Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
515 subscribers
7.26K photos
761 videos
147 files
905 links
Download Telegram
☀️ Issiq havoda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash qoidalari

📍Yozning issiq kunlarida oziq-ovqat mahsulotlarini noto‘g‘ri saqlash mikroorganizmlarning tez ko‘payishiga sabab bo‘lib, oziq-ovqatdan zaharlanish xavfini oshiradi. Shu bois quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish tavsiya etiladi:
🔹 Tez buziladigan mahsulotlar (go‘sht, baliq, sut va sut mahsulotlari, tuxum, tayyor ovqatlar) faqat ishlab chiqaruvchi ko‘rsatgan haroratda, sovutkichda saqlanishi lozim.
🔹 Muzlatkichdan olingan mahsulotni uzoq vaqt xona haroratida qoldirmang. Eritilgan mahsulotni qayta muzlatish tavsiya etilmaydi.
🔹 Tayyor taomlar va xom mahsulotlarni alohida saqlang. Bu o‘zaro ifloslanishning oldini oladi.
🔹 Mahsulotlarning yaroqlilik muddati, qadoq butunligi va saqlash sharoitiga doimo e’tibor bering. Yaroqlilik muddati o’tgan yoki qadoqlanishi shikastlangan mahsulotlarni iste’mol qilmang.
🔹 Meva va sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin oqar suvda yaxshilab yuving.
🔹 Oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushadigan joyda saqlamang.
⚠️ Oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan saqlash sharoitlariga rioya etgan holda saqlash inson salomatligini himoya qilish va oziq-ovqatdan zaharlanishlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
🛍️ Dehqon bozorlari va savdo rastalarida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi
🔹 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Baliqchi tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi dehqon bozorlari va savdo rastalarida sanitariya-gigiyena holatini o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🍎 O‘rganish davomida oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoitlari, savdo rastalarining sanitariya talablariga muvofiqligi, mahsulotlarning yaroqlilik muddati hamda sotuvchilarning sanitariya qoidalariga rioya etishi nazorat qilindi.
🧴 Shuningdek, tadbirkor va sotuvchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan talablarga muvofiq saqlash, tozalik hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurash qonun ustuvorligi va shaffoflik yo‘lida.

🏢Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha mutaxassis Yunusov Yunusjon ishtirokida brifing o‘tkazildi.
📌Brifing davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, amaldagi qonunchilik talablari, davlat xizmatchilarining huquq va majburiyatlari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xizmat faoliyatida halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligini ta’minlash sohasida korrupsiyaning oldini olish, qonuniylikni mustahkamlash hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!

Korrupsiyaga qarshi kurashish — har birimizning fuqarolik burchimiz. Quyidagi audio murojaatda korrupsiyaviy holatlarga duch kelgan taqdirda qayerga va qanday tartibda murojaat qilish mumkinligi haqida muhim ma’lumotlar berilgan.

📞 Ishonch telefonlari:

🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi — 1203

🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (93) 0632400

➡️ Audioni tinglang va yaqinlaringiz bilan ham ulashing!

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!
Forwarded from ХAVFSIZLIK 🇺🇿
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Kiberogohlantirish 60 soniya: APK yukladingizmi? Xavfni yukladingiz — notanish faylni ochmang!
✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐟 Sog‘lom ovqatlanishda baliq mahsulotlarining o‘rni

🐠 Baliq va baliq mahsulotlari sog‘lom ovqatlanish ratsionining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ularning tarkibidagi yuqori sifatli oqsil, omega-3 yog‘ kislotalari, D va B guruhi vitaminlari, yod, fosfor hamda selen organizmning normal faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

💙 Baliq iste’mol qilish:
🔹 yurak-qon tomir tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga;
🔹 miya faoliyati va xotirani saqlashga;
🔹 suyak va tishlarning mustahkam bo‘lishiga;
🔹 bolalarning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishiga;
🔹 organizmning vitamin va mineral moddalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yordam beradi.

📌 Baliq va konservalangan baliq mahsulotlarini tanlashda quyidagilarga e’tibor bering:
🔹 mahsulotni faqat ruxsat etilgan savdo shoxobchalaridan xarid qiling;
🔹 yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlarini tekshiring;
🔹 konservalangan baliq mahsulotlarining qadoqlari shishgan, ezilgan, zanglagan yoki germetikligi buzilgan bo‘lsa, iste’mol qilmang;
🔹 qadoqlanishi shikastlangan yoki begona hidga ega mahsulotlarni xarid qilmang;
🔹 yangi va muzlatilgan baliqqa to‘liq issiqlik ishlovi bering.
🚻 Umumiy ovqatlanish shoxobchalarida jamoat hojatxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari

🍽️ Umumiy ovqatlanish korxonalarida jamoat hojatxonalarining sanitariya holati iste’molchilar salomatligini himoya qilish va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
📌 Asosiy talablar qanday?
🚰 Hojatxona doimiy ravishda ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
🧼 Qo‘l yuvish joylarida sovun (yoki suyuq sovun), qo‘lni quritish vositalari (bir martalik qog‘oz sochiq yoki elektr quritgich) hamda antiseptik vositalar mavjud bo‘lishi zarur.🧹 Hojatxona xonalari muntazam tozalanishi va dezinfeksiya qilinishi, sanitariya holati doimiy nazorat ostida saqlanishi kerak.
🗑️ Chiqindilar uchun qopqoqli chiqindi qutilari o‘rnatilishi va o‘z vaqtida bo‘shatib turilishi shart.
💨 Xonada tabiiy yoki sun’iy shamollatish tizimi ishlashi, noxush hidlarning tarqalishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
💡 Yoritish tizimi yetarli darajada bo‘lishi va barcha sanitariya jihozlari soz holatda saqlanishi talab etiladi.
🚻 Sanitariya jihozlari (unitaz, rakovina, kran va boshqalar) doimo soz va foydalanishga yaroqli holatda bo‘lishi kerak.
👨‍🦽 Imkon qadar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay sharoitlar yaratilishi tavsiya etiladi.
⚠️ Sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklar xavfini kamaytiradi hamda iste’molchilar uchun xavfsiz va qulay muhitni ta’minlaydi.
🦠 Qizamiqning oldini olish – emlash orqali ishonchli himoya!

📍 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tuman bo‘limi Epidemiologiya bo‘limi xodimlari tomonidan tumanidagi Navoiy oilaviy shifokorlik punktida “Qizamiq kasalligi va uning oldini olish” mavzusida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

👨‍⚕️ Seminar davomida ishtirichilarga qizamiq kasalligining kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari, klinik belgilari hamda kasallikning og‘ir asoratlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

🦠 Qizamiq — havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan, yuqori darajada yuqumli virusli kasallik bo‘lib, ayniqsa emlanmagan bolalar uchun xavfli hisoblanadi. Kasallik yuqori isitma, yo‘tal, burun oqishi, ko‘zning qizarishi va tana bo‘ylab toshmalar bilan namoyon bo‘ladi.
💉 Mutaxassislar qizamiqning oldini olishning eng samarali usuli Milliy emlash taqvimiga muvofiq o‘z vaqtida emlash ekanini ta’kidlab, xodimlarga ota-onalarni farzandlarini belgilangan muddatlarda emlatishga jalb qilishi bo’yicha tavsiyalar berildi.
🕷️ Qrim-Kongo gemorragik isitmasining oldini oling!

⚠️ Qrim-Kongo gemorragik isitmasi (QKGI) virusli, o‘ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, asosan kana chaqishi yoki kasallangan hayvonlarning qoni va biologik suyuqliklari bilan bevosita muloqot qilish orqali yuqadi. Kasallik insondan insonga ham qon va boshqa biologik suyuqliklar orqali yuqishi mumkin. Kasallikning og‘ir kechishi va qon ketish asoratlari bilan xavflidir.
Kasallikning oldini olish uchun
🦟 Tabiat qo‘ynida yoki chorvachilik hududlarida bo‘lganda tanani yopib turuvchi uzun yengli kiyim va yopiq poyabzal kiying.
🧴 Kana chaqishidan himoyalovchi repelent vositalardan foydalaning.
🔍 Tabiatdan qaytgach, tana va kiyimlarni sinchiklab ko‘zdan kechiring, aniqlangan kanani mustaqil ezmang yoki yalang‘och qo‘l bilan ushlamang.
🐄 Chorva mollari bilan ishlash, ularni so‘yish yoki parvarishlashda qo‘lqop va boshqa shaxsiy himoya vositalaridan foydalaning.
🩸 Kasallangan yoki kasallikka gumon qilingan inson hamda hayvonlarning qoni va boshqa biologik suyuqliklari bilan bevosita aloqadan saqlaning.
⚠️Isitma, kuchli holsizlik, mushak og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i yoki qon ketish belgilari kuzatilsa, zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qiling. O‘zini o‘zi davolash tavsiya etilmaydi.
Kasallikning oldini olishning eng samarali yo‘li kana chaqishidan himoyalanish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish va xavfsizlik choralariga qat’iy amal qilishdir.
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🔹 Sessiya kun tartibidagi muhim masalalardan biri sifatida Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limining 2026-yilning 6 oyi davomida aholi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlari ko‘rib chiqildi.
📊 Mazkur masala yuzasidan Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi mas’ul xodimi O. Usmanov tomonidan hisobot ma’ruzasi taqdim etildi.
🦠 Hisobotda tumanda yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari hamda davolash-profilaktika muassasalarida olib borilgan sanitariya-epidemiologik nazorat ishlari, shuningdek, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurash qonun ustuvorligi va shaffoflik yo‘lida.

🏢Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha mutaxassis Yunusov Yunusjon ishtirokida brifing o‘tkazildi.
📌Brifing davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, amaldagi qonunchilik talablari, davlat xizmatchilarining huquq va majburiyatlari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xizmat faoliyatida halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligini ta’minlash sohasida korrupsiyaning oldini olish, qonuniylikni mustahkamlash hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!

Korrupsiyaga qarshi kurashish — har birimizning fuqarolik burchimiz. Quyidagi audio murojaatda korrupsiyaviy holatlarga duch kelgan taqdirda qayerga va qanday tartibda murojaat qilish mumkinligi haqida muhim ma’lumotlar berilgan.

📞 Ishonch telefonlari:

🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi — 1203

🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (93) 0632400

➡️ Audioni tinglang va yaqinlaringiz bilan ham ulashing!

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ BAD (biologik faol qo‘shimcha) iste’molida ehtiyot bo‘ling!

Biologik faol qo‘shimchalar (BAD) bu dori vositasi emas, balki ovqat ratsionini vitaminlar, minerallar, aminokislotalar, o‘simlik ekstraktlari va boshqa biologik faol moddalar bilan boyitish uchun mo‘ljallangan mahsulotdir.
Shuni unutmang:
💊 BAD kasalliklarni davolash yoki ularning oldini olish uchun mo‘ljallanmagan.
👨‍⚕️ Biologik faol qo‘shimchalarni iste’mol qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashing.
📦 Mahsulotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi, yaroqlilik muddati va qadoqdagi ma’lumotlarini tekshiring.
🚫 Noma’lum ishlab chiqaruvchilar yoki ishonchsiz internet manbalaridan xarid qilmang.
⚠️ Ayrim biologik faol qo‘shimchalar dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirlashishi yoki nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
🤰 Homilador va emizikli ayollar, bolalar hamda surunkali kasalliklarga chalingan shaxslar BADni faqat shifokor tavsiyasi asosida iste’mol qilishi lozim.
Lavha sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari yordamida yaratildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi — davlat va jamiyat manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlardir. Halollik, ochiqlik, xolislik hamda qonun ustuvorligini ta’minlashda har bir fuqaroning faolligi muhim ahamiyatga ega.

📞 Ishonch telefonlari:
🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi1203
🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (74) 227-60-19
☎️ (74) 227-60-45
📱(93) 063-24-00
⚖️ Korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi yoki boshqa qonunbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang va murojaat qiling.
🤖 Ushbu lavha sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari yordamida yaratildi.
1
🌐 Yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

📍 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tuman bo‘limi epidemiologiya bo‘limi xodimlari tomonidan Shahrixon tumani Qayrag‘ochguzar MFY hududida joylashgan, tuman TTB tasarrufidagi 63-oilaviy poliklinikada profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Tibbiyot muassasasi xodimlari ishtirokida “Yuqumli kasalliklarning oldini olish” mavzusida seminar mashg‘uloti tashkil etilib, kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash hamda sanitariya-epidemiologik talablariga rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
🏠 Shuningdek, Qayrag‘ochguzar MFY hududida yashovchi yuqumli kasallik qayd etilgan bemor xonadonida epidemiologik surishtiruv o‘tkazilib, fuqarolar bilan mavzuga oid profilaktik suhbatlar tashkil etildi.
🔸Mazkur profilaktik tadbirlar aholi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash hamda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi.
🏛 Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasida Biznes ombudsman vakillari ishtirokida davlat nazorati sohasida qonunchilik talablariga rioya etish, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari hamda sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbirda boshqarma va hududiy bo‘limlarning mas’ul mansabdor shaxslari ishtirok etdi.
📖 Seminar davomida davlat nazoratini amalga oshirishning amaldagi qonunchilik talablari, tekshiruvlarni qonuniy asoslarda tashkil etish, tadbirkorlik subyektlari bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
💬 Sayyor qabul jarayonida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularga amaliy va huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etish hamda davlat nazorati faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.