Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
515 subscribers
7.26K photos
761 videos
147 files
905 links
Download Telegram
🎒 MAKTABLAR YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORMI?

📚 Yangi o‘quv yilining boshlanishiga sanoqli kunlar qolmoqda. Viloyatdagi maktablarda o‘quvchilarni yangi o‘quv yilida munosib kutib olish uchun tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.
🔹Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasining hududiy bo‘limlari tomonidan maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati muntazam o‘rganilmoqda.
🧹 O‘rganishlar davomida maktab hududi va binosining sanitariya holati, sinf xonalarining tozaligi, yoritilishi va shamollatilishi ko‘zdan kechirilmoqda.
🚰 Ichimlik suvi ta’minoti, qo‘l yuvish joylari va hojatxonalarning sanitariya holatiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
🍽️ Maktab oshxonalarida esa oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish va saqlash sharoitlari, oshxona jihozlari, tayyor taomlarni tayyorlash va tarqatish jarayonlari o‘rganilmoqda.
🏃‍♂️ Sport zallari va maydonchalari, tibbiy xonalar, shamollatish tizimlari hamda isitish tizimlarining mavsumga tayyorgarligi ham nazorat qilinmoqda.
♻️ Shuningdek, maktab hududida chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish, obodonlashtirish hamda zarur sanitariya tadbirlarining tashkil etilgani ko‘rib chiqilmoqda.
📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan maktab mas’ullariga tegishli tavsiyalar berilmoqda.
📍 Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Forwarded from ANDIJON_TRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI   |  19.08.2026
DAVLAT NAZORATI SOHASIDA QONUNCHILIK TALABLARI YUZASIDAN O'QUV SEMINARI VA SAYYOR QABUL
Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
📺Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Andijon viloyati boshqarmasida Biznes-ombudsman vakillari ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv seminari hamda sayyor qabul “Andijon” telekanalining axborot dasturida yoritildi.
🎥 Unda tadbir davomida muhokama qilingan masalalar, davlat nazoratida qonuniylik va tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.
🦠 YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISH MAHALLADAN BOSHLANADI

📍 Sanepidqo‘mita Baliqchi bo’limi mutaxassislari tomonidan Sarnivul MFY hududidagi Urganch ko‘chasida aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🧼 Muloqotlar davomida fuqarolarga shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, qo‘llarni sovunlab muntazam yuvish, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi xavfsizligiga e’tibor qaratish hamda xonadonlarda sanitariya tozaligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🥗 Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish, toza ichimlik suvidan foydalanish kabi oddiy, ammo muhim profilaktik choralar kasalliklarning oldini olishda muhim ekani tushuntirildi.
👨‍⚕️ Fuqarolarga kasallikka xos belgilar kuzatilgan taqdirda o‘z vaqtida tibbiyot xodimiga murojaat qilish va shifokor tavsiyalariga amal qilish zarurligi eslatildi.
Forwarded from ХAVFSIZLIK 🇺🇿
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Ofitserlik – faqat unvon emas, vatan oldidagi umrbod mas'uliyat.

Abduqodir Toshqulov - TerDU rektori.

✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAKTAB OSHXONALARIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR

🎒 Yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni xavfsiz va sifatli ovqatlantirishda maktab oshxonalarining sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi muhim.
📌 Amaldagi sanitariya qoidalariga ko‘ra, maktab oshxonalarida:
🧼 Oshxona xonalari toza, sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan va muntazam tozalanadigan bo‘lishi;
🥩 Xom va tayyor mahsulotlar bilan ishlash jarayonlari bir-biridan ajratilishi, mahsulotlarning o‘zaro ifloslanishiga yo‘l qo‘yilmasligi;
🍴 Idish-tovoq va oshxona jihozlari belgilangan tartibda yuvilishi, toza holda saqlanishi;
🧑‍🍳 Oshxona xodimlari shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishi hamda belgilangan tibbiy ko‘riklardan o‘tgan bo‘lishi;
🥦 Oziq-ovqat mahsulotlari sifati, yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlari talab darajasida bo‘lishi;
🌡 Tayyor taomlarni tayyorlash va saqlash sanitariya talablariga muvofiq tashkil etilishi;
🚫 O‘quvchilar salomatligi uchun zararli bo‘lgan, sanitariya qoidalarida taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning tayyorlanishi hamda sotilishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
⚠️ Jumladan, maktab oshxonalarida gamburger, chizburger, xot-dog, chips, energetik va gazlangan ichimliklar, mayonez va ketchup kabi ayrim mahsulotlar hamda sanitariya qoidalarida ko‘rsatilgan boshqa taom va mahsulotlarni tayyorlash yoki sotish taqiqlangan.
Yuqumli kasalliklar profilaktikasi tibbiyot xodimlari uchun amaliy seminar

📍Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi mutaxassislari tomonidan Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika tibbiyot xodimlari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
📌 Seminar davomida hududda yuqumli kasalliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
💉 Virusli gepatit A kasalligini oldini olishda vaksinatsiyaning ahamiyati,
🧼 “Toza qo‘llar” dasturini amaliyotga joriy etish hamda patronaj xodimlarining targ‘ibot ishlaridagi faolligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
⚠️ Shuningdek, qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, immunoprofilaktika tadbirlarini kuchaytirish, xorijdan qaytgan yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va aholi o‘rtasida ishonchli manbalar asosida tushuntirish ishlarini olib borish masalalariga e’tibor qaratildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida dezinfeksiya tadbirlari o’tkazildi.

📌Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Oltinko‘l tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida profilaktik dezinfeksiya ishlari olib borildi.
🧹 Tadbirlar davomida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda muhitni zararsizlantirishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
🛡️ Profilaktik dezinfeksiya tadbirlarining o‘z vaqtida tashkil etilishi bolalar salomatligini muhofaza qilish va sog‘lom muhitni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!

Korrupsiyaga qarshi kurashish — har birimizning fuqarolik burchimiz. Quyidagi audio murojaatda korrupsiyaviy holatlarga duch kelgan taqdirda qayerga va qanday tartibda murojaat qilish mumkinligi haqida muhim ma’lumotlar berilgan.

📞 Ishonch telefonlari:

🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi — 1203

🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (93) 0632400

➡️ Audioni tinglang va yaqinlaringiz bilan ham ulashing!

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!
CHANG TA’SIRIDAN O‘ZINGIZNI HIMOYA QILING!

🌪️ Havoda chang miqdorining ortishi, ayniqsa chang bo‘ronlari vaqtida, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
😷 Changli havoda uzoq vaqt qolish nafas yo‘llarining ta’sirlanishi, yo‘tal, tomoq va ko‘zlarda achishish kabi noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
🛡️ Changli havoda quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
🔹 Zarurat bo‘lmasa, ochiq havoda uzoq vaqt qolmang;
🔹 Ko‘chaga chiqishda niqob yoki respiratordan foydalaning;
🔹 Deraza va eshiklarni imkon qadar yopiq tuting;
🔹 Uy va ish joylarida nam tozalash ishlarini muntazam olib boring;
🔹 Yetarli miqdorda suv iching;
🔹 Ko‘zlarni changdan himoya qilish uchun himoya ko‘zoynaklaridan foydalaning.
🪱 BOLANGIZNI GELMINTLARDAN HIMOYALANG!

Gelmintlar o‘zi nima?

Gelmintlar — odam organizmida parazitlik qilib yashaydigan chuvalchangsimon parazitlar bo‘lib, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar gelmintozlar deb ataladi. Ayniqsa, bolalar gelmintozlarga moyil bo‘lib, kasallik gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda oson yuqishi mumkin.
🦠 Gelmint tuxumlari iflos qo‘l, yaxshi yuvilmagan meva-sabzavot, zararlangan suv va yetarlicha termik ishlov berilmagan oziq-ovqatlar orqali organizmga tushishi mumkin.
👧🏻👦🏻 Farzandingizni himoya qilish uchun:
🧼 ovqatlanishdan oldin va hojatxonadan keyin qo‘llarini sovunlab yuvishga o‘rgating;
🍎 meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib iste’mol qildiring;
💧 faqat toza va xavfsiz suv ichishini ta’minlang;
🥩 go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yetarlicha pishirib iste’mol qildiring;
🏠 uyda tozalik va shaxsiy gigiyenaga rioya qiling;
🐕 uy hayvonlarini veterinariya nazoratidan o‘tkazib turing.
⚠️ Bolada qorin og‘rig‘i, ishtahaning o‘zgarishi, ozib ketish, ko‘ngil aynishi yoki boshqa shubhali belgilar kuzatilsa, o‘zboshimchalik bilan dori bermang. Shifokorga murojaat qiling.