Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
517 subscribers
7.26K photos
761 videos
147 files
905 links
Download Telegram
🚑 TEZ TIBBIY YORDAM XIZMATIDA SANITARIYA TALABLARI O‘RGANILDI

📍 Sanepidqo‘mita Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Qo‘rg‘ontepa shahrida joylashgan Tez tibbiy yordam tuman bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
📌O‘rganish davomida tez tibbiy yordam xizmatida foydalanilayotgan avtomobillarning sanitariya holati, tozaligi hamda gigiyenik talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
🧼🚑 Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganishdan asosiy maqsad tez tibbiy yordam xizmatida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda aholiga xavfsiz va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilashdan iborat.
👍1
🚨 NOQONUNIY SAVDO RASTALARIGA CHEK QO‘YILMOQDA

📍 Hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash, piyodalar va transport harakati xavfsizligini oshirish hamda aholi uchun qulay muhit yaratish maqsadida noqonuniy savdo rastalarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
❗️Nazorat tadbirlari davomida yo‘l chetlari, piyodalar yo‘laklari va savdo qilish uchun belgilanmagan joylarda tashkil etilgan savdo nuqtalari aniqlandi.
Mazkur savdo rastalari belgilangan tartibda bartaraf etilib, fuqarolarga savdo faoliyatini qonuniy asosda olib borish hamda sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
👍1
🍉 TARVUZ VA QOVUNNI TANLASHDA ADASHMANG!

☀️ Yozning issiq kunlarida tarvuz va qovun dasturxonimizning sevimli ne’matlaridan. Ammo ularni xarid qilish va iste’mol qilishda oddiy sanitariya qoidalariga amal qilish muhim.
❗️Mahsulot tanlashda:
🍉 Tarvuz va qovunni faqat rasmiy savdo nuqtalari va bozorlardan xarid qiling. Yo‘l yoqasi yoki ruxsatsiz joylarda sotilayotgan mahsulotlarni olish tavsiya etilmaydi
🚫 Kesilgan, yorilgan, chirigan yoki shikastlangan mahsulotlarni xarid qilmang.
🧪 Tarvuz va qovundagi nitrat miqdorini tashqi ko‘rinish yoki ta’miga qarab aniq bilib bo‘lmaydi. SanQvaN 0366-19 talablariga ko‘ra:
🔹 tarvuzda — 60 mg/kg gacha
🔹 qovunda — 90 mg/kg gacha nitrat miqdoriga ruxsat etiladi.
🧼 Iste’mol qilishdan oldin:
🚿 Tarvuz va qovunning po‘stini oqar suvda yaxshilab yuving. Chunki kesish vaqtida po‘stloqdagi mikroorganizmlar pichoq orqali ichki qismga o‘tishi mumkin.
🔪 Kesish uchun toza pichoq va idishlardan foydalaning.
❄️ Kesilgan mahsulotni yopiq idishda 0–6°C haroratda muzlatkichda saqlang va imkon qadar 24 soat ichida iste’mol qiling.
⚠️ Mahsulotda nordon ta’m, shilliqsimon qatlam yoki tashqi ko‘rinishida o‘zgarish sezilsa, uni iste’mol qilmang.
🛒 BOZORDA SANITARIYA TALABLARI TUSHUNTIRILDI

🧼 Bozor hududida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar o‘rtasida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
🥩🥬 Suhbatlar davomida oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash, mahsulotlarning sifati va yaroqlilik muddatiga e’tibor berish, savdo joylarida tozalikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🩺 Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlovchi sotuvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va shaxsiy tibbiy daftarchalarining mavjudligi masalasiga ham e’tibor qaratildi.
📢Fuqarolarga sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish iste’molchilar salomatligini asrashda muhim ahamiyatga ega ekani tushuntirildi.
👍2
🩺 Tibbiyot muassasasida sanitariya-epidemiologik holat o‘rganildi

📍 Sanepidqo’mita Jalaquduq tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Beshtol oilaviy shifokorlik punktida rejali o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹O‘rganish mobaynida shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olish, tibbiy chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish, saqlash va yo‘q qilish holati ko‘rib chiqildi.
💉 Vaksinatsiya tadbirlarini tashkil etish jarayonida xavfsiz immunizatsiya tamoyillariga rioya etilishi, vaksinalarni saqlash sharoitlari hamda emlash xonasining sanitariya holatiga e’tibor qaratildi.
🦠 Hududdagi yuqumli va parazitar kasalliklar bo‘yicha epidemiologik vaziyat tahlil qilindi. Gelmintoz kasalliklarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.
🧼 Tibbiyot xodimlari bilan yuqumli kasalliklar profilaktikasida qo‘l gigiyenasining ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
📑 Yakunda aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi — davlat va jamiyat manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlardir. Halollik, ochiqlik, xolislik hamda qonun ustuvorligini ta’minlashda har bir fuqaroning faolligi muhim ahamiyatga ega.

📞 Ishonch telefonlari:
🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi1203
🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (74) 227-60-19
☎️ (74) 227-60-45
📱(93) 063-24-00
⚖️ Korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi yoki boshqa qonunbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang va murojaat qiling.
🤖 Ushbu lavha sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari yordamida yaratildi.
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!

Korrupsiyaga qarshi kurashish — har birimizning fuqarolik burchimiz. Quyidagi audio murojaatda korrupsiyaviy holatlarga duch kelgan taqdirda qayerga va qanday tartibda murojaat qilish mumkinligi haqida muhim ma’lumotlar berilgan.

📞 Ishonch telefonlari:

🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi — 1203

🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (93) 0632400

➡️ Audioni tinglang va yaqinlaringiz bilan ham ulashing!

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!
👍1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi.

Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi.

Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun!

– dedi Prezidentimiz.

Batafsil:👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/207434

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
PREZIDENT 2026-YIL BOSHIDAN BERI TADBIRKORLAR UCHUN YARATILGAN YANGI IMKONIYATLARNI SANAB O‘TDI

Joriy yilda kooperatsiya, davlat xaridi, standart, oziq-ovqat xavfsizligi va urbanizatsiya sohalarida institusional o‘zgarishlar qilindi. Soliq siyosatida QQSga o‘tish chegarasi oshirildi, kafe va restoranlarga 100 mlrd. so‘m keshbek qaytarildi, QQSning nol stavkasi hisobiga 400 mlrd. so‘m fermerlar hisobida qoldi. Shuningdek, tashqi savdoni erkinlashtirish va transport-logistika sohasida qator yangiliklar bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotda joriy yil boshidan buyon erishilgan iqtisodiy yutuqlar va sohadagi islohotlarni sanab o'tdi.
Davlat rahbari, avvalo, jahondagi murakkab vaziyatga qaramay, o‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sganini qayd etdi.

Fitch va Moody’s agentliklari O‘zbekiston suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi. Jahon bankining investisiya va ishbilarmonlik muhiti bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston 31-o‘rinni egalladi.
Shavkat Mirziyoyev bu natijalar, avvalo, tadbirkorlar bilan yelkama-yelka amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanini ta’kidladi.
Joriy yil kooperatsiya, davlat xaridi, standart, oziq-ovqat xavfsizligi va urbanizatsiya sohalarida institusional o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Milliy sanoat zanjiri” orqali xususiy korxonalar yirik davlat kompaniyalaridan 4 trillion so‘mlik buyurtmalar oldi.
Strategik korxonalar mahalliylashtirish uchun 650 dan ziyod yangi mahsulot ro‘yxatini e’lon qildi. Bu tadbirkorlar uchun qo‘shimcha 1 milliard dollarlik bozor yaratdi.

Batafsil:👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/207463

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
YAGONA “SALOMATLIK SERTIFIKATI” BERILADI

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi. Yaʼni ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u avtomatik ravishda tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.

Litsenziya bo‘yicha ariza rad etilgan har bir holatni Biznes-ombudsman o‘rganadi. Asossiz rad qilish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi.

Oziq-ovqat eksporti uchun talab etiladigan veterinariya, sanitariya va fitosanitariya ruxsatnomalarining o‘rniga yagona “Salomatlik sertifikati” beriladi. Yangi litsenziya va ruxsatnoma joriy etishdan oldin u uch hududda olti oy eksperimentdan o‘tkaziladi.

Batafsil: 👇👇👇
http://gov.uz/oz/sanepid/news/view/207544

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🚻 JAMOAT HOJATXONALARIGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR

🧼 Jamoat hojatxonalari aholining sanitariya-gigiyena sharoitlarini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Ular toza, xavfsiz va foydalanish uchun qulay bo‘lishi lozim.
💧 Suv va qo‘l yuvish
• Qo‘l yuvish chig‘anoqlari bo‘lishi;
• issiq va sovuq suv bilan ta’minlanishi;
• qo‘l yuvish uchun zarur vositalar mavjud bo‘lishi kerak.
🧴 Gigiyena vositalari
• sovun;
• hojatxona qog‘ozi;
• qog‘oz sochiq yoki qo‘l quritgich;
• chiqindilar uchun maxsus idishlar bo‘lishi lozim.
🧹 Tozalik
Hojatxonalar muntazam tozalanishi, zarur hollarda dezinfeksiya qilinishi va chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilishi kerak.
🚹🚺 Erkaklar va ayollar uchun sharoit
Erkaklar qismida pissuarlar, ayollar qismida esa zarur sanitariya jihozlari hamda bolani yo‘rgaklash uchun sharoitlar bo‘lishi nazarda tutiladi.
Inklyuziv muhit
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalarning erkin foydalanishi uchun maxsus kabinalar hamda ularga moslashtirilgan jihozlar bo‘lishi kerak.
💡🌬 Yoritish va shamollatish
Hojatxonalar yetarli darajada yoritilgan bo‘lishi hamda shamollatish tizimi bilan ta’minlanishi lozim.
🧼 Esda tuting!
Toza jamoat hojatxonasi sanitariya madaniyati va aholi salomatligini ta’minlashning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.
👍1
📍 Mahallalarda profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

🩺 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Oltinko‘l tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Mahallabay” ishlash tizimi asosida “Markaz” MFY hududida aholi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
🚶‍♀️ Mutaxassislar xonadonlarga tashrif buyurib, aholi bilan sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, sog‘lom ovqatlanish va yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha suhbatlashdi.
🦠 Suhbatlarda qizamiq, virusli gepatit A, quturish, meningit, brutsellez, kuydirgi va sil kasalliklarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
🍽 Shuningdek, ovqatdan zaharlanish va botulizmning oldini olish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash hamda sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni iste’mol qilmaslik yuzasidan tavsiyalar berildi.
🧼 Toza qo‘llar kasalliklardan himoyalanishning eng oddiy va samarali choralaridan biri ekani ham tushuntirildi.
📄 Aholiga zarur tavsiyalar berilib, profilaktik mazmundagi eslatmalar tarqatildi.
👍1
FAVQULODDA VAZIYATLARGA TAYYORGARLIK AMALDA SINOVDAN O‘TKAZILDI

🏢 Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Khanteks Group” korxonasida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan navbatdagi o‘quv-amaliy mashg‘uloti tashkil etildi.
👷‍♀️ Unda Sanepidqo‘mita Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi mutaxassislari ham faol ishtirok etdi.
🔹 Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyat yuzaga kelganda xodimlarning to‘g‘ri va tezkor harakatlanishi, xavfsizlik talablariga rioya etish hamda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi.
🛡️ Bunday o‘quv mashg‘ulotlari xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarning oldini olish va harakatlar ko‘nikmasini mustahkamlashga xizmat qiladi.
👍1