His perspective
1.49K subscribers
258 photos
23 videos
170 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
Biroz rasmlar

Kamerani sumkaga solib tayyorlab qo‘ygan edim, ammo “yana bitta sumkani ko‘tarib yuramanmi?, telefonda zoʻr rasm olsa boʻladi” deb, erinib tashlab kelgandim.

Endi esa afsusdaman. Shahar nihoyatda fotogenik ekan.

@hisperspective
👍4
Nodar Dumbadzeni ziyorat qildim

Haykali tagida “biror kishining o‘limi sendagi butun umrni olib qo‘ymasligi kerak. Bu sening hayoting – yashashing shart, sen uni eslab tursang, u ham yashaydi” deb yozilgan ekan.

Bu jumlalarni keyingi rasmdagi oʻrindiqda oʻtirib chuqur oʻyladim.

@hisperspective
👍5
Orzular haqida

“Vino ichib ko‘rdingmi, yoqdimi?” — deb so‘radi bir gruzin. “Men ichmayman”, dedim. “E qo‘y, bilaman, hamma o‘zbeklar ichadi-ku”, dedi u ishonmay. “Yo‘q, ishonaver, men boshqacharoq o‘zbekman”, deb jilmaydim.

Shu zaylda boshlangan suhbatimiz hayotdan qanday qilib toʻgʻri lazzat olish mumkinligi haqida davom etdi. Eshitib turib, u mendan: “stressli vaziyatlarda nima qilasan?” deb so‘radi. “Orzularim haqida o‘ylayman, ulardan kuch va motivatsiya olaman”, dedim.

Chindan ham, inson o‘z orzularini amalga oshirish uchun yashasa, uning umr yoqilg‘isi ham o‘sha orzular bo‘ladi. Qanaqadir alkogol yoki tutun emas. Hozir men ham shu gaplarni yozayotib, ko‘chadagi o‘rindiqda o‘tiribman, ikki koʻzim rasmdagi manashu oppoq uyga qadalgan. Shunaqa uyim bo‘lishini butun umr orzu qilganman, qilyapman.

Qachondir ushalishiga esa shunchaki ishonaman va shundan kuch olib yashayman. Hayot shu, umr shu.

@hisperspective
👍6
Tansykbayev koʻrgazmasi

Hafta boshida Markaziy koʻrgazmalar zalida ochilgan musavvir tavalludining 120 yilligiga bagʻishlangan koʻrgazmaga bordim. Menga yoqdi. Ayniqsa oyli tun degan rasm.

Biroz suratlar.

@hisperspective
👍4
Hamma startapchi bo‘lib ketyapti

So‘nggi vaqtlarda Vatanimizda ajib tendensiya rivojlanib boryapti. Ya’ni trendda nima bo‘lsa hammamiz shuni qilamiz.

Deylik, SMM’dan dars berish, SMM xizmatlarini ko‘rsatish trendga chiqdi hamma shu ishni qildi bilsa-bilmasa. Ingliz tilidan onlayn darslar o‘tish trendga chiqdi yana shu gap hamma shu ishni qildi bilsa-bilmasa. Treyderlar erasi boshlandi yana doimgidek hamma shu ishni qildi bilsa-bilmasa.

Navbat startaplarga keldi mana. Hozir hamma shu ishni qilyapti, bilsa-bilmasa. O‘zbek startap dunyosida MVP’gacha o‘ylanadi shu sabab ham. Hamma "CEO" lar hayolida MVP’ni qilish, venchurlardan soqqani olish va surish.

Nega bunaqa deyapman? Chunki ko‘plab startaplarda ortiqcha pafos bor. Hali bozorga tuzuk-quruq moslanmagan MVP bo‘lsa-da, “uch yil ichida MDH bozorini egallaymiz”, degan gaplarni eshitib hayron qolasan.

Albatta, bunday narsalar sohaga jiddiy yondashayotgan mutaxassislarning ensasini qotiradi. “Qo‘ying, o‘ynayversinlar” deyish mumkin, biroq bu jarayon umumiy ekotizimning obro‘siga va sifatiga sezilarli ta’sir qilayotganini ko‘rib, dil og‘riydi.

@hisperspective
1
ChatGPT biram dastyorda shu

Avvallari elektron pochtamga keladigan xabarlarni doim ham ochib o‘qishga vaqt topa olmas edim. Shu sabab ko‘plab muhim narsalarni ko‘zdan qochirib yuborardim.

Masalan, juda qimmatli domen nomimni uzaytirish haqida kelgan bildirishnomalarni ko‘rmay qolganim bois, domenimni boshqa birov olib qo‘ygan edi.

Ko‘p izlanib, oxir-oqibat yechimni topdim: ChatGPT’ni shunchaki har 12 soatda, kuniga 2 marta elektron pochtamni tekshirib, muhim xabarlarni alohida belgilashga va umumiy xabarlardan qisqa xulosa chiqarishga sozlab qo‘ydim.

Hozircha natija juda yaxshi tizim muntazam har 12 soatda tekshiryapti. Eng muhimi, o‘ta shaxsiy xabarlarni ochmaydi, bu esa xavfsizlik nuqtai nazaridan juda qulay.

Foydalanib koʻring.

@hisperspective
🎉2