His perspective
1.49K subscribers
261 photos
23 videos
173 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
Toʻlin oy, shoshgan odamlar

🗺Toshkent xalqaro aeroporti.

@hisperspective
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Bozor tahlili haqida

Marketingda bozorni chuqur tahlil qilish har qanday qarorning asosi bo‘lishi kerak. Masalan, dunyo miqyosida erkak va ayollar tomonidan investitsiya mahsuloti sifatida xarid qilinadigan Richemont Group’ga tegishli Cartier brendi distribyutorligini olish uchun yillik badal majburiyati kamida $1,5 mlnni tashkil etadi. Bunga qo‘shimcha ravishda, dastlabki $1 mln qiymatidagi mahsulot zaxirasi xarid qilinishi kerak.

Brend standartlariga mos butik interyeri va dizayni uchun o‘rtacha $450,000 – $600,000 atrofida mablag‘ sarflanadi. Kassa tizimi, xodimlar, xizmat ko‘rsatish protokollari, ijara va boshqa tashkiliy xarajatlarni hisobga olgan holda, butun loyiha uchun boshlang‘ich investitsiya hajmi $4 mln atrofida bo‘lishi mumkin.

Endi marketing ishlaydigan qismga oʻtamiz. Cartier mahsulotlarini xarid qila oladigan o‘zbekistonliklar ulushi 0.15% ga ham yetmasligi haqida ma’lumot bor. Bu taxminan atigi 55 ming nafar potentsial mijoz degani. Asosiy muammo aynan shu yerda boshlanadi, brend ulkan sarmoyani talab qiladi, biroq bozor juda tor. Narx yuqori, iste’molchi kam, mijozlar segmenti esa g‘oyat murakkab.

Bunday vaziyatda biznes yashab qolishi kuchli marketing tahlili asosida imkon qadar aniq ishlab chiqilgan strategiyaga bog‘liq bo‘lib qoladi. Marketing tahlillari esa koʻp vaqt, mablagʻ, asab talab qiladi.

@hisperspective
👍3
Biror qator kod yozmasdan sunʼiy intelektli bot tayyorladim

Anchadan buyon oʻrganaman deb yurganim make.comʼni oʻtgan dam olish kunlarida obdon oʻrganib chiqdim.

Oʻrganishlar natijasida esa @asljonscombot ni tayyorladim.

Botning ishlash prinspi quyidagicha:

Telegram bot > Gemini > Telegram bot

Yaʼni foydalanuvchi botga soʻrov yuborsa u Gemini orqali qayta ishlanib javob tariqasida qaytadi.

Hozircha kamchiliklari bisyor lekin, boshlanishiga yomon emas. Ishlatib koʻring.

@hisperspective
👍41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
If you ever stop loving my daughter, just bring her back

Subyektivning Koreya haqida tayyorlagan koʻrsatuvini koʻrdim, Roza ismli qizga achindim. Uning hayotda koʻrganlaridan keyin, ham barchasiga “oʻzim aybdorman, soddaman-da” deya olishi meni hayron qoldirdi.

Uning tarixini eshitib shu video esimga tushdi. Har bir ota bu dunyoda qizini shu qadar qadrlasa, ardoqlasa edi. Dunyo misoli jannat boʻlardi. Bir ahmoq otani deb bir qiz hayotda shuncha qiynalgan.

Koʻrsatuv yaxshi, muammolar dolzarb.

@hisperspective
👍2🔥1
Shafaqni izlab

Tasviriy ifodada har bir muallif o‘ziga yoqqan talqinini topadi. Mening tasavvurimda bu quyosh botishi va to‘lin oy.

So‘nggi to‘lin oyni suratga olishga ulgurmadim. Ammo eng so‘nggi va eng chiroyli shafaqni tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldim.

Mushukvoy ajib qarab turgan ekan uni ham bugungi fotojamlanmaga qoʻsha qoldim.

@hisperspective
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qizaloq va maymoq

Avtobusda ketayotsam C1’dagi yangi ta’mirdan chiqgan koʻchada bir qizaloq skripka chalayotganini koʻrib qoldim.

Bordim, tingladim, soʻradim:
– Musiqa ijro etishingni videoga olsam boʻladimi?
– Что?
– Можно тебя снять на видео, когда ты играешь музыку?
– Да, я буду этому рада.


Keyin, shosha-pisha ispan serialidagi ushbu musiqani ajoyib ijro etdi, menga yoqdi. Qizaloqga muxlisman endi.

@hisperspective
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayollar huquqlarini erkaklar ko‘proq so‘rashi, talab qilishi, qadrlashi muhim

Akalar, ukalar, otalar, erlar hammasi hayotining qaysidir bir jabhasida o‘ziga muhim ayol qadriyatlari uchun kurashadi. Deylik u ayol yori, onasi, opasi, singlisi yoki suyukli qizi bo‘lishi mumkin va bu to‘g‘ri, menimcha albatta.

O‘zbek mediasida ayollar huquqi haqida ko‘proq gapirgan hamda yodimda qolganlardan biri Mirshakar Fayzullayev. Ayniqsa, uning: “Nega biz 1,5 yoshli qizchani boshiga sochiq tashlab kelin salom qilishni oʻrgatamiz?” degan savoli juda oʻylashga majbur qilarli edi.

Bu kurashning yana bir chiroyli ifodasi o‘zbek repida ham sezilmoqda. Reper Konsta o‘z leybli qoshida Q.zlar guruhini tashkil etib, musiqiy treklar orqali jamiyatga samimiy va chuqur g‘oyalarni yetkazmoqda.

Quyida ularning trekidan satrlar:
Ojiza haqida tasavvuring bo‘lar vayron,
Qo‘limdan kelgani o‘zimni qiladi hayron.


Ishqilib, o‘zbek yigitlari o‘zgaryapti hamda o‘zbek mediasi yumshoq kuchdan foydalanishni asta-sekin o‘rganmoqda. Ajoyib bu.

@hisperspective
👍4
“O‘ch” filmi haqida

O‘zbek mediasini bekorga tilga olmadim. Qirg‘izlar o‘zlaridagi muammolarni media nigohida yaxshi ochib bera olishmoqda.

Bugun “O‘ch” filmini ko‘rdim. Treyleridan u oddiygina qaynona/kelin munosabatlariga oid navbatdagi syujetdek tuyulgandi. Ammo filmning aslida butunlay boshqa falsafasi bor ekan.

Asarda bir yetim qiz taqdiri, u uchun kurashmagan qoʻrqoq er hamda kelinni yomon ko‘radigan tipik qaynona obrazi orqali Qirg‘izistondagi ayollarga nisbatan zo‘ravonlik masalasi yoritilgan.

@hisperspective
👍5
Biroz rasmlar

Kamerani sumkaga solib tayyorlab qo‘ygan edim, ammo “yana bitta sumkani ko‘tarib yuramanmi?, telefonda zoʻr rasm olsa boʻladi” deb, erinib tashlab kelgandim.

Endi esa afsusdaman. Shahar nihoyatda fotogenik ekan.

@hisperspective
👍4