His perspective
1.49K subscribers
259 photos
23 videos
171 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
Shafaqni izlab

Tasviriy ifodada har bir muallif o‘ziga yoqqan talqinini topadi. Mening tasavvurimda bu quyosh botishi va to‘lin oy.

So‘nggi to‘lin oyni suratga olishga ulgurmadim. Ammo eng so‘nggi va eng chiroyli shafaqni tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldim.

Mushukvoy ajib qarab turgan ekan uni ham bugungi fotojamlanmaga qoʻsha qoldim.

@hisperspective
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qizaloq va maymoq

Avtobusda ketayotsam C1’dagi yangi ta’mirdan chiqgan koʻchada bir qizaloq skripka chalayotganini koʻrib qoldim.

Bordim, tingladim, soʻradim:
– Musiqa ijro etishingni videoga olsam boʻladimi?
– Что?
– Можно тебя снять на видео, когда ты играешь музыку?
– Да, я буду этому рада.


Keyin, shosha-pisha ispan serialidagi ushbu musiqani ajoyib ijro etdi, menga yoqdi. Qizaloqga muxlisman endi.

@hisperspective
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayollar huquqlarini erkaklar ko‘proq so‘rashi, talab qilishi, qadrlashi muhim

Akalar, ukalar, otalar, erlar hammasi hayotining qaysidir bir jabhasida o‘ziga muhim ayol qadriyatlari uchun kurashadi. Deylik u ayol yori, onasi, opasi, singlisi yoki suyukli qizi bo‘lishi mumkin va bu to‘g‘ri, menimcha albatta.

O‘zbek mediasida ayollar huquqi haqida ko‘proq gapirgan hamda yodimda qolganlardan biri Mirshakar Fayzullayev. Ayniqsa, uning: “Nega biz 1,5 yoshli qizchani boshiga sochiq tashlab kelin salom qilishni oʻrgatamiz?” degan savoli juda oʻylashga majbur qilarli edi.

Bu kurashning yana bir chiroyli ifodasi o‘zbek repida ham sezilmoqda. Reper Konsta o‘z leybli qoshida Q.zlar guruhini tashkil etib, musiqiy treklar orqali jamiyatga samimiy va chuqur g‘oyalarni yetkazmoqda.

Quyida ularning trekidan satrlar:
Ojiza haqida tasavvuring bo‘lar vayron,
Qo‘limdan kelgani o‘zimni qiladi hayron.


Ishqilib, o‘zbek yigitlari o‘zgaryapti hamda o‘zbek mediasi yumshoq kuchdan foydalanishni asta-sekin o‘rganmoqda. Ajoyib bu.

@hisperspective
👍4
“O‘ch” filmi haqida

O‘zbek mediasini bekorga tilga olmadim. Qirg‘izlar o‘zlaridagi muammolarni media nigohida yaxshi ochib bera olishmoqda.

Bugun “O‘ch” filmini ko‘rdim. Treyleridan u oddiygina qaynona/kelin munosabatlariga oid navbatdagi syujetdek tuyulgandi. Ammo filmning aslida butunlay boshqa falsafasi bor ekan.

Asarda bir yetim qiz taqdiri, u uchun kurashmagan qoʻrqoq er hamda kelinni yomon ko‘radigan tipik qaynona obrazi orqali Qirg‘izistondagi ayollarga nisbatan zo‘ravonlik masalasi yoritilgan.

@hisperspective
👍5
Biroz rasmlar

Kamerani sumkaga solib tayyorlab qo‘ygan edim, ammo “yana bitta sumkani ko‘tarib yuramanmi?, telefonda zoʻr rasm olsa boʻladi” deb, erinib tashlab kelgandim.

Endi esa afsusdaman. Shahar nihoyatda fotogenik ekan.

@hisperspective
👍4
Nodar Dumbadzeni ziyorat qildim

Haykali tagida “biror kishining o‘limi sendagi butun umrni olib qo‘ymasligi kerak. Bu sening hayoting – yashashing shart, sen uni eslab tursang, u ham yashaydi” deb yozilgan ekan.

Bu jumlalarni keyingi rasmdagi oʻrindiqda oʻtirib chuqur oʻyladim.

@hisperspective
👍5
Orzular haqida

“Vino ichib ko‘rdingmi, yoqdimi?” — deb so‘radi bir gruzin. “Men ichmayman”, dedim. “E qo‘y, bilaman, hamma o‘zbeklar ichadi-ku”, dedi u ishonmay. “Yo‘q, ishonaver, men boshqacharoq o‘zbekman”, deb jilmaydim.

Shu zaylda boshlangan suhbatimiz hayotdan qanday qilib toʻgʻri lazzat olish mumkinligi haqida davom etdi. Eshitib turib, u mendan: “stressli vaziyatlarda nima qilasan?” deb so‘radi. “Orzularim haqida o‘ylayman, ulardan kuch va motivatsiya olaman”, dedim.

Chindan ham, inson o‘z orzularini amalga oshirish uchun yashasa, uning umr yoqilg‘isi ham o‘sha orzular bo‘ladi. Qanaqadir alkogol yoki tutun emas. Hozir men ham shu gaplarni yozayotib, ko‘chadagi o‘rindiqda o‘tiribman, ikki koʻzim rasmdagi manashu oppoq uyga qadalgan. Shunaqa uyim bo‘lishini butun umr orzu qilganman, qilyapman.

Qachondir ushalishiga esa shunchaki ishonaman va shundan kuch olib yashayman. Hayot shu, umr shu.

@hisperspective
👍6
Tansykbayev koʻrgazmasi

Hafta boshida Markaziy koʻrgazmalar zalida ochilgan musavvir tavalludining 120 yilligiga bagʻishlangan koʻrgazmaga bordim. Menga yoqdi. Ayniqsa oyli tun degan rasm.

Biroz suratlar.

@hisperspective
👍4