His perspective
1.49K subscribers
257 photos
23 videos
169 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
Nodar Dumbadzeni ziyorat qildim

Haykali tagida “biror kishining o‘limi sendagi butun umrni olib qo‘ymasligi kerak. Bu sening hayoting – yashashing shart, sen uni eslab tursang, u ham yashaydi” deb yozilgan ekan.

Bu jumlalarni keyingi rasmdagi oʻrindiqda oʻtirib chuqur oʻyladim.

@hisperspective
👍5
Orzular haqida

“Vino ichib ko‘rdingmi, yoqdimi?” — deb so‘radi bir gruzin. “Men ichmayman”, dedim. “E qo‘y, bilaman, hamma o‘zbeklar ichadi-ku”, dedi u ishonmay. “Yo‘q, ishonaver, men boshqacharoq o‘zbekman”, deb jilmaydim.

Shu zaylda boshlangan suhbatimiz hayotdan qanday qilib toʻgʻri lazzat olish mumkinligi haqida davom etdi. Eshitib turib, u mendan: “stressli vaziyatlarda nima qilasan?” deb so‘radi. “Orzularim haqida o‘ylayman, ulardan kuch va motivatsiya olaman”, dedim.

Chindan ham, inson o‘z orzularini amalga oshirish uchun yashasa, uning umr yoqilg‘isi ham o‘sha orzular bo‘ladi. Qanaqadir alkogol yoki tutun emas. Hozir men ham shu gaplarni yozayotib, ko‘chadagi o‘rindiqda o‘tiribman, ikki koʻzim rasmdagi manashu oppoq uyga qadalgan. Shunaqa uyim bo‘lishini butun umr orzu qilganman, qilyapman.

Qachondir ushalishiga esa shunchaki ishonaman va shundan kuch olib yashayman. Hayot shu, umr shu.

@hisperspective
👍6
Tansykbayev koʻrgazmasi

Hafta boshida Markaziy koʻrgazmalar zalida ochilgan musavvir tavalludining 120 yilligiga bagʻishlangan koʻrgazmaga bordim. Menga yoqdi. Ayniqsa oyli tun degan rasm.

Biroz suratlar.

@hisperspective
👍4
Hamma startapchi bo‘lib ketyapti

So‘nggi vaqtlarda Vatanimizda ajib tendensiya rivojlanib boryapti. Ya’ni trendda nima bo‘lsa hammamiz shuni qilamiz.

Deylik, SMM’dan dars berish, SMM xizmatlarini ko‘rsatish trendga chiqdi hamma shu ishni qildi bilsa-bilmasa. Ingliz tilidan onlayn darslar o‘tish trendga chiqdi yana shu gap hamma shu ishni qildi bilsa-bilmasa. Treyderlar erasi boshlandi yana doimgidek hamma shu ishni qildi bilsa-bilmasa.

Navbat startaplarga keldi mana. Hozir hamma shu ishni qilyapti, bilsa-bilmasa. O‘zbek startap dunyosida MVP’gacha o‘ylanadi shu sabab ham. Hamma "CEO" lar hayolida MVP’ni qilish, venchurlardan soqqani olish va surish.

Nega bunaqa deyapman? Chunki ko‘plab startaplarda ortiqcha pafos bor. Hali bozorga tuzuk-quruq moslanmagan MVP bo‘lsa-da, “uch yil ichida MDH bozorini egallaymiz”, degan gaplarni eshitib hayron qolasan.

Albatta, bunday narsalar sohaga jiddiy yondashayotgan mutaxassislarning ensasini qotiradi. “Qo‘ying, o‘ynayversinlar” deyish mumkin, biroq bu jarayon umumiy ekotizimning obro‘siga va sifatiga sezilarli ta’sir qilayotganini ko‘rib, dil og‘riydi.

@hisperspective
1
ChatGPT biram dastyorda shu

Avvallari elektron pochtamga keladigan xabarlarni doim ham ochib o‘qishga vaqt topa olmas edim. Shu sabab ko‘plab muhim narsalarni ko‘zdan qochirib yuborardim.

Masalan, juda qimmatli domen nomimni uzaytirish haqida kelgan bildirishnomalarni ko‘rmay qolganim bois, domenimni boshqa birov olib qo‘ygan edi.

Ko‘p izlanib, oxir-oqibat yechimni topdim: ChatGPT’ni shunchaki har 12 soatda, kuniga 2 marta elektron pochtamni tekshirib, muhim xabarlarni alohida belgilashga va umumiy xabarlardan qisqa xulosa chiqarishga sozlab qo‘ydim.

Hozircha natija juda yaxshi tizim muntazam har 12 soatda tekshiryapti. Eng muhimi, o‘ta shaxsiy xabarlarni ochmaydi, bu esa xavfsizlik nuqtai nazaridan juda qulay.

Foydalanib koʻring.

@hisperspective
🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Formula 1 filmi haqida

Bugun ushbu filmni tomosha qilib tugatdim. Ko‘plab taqrizlarda filmni Formula 1 poygasining mohiyatini ochib bergan ajoyib asar sifatida ta’riflashgan ekan.

Ammo menimcha, bu film ko‘proq insonning hayotida oxirigacha yechilmay qolgan “geshtaltlari” haqida hikoya qiladi. Balki men shunday his qildim, tagʻin bilmadim.

Ayniqsa shu sahna meni oʻylantirib qoʻydi. Film yoqdi.

@hisperspective
👍3
Yil oxirigacha 5 ta

“Been” degan dastur bor. Dasturda visit qilgan davlatlaringizni belgilab borasiz. Tipa checklist.

Menda hozircha shunaqa rasmdagidek ekan. Koʻngil yil soʻngiga qadar dasturda 5 ta davlat belgisini koʻrmoqchi.

Reja ham tayyor, dekabr boshida Istanbul/Anqara, yangi yil oldi esa Parij deb turibman.

Ishqilib niyat bor, vaqt va sharoit mos kelsa bas endi.

@hisperspective
👍1
Marketing va PR mutaxassislari Oʻzbekistonda qancha maosh olishadi?

Haqiqatga yaqinroq statistika ekan, CMOʼlar odatda bu yerda koʻrsatilgandan 1.5x koʻp topishadi.

Manba

@hisperspective
👍1
Endi pulni qayerda jamgʻaramiz?

TBC bank va Anorbank pul jamgʻarish uchun eng qulay omonat tariflarini taklif etib kelayotgan edi. Insayderlar maʼlumotlariga koʻra ushbu ikki xususiy bankda NPL (muammoli kreditlar) miqdori belgilangan qizil chiziqdan oshgani bois MB tomonidan banklarga ogohlantirish berilgan.

Natijada banklarda omonat foiz stavkalari tushirilgan hamda onlayn kredit skoringi qiyinlashtirilib kredit kamdan-kam foydalanuvchilarga ajratilmoqda.

Bir yonda valyuta kursi qulayapti, boshqa yonda esa omonat foiz stavkasi. Ishqilib moliyaviy barqarorlik masalasi qiynayapti odamni.

@hisperspective
🔥3
Meta Ai faoliyati yoʻlga qoʻyildi

Uzoq kechikishlar-la boʻlsa-da Meta kompaniyasi nihoyat oʻz Ai ni taqdim etdi.

Bu Ai ham xuddi akalari GPT va Geminidek chatda suhbatlashadi, rasm hamda video tayyorlab bera oladi.

Havola: meta.ai

@hisperspective
🔥3👍2
His perspective
Meta Ai faoliyati yoʻlga qoʻyildi Uzoq kechikishlar-la boʻlsa-da Meta kompaniyasi nihoyat oʻz Ai ni taqdim etdi. Bu Ai ham xuddi akalari GPT va Geminidek chatda suhbatlashadi, rasm hamda video tayyorlab bera oladi. Havola: meta.ai @hisperspective
Yanglishmasam kelajakda ai tomonidan create qilingan kontentlar uchun alohida platforma boʻlsa kerak bu tarmoq, chunki, sahifada oʻzingiz yaratgan Ai video/rasmlarni ulashish mumkin ekan.

@hisperspective
👍4🦄32
Uber bosh direktori ta’kidlashicha, yaqin 20 yil ichida avtomobillar to‘liq avtonom boshqaruvga o‘tadi

Uning fikriga ko‘ra yaqin yillarda avtomobil boshqarish uchun olinadigan haydovchilik guvohnomasi zaruriyati yoʻqoladi.

Direktor bu jarayonni ot minishning bugungi kunda tarixiy va romantik an’ana sifatida qolgani bilan qiyoslab, avtomobil haydash ham vaqt o‘tishi bilan klassik, biroq kundalik ehtiyojdan holi ko‘nikmaga aylanib borishini aytgan.

Bunga sabab sifatida sunʼiy intellekt texnologiyalari rivojlanishini asos qilib keltirgan.

P/s: Haydovchilik guvohnomasini olish qiyin boʻlgan zamonlar haqida nabiralarimizga aytib beramiz chogʻi bu ketishda🥲.

@hisperspective
31👍1
Sora endi android tizimida ham ishlaydi

Oldin ushbu sun’iy intellekt modeli faqat iOS foydalanuvchilari uchun mavjud edi. Endilikda esa android foydalanuvchilari ham uni mobil telefonlariga yuklab olishlari mumkin. Play marketdan yuklab olish uchun havola.

Bilmaganlar uchun Sora bu ChatGPT ichida qurilgan video va foto genaratsiya intellekti boʻlib OpenAi kompaniyasiga tegishli hisoblanadi.

Bu sunʼiy intellekt bilan reallikga yaqinroq videolarni ovozi bilan ishlash mumkin. Koʻrgan boʻlsangiz kerak qari bobo, buvilar zamonaviy maslahatlarni bergan videolarni shular masalan Google veoda qilingan Sora esa undan yaxshiroq talqinda generatsiya qila oladi.

@hisperspective
🔥3
Apple endilikda Gemini sunʼiy intellektidan foydalanish uchun Googlega yiliga $1 mlrd toʻlashi kutilyapti

Bu haqda Bloomberg manbalariga tayanib xabar tarqatdi.

Aytilishicha, shartnoma Siri ovozli yordamchisini modernizatsiya qilish, unga kontekstni chuqurroq tushunish va murakkab savollarni qayta ishlash imkoniyatini berish uchun tuzilmoqda.

Bundan avval Apple OpenAi’ning ChatGPT modeli hamda Anthropic’ning Claude modelini ham sinovdan o‘tkazgan. Biroq test natijalari bo‘yicha kompaniya yakunda Gemini modelida to‘xtagan.

Ishqilib dunyo sunʼiy intellektlashib ketyapti, man boʻlsa obedga osh yeyishni oʻylayapman hozir)

@hisperspective
3