALOMATLIK GAROVI! ATMOSFERANI ASRASH HAR BIRIMIZNING BURCHIMIZ

🌍 Atmosfera havosining ifloslanishi inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli atmosfera havosini muhofaza qilishga qaratilgan talab va me’yorlarga rioya etish muhim.

📌 Atmosfera havosini muhofaza qilishda asosiy talablar:
🏭 Korxona va tashkilotlarda atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar miqdori belgilangan me’yorlardan oshmasligi kerak.
🌫️ Zararli moddalar chiqarilishini kamaytirish uchun tegishli tozalash inshootlari va qurilmalaridan foydalanish, ularning soz holatda ishlashini ta’minlash lozim.
📏 Atmosferaga chiqariladigan tashlamalar uchun belgilangan normativlarga rioya qilish talab etiladi.
🌱 Atmosfera havosiga zararli ta’sirni kamaytirish, ifloslanishning oldini olish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi kerak.
🏘️ Aholi yashash hududlarida sanitariya-himoya talablariga rioya etish ham muhim ahamiyatga ega.
⚠️ Belgilangan talablarni buzish qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI

🏫 Bolalar salomatligi va xavfsiz muhitni ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rejali tekshiruvlar davom etmoqda.
Sanepidqo‘mita Jalaquduq tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan rejali tekshiruv o‘tkazildi.
📌Tekshiruv mobaynida
▫️ tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sanitariya-gigiyena sharoitlari;
▫️ xonalarning yoritilishi va shamollatilishi;
▫️ ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik holati;
▫️ tozalash va zararsizlantirish tadbirlarining sifati;
▫️ bolalarni ertalabki filtrdan o‘tkazish tartibiga rioya etilishi;
▫️ tibbiyot xonasining jihozlanishi;
▫️ sog‘lomlashtirish oylarida amalga oshirilgan ishlar;
▫️ yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tadbirlar holati o‘rganildi.
👶 Asosiy e’tibor bolalar uchun xavfsiz, toza va sanitariya talablariga javob beradigan muhitni yaratishga qaratildi.
📑 Tekshiruv yakunlari bo‘yicha tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, aniqlangan holatlar yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.
1
TUG‘RUQ MAJMUASIDA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK NAZORAT AMALGA OSHIRILDI.

🔹 Sanepidqo‘mita Shahrixon tuman bo‘limi epidemiologiya bo‘limi xodimlari tomonidan Shahrixon tumanidagi 1-son tug‘ruq majmuasida reja asosida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
⚠️Nazorat jarayonda tug‘ruq majmuasida sanitariya-gigiyena talablari, yuqumli kasalliklar profilaktikasi, dezinfeksiya tadbirlarining tashkil etilishi, tibbiy chiqindilarni yig‘ish va saqlash holati, tibbiyot xodimlarining amaldagi sanitariya-epidemiologik talablar hamda tegishli buyruqlarga rioya etishi o‘rganildi.
📋 Shuningdek, mavjud hujjatlarning yuritilishi va belgilangan talablarning amalda bajarilishi ko‘rib chiqildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tibbiyot xodimlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
💬 Nazorat davomida xodimlar bilan sanitariya-epidemiologik talablarni ta’minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish va suhbatlar o‘tkazildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QOQSHOLGA QARSHI VAKSINA HIMOYANING MUHIM QADAMI!

🦠 QoqsholClostridium tetani bakteriyasi ishlab chiqaradigan toksin ta’sirida rivojlanadigan og‘ir infeksion kasallik.
🌱 Kasallik qo‘zg‘atuvchisining sporalari tuproq, chang va atrof-muhitda uchrashi mumkin. Ular kesilgan, sanchilgan, ezilgan yoki ifloslangan jarohatlar orqali organizmga tushishi mumkin.
Qoqshol odamdan odamga yuqmaydi. Ammo oddiy ko‘ringan jarohat ham infeksiya uchun kirish darvozasi bo‘lishi mumkin.
🧠 Qoqshol toksini asab tizimiga ta’sir qilib:
🔹 jag‘ mushaklarining qotishi;
🔹 mushaklarning kuchli va og‘riqli tirishishi;
🔹 yutish va nafas olishning qiyinlashishi;
🔹 og‘ir holatlarda hayot uchun xavfli asoratlarga olib kelishi mumkin.
💉 VAKTSINA ENG MUHIM HIMOYA!
👶 Qoqsholga qarshi emlash bolalik davridan boshlanadi va Milliy emlash kalendariga muvofiq belgilangan muddatlarda davom ettiriladi.
🛒 OZIQ-OVQAT SAVDOSIDA SANITARIYA TALABLARIGA E’TIBOR!

🏢 Sanepidqo‘mita Andijon tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi oziq-ovqat savdo shoxobchalarida sanitariya targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
📌Targ‘ibot davomida savdo nuqtalarida:
• oziq-ovqat mahsulotlarining saqlash sharoitlari va harorat rejimiga;
• mahsulotlarning yaroqlilik muddati va qadoqlanish holatiga;
• mahsulotlarni realizatsiya qilishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishiga;
• savdo joylari, jihozlar va ishchi hududlarning tozaligi hamda sanitariya holatiga;
• sotuvchilarning shaxsiy gigiyenasiga;
• xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi va shaxsiy tibbiy daftarlari mavjudligiga e’tibor qaratilmoqda.
🥫 Tadbirkorlar va sotuvchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini iste’molchilarga xavfsiz va sifatli yetkazib berish, mahsulotlarni belgilangan sharoitlarda saqlash hamda sanitariya talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.
EMLASH YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISHDAGI MUHIM CHORA

📍 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Baliqchi tumani bo‘limi epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida emlash va immunoprofilaktika masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.
👩‍⚕️ Seminarda tibbiyot birlashmasining bo‘lim va bo‘linma mudirlari, oilaviy shifokorlik punktlari hamda poliklinika mudirlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
📚 Seminar mobaynida;
🔹 emlash ishlarini to‘g‘ri va samarali tashkil etish;
🔹 vaksinalardan belgilangan tartibda foydalanish;
🔹 immunoprofilaktika tadbirlarini sifatli olib borish;
🔹 aholining emlash bilan qamrovini ta’minlash;
🔹 yuqumli kasalliklarning oldini olishda emlashning ahamiyati yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.