Forwarded from Eng Yaxshi Ummat
ИККИ ДУНЁ САОДАТИ
«Эй Одам фарзанди! Менга бўлган қалбингдаги муҳаббат сенинг дунёга бўлган майлинг миқдоридадир. Албатта Мен Ўзимга бўлган муҳаббат билан дунё муҳаббатини ҳеч қачон бир қалбда жамламайман.
Эй Одам фарзанди! Тақво қил, Мени танийсан. Оч юр, Мени кўрасан. Ибодатимга берил, Менга етасан. Амалингни риёдан халос эт, муҳаббатим сенга либос бўлажак. Зик-римга вақт ажрат, фаришталар ҳузурида сени эслайман.
Эй Одам фарзанди! Қалбингда Аллоҳдан ўзгаси бўлатуриб, Аллоҳдан ўзгасидан умид қилатуриб, Аллоҳдан ўзгасидан қўрқатуриб, яна қачонгача (дилда эмас, фақат тилда) «Аллоҳ олий», дейсан?! Агар ҳақни таниганингда Аллоҳдан ўзгаси сени машғул қилолмас, Аллоҳдан ўзгасидан қўрқмас, Аллоҳнинг зикридан тилингни тўхтатмас эдинг. Тавба қилган ҳолда гуноҳда давом этиш ёлғончиларнинг тавбасидир.
Эй Одам фарзанди! Агар қашшоқликдан қўрққанинг каби дўзахдан қўрққанингда эди, кутилмаган жойдан (ризқ бериб), сени бой қилиб қўйган бўлардим.
Эй Одам фарзанди! Агар дунёга қизиққанингдек жаннатга рағбат қилганингда эди, иккала диёрда (дунё ва охиратда) ҳам сени саодатманд этар эдим. Бир-бирларингизни эслагандек, зикр қилгандек Мени ҳам зикр қилганларингизда эди, фаришталар эртаю кеч сизларга салом йўллаган бўларди. Агар дунёни яхши кўрганингиздек ибодатимга муҳаббат қўйганингизда эди, сизларни ҳам пайғамбарларга кўрсатилган ҳурмат билан ҳурматлаган бўлардим. Бас, қалбингизни дунё муҳаббати билан тўлдирманг, чунки дунёнинг заволи яқиндир».
"Қирқ ҳадиси қудси" китобидан
@Eng_yaxshi_ummat

Forwarded from Ибрат учун...
#ҳикмат
ИМОМИ АЪЗАМНИНГ ЎҒЛИ ҲАММОДГА НАСИҲАТИ
"Эй ўғлим! Беш юз ҳадис орасидан танлаб олганларим ушбу беш ҳадисга амал қил:
1) "Барча ишлар, албатта, ниятга боғлиқ бўлади. Ҳар бир кишига ният қилгани бўлади".
2) "Кераксиз нарсалар билан шуғулланмаслик кишининг диёнати яхшилигидадир".
3) "Ўзи хуш кўрган нарсани бошқага ҳам раво кўрмаган банданинг имони комил бўлмайди".
4) "Ҳалол ҳам маълум, ҳаром ҳам маълум. Аммо улар ўртасида шубҳали нарсалар ҳам бор. Кўпчилик уларни билмайди. Улардан ўзини сақлаган банда динини ва шарафини ҳимоя қилган бўлади. Шубҳали нарсалардан ўзини тиймаган банданинг ҳаромга ўтиб қолиши ҳеч гап эмас. Бундай банда қўриқхона атрофида қўй боқаётган қўйчивонга ўхшайди, у ҳар лаҳза қўриқхонага ўтиб кетиши мумкин. Ҳар бир ҳукмдорнинг қўриқхонаси бўлганидек, Аллоҳнинг ҳам қўриқхонаси бор. У Аллоҳ ҳаром қилган нарсалардир. Ҳар бир баданда бир парча гўшт бор, у соғлом бўлса, бадан ҳам соғлом бўлади, у касал бўлса, бадан ҳам бемор бўлади. У қалбдир".
5) "Бировларга тили ва қўли билан озор етказмайдиган мусулмон ҳақиқий мусулмондир".
Каналга уланиш
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ibratli videolar (طالبة العلم)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zehniyat
"Kuchli bo‘lmaguningizga qadar boshqalarning adolatsizligidan xafa bo'lib yuraverasiz".
🧠 @zehniyat_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kitob nuri
#Nuktalar
⏺ Dunyo matohlari baxt keltirmaydi!
"Hayoti dunyoning bori shu, bir ko‘karib, lov etib ko‘karadi, keyin sariq xashakka aylanadi. Shuning uchun ulamolar aytadiki, bu har bir narsada ko‘rinadi. Masalan, bolangiz magazinga kirganda o‘yinchoqni ko‘rib qolib, "olib berasiz, mana shuni olib berasiz", deb dod deydi. Haligi o‘yinchoqni olib berasiz, olib bermasangiz qo‘ymaydi. Olib kelib qo‘ying-da uyga, ertasiga divanning tagida, ko‘chada, tashqarida, ariqda sinib yotgan bo‘ladi. O‘sha bola ham o‘sha dunyoning narsasidan tez zerikadi. Qizig‘i qolmaydi. Eng zo‘r mashinani minib chiqing-da, mana hozir Mercedesning oxirgi rusumi masalan 800 bo‘lsa misol uchun, 800 ni minib chiqing, 6 oydan keyin 850 chiqadi-yu, o‘zi qoniqmay qolasiz o‘zingizning mashinangizdan. Baxt ketadi. Xuddiki sariq xashakka aylangan, foydalanmaydigan narsaga aylanib qoladi. Dunyodagi eng chiroyli ayolga uylaning, yana uylangingiz kelaveradi. Eng katta uyni quring, qo‘shningiz bir qarich ko‘tarib qo‘ysa, uyingizni buzib, boshqatdan qurgingiz keladi. Uyingiz ko‘zingizga xunuk ko‘rinib qoladi. Dunyoning hamma narsasi shunaqa. Shuning uchun dunyoda haligi mukammal saodat topaman deb urinmagin, ancha-muncha g‘ashliklarga rozi bo‘lgin, diqqat bo‘lmagin".
©️ Shayx Husayn Buxoriy
📚 @kitob_nuri

⏺ Alloh nafsni nega yaratgan?
"Aytadilarki, odamlarni aziyatini senga ro‘para qilib qo‘ydi, toyinki ularga bog‘lanmasdan Allohga qaytishing uchun.
Shaytonni yaratdi, undan qochib Allohga qaytishing uchun.
Nafsni ham yaratdi deydilar endi. Nafsni ham yaratdi Allohga doimiy iqbol qilib, yuzlanib turishing uchun.
Nima uchun? Shayton chekinsa ham nafs qoladi.
70 ta shaytondan yomon. Undan ko‘pidan ham.
Bitta nafs 70 ta shaytondan yomon bo‘ladi.
Shaytondan qochish, "A'uzu billahi" desangiz qochadi "mina-sh-shaytoni-r-rojim". Nafsga auzuni ayting, qochmaydi.
Endi u yana ham sizga yopishgan dushman. Bu nima uchun? Haligi Alloh taologa qochishing bardavom bo‘lishi uchun, bir lahza ham uzilmasligi uchun. Bir lahza ham ajramaydigan nafsni qo‘yib qo‘ygan.
Endi aytadilarki, o‘sha nafsni Alloh subhanahu va taolo istagan amrlar, Xudo buyurgan amrlarga bo‘ysunmaslikka moyil bo‘lishi, dangasalik qilishi, shu majburiyatdan chiqishga urinishi kabi illatlari bor. Shunaqa qilib qo‘ygan nafsni. Doim shuni qo‘zg‘ab turadi.
Agar sen uni o‘ziga qo‘yadigan bo‘lsang, yutkazasan, aniq u nafs bandasi bo‘ladi. Lekin nimaga shu doim shunaqa qarshi kurashadigan qilib qo‘ygan, yomonlik xohlaydigan qilib qo‘ygan ba’zi, ba’zi holatda. Toyinki unga qarshi doimiy kurashish uchun Allohga talpinib turishing uchun, doimiy".

8+8+8 Qoidasi
Hayotingizda to‘g‘ri balans yaratish uchun kuningizni (24 soatni) 8+8+8 soatga taqsimlang.
1⃣ 8 soat halol va tirishqoqlik bilan ishlash
2⃣ 8 soat miriqib uxlash
3⃣ 8 soatni esa quyidagilarga ajratish kerak:
➡️ Oila, doʻstlar va eʼtiqod
➡️ Salomatlik, gigiyena va qiziqishlar/xobbi
➡️ Ruhiyat, boshqalarga yordam berish va tabassum
🧠 @zehniyat_uz
Hayotingizda to‘g‘ri balans yaratish uchun kuningizni (24 soatni) 8+8+8 soatga taqsimlang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 𝗙𝗼𝘆𝗱𝗮𝗹𝗶 | 𝗣𝗼𝗱𝗰𝗮𝘀𝘁🎙 (Alisher G'ayratovich)
Maqsadli va maqsadsiz harakat o'rtasidagi farq juda oddiy.
Maqsadsiz odam har kuni nimadir qiladi. Charchaydi. Yuguradi. Band bo'ladi. Lekin yil oxirida ortiga qarasa, deyarli hech narsa o'zgarmagan bo'ladi.
Maqsadli odam esa kamroq harakat qiladi. Ammo har bir qadami uni kerakli manzilga yaqinlashtiradi.
Band bo'lish — natija degani emas.
Ko'p harakat qilish ham — rivojlanish degani emas.
O'zingizdan bir savol so'rang:
Bugun qilayotgan ishim meni 1 yil keyingi maqsadimga yaqinlashtiryaptimi yoki shunchaki vaqtimni to'ldiryaptimi?
Chunki yo'nalishsiz tezlik sizni hech qayerga olib bormaydi. Ba'zan sekin, lekin to'g'ri yo'ldan yurish, noto'g'ri yo'lda yugurishdan ming marta foydaliroq.
Do'stlaringizni taklif qiling:
https://t.me/foydali_podcasttt

Forwarded from INSPECTOR_UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#РИВОЯТ
📄 Кимсалар
Қувончингни кўролмайдилар,
Сўраганинг беролмайдилар,
Сўзларида туролмайдилар,
Қалб кўзлари басир кимсалар.
Ютуғингни муаммо билиб,
Суюнарлар шармисор қилиб,
Сен қайғурсанг турарлар кулиб
Қалб кўзлари басир кимсалар.
Вақтлар келиб ишларинг тушса,
Еб битирар бир еринг тутса,
Текин бўлса, туяни ютса,
Қалб кўзлари басир кимсалар.
Гар билсангиз у асли шайтон,
Ёлғонни ҳам сўзлайди бийрон,
Сўзларимга бўлмасин ҳайрон,
Қалб кўзлари басир кимсалар.
Миннат қилиб, берган ошига,
Лабин мослаб, керик қошига,
Раҳм қилмас, кўзда ёшига,
Қалб кўзлари басир кимсалар.
Қайга борса ҳамрохи алам,
Соясидир қайғу билан ғам,
Яхшиямки орамизда кам,
Қалб кўзлари басир кимсалар.
©Султонзода
📄 Кимсалар
Қувончингни кўролмайдилар,
Сўраганинг беролмайдилар,
Сўзларида туролмайдилар,
Қалб кўзлари басир кимсалар.
Ютуғингни муаммо билиб,
Суюнарлар шармисор қилиб,
Сен қайғурсанг турарлар кулиб
Қалб кўзлари басир кимсалар.
Вақтлар келиб ишларинг тушса,
Еб битирар бир еринг тутса,
Текин бўлса, туяни ютса,
Қалб кўзлари басир кимсалар.
Гар билсангиз у асли шайтон,
Ёлғонни ҳам сўзлайди бийрон,
Сўзларимга бўлмасин ҳайрон,
Қалб кўзлари басир кимсалар.
Миннат қилиб, берган ошига,
Лабин мослаб, керик қошига,
Раҳм қилмас, кўзда ёшига,
Қалб кўзлари басир кимсалар.
Қайга борса ҳамрохи алам,
Соясидир қайғу билан ғам,
Яхшиямки орамизда кам,
Қалб кўзлари басир кимсалар.
©Султонзода
Forwarded from Abdulloh Domla | Ибратли видеолар
#Ҳикмат
ОНА МАДРАСАДИР
Имом Абул Ҳасан Надвий роҳимаҳуллоҳ айтади:
"Онам менга жуда меҳрибон, шафқатли эдилар. Аммо икки ишда қаттиқ турганлар:
1. Намозда. Қанчалар қаттиқ ухламай бомдодга уйғотар эдилар.
2. Ходимнинг ёки бирор фақирнинг боласига шафқатсизлик қилсам дарров ундан кечирим сўрашга буюрар, унинг олдида ўзимни хор тутишга амр қилар эдилар.
Шунинг натижасида мен улғайгач ужбдан ва зулмдан қўрқадиган бўлдим. Хатойимни эътироф қилишим осонлашди!".
🍃🌹✔️АЛБАТТА ЯҚИНЛАРИНГИЗГА ҲАМ ТАРҚАТИНГ!!!☝️
•┈•┈•┈•┈•✿•┈•┈•┈•┈•
👉 @Ibratlik - каналига aъзо бўлинг!

Forwarded from Ilm duri
#mutolaa
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Hazrati Oisha roziyallohu anho bilan oila qurayotganlarida 125 qo'y bahosidagi pulni mahr sifatida berganlar. Ammo: "Mahr uchun pulim yo'q", degan sahobalariga shu tavsiyani aytganlar:
"Uylanadigan qizingga mahr sifatida Qur'on o'qishni o'rgat!"
📖 "Ey, qizim"
✍️ Hamidjon Omonov
📚 @ilm_duri