Forwarded from Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi — davlat va jamiyat manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlardir. Halollik, ochiqlik, xolislik hamda qonun ustuvorligini ta’minlashda har bir fuqaroning faolligi muhim ahamiyatga ega.
📞 Ishonch telefonlari:
🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi — 1203
🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (74) 227-60-19
☎️ (74) 227-60-45
📱(93) 063-24-00
⚖️ Korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi yoki boshqa qonunbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang va murojaat qiling.
🤖 Ushbu lavha sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari yordamida yaratildi.

🔥1
Forwarded from Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!
Korrupsiyaga qarshi kurashish — har birimizning fuqarolik burchimiz. Quyidagi audio murojaatda korrupsiyaviy holatlarga duch kelgan taqdirda qayerga va qanday tartibda murojaat qilish mumkinligi haqida muhim ma’lumotlar berilgan.
📞 Ishonch telefonlari:
🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi — 1203
🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (93) 0632400
➡️ Audioni tinglang va yaqinlaringiz bilan ham ulashing!
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!

👍1
Forwarded from Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
Sanminimum kurslarida study.sanepid.uz onlayn platformasi orqali tez va oson o‘qing
O‘qishni boshlash uchun QR kodni skanerlang https://study.sanepid.uz
Hozircha platformada orqali
➡️ go‘sht va go‘sht mahsulotlari
➡️ sut va sut mahsulotlari
➡️ non va un mahsulotlari
➡️ oziq-ovqat qo‘shimchalari
➡️ biologik faol qo‘shimchalar
➡️ tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarida faoliyat yurituvchiklar uchun kurslar mavjud
📚 O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlaganlar uchun QR-kodli sertifikatlarni avtomatik qo‘lga kiritasiz
🔝 Hoziroq o‘qishni boshlang!
Xavfsiz xizmat faoliyatingizni kafolatlang!
⚡️ Zero aholi salomatligini saqlash siz-u bizning burchimizdir.
Batafsil:👇 👇 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/205037
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
📱 Telegram|📱 Instagram|📱 Facebook|📱 YouTube|📱 Veb-sayt | 🌐 Emlash veb-sayt
O‘qishni boshlash uchun QR kodni skanerlang https://study.sanepid.uz
Hozircha platformada orqali
Xavfsiz xizmat faoliyatingizni kafolatlang!
Batafsil:
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/205037
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
🧠 MENINGIT JIDDIY E’TIBOR TALAB QILADIGAN KASALLIK!
⚠️ Meningit — bosh miya va orqa miyani o‘rab turuvchi pardalarning yallig‘lanishi bilan kechadigan jiddiy kasallik. Unga bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar va boshqa mikroorganizmlar sabab bo‘lishi mumkin. Bakterial meningit ayniqsa og‘ir kechib, hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
🌡️ Asosiy belgilari:
🔹 tana haroratining ko‘tarilishi;
🔹 kuchli bosh og‘rig‘i;
🔹 bo‘yin mushaklarining qotishi;
🔹 ko‘ngil aynishi va qusish;
🔹 yorug‘likka sezuvchanlik;
🔹 hushning chalkashishi;
🔹 ayrim holatlarda tirishishlar va terida toshmalar.
👶 Bolalarda bezovtalik, emishni yoki ovqatlanishni rad etish, doimiy yig‘lash, holsizlik, uyg‘otish qiyinlashishi kabi belgilar kuzatilishi mumkin.
🛡️ Meningitning oldini olish mumkin!
💉 Ayrim bakterial meningit turlaridan himoyalanishda emlash eng samarali profilaktika choralaridan biridir. Meningokokk, pnevmokokk va Hib infeksiyalariga qarshi vaksinalar meningitning ayrim shakllaridan himoya qiladi.
🧼 Shuningdek:
• qo‘llarni muntazam va to‘g‘ri yuvish;
• shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
• idish-tovoq va shaxsiy buyumlarni boshqalar bilan bo‘lishmaslik;
• kasallik alomatlari bo‘lgan shaxs bilan yaqin aloqani cheklash muhim.
🚑 Muhim! Meningit belgilari tez rivojlanishi mumkin. Kuchli bosh og‘rig‘i, isitma, bo‘yin qotishi, hushning o‘zgarishi yoki tirishishlar kuzatilsa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiling.

☀️ YOZGI JAZIRAMADA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGIGA E’TIBOR!
🟡Sanepidqo‘mita Andijon tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Kuyganyor SHFY hududida salqin ichimliklar va yumshoq muzqaymoq sotish bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar o‘rtasida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
🔹 Oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan sharoitlarda saqlash;
🔹 Savdo joylarida tozalik va sanitariya holatini ta’minlash;
🔹 Ichimlik suvi hamda yumshoq muzqaymoq tayyorlashda xavfsizlik talablariga rioya qilish;
🔹 Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tegishli ogohlantirishlar berildi.
🧊 Yozning issiq kunlarida oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va sanitariya talablariga rioya qilish aholi salomatligini himoya qilishning muhim shartidir.

🛡️ Korrupsiyaga qarshi kurashda hamjihatlik muhim omil
🏢 Sanepidqo‘mita Xonobod shahar bo‘limida xodimlar ishtirokida korrupsiyaning oldini olish va xizmat faoliyatida qonuniylikni ta’minlashga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
👥 Tadbirda Respublika Sanepidqo‘mitasining korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi ishchi guruhi vakillari Eronov Bekniyoz, Ashurov Doston, Jaffarov Jahongir hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha mutaxassis Yunusov Yunusjon ishtirok etdi.
⚖️ Seminar davomida xodimlarga korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni barvaqt aniqlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vakolatlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda belgilangan tartiblarga qat’iy amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.
📌 Tadbir yakunida xizmat faoliyatida halollik, mas’uliyat va qonuniylik tamoyillariga amal qilish zarurligi qayd etildi.

YANGI O‘QUV YILI OLDIDAN: MAKTABLARDA GEPATIT A PROFILAKTIKASIGA JIDDIY E’TIBOR!
📚 Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida ta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena holatini talab darajasida ta’minlash, ayniqsa Gepatit A kabi yuqumli kasalliklarning oldini olish dolzarb vazifalardan biridir.
🦠 Gepatit A — virusli yuqumli kasallik bo‘lib, asosan fekal-oral yo‘l orqali yuqadi. Kasallik qo‘l gigiyenasiga rioya qilinmasligi, ifloslangan ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlari orqali tarqalishi mumkin. Bolalar jamoalarida shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga yetarlicha amal qilinmasligi esa infeksiya tarqalish xavfini oshiradi.
⚠️Shu bois maktablarda quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish zarur:
💧 Ichimlik suvi xavfsizligi
O‘quvchilarni sifatli va xavfsiz ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv saqlanadigan idishlar hamda suv tarqatish nuqtalarining sanitariya holatini muntazam nazorat qilish muhim.
🧼 Qo‘l gigiyenasi
O‘quvchilar va xodimlar uchun qo‘l yuvish joylarida suv va sovun yetarli bo‘lishi, ayniqsa ovqatlanishdan oldin hamda hojatxonadan foydalangandan keyin qo‘llarni sovunlab yuvish odatini shakllantirish lozim.
🚻 Sanitariya xonalari holati
Hojatxonalarning tozaligi, ularni muntazam tozalash va zarur hollarda dezinfeksiya qilish, sanitariya-texnik jihozlarning sozligi hamda tozalash anjomlarining belgilangan tartibda saqlanishiga e’tibor qaratilishi kerak.
🍎 Ovqatlanish xavfsizligi
Maktab oshxonalarida tayyor taomlarni saqlash va tarqatish shartlari, xom va tayyor mahsulotlarning alohida saqlanishi, oshxona xodimlarining shaxsiy gigiyenasi hamda mahsulotlarning sifati va xavfsizligi nazorat qilinishi zarur.
🧹 Maktab muhiti tozaligi
Sinf xonalari, umumiy foydalanish joylari, eshik tutqichlari va boshqa ko‘p tegiladigan yuzalarning muntazam tozalanishi hamda xonalarning yetarli darajada shamollatilishi ta’minlanishi lozim.
👩🏫 Profilaktik tushuntirish ishlari
O‘quvchilar, pedagoglar va texnik xodimlar o‘rtasida Gepatit Aning yuqish yo‘llari, asosiy belgilari va kasallikning oldini olish choralari bo‘yicha muntazam targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borish muhim.
⚠️ E’tiborsizlik — infeksiya tarqalishiga, profilaktika esa uning oldini olishga xizmat qiladi.
🏫 Maktablarda sanitariya-gigiyena talablarining to‘liq ta’minlanishi o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish bilan birga, butun ta’lim jamoasida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

🏥 TIBBIYOT MUASSASALARIDA EPIDEMIOLOGIK XAVFSIZLIKKA E’TIBOR
🏫Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumanning chekka hududlaridan biri Taraqqiyot oilaviy shifokorlik punktida rejali tekshiruv o‘tkazildi.
🔹 Tekshiruv davomida shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olish, tibbiy chiqindilarni belgilangan tartibda saqlash va yo‘q qilish holati o‘rganildi.
💉 Vaksinatsiya tadbirlarini tashkil etishda xavfsiz immunizatsiya tamoyillariga rioya qilinishi tahlil qilindi.
🦠 Hududdagi yuqumli va parazitar kasalliklar bo‘yicha epidemiologik vaziyat o‘rganilib, gelmintoz kasalliklarining oldini olish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
🧼 Shuningdek, “Toza qo‘llar” dasturining yuqumli kasalliklar profilaktikasidagi ahamiyati yuzasidan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
📑 Tekshiruv yakuni bo‘yicha tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH: ISHLAR YAKUNI MUHOKAMA QILINDI
🏢 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi majlislar zalida viloyatda ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
💻 Yig‘ilish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshlig‘i E. Danaev ishtirokida ZOOM platformasi orqali tashkil etildi. Unda viloyatdagi barcha tuman va shahar bo‘limlari xodimlari onlayn tarzda qatnashdi.
📌 Yig‘ilish davomida o‘rganishlar natijasida aniqlangan holatlar, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Xodimlarning xizmat vazifalarini qonuniy, xolis va vijdonan bajarishi;
🔹 manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish;
🔹 davlat xizmatlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash;
🔹 korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish;
🔹 aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ul xodimlarning javobgarligini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

🍗 PARRANDA GO‘SHTI DASTURXONDAGI FOYDALI TANLOV!
💪 Oqsil manbai
Parranda go‘shti organizm uchun zarur bo‘lgan sifatli oqsilga boy. Oqsil mushaklar va boshqa to‘qimalarning shakllanishi hamda tiklanishida muhim ahamiyatga ega.
🧠 B guruhi vitaminlari
Tovuq va boshqa parranda go‘shti B guruhi vitaminlari, jumladan, B12 vitamini manbalaridan biridir. Ular organizmning normal faoliyati uchun zarur.
🩸 Muhim minerallar
Parranda go‘shti tarkibida temir, rux, fosfor va boshqa minerallar mavjud. Ularning ayrimlari qon hosil bo‘lishi, immun tizimi va suyaklar faoliyatida ishtirok etadi.
🥩 Yog‘ miqdorini kamaytirish mumkin
Parranda go‘shtini, ayniqsa, terisiz iste’mol qilish yog‘ miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
🍽️ Qanday tayyorlagan ma’qul?
Go‘shtning foydali xususiyatlarini saqlash uchun uni qaynatish, dimlash yoki pechda pishirish kabi usullardan foydalanish ma’qul. Juda ko‘p yog‘da qovurish esa qo‘shimcha yog‘ va kaloriya miqdorini oshiradi.
⚠️ Oziq-ovqat xavfsizligi ham muhim!
Xom parranda go‘shti boshqa oziq-ovqatlardan alohida saqlanishi, tayyorlashdan oldin va keyin qo‘llar hamda oshxona jihozlari yaxshilab tozalanishi, go‘sht esa to‘liq pishirilishi kerak.
📌 Eslab qoling: Parranda go‘shtining foydasi nafaqat uning tarkibiga, balki uni qanday saqlash va tayyorlashga ham bog‘liq.

🚑 TEZ TIBBIY YORDAM XIZMATIDA SANITARIYA TALABLARI O‘RGANILDI
📍 Sanepidqo‘mita Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Qo‘rg‘ontepa shahrida joylashgan Tez tibbiy yordam tuman bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
📌O‘rganish davomida tez tibbiy yordam xizmatida foydalanilayotgan avtomobillarning sanitariya holati, tozaligi hamda gigiyenik talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
🧼🚑 Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✅ O‘rganishdan asosiy maqsad tez tibbiy yordam xizmatida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda aholiga xavfsiz va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilashdan iborat.