Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
517 subscribers
7.26K photos
761 videos
147 files
905 links
Download Telegram
🩺 QIZAMIQ VA VIRUSLI GEPATIT OLDINI OLISHDA E’TIBOR MUHIM.

📍 Sanepidqo‘mita Shahrixon tumani tomonidan Oilaviy shifokor poliklinikalarda tibbiyot xodimlari uchun o‘quv-seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
🦠 Seminar davomida tibbiyot xodimlariga qizamiq va virusli gepatit kasalliklarining oldini olish, ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda kasalliklarning epidemiologik holati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
💉 Shuningdek, mazkur kasalliklarga qarshi emlash ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, emlash qamrovi va samaradorligini baholash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📋 Seminar doirasida yuqumli kasalliklarga qarshi emlash bo‘yicha tibbiyot muassasalarida yuritilayotgan hujjatlarning holati ham o‘rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
🔹 Bunday o‘quv mashg‘ulotlari tibbiyot xodimlarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda aholini immunizatsiya bilan qamrab olish samaradorligini oshirishga asos bo’ladi.
Shifoxonada sanitariya holati o‘rganildi.

📍Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Paxtaobod tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli “Madaniyat shifoxonasida” rejali tekshiruv o‘tkazildi.
🔹Tekshiruv davomida shifoxonaning bo‘lim va xonalaridagi sanitariya holati, tozalik va dezinfeksiya ishlarining tashkil etilishi, tibbiy chiqindilarni yig‘ish va saqlash tartibi, tibbiy asbob-uskunalarni dezinfeksiya hamda sterilizatsiya qilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, bemorlar uchun yaratilgan sanitariya-maishiy sharoitlar, ichimlik suvi ta’minoti, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari hamda tibbiyot xodimlarining shaxsiy gigiyena talablariga rioya etishi ham o‘rganildi.
📌 Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, sanitariya qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
👍1
🎒 MAKTABLAR YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORMI?

📚 Yangi o‘quv yilining boshlanishiga sanoqli kunlar qolmoqda. Viloyatdagi maktablarda o‘quvchilarni yangi o‘quv yilida munosib kutib olish uchun tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.
🔹Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasining hududiy bo‘limlari tomonidan maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati muntazam o‘rganilmoqda.
🧹 O‘rganishlar davomida maktab hududi va binosining sanitariya holati, sinf xonalarining tozaligi, yoritilishi va shamollatilishi ko‘zdan kechirilmoqda.
🚰 Ichimlik suvi ta’minoti, qo‘l yuvish joylari va hojatxonalarning sanitariya holatiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
🍽️ Maktab oshxonalarida esa oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish va saqlash sharoitlari, oshxona jihozlari, tayyor taomlarni tayyorlash va tarqatish jarayonlari o‘rganilmoqda.
🏃‍♂️ Sport zallari va maydonchalari, tibbiy xonalar, shamollatish tizimlari hamda isitish tizimlarining mavsumga tayyorgarligi ham nazorat qilinmoqda.
♻️ Shuningdek, maktab hududida chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish, obodonlashtirish hamda zarur sanitariya tadbirlarining tashkil etilgani ko‘rib chiqilmoqda.
📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan maktab mas’ullariga tegishli tavsiyalar berilmoqda.
📍 Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Forwarded from ANDIJON_TRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI   |  19.08.2026
DAVLAT NAZORATI SOHASIDA QONUNCHILIK TALABLARI YUZASIDAN O'QUV SEMINARI VA SAYYOR QABUL
Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
📺Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Andijon viloyati boshqarmasida Biznes-ombudsman vakillari ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv seminari hamda sayyor qabul “Andijon” telekanalining axborot dasturida yoritildi.
🎥 Unda tadbir davomida muhokama qilingan masalalar, davlat nazoratida qonuniylik va tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.
🦠 YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISH MAHALLADAN BOSHLANADI

📍 Sanepidqo‘mita Baliqchi bo’limi mutaxassislari tomonidan Sarnivul MFY hududidagi Urganch ko‘chasida aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🧼 Muloqotlar davomida fuqarolarga shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, qo‘llarni sovunlab muntazam yuvish, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi xavfsizligiga e’tibor qaratish hamda xonadonlarda sanitariya tozaligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🥗 Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish, toza ichimlik suvidan foydalanish kabi oddiy, ammo muhim profilaktik choralar kasalliklarning oldini olishda muhim ekani tushuntirildi.
👨‍⚕️ Fuqarolarga kasallikka xos belgilar kuzatilgan taqdirda o‘z vaqtida tibbiyot xodimiga murojaat qilish va shifokor tavsiyalariga amal qilish zarurligi eslatildi.
Forwarded from ХAVFSIZLIK 🇺🇿
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Ofitserlik – faqat unvon emas, vatan oldidagi umrbod mas'uliyat.

Abduqodir Toshqulov - TerDU rektori.

✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqga Asaka tumani Yuqori Bo‘z mavzesi aholisi tomonidan kelib tushgan murojaat yuzasidan Sanepidqo‘mita Andijon tumani Asaka bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish ishlari yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
MAKTAB OSHXONALARIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR

🎒 Yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni xavfsiz va sifatli ovqatlantirishda maktab oshxonalarining sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi muhim.
📌 Amaldagi sanitariya qoidalariga ko‘ra, maktab oshxonalarida:
🧼 Oshxona xonalari toza, sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan va muntazam tozalanadigan bo‘lishi;
🥩 Xom va tayyor mahsulotlar bilan ishlash jarayonlari bir-biridan ajratilishi, mahsulotlarning o‘zaro ifloslanishiga yo‘l qo‘yilmasligi;
🍴 Idish-tovoq va oshxona jihozlari belgilangan tartibda yuvilishi, toza holda saqlanishi;
🧑‍🍳 Oshxona xodimlari shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishi hamda belgilangan tibbiy ko‘riklardan o‘tgan bo‘lishi;
🥦 Oziq-ovqat mahsulotlari sifati, yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlari talab darajasida bo‘lishi;
🌡 Tayyor taomlarni tayyorlash va saqlash sanitariya talablariga muvofiq tashkil etilishi;
🚫 O‘quvchilar salomatligi uchun zararli bo‘lgan, sanitariya qoidalarida taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning tayyorlanishi hamda sotilishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
⚠️ Jumladan, maktab oshxonalarida gamburger, chizburger, xot-dog, chips, energetik va gazlangan ichimliklar, mayonez va ketchup kabi ayrim mahsulotlar hamda sanitariya qoidalarida ko‘rsatilgan boshqa taom va mahsulotlarni tayyorlash yoki sotish taqiqlangan.