Sabr
2 subscribers
152 photos
99 videos
9 files
202 links
Download Telegram
Forwarded from Ибрат учун...
#ёлғизлик

Ёлғизлик мен учун азалдан мерос
Ҳатто ёлғиз эдим онам қорнида
Биламан кун келиб ҳеч ким бўлмайди
Тобутда жойлашган мурдам ёнида.

Каналга уланиш⬇️
📱 Ибрат учун...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ибрат учун...
#бахт

Бахтни ҳис қилиш учун, уни бошқа биров билан бўлиша олиш керак.

© Марк ТВЕН

Каналга уланиш⬇️
📱 Ибрат учун...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ибрат учун...
#умр


Умримнинг ярми кейинги ярмини кутиш билан, кейинги ярми эса аввалги ярмини соғиниш билан ўтди.

©️ Нажиб Фозил

Каналга уланиш⬇️
📱 Ибрат учун...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kitob nuri
YAXSHILIK ALOMATLARI

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar:
«Alloh nazdida haqiqiy go‘zallik - botin go‘zalligi va xizmat go‘zalligidir».
Ey Ali! Mo‘minning uch alomati bor:
1. Mol-dunyoga mukkasidan ketmaydi.
2. Xotinga o‘ch bo‘lmaydi.
3. Insonlar sha’nida gapirishni yoqtirmaydi.

Aqlli insonning uchta alomati bor:
1. Oxiratni qo‘lga kiritish uchun dunyoni ishlatadi.
2. Jafoga bardosh beradi.
3. Qiyinchiliklarga sabr qiladi.

Olimning uchta alomati bor:
1. To‘g‘ri so‘z bo‘ladi.
2. Haromdan tiyiladi.
3. Kamtar bo‘ladi.

Muttaqiyning uchta alomati bor:
1. Yolg‘ondan va yomonlikdan saqlanadi.
2. Yomon do‘stdan saqlanadi.
3. Haromga yaqinlashishdan qo‘rqib, mubohdan ham saqlanadi.

Siddiqning uch alomati bor:
1. Nafl ibodatini yashiradi.
2. Sadaqani yashirincha beradi.
3. Musibatni yashiradi.

Obidning uchta alomati bor:
1. Nafsiga jahl qiladi.
2. Nafsini tergaydi.
3. Uzoq namoz o‘qiydi.

Solihning uch alomati bor:
1. Alloh uchun solih amal qiladi.
2. Dinini amal bilan isloh qiladi.
3. O‘ziga ravo ko‘rganini boshqalarga ham ravo ko‘radi.

Sa’id (baxtli va jannat ahli) kishining uch alomati bor:
1. Halol yeydi.
2. Olimlar bilan hamsuhbat bo‘ladi.
3. Besh vaqt namozini jamoat bilan (imom bilan birga) o‘qiydi.

Mo‘minning uch alomati bor:
1. Allohga itoat etadi.
2. Haromlardan uzoq turadi.
3. Yomonlik qilganga yaxshilik qiladi.

Saxiyning uch alomati bor:
1. (O‘ch olishga) qurbi yetgani holda afv etadi.
2. Zakotini beradi.
3. Sadaqa berishni yaxshi ko‘radi.

Halim insonning uch alomati bor:
1. Aloqani uzgan bilan aloqa o‘rnatadi.
2. Bermaganga beradi.
3. Zulm qilganni kechiradi.

Sabrli kishining uch alomati bor:
1. Alloh taolo toatiga,
2. Musibatga,
3. Qazo va qadarga sabr qiladi.

Tavba qilganning uch alomati bor:
1. Haromdan saqlanadi.
2. Ilm talab qilishga intiladi.
3. Sut ko‘krakka qaytmagani kabi gunohga qaytmaydi.

| “Payg‘ambarimizning (s.a.v.) hazrati Aliga (r.a.) nasihatlari”. Imom Sha’roniy.

📚 @kitob_nuri
Forwarded from Kitob nuri
Teskari haqiqatlar

1. Qalbingda pulga bo‘lgan muhabbat pasaygani sari — pul senga ko‘proq muhabbat qo‘yishni boshlaydi.

2. Qizlardan o‘zingni olib qochganing sari — ularni senga intilishi kuchayib boradi.

3. Ilming oshgani sari — og‘rig‘ing ham kattarib boradi.

4. Shariat qonun-qoidalarini o‘rganganing sari — hayoting og‘irlashmaydi, aksincha, yengillashib boraveradi.

5. O‘zingni kamtar tutganing sari — haybating oshib boraveradi.

6. Allohdan qo‘rqqaning sari — unga yaqinlashib ketaverasan.

7. Ehson qilganing sari — puling ko‘payib ketaveradi.

8. Ilmingni ulashganing sari — ko‘payib boraveradi.

9. O‘z ayblaringni tan olganing sari — o‘zingga bo‘lgan ishonch ortib boraveradi. ©

📚 @kitob_nuri
Forwarded from Kitob nuri
Islomiy moliya asoslari [@kitob_nuri].pdf
6.3 MB
👤 Yerlan Baydaulet
📓 "Islomiy moliya asoslari"

📚 @kitob_nuri
Forwarded from Kitob nuri
#AXLOQ

Allohning valiylari ulug‘ maqomga ko‘p amal bilan emas, balki odob va go‘zal axloq bilan yetishganlar.

| Imom Sha’roniy r.a.

📚 @kitob_nuri
Forwarded from Kitob nuri
Oshiqman dermisan?!
Oshiqlar uchun Ma’shuqdin o‘zga hayol yo‘q!
Ma’shuqning so‘zidin o‘zga kalom yo‘q!
Unga xush yoqish uchun Uning yo‘lidin o‘zga yo‘l yo‘q!
Aning haybatidan, hayratidan, muhabbatidan o‘zga Ishq yo‘q!
Manam oshiq dermisan?!...

| Fariduddin Attor

📚 @kitob_nuri
Forwarded from Kitob nuri
Pora haqida

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hukmda pora beruvchini va pora oluvchini la’natladilar».
Termiziy va Ahmad rivoyat qilishgan.
Allohdan O‘zi xush ko‘radigan va rozi bo‘ladigan narsaga muvaffaq qilishini so‘raymiz. Allohu a’lam. Pora arab tilida «rishva» deb atalib, shar’iy istilohda adolatni yo‘qqa chiqarish va botilni yuzaga chiqarish uchun beriladigan narsaga ishlatiladi. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pora beruvchini ham, pora oluvchini ham la’natlamoqdalar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning la’natlari juda og‘ir jazodir, chunki la’nat birovning Allohning rahmatidan uzoq bo‘lishini so‘rashdir. Allohning mahbub Rasuli Alloh taolodan so‘ragan narsa bo‘lmay qolmasligi hammaga ma’lum. (“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam!

| «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati

📚 @kitob_nuri
Forwarded from Kitob nuri
NE'MAT va FITNA

Ibn Qoyyim rohimahullohdan: "Agar Alloh insonga ne’mat ato etsa, u uni ne’mat yo fitna ekanini qayerdan biladi", deb so‘raldi.
U zot: "Agar uni Allohga yaqin qilsa, demak, u ne’mat. Yo‘q, agar uni U Zotdan uzoq qilsa, demak, u fitnadir!" - dedilar.

📚 @kitob_nuri
Forwarded from Kitob nuri
Umar ibn Xattob (r.a.) dedilar:
«Alloh harom qilgan narsadan parhez qilgan kishining duo va tasbehi qabul bo‘ladi».

📚 @kitob_nuri
Forwarded from Kitob nuri
Soliha ayoling bo‘lsa...

Hasan Al Basriydan (rohimahulloh) rivoyat qiladilar:

Haj mavsumi Makkaning do‘konlaridan biriga mato olish uchun kirdim. Sotuvchi mahsulotlarini maqtagandan maqtab, tinimsiz qasam ichaverardi. Shu sabab, do‘konidan chiqib, boshqa do‘kondan mato oldim.

Oradan ikki yil o‘tib hajda o‘sha sotuvchining ixlos bilan ibodat qilayotganini ko‘rdim. Do‘koniga kirsam, savdoni ham qasamlarsiz, mahsulotining kamchiligini aytib sotayotgandi. Undan so‘radim:

- Ikki yil oldingi qasamxo‘r sizmidingiz? Nima o‘zgardi?

U javob berdi: - Ha, men o‘shanday edim. Bir xotinim bor edi. Nuqul topganim kamligidan shikoyat qilar, ko‘proq pul topsangiz bo‘lmaydimi?! - deb malomat qilaverardi. Alloh taolo meni undan xalos qildi. Keyin boshqa uylandim. Bu ayolim har safar uydan chiqarkanman:

- Allohdan qo‘rqing! Bizga harom luqma yedirmang! - deydi. Shunday qilib o‘zgardim.

Imomdan rivoyat qilingan hikoya shu yerda tugaydi. Bunga o‘xshash hollarni bizning zamonamizda ham ko‘p ko‘rganmiz. Darhaqiqat, soliha ayol dinning yarmidir!

| Mahmud Usmon

📚 @kitob_nuri
Forwarded from Kitob nuri
Kecha qo‘shnim ochlikdan vafot etdi. Ta’ziyasiga qo‘y so‘yib, ziyofat berishdi.

| Ali Shariatiy

📚 @kitob_nuri
Forwarded from Kitob nuri
ALI TANTOVIY DURDONALARIDAN

Modomiki ovozim foyda berar ekan, qamchimni ishlatmayman. Modomiki jim turishim foyda berar ekan, ovozimni ishlatmayman.

Qiziq! Sadaqa qilayotganimizda cho‘ntagimizdagi eng mayda pulni qidiramiz, Allohdan so‘raganimizda esa Firdavs jannatini so‘raymiz.

Uzr so‘raganlarning barchasi ham xatokor yoki zaif bo‘lishmaydi. Uzr so‘rash nodir sifat bo‘lib faqat vafoli insonlardagina topiladi.

Agar vatan qahramonlari qabrda bo‘lsa, mardlari qamoqda bo‘lsa, o‘g‘rilari saroyda bo‘lsa dunyo bilan xayrlashaver!

Masjid imomi xato qilganida uning xatosini tuzatadigan kishi topilmay, xonanda kuylaganida u bilan qo‘shilib oxirigacha kuylaydiganlarning topilishi ajib ishdir!

Gʻarb daho emas. Biz ham ahmoq emasmiz. Ular faqatgina omadsiz insonni omadga erishgunga qadar qo‘llashadi. Biz esa omadli insonga qarshi toki u muvaffaqiyatni boy bergunicha kurashamiz!

Oldiga kir bo‘lib kelib pokiza bo‘lib qaytadigan , zaif bo‘lib kelib kuchli bo‘lib qaytadigan do‘stingning borligi go‘zaldir!

📚 @kitob_nuri
Forwarded from Kitob nuri
#Ochilish

Ayollardan ko‘zni tiyish qalbingda quvvat, shijoat va farosatni hamda ko‘ksing ochilishini paydo qiladi.

| Ibn Qayyim rahimahulloh

📚 @kitob_nuri
Forwarded from Kitob nuri
#Tafakkur

Banda to o‘zini o‘zgartirishni o‘zi so‘ramaguncha, yoki rozi bo‘lib, ixtiyoriy va suygan holda o‘z zoti va nafsini taslim etmaguncha, Alloh bandaning holini o‘zgartirmaydi.
Mana shunday holat Parvardigorning oldida o‘lish yoki foniy bo‘lish deyiladi. Buni katta Irodaga taslim bo‘lib, iymon keltirib, kichik ixtiyor va irodani topshirish deb nomlanadi.
Alloh sari yo‘lda yurish va halokatdan najotga chiqish mana shudir.

| Doktor Mustafo Mahmud

📚 @kitob_nuri
Vaqti kelsa biz sen bilan uzoq safarga chiqamiz. Bunda tark - etish yo'q, tashlab ketish yo'q. To tirik ekanmiz, hayot mashaqqatlarini birga yengamiz. Hech qachon qo'llarimni qo'yib yuborma, hatto kaftlar bir-birini kuydursa ham.! Men sen bilan dunyoda ham, in shaa Alloh jannatda ham birga bo'lmoqlikni istayman. Bu dunyoning arzimas narsalariga aldanma. Sen o'zingni asra. Hali vaqti kelsa Robbim bizlarni go'zal shaklda uchrashtiradi.


@halolim_halovatim💔
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ибрат учун...
#ибрат


Уч кунда яримта нон еган Расулуллоҳ ﷺ

🌼Кунларнинг бирида Фотима р.анҳо оталари Расулуллоҳга бир парча нон олиб келдилар."Бу нима, эй Фотима?" деб сўрадилар. "Ўзим ёпган нондан сизга олиб келдим. Сизга олиб келмагунимча кўнглим тинчимади", деб жавоб бердилар. Расулуллоҳ: "Бу – отангиз уч кундан бери еган илк егулик", дедилар.

🌼Абу Толҳа айтадилар: "Расулуллоҳга очликдан шикоят қилдик. Қорнимизга (боғлаб олинган) биттадан тошни олиб кўрсатдик. Шунда Расулуллоҳ иккита тошни олиб кўрсатдилар".

🌼 Оиша онамиз айтадилар: "Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламнинг оиласи бир кунда икки марта егулик емаган, еса ҳам, биттаси хурмо бўлган".

🌼Очлик – нафсни енгишнинг энг самарали йўли. Очлик нафс учун оғир синовдир. Очлик туфайли ақл-тафаккур чархланади. Қўрқув ва безовталик кетади. Организм ўз-ўзини тозалайди, тиклайди. Доимо тўйиб юриш ҳам жисмга, ҳам руҳга ўта зарарли. Шунинг учун меъёрида оч юриш жисм учун ҳам, руҳ учун ҳам фойдалидир.

Каналга уланиш
⬇️
📱 Ибрат учун...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ибрат учун...
#ҳақиқат


Йиқилган чоғингда туришинг учун узатилган қўл сенга ҳар куни сўрашиш учун узатиладиган қўллардан кўра содиқроқдир.


Каналга уланиш⬇️
📱 Ибрат учун...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayolni boylik yoki go‘zallik ushlab qolmaydi…

Ayol boy erni ham, kelishgan erni ham tark etishi mumkin. Lekin u hech qachon yuragini zabt etgan, unga halovat va ishonch bergan, yo‘qligini tasavvur ham qila olmaydigan erni tark etmaydi.

Uning ko‘z yoshlarini artgan, eng og‘ir damlarda suyanchig‘i bo‘lgan erkakni hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi. Chunki yurakni pul bilan sotib olib bo‘lmaydi – uni faqat mehr va go‘zal muomala bilan yutish mumkin.

@halolim_halovatim💔
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ибрат учун...
#эслатма

« Қалб...»
Худди тана аъзо касал бўлганидек қалб ҳам касалликка чалинади. Унинг шифоси тавбадир...

Худди ойна занглагани каби қалб ҳам занглайди. Унинг жилоси зикрдир...

Худди тана аъзо яланғоч бўлгани каби қалб ҳам яланғоч бўлади. Унинг зийнати тақводир...

Худди тана аъзоси оч бўлганидек қалб ҳам оч қолиб, чанқайди. Унинг таоми ва ичимлиги маърифат, таваккул, муҳаббат ва Аллоҳга буткул қайтишдир.

© Жалолиддин Румий

Каналга уланиш⬇️
📱 Ибрат учун...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM