HR ADLIYA (rasmiy kanal)🇺🇿
4.25K subscribers
535 photos
31 videos
99 files
1.15K links
Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining kanali

⚖️Kanal orqali mehnat sohasidagi yangiliklaridan xabar topasiz.
Download Telegram
0_Таътиллар_бўйича_огоҳлантириш_хати.pdf
388 KB
#namuna
#so'ragan_edingiz

⚠️Mehnat kodeksining 228-moddasi talabi bo‘yicha xodim xabardor qilish nazarda tutilgan, lekin yozma bo‘lishi majburiy emas.

Ish beruvchi ushbu majburiyatni qanday yo‘l bilan amalga oshirishi o‘ziga bog‘liq:
➡️1-namuna. Xodimga ta’til berish bilan birgalikda Mehnat kodeksining 229-moddasiga ko‘ra huquq va majburiyatlarni ham tushuntiradi;
➡️2-namuna. Ta’tillar jadvaliga imzo qo‘yish orqali xabardor qilishga tegishli;
➡️3-namuna. Xabarnomaning qisqa formasi.

Xabarnomani yuborining yo‘llari:
- rasmiy korporativ pochtasiga xabarnoma yuborish;
🔍 - elektron platforma bo‘lsa undan xabarnomani yuborish;
📝 - eng oddiy yo‘li yozma xabarnoma berish.

💻Ortiqcha qog‘oz sarfini oldini olish uchun elektron pochta yoki elektron platforma orqali xabardor qilish tavsiya etiladi.

✈️https://t.me/hradliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savolimbor
#so'ragan_edingiz

SUD XODIMNI TIKLADI, APELLYATSIYA ESA ISH BERUVCHI FOYDASIGA QAROR CHIQARDI, ENDI TIKLANGAN XODIM QANDAY BO‘SHATILADI?

Bizda bir xodim sud qarori bilan ishga tiklandi. Biz xodimni o‘z ishiga tiklab apellyatsiya shikoyati berdik, apellyatsiya sudi bizni foydaga qaror chiqardi, birinchi sudning qarori bekor bo‘ldi. Endi tiklangan xodimni bo‘shatish tartibi qanday bo‘ladi?

📍Shu mazmunda savollar bo‘lgandi va bu amaliyotda uchraydigan savollar biri hisoblanib, yangi Mehnat kodeksi bilan tartibga solingan yangiliklardan biridir.

🟢JAVOB. Ya’ni, MK 168-modda “mehnat shartnomasini taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra bekor qilish” deb nomlanib, ushbu moddaning 7-bandidagi eski MKning 106-moddasida bo‘lmagan yangi asoslar kiritilgan.

🔴Vaziyat: Ish beruvchi xodimni ishdan bo‘shatdi. Xodim esa bundan norozi bo‘lib, sudga da’vo arizasi kiritdi. Birinchi instansiya sudi xodim foydasiga qaror chiqardi va xodimni o‘z ishiga tiklash lozimligini belgiladi. Ishga tiklash darhol ijro qilinishi lozim bo‘lgan ishlardan biri hisoblanganligi uchun, ish beruvchi sud bergan ijro varaqaga muvofiq xodimni o‘z ishiga tikladi. Biroq, ish beruvchi birinchi instansiya sudining qarori yuzasidan apellyatsiya shikoyati berdi va apellyatsiya sudi ishni atroflicha o‘rganib, xodimni to‘g‘ri bo‘shatilgan degan xulosaga keldi. Natijada xodimni ishga tiklash haqidagi birinchi sudning qarorini bekor qilib, xodimning da’vosini rad qilish haqida yangi qaror chiqardi. Ya’ni, apellyatsiya ish beruvchi foydasiga hal bo‘ldi.

💬Endi, ish beruvchi nima qilishi kerak? Xodimni ishga tiklash haqidagi birinchii sudning qarori bekor bo‘ldi, endi xodimni bo‘shatish kerakmi, albatta bo‘shatishi kerak.

Aynan mana shu joyda MKning biz aytgan 168-moddasi 1-qismi 7-bandidagi qoida ishlaydi.

Ya’ni, sud qarori bilan ishga tiklangan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra – Mehnat kodeksining 168-moddasi 1-qismi 7-bandiga asosan xodimni ishga tiklash haqidagi sud qarori bekor qilinganligi munosabati bilan bekor qilinadi.

manba

✈️https://t.me/hradliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#so'ragan_edingiz

Yangi MK bo’yicha ta’tillarni 6 kunlik ish haftasi hisobidan kalendar bo‘yicha ish kunlarida hisoblab chiqarish mumkinmi?

📩 Assalomu alaykum, Muhammadamin. Bir bahsli masalada zarur yordamingiz kerak. Men ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodimman. Qonun bo’yicha bizning ta’til 48 ish kunidan iborat. Endi qanday hisoblanadi ta’tilimiz ish kunidami yoki kalendar kundami? Kadrimiz kalendar kunlarda ta’til olasiz deyapti lekin Qonunda ish kuni turibdiku?


📝O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to’g’risida”gi 29.10.2019 yildagi O‘RQ-576-son Qonun 15-moddasiga ko’ra https://lex.uz/uz/docs/-4571490, davlat ilmiy tashkilotlarida ilmiy faoliyat yurituvchi shaxslarga 48 ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan hamda moddiy yordamni ko‘zda tutadigan mehnat ta’tili beriladi.

👉Masalaning qiziq tomoni shundaki, MK 221-moddasiga ko’ra, xodimlarning har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarining davomiyligi kalendar kunlarda hisoblab chiqariladi.

Har yilgi mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari mehnat ta’tillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi.

⚠️Endi 221-moddaning 3-qismiga e’tibor bering❗️Unga ko’ra, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarining davomiyligi olti kunlik ish haftasi hisobidan kalendar bo‘yicha ish kunlarida hisoblab chiqariladi.

❗️“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to’g’risida”gi Qonunda 48 ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan nazarda tutilganmi, demak ilmiy faoliyat yurituvchi shaxslarga ta’tilni kalendar kunlarda emas, balki 6 kunlik ish haftasi hisobidan kalendar bo‘yicha ish kunlarida hisoblab chiqarish zarur.

Qonunchilikda bunday holatlarga yana bir qancha misol keltirishimiz mumkin. Masalan, “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’g’risida”gi Qonun 24-moddasiga ko’ra, qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilariga har yili 30 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan ta’til beriladi https://lex.uz/docs/-1422085

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qaroriga ilovaga ko’ra tabiiy-iqlim sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylar uchun qo'shimcha ta’tillar muddati 1 ish kunidan 6 ish kunigacha beriladi https://lex.uz/docs/-4502806

⚠️Yuqoridagi barcha qonunchilik hujjatlarida ta’til kunlari ish kunlari hisobida turibdi, kalendar kunlarga o’zgarmagan. Demak, bu ta’tillar 6 kunlik ish haftasi hisobidan kalendar bo‘yicha ish kunlarida hisoblab chiqariladi.

manba

✈️https://t.me/hradliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#so'ragan_edingiz

⚡️ Rasman: bugundan "perevod" uchun arizalar qabuli boshlandi

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga, my.uzbmb.uz xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi.

Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin?

Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun:
turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba;
ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talabaga ruxsat beriladi.
Ular imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi.

Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi?
✔️Xorijda o‘qiyotgan talaba;
✔️ Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba.

manba

✈️https://t.me/hradliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ВМҚ-424-сон қарор 02.08.2022.docx
25.3 KB
#so'ragan_edingiz

⚠️Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 2 августдаги 424-сон қарори билан тасдиқланган Ўзбекистон Республикаси ҳудудида хизмат сафарлари тўғрисидаги Низомга иловалар:

1️⃣Ташкилот ходимларини республика ҳудудларига хизмат сафарига юбориш ва уни расмийлаштириш, шунингдек, хизмат сафари якуни бўйича ҳисоботларни тақдим этиш схемаси;

2️⃣Намунавий иш режаси;

3️⃣Хизмат сафари гувоҳномаси;

4️⃣хизмат сафарига юборилаётган ходимларни ҳисобга олиш журнали;

5️⃣хизмат сафаридан қайтиб келган ходимларни ҳисобга олиш журнали.

https://t.me/hradliya
#so'ragan_edingiz
#savolimbor

📩 Assalomu alaykum xammaga bizda yangi ochilgan tashkilot, ishga qabul qilingan xodim 8 oy bo‘ldi ishga kirganiga xozirgi vaqtda xodim mexnat ta’tiliga chiqmoqchi unga necha kunga xisoblanadi xisob kitobi mexnat kodiksida tuliq degan agarda xodim mexnat shartnomasini bekor qilib qolsa nima bo‘ladi.

mavzuga oid maqola

💬Assalomu alaykum! Mehnat kodeksining 227-moddasini “birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilini berish tartibi” deb nomlanib, ushbu moddaning:

birinchi qismi, birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan olti oy o‘tganidan keyin yuzaga keladi. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimga ishlagan olti oy o‘tguniga qadar ham mehnat ta’tili berilishi mumkin.

📣ikkinchi qismi, birinchi bor tashkil etilgan tashkilotlar uchun xodimlarga birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tili birinchi ish yili tugaguniga qadar ushbu ta’tilni berish sharti bilan olti oy ishlamasidan ilgari yoki undan keyin berilishi mumkin.

⚠️Izoh:
ushbu band ham barcha xodimlar uchun emas, e’tibor bering bu faqat birinchi bor, ya’ni yangi tashkil etilgan tashkilot xodimlari uchun (bo‘lib yuborilgan yoki qo‘shib yuborilgan tashkilotlar bundan mustasno) qo‘llaniladi va har yilgi mehnat ta’tili birinchi ish yili davomida 6 oy ishlamagan bo‘lsa ham berilishi mumkin (bu ham ish beruvchiga majburiy emas)ligi nazarda tutilmoqda.

to‘rtinchi qism, Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda har yilgi mehnat ta’tili to‘liq davomiylikda va to‘liq haq to‘langan holda beriladi.

Izoh: endi savolda ko‘rsatilgan masalaga yetib keldik, bunda ushbu bandni to‘g‘ri talqin qilishimiz kerak bo‘ladi. Ya’ni, ushbu moddaning 1, 2-qismlarida belgilangan xodimlarga mobodo ish beruvchi rozi bo‘lib mehnat ta’tili berib qolsa va (yoki) 3-qismlaridagi xodimlarga har yildi mehnat ta’tili 6 oy to‘lmasdan turib berilganda ham to‘liq davomiylikda va to‘liq haq to‘lagan holda berish kerak. Faqat, ta’lim tashkilotlari ish beruvchilari ushbu moddaning 6-qismida o‘qituvchilar toifasi uchun har yilgi mehnat ta’tili berish va haq to‘lashning alohida tartibini inobatga olishi o‘rinli bo‘ladi.

‼️E’tibor bering! Ushbu bandda ish beruvchi tomonidan ta’til berilganda xodimning ishlagan davriga mutanosib haq to‘lash masalasi ko‘rsatilmagan va aniq qilib, “to‘liq davomiylikda va to‘liq haq to‘langan holda” deb ko‘rsatilganligi sababli ish beruvchi xodimga ta’til berganda ushbu normani ikkilanmay qo‘llasa bo‘ladi.

⚠️Endi ta’til davomiyligi va haq to‘lash masalasi esa 6 oygacha bo‘lgan xolatlarda, agar xodimlarga (pedagoglardan tashqari) ish buruvchi ta’til berishni lozim deb topsa ularga to‘liq davomiylikda va to‘liq haq to‘lagan holatda ta’til berishga yo‘l qo‘yiladi, bunda, xodim bir yil to‘liq ishlamasdan bo‘shab ketish holati yuzaga kelganda, MKning 269-moddasi 2-qismi 6-bandiga asosan (ya’ni, qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun) xodimning yozma roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolinadi.

https://t.me/hradliya
#so'ragan_edingiz

Shtat qisqarishi natijasida xodimlar ishdan bo'shatilganda malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq xodimlar
ishda qoldiriladi.

🔰 Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo'lganda quyidagilarga afzallik beriladi:

🔹qaramog'ida 2 yoki undan ko'p kishi bo'lgan xodimlarga;

🔹oilasida mustaqil ish haqi oluvchi boshqa xodim mavjud bo'lmaganlarga;

🔹shu ish beruvchida uzoq muddat ish stajiga ega bo'lganlarga;

🔹malakasini oshirayotgan xodimlarga hamda o'qishni tamomlagan shaxslarga;

🔹ushbu tashkilotda mehnatda mayib bo'lgan yoki kasb kasalligiga uchragan shaxslarga;

🔹nogironligi bo'lgan shaxslarga;

🔹1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlar bo'yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

🔹mehnatdagi yutuqlari uchun rag'batlantirishlarga ega va intizomiy jazolarga ega bo'lmagan xodimlarga;

🔹atom obyektlaridagi avariyalar oqibatida zarar ko'rgan shaxslarga.

https://t.me/hradliya
Audio
#so'ragan_edingiz

Қуйидагича саволлар кўплаб учрамоқда

Ходим ташкилотда ишлаб туриб, 2 ёки ундан кўп йил бўлган иш йиллари учун меҳнат таътилига чиқмаган бўлса ундан қандай фойдаланса бўлади?

Ходим меҳнат шартномасини бекор қилмай туриб ҳам пуллик компенсация тарзида олса бўладими?

Шу каби саволларга ТДЮУ Меҳнат ҳуқуқи кафедраси катта ўқитувчиси Муҳаммадали Каримжонов томонидан аудио шаклида жавоб берилган.

https://t.me/hradliya
#so'ragan_edingiz

Ассалому алайкум! Бизнинг ташкилотимизда юристимиз Ўзбекистон Республикаси Судьялар олий кенгаши ҳузуридаги Судьялар олий мактабида бир йиллик магистратурада ўқиди, ушбу даврда меҳнат шартномаси бекор бўлган лекин, лавозими сақланган, битириб келиб, энди меҳнат таътили олмоқчи шу мумкинми?

⚖️Жавоб. Ва алайкум ассалом! Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 6 январдаги ПҚ-4096-сон “Судьялик лавозимларига номзодларни тайёрлаш, судьялар ва судлар аппарати ходимларини қайта тайёрлаш, уларнинг малакасини ошириш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорининг 3-банди учинчи хатбошисида “судьялик лавозимларига номзодларни тайёрлаш курсларига қабул қилинган шахслар асосий иш жойи бўйича лавозимидан озод қилинади, бироқ уларнинг эгаллаган лавозими бутун ўқиш даври мобайнида сақланади” деб белгиланган.

👉Ҳудди шундек, юқоридаги қарорнинг иловаси билан тасдиқланган Ўзбекистон Республикаси Судьялар олий кенгаши ҳузуридаги Судьялар олий мактабинин уставининг 26-банди 2-қисмига кўра, “Олий мактаб магистратурасига қабул қилинган шахслар асосий иш жойи бўйича лавозимидан озод этилади, бироқ уларнинг эгаллаган лавозими бутун ўқиш даври мобайнида сақланади” дейилган.

⚠️Энди эътибор беринг! Меҳнат кодексининг 226-моддасига “Ҳар йилги меҳнат таътилини олиш ҳуқуқини берадиган иш стажини ҳисоблаб чиқариш” деб номланиб, ушбу модданинг учинчи хатбошисида “Ходим ҳақиқатда ишламаган, лекин меҳнат тўғрисидаги қонунчиликка ва меҳнат ҳақидаги бошқа ҳуқуқий ҳужжатларга, меҳнат шартномасига мувофиқ унинг иш ўрни (лавозими) сақланган вақт, шу жумладан ҳар йилги меҳнат таътили вақти, дам олиш кунлари, ишланмайдиган байрам кунлари ҳамда қонунчиликда белгиланган бошқа даврлари ҳар йилги асосий меҳнат таътилини ва битта ташкилотда ёки тармоқда кўп йиллик иш стажи учун қўшимча таътил олиш ҳуқуқини берувчи иш стажи жумласига киритилган.”

‼️Бу ўринда эътибор беринг! Президент қарорида ходимнинг иш жойи бўйича лавозими сақлансада эгаллаб турган лавозимидан озод қилиниши (меҳнат шартномаси бекор қилиниши эмас) белгиланган. Лекин бу ерда МКнинг 102-моддасида белгилангани каби, иш берувчи ходимни алоҳида асослар бўйича меҳнат шартномасини бекор қилишни англатмайди. Яъни, ходимни меҳнат шартномасини бекор қилмасдан туриб, лавозимдан озод қилиш назарда тутилган.

МКнинг 226-моддасида меҳнат шартномаси бекор бўлмай туриб, унинг ўз лавозими бўйича иши давом этиб турган вақтда ва ўртача иш ҳақи сақланган ҳолда ишдан озод этилиб, масалан Банк молия академиясига ёки вақтинча малака оширишга, қайта тайёрлашга юборилгани кабиларни тушинишимиз керак бўлади.

👉Сизнинг ҳолатингизда меҳнат шартномаси бекор қилинган бўлса, демак, МКнинг 155-моддаси 1-қисми бўйича меҳнат шартномасини бекор қилиш деганда МКда назарда тутилган асослар бўйича ходим ва иш берувчи ўртасидаги якка тартибдаги меҳнатга оид муносабатларни тугатиш тушунилади.

⚠️Демак, бу ерда энди магистратурани тамомлагандан сўнг ходим ишга ҳеч қандай танловларсиз, кафолатли тарзда ишга қайта қабул қилиниши мумкин, холос, лекин бу ходимга меҳнат таътилини олиш ҳуқуқини бермайди🚫. Ходимга МКнинг 227-моддаси тартиби қўлланилади ва умумий тартибда янги ишга қабул қилинган вақтдан бошлаб, олти ойдан сўнг меҳнат таътили олиши мумкин ёки меҳнат шартномаси тарафларининг келишувига кўра ходимга ишлаган олти ой ўтгунига қадар ҳам меҳнат таътили берилиши мумкин.

Агар буйруқ меҳнат шартномасини бекор қилиш ҳақида эмас, балки фақат магистратурада ўқиш даврида лавозимдан озод қилиш ҳақида чиққан бўлганда эди, гарчи иш ҳақи тўланмасада меҳнат муносабатлари давом этаёган бўлар эди ва ходимга МКнинг 226-моддасига асосан меҳнат таътили олиш ҳуқуқи сақланиши мумкин бўларди.

🔰Энди тавсия: ходим таътилга чиқишни хоҳласа иш берувчи билан келишган ҳолда МКнинг 241-моддасига риоя этган ҳолда иш ҳақи сақланмаган ҳолда таътил олиши мумкин.

манба

https://t.me/hradliya
Forwarded from HR ADLIYA (rasmiy kanal)🇺🇿 (Shavkat Khamrakulov)
0. Barcha savollar.rar
9 MB
#so'ragan_edingiz

Adliya organlari va muassasalaridadagi bo‘sh (vakant) lavozimlar uchun o‘tkaziladigan (ichki va tashqi) tanlovning suhbat bosqichi uchun umumiy va mutaxassislikka oid tahminiy savollar ushbu kanal orqali taqdim etilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram
#so'ragan_edingiz

Ассалому алайкум! Бизнинг ташкилотимизда юристимиз Судьялар олий мактабида бир йиллик магистратурада ўқиди, ушбу даврда меҳнат шартномаси бекор бўлган лекин, лавозими сақланган, битириб келиб, энди меҳнат таътили олмоқчи шу мумкинми?

⚖️Жавоб. Ва алайкум ассалом! Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 6 январдаги ПҚ-4096-сон қарорининг 3-банди учинчи хатбошисида “судьялик лавозимларига номзодларни тайёрлаш курсларига қабул қилинган шахслар асосий иш жойи бўйича лавозимидан озод қилинади, бироқ уларнинг эгаллаган лавозими бутун ўқиш даври мобайнида сақланади” деб белгиланган.

👉Ҳудди шундек, юқоридаги қарорнинг иловаси билан тасдиқланган Судьялар олий мактабинин уставининг 26-банди 2-қисмига кўра, “Олий мактаб магистратурасига қабул қилинган шахслар асосий иш жойи бўйича лавозимидан озод этилади, бироқ уларнинг эгаллаган лавозими бутун ўқиш даври мобайнида сақланади” дейилган.

⚠️Эътибор беринг! МКнинг 226-моддасига “Ҳар йилги меҳнат таътилини олиш ҳуқуқини берадиган иш стажини ҳисоблаб чиқариш” деб номланиб, ушбу модданинг учинчи хатбошисида “Ходим ҳақиқатда ишламаган, лекин меҳнат тўғрисидаги қонунчиликка ва меҳнат ҳақидаги бошқа ҳуқуқий ҳужжатларга, меҳнат шартномасига мувофиқ унинг иш ўрни (лавозими) сақланган вақт, шу жумладан ҳар йилги меҳнат таътили вақти, дам олиш кунлари, ишланмайдиган байрам кунлари ҳамда қонунчиликда белгиланган бошқа даврлари ҳар йилги асосий меҳнат таътилини ва битта ташкилотда ёки тармоқда кўп йиллик иш стажи учун қўшимча таътил олиш ҳуқуқини берувчи иш стажи жумласига киритилган.”

‼️Бу ўринда эътибор беринг! Президент қарорида ходимнинг иш жойи бўйича лавозими сақлансада эгаллаб турган лавозимидан озод қилиниши (меҳнат шартномаси бекор қилиниши эмас) белгиланган. Лекин бу ерда МКнинг 102-моддасида белгилангани каби, иш берувчи ходимни алоҳида асослар бўйича меҳнат шартномасини бекор қилишни англатмайди. Яъни, ходимни меҳнат шартномасини бекор қилмасдан туриб, лавозимдан озод қилиш назарда тутилган.

МКнинг 226-моддасида меҳнат шартномаси бекор бўлмай туриб, унинг ўз лавозими бўйича иши давом этиб турган вақтда ва ўртача иш ҳақи сақланган ҳолда ишдан озод этилиб, масалан Банк молия академиясига ёки вақтинча малака оширишга, қайта тайёрлашга юборилгани кабиларни тушинишимиз керак бўлади.

👉Сизнинг ҳолатингизда меҳнат шартномаси бекор қилинган бўлса, демак, МКнинг 155-моддаси 1-қисми бўйича меҳнат шартномасини бекор қилиш деганда МКда назарда тутилган асослар бўйича ходим ва иш берувчи ўртасидаги якка тартибдаги меҳнатга оид муносабатларни тугатиш тушунилади.

⚠️Демак, бу ерда энди магистратурани тамомлагандан сўнг ходим ишга ҳеч қандай танловларсиз, кафолатли тарзда ишга қайта қабул қилиниши мумкин, холос, лекин бу ходимга меҳнат таътилини олиш ҳуқуқини бермайди🚫. Ходимга МКнинг 227-моддаси тартиби қўлланилади ва умумий тартибда янги ишга қабул қилинган вақтдан бошлаб, олти ойдан сўнг меҳнат таътили олиши мумкин ёки меҳнат шартномаси тарафларининг келишувига кўра ходимга ишлаган олти ой ўтгунига қадар ҳам меҳнат таътили берилиши мумкин.

Агар буйруқ меҳнат шартномасини бекор қилиш ҳақида эмас, балки фақат магистратурада ўқиш даврида лавозимдан озод қилиш ҳақида чиққан бўлганда эди, гарчи иш ҳақи тўланмасада меҳнат муносабатлари давом этаёган бўлар эди ва ходимга МКнинг 226-моддасига асосан меҳнат таътили олиш ҳуқуқи сақланиши мумкин бўларди.

🔰Энди тавсия: ходим таътилга чиқишни хоҳласа иш берувчи билан келишган ҳолда МКнинг 241-моддасига риоя этган ҳолда иш ҳақи сақланмаган ҳолда таътил олиши мумкин.

манба

https://t.me/hradliya
#so'ragan_edingiz

Ассалому алайкум. МК 401-моддадаги таътилни хотини бола парваришлаш татилида бўлса ҳам боланинг отасига берса бўладими?

Ва алайкум ассалом!
⚖️Жавоб. Йўқ берилмайди.

💬Меҳнат кодексининг 410-моддаси иккинчи қисмига кўра, агар боланинг ОНАСИ ишламаса ҳамда боланинг парвариши ва тарбияси билан машғул бўлса ёхуд ишласа ҳамда МКда назарда тутилган кафолатлардан фойдаланса, отага ёки оилавий вазифаларни бажариш билан машғул бошқа шахсларга мазкур кафолатлар берилмайди.

https://t.me/hradliya
0_Таътиллар_бўйича_огоҳлантириш_хати.pdf
388 KB
#namuna
#so'ragan_edingiz

✍️Mehnat kodeksining 228-moddasi talabi bo‘yicha xodim xabardor qilish nazarda tutilgan, lekin yozma bo‘lishi majburiy emas.

Ish beruvchi ushbu majburiyatni qanday yo‘l bilan amalga oshirishi o‘ziga bog‘liq:
👉1-namuna.
Xodimga ta’til berish bilan birgalikda Mehnat kodeksining 229-moddasiga ko‘ra huquq va majburiyatlarni ham tushuntiradi;
👉2-namuna. Ta’tillar jadvaliga imzo qo‘yish orqali xabardor qilishga tegishli;
👉3-namuna. Xabarnomaning qisqa formasi.

Xabarnomani yuborining yo‘llari:
🌐 - rasmiy korporativ pochtasiga xabarnoma yuborish;
📩 - elektron platforma bo‘lsa undan xabarnomani yuborish;
📝 - eng oddiy yo‘li yozma xabarnoma berish.

💻Ortiqcha qog‘oz sarfini oldini olish uchun elektron pochta yoki elektron platforma orqali xabardor qilish tavsiya etiladi.

https://t.me/hradliya
#so'ragan_edinigz

Ходимни хизмат сафарига юборишда республикадан топшириқ келганда ходимдан ВМҚ 424 бўйича иш режани талаб қилиш тўғрими? Ҳозир ходимимиздан иш режани талаб қилсам аввал биздан талаб қилмаган ҳеч ким деб норозилик билдирмоқда.

🔰Жавоб. Талаб қилишингиз тўғри. Ҳозирда жуда кўплаб ташкилотларда бу масалага эътибор бермай хизмат сафарини расмийлаштириб келмоқда.

📁Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 2 августдаги 424-сон қарори билан тасдиқланган Ўзбекистон Республикаси ҳудудида хизмат сафарлари тўғрисидаги низомнинг 2-бобида “Ходимни хизмат сафарига юбориш ва унинг хизмат сафарида бўлиши тартиби” белгиланган бўлиб, Низомнинг 5-бандига кўра хизмат сафарига юбориладиган ходим томонидан хизмат сафарига чиқишдан олдин Низомга 2-иловага мувофиқ шаклда намунавий иш режаси расмийлаштирилади.

✍️Шунингдек:
1️⃣ Хизмат сафарига борадиган ходим хизмат сафари давомида амалга ошириладиган ишлар бўйича намунага кўра иш режаси тайёрлаб раҳбарга киритади;
2️⃣ Раҳбар ходимнинг хизмат сафари иш режасини ўрганган ҳолда хизмат сафарига чиқиш асосли деб топилганда 1 иш кунида хизмат сафари иш режани тасдиқлайди;
3️⃣Иш режаси тасдиқланган куннинг ўзида хизмат сафари иш режасини кадрлар билан ишлаш бўлинмага хизмат сафари буйруғи ва мазкур хизмат сафари гувоҳномасини расмийлаштириш учун топширади;
4️⃣Иш режаси тасдиқланган куннинг ўзида кадрлар билан ишлаш бўлини буйруқни расмийлаштириб, иш режани буйруққа илова қилади;
5️⃣Хизмат сафарини тасдиқланган хизмат сафари иш режаси асосидаамалга оширилади.

⚠️Эътибор беринг! Буйруқ фақат хизмат сафарига юбориш ҳақида бўлиб унда муддатлар акс этади, амалга ошириладиган ишлар эса айнан хизмат сафари иш режасида ўз аксини топиши керак.

https://t.me/hradliya
ВМҚ-424-сон қарор 02.08.2022.docx
25.3 KB
#so'ragan_edingiz

⚠️Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 2 августдаги 424-сон қарори билан тасдиқланган Ўзбекистон Республикаси ҳудудида хизмат сафарлари тўғрисидаги Низомга иловалар:

1️⃣Ташкилот ходимларини республика ҳудудларига хизмат сафарига юбориш ва уни расмийлаштириш, шунингдек, хизмат сафари якуни бўйича ҳисоботларни тақдим этиш схемаси;

2️⃣Намунавий иш режаси;

3️⃣Хизмат сафари гувоҳномаси;

4️⃣хизмат сафарига юборилаётган ходимларни ҳисобга олиш журнали;

5️⃣хизмат сафаридан қайтиб келган ходимларни ҳисобга олиш журнали.

https://t.me/hradliya
Forwarded from HR ADLIYA (rasmiy kanal)🇺🇿 (Shavkat Khamrakulov)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
0_Таътиллар_бўйича_огоҳлантириш_хати.pdf
388 KB
#namuna
#so'ragan_edingiz

✍️Mehnat kodeksining 228-moddasi talabi bo‘yicha xodim xabardor qilish nazarda tutilgan, lekin yozma bo‘lishi majburiy emas.

Ish beruvchi ushbu majburiyatni qanday yo‘l bilan amalga oshirishi o‘ziga bog‘liq:
👉1-namuna.
Xodimga ta’til berish bilan birgalikda Mehnat kodeksining 229-moddasiga ko‘ra huquq va majburiyatlarni ham tushuntiradi;
👉2-namuna. Ta’tillar jadvaliga imzo qo‘yish orqali xabardor qilishga tegishli;
👉3-namuna. Xabarnomaning qisqa formasi.

Xabarnomani yuborining yo‘llari:
🌐 - rasmiy korporativ pochtasiga xabarnoma yuborish;
📩 - elektron platforma bo‘lsa undan xabarnomani yuborish;
📝 - eng oddiy yo‘li yozma xabarnoma berish.

💻Ortiqcha qog‘oz sarfini oldini olish uchun elektron pochta yoki elektron platforma orqali xabardor qilish tavsiya etiladi.

https://t.me/hradliya