Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
515 subscribers
7.26K photos
761 videos
147 files
905 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!

Korrupsiyaga qarshi kurashish — har birimizning fuqarolik burchimiz. Quyidagi audio murojaatda korrupsiyaviy holatlarga duch kelgan taqdirda qayerga va qanday tartibda murojaat qilish mumkinligi haqida muhim ma’lumotlar berilgan.

📞 Ishonch telefonlari:

🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi — 1203

🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (93) 0632400

➡️ Audioni tinglang va yaqinlaringiz bilan ham ulashing!

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ BAD (biologik faol qo‘shimcha) iste’molida ehtiyot bo‘ling!

Biologik faol qo‘shimchalar (BAD) bu dori vositasi emas, balki ovqat ratsionini vitaminlar, minerallar, aminokislotalar, o‘simlik ekstraktlari va boshqa biologik faol moddalar bilan boyitish uchun mo‘ljallangan mahsulotdir.
Shuni unutmang:
💊 BAD kasalliklarni davolash yoki ularning oldini olish uchun mo‘ljallanmagan.
👨‍⚕️ Biologik faol qo‘shimchalarni iste’mol qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashing.
📦 Mahsulotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi, yaroqlilik muddati va qadoqdagi ma’lumotlarini tekshiring.
🚫 Noma’lum ishlab chiqaruvchilar yoki ishonchsiz internet manbalaridan xarid qilmang.
⚠️ Ayrim biologik faol qo‘shimchalar dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirlashishi yoki nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
🤰 Homilador va emizikli ayollar, bolalar hamda surunkali kasalliklarga chalingan shaxslar BADni faqat shifokor tavsiyasi asosida iste’mol qilishi lozim.
Lavha sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari yordamida yaratildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi — davlat va jamiyat manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlardir. Halollik, ochiqlik, xolislik hamda qonun ustuvorligini ta’minlashda har bir fuqaroning faolligi muhim ahamiyatga ega.

📞 Ishonch telefonlari:
🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi1203
🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (74) 227-60-19
☎️ (74) 227-60-45
📱(93) 063-24-00
⚖️ Korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi yoki boshqa qonunbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang va murojaat qiling.
🤖 Ushbu lavha sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari yordamida yaratildi.
1
🌐 Yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

📍 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tuman bo‘limi epidemiologiya bo‘limi xodimlari tomonidan Shahrixon tumani Qayrag‘ochguzar MFY hududida joylashgan, tuman TTB tasarrufidagi 63-oilaviy poliklinikada profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Tibbiyot muassasasi xodimlari ishtirokida “Yuqumli kasalliklarning oldini olish” mavzusida seminar mashg‘uloti tashkil etilib, kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash hamda sanitariya-epidemiologik talablariga rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
🏠 Shuningdek, Qayrag‘ochguzar MFY hududida yashovchi yuqumli kasallik qayd etilgan bemor xonadonida epidemiologik surishtiruv o‘tkazilib, fuqarolar bilan mavzuga oid profilaktik suhbatlar tashkil etildi.
🔸Mazkur profilaktik tadbirlar aholi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash hamda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi.
🏛 Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasida Biznes ombudsman vakillari ishtirokida davlat nazorati sohasida qonunchilik talablariga rioya etish, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari hamda sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbirda boshqarma va hududiy bo‘limlarning mas’ul mansabdor shaxslari ishtirok etdi.
📖 Seminar davomida davlat nazoratini amalga oshirishning amaldagi qonunchilik talablari, tekshiruvlarni qonuniy asoslarda tashkil etish, tadbirkorlik subyektlari bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
💬 Sayyor qabul jarayonida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularga amaliy va huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etish hamda davlat nazorati faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Korzinka” savdo majmuasidagi savdo faoliyati yuzasidan bildirilgan murojaat bo‘yicha “Sanepidqo‘mita” Andijon viloyati boshqarmasi vakillari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Murojaatda ko‘rsatilgan holatlar belgilangan tartibda o‘rganilib, o‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
📢 Kuydirgi kasalligidan ehtiyot bo‘ling!

🛑Kuydirgi Bacillus anthracis bakteriyasi qo‘zg‘atadigan, asosan chorva hayvonlarida uchraydigan va insonlarga ham yuqishi mumkin bo‘lgan o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir.
Kasallik quyidagi hollarda yuqishi mumkin:
🔹 kasallangan hayvon yoki uning mahsulotlari bilan bevosita muloqot qilganda;
🔹 veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tmagan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilganda;
🔹 kasallangan hayvonning terisi, juni va boshqa xomashyosi bilan ishlaganda.
⚠️ Kasallikning asosiy belgilari:
🔸 tana haroratining ko‘tarilishi;
🔸 terida qora qobiq bilan qoplangan yara hosil bo‘lishi;
🔸 umumiy holsizlik va intoksikatsiya belgilari.
Kasallikning oldini olish uchun:
✔️ Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini faqat veterinariya nazoratidan o‘tgan savdo shoxobchalaridan xarid qiling.
✔️ Kasallik alomatlari kuzatilgan hayvonlarni so‘ymang va ularning mahsulotlarini iste’mol qilmang.
✔️ Chorva hayvonlarini belgilangan tartibda emlatib boring.
✔️ Hayvonlarni parvarishlash va so‘yishda shaxsiy himoya vositalaridan foydalaning.
✔️ Kasallikka gumon qilingan holatlar aniqlansa, zudlik bilan veterinariya va tibbiyot muassasalariga murojaat qiling.
📌 Kuydirgi kasalligidan himoyalanishning eng samarali yo‘li veterinariya va sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilishdir.
“Mahallabay” tizimi asosida profilaktik targ‘ibot ishlari o’tkazildi.

📍 Sanepidqo‘mita Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan mahallalarda aholi o‘rtasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
🩺 Tadbir davomida fuqarolarga gepatit, qizamiq, quturish, brutsellyoz, meningit, ovqatdan zaharlanish va boshqa yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari, belgilari hamda ularning oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish, sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish, bolalarni o‘z vaqtida emlash, hayvonlar bilan muomalada ehtiyot choralariga amal qilish hamda kasallik alomatlari kuzatilganda o‘z vaqtida tibbiy muassasaga murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Halollik va shaffoflik xizmat faoliyatining ustuvor tamoyili.

📍 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi majlislar zalida viloyat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega hamda attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlar ishtirokida korrupsiyaning oldini olish va uni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlab, bartaraf etish mavzusida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo’yicha mutaxassisi Y.Yunosov tomonidan seminar tashkil etildi.
📚 Seminar davomida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, xizmat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
⚖️ Mutasaddilar tomonidan korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha profilaktik choralarni kuchaytirish, har bir xodimning shaxsiy mas’uliyatini oshirish va xizmat etikasi me’yorlariga qat’iy amal qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.
GEPATITDAN HIMOYA JIGAR SALOMATLIGINI ASRASHDAN BOSHLANADI!

🦠 Virusli gepatit — jigar to‘qimalarining yallig‘lanishiga olib keluvchi yuqumli kasallik bo‘lib, uning A, B, C, D va E turlari mavjud. Ular yuqish yo‘llari, kechishi va profilaktika choralariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
🔹 Gepatit A — asosan virus bilan zararlangan oziq-ovqat va suvni iste’mol qilish, shuningdek, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik orqali yuqadi. Kasallik surunkali shaklga o‘tmaydi, biroq ayrim holatlarda og‘ir kechishi mumkin.
💉 Gepatit A ning oldini olishda emlash muhim himoya vositasidir. Gepatit A ga qarshi xavfsiz va samarali vaksinalar mavjud. Emlash bilan bir qatorda toza ichimlik suvidan foydalanish, qo‘llarni muntazam yuvish hamda oziq-ovqat xavfsizligiga rioya qilish kasallik tarqalishining oldini olishda katta ahamiyatga ega.
🔹 Gepatit B — zararlangan qon va boshqa biologik suyuqliklar orqali, shuningdek, onadan bolaga tug‘ruq vaqtida yuqishi mumkin. Kasallik surunkali tus olib, jigar sirrozi va jigar saratoni kabi jiddiy asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Gepatit B ga qarshi ham samarali vaksina mavjud.
🔹 Gepatit C — asosan zararlangan qon orqali yuqadi. U o‘tkir yoki surunkali shaklda kechishi mumkin. Hozirda gepatit C ga qarshi samarali vaksina mavjud emas, ammo zamonaviy virusga qarshi dori vositalari bilan kasallikni davolash mumkin.
🔹 Gepatit D — faqat gepatit B virusi mavjud bo‘lgan insonlarda rivojlanadi. Gepatit B ga qarshi emlanish gepatit D dan ham himoyalanishga yordam beradi.
🔹 Gepatit E — ko‘pincha ifloslangan ichimlik suvi va oziq-ovqat orqali yuqadi. Shu sababli sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish muhim profilaktik chora hisoblanadi.
⚠️ Gepatitdan himoyalanish uchun:
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling;
faqat xavfsiz ichimlik suvidan foydalaning;
oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga e’tibor bering;
steril tibbiy va kosmetologik asboblardan foydalanilishiga ishonch hosil qiling;
gepatitga qarshi mavjud emlash choralaridan foydalaning;
kasallikka gumon tug‘ilganda o‘z vaqtida shifokorga murojaat qiling.
🦠 QIZAMIQ — ODDIY TOSHMA EMAS! SOG‘LOMLIKNI ASRASHDA EMLASH MUHIM

🔴 Qizamiq — virus sababli yuzaga keladigan, havo orqali juda tez yuqadigan yuqumli kasallik. Kasallik ayniqsa emlanmagan bolalar uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Qizamiqni qanday belgilar orqali aniqlash mumkin?
🌡️ yuqori tana harorati;
🤧 burun oqishi;
😷 yo‘tal;
👁️ ko‘zlarning qizarishi va yoshlanishi;
🔴 yuz va bo‘yindan boshlanib, tanaga tarqaluvchi toshma;
⚪️ og‘iz shilliq qavatida mayda oq dog‘lar.
⚠️ Qizamiq ayrim hollarda zotiljam, miya yallig‘lanishi, ko‘rishning buzilishi, kuchli ich ketishi va suvsizlanish kabi og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
💉 Qizamiqning oldini olishning eng samarali usuli emlash. Vaksinatsiya kasallikdan himoyalanish va uning tarqalishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.
👨‍👩‍👧‍👦 Farzandingizning emlash holatini nazorat qiling. Emlash dozalaridan biri o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, tibbiyot xodimiga murojaat qiling.
🏡 aholi salomatligini asrashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🩺 Sanepidqo‘mita Andijon tumani bo‘limi tomonidan Kengash MFYda aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish, sanitariya madaniyatini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
🤝 Tadbirlar mahalla vakillari va patronaj xizmati xodimlari bilan hamkorlikda olib borilib, xonadonlarda aholi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazildi.
📌 Suhbatlar davomida
💉 Vaksinatsiyaning ahamiyati yuqumli kasalliklarning oldini olish va jamoaviy immunitetni shakllantirishdagi o‘rni;
🧼 “Toza qo‘llar” qo‘l gigiyenasiga rioya qilish orqali ko‘plab yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish;
🥫 Botulizm xavfi uy sharoitida konserva mahsulotlarini tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilish zarurligi;
⚠️ Zoonoz,boshqa xavfli yuqumli kasalliklar kasallik manbalari bilan kontaktda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
1👍1