HR UZEDU
838 subscribers
119 photos
76 videos
38 files
284 links
Мактабгача ва мактаб таълими тизими ходимларининг кадрларга оид ҳужжатларни юритиш соҳасида билимларини мустаҳкамлаш мақсадида тузилган
Download Telegram
#Yurist_maslahati

Yangi oʻquv yilidan boshlab B2 sertifikati mavjud bo'lmagan chet tili oʻqituvchilari ishga olinmaydi, deb eshitdim. Bu toʻgʻrimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta'lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 312-sonli Qarori qabul qilingan.

Mazkur Qarorning 9-bandiga muvofiq, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.

O‘tgan yili maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish jarayonining davomiyligini ta’minlash, o‘qituvchilarga imkoniyat yaratish maqsadida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan chet tili fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilinmaslik xususidagi talab 2023/2024-o‘quv yilidan kuchga kirishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021-yildagi PQ-5117-sonli Qarorida 15 ta milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind tillari) xorijiy til sifatida ko‘rsatilgan.

❗️Shunga ko‘ra, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar oʻqituvchilaridan B2 darajadagi sertifikat talab etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram