Marketologda bo‘lishi shart bo‘lgan ko‘nikmalar
Marketing kreativ va did bilan chuqur bog‘liq. Texnik bilim esa bu ko‘nikmalarni to‘ldiruvchi instrument hisoblanadi. Agar, kreativ va diddan biri bo‘lmasa marketingda nimadirlar qilish qiyin. Bu ikki skill esa hammada ham tug‘ma bo‘lmaydi. Tug‘ma bo‘lsa-da uni rivojlantirish shart bo‘ladi.
Xo‘sh, kreativ va didni qanday shakllantirish yoki kuchaytirish mumkin?
Kreativni man asosan reklamalar ko‘rib shakllantirib boraman. Yaxshi & yomon, a balki umuman rasvo reklama farqi yo‘q erinmasdan ko‘raman, tahlil qilaman, o‘zimga kerakli qaydlarni shakllantiraman. Jamoat transportida maqsadsiz ko‘p yurishimning asosiy sabablaridan biri ham aslida shu, ko‘proq reklama iste’mol qilish va umumiy savdo layoqatiga ega qatlam aholining hozirgi kreativlarga e’tiborini o‘lchash, kuzatish hisoblanadi. Qisqasi man ko‘chada yurganimda ham o‘rganaman. Sizga ham tavsiya etaman.
Did masalasi esa dizaynning asosi kontrast, yaqinlik teoriyasi, tekislik kabi qoidalar haqida bilimni mustahkamlashdan boshlanadi. Davomi esa pinterest, behance, dribbble kabi media platformalarda soatlab rasmlarni ko‘rish, taqqoslash ortidan keladi.
Muxtasar qilib aytganda marketingda qaysidir plankaga chiqish, chiqa olish uchun doim oʻqish, oʻrganish shart.
@hisperspective

To‘yga kelgan qo‘shiqchi o‘z dardini aytib kuylaydi deyishgani misoli men ham quyida o‘zim qo‘llagan va amalda ishlagan usullar bilan o‘rtoqlashaman.
Kreativni man asosan reklamalar ko‘rib shakllantirib boraman. Yaxshi & yomon, a balki umuman rasvo reklama farqi yo‘q erinmasdan ko‘raman, tahlil qilaman, o‘zimga kerakli qaydlarni shakllantiraman. Jamoat transportida maqsadsiz ko‘p yurishimning asosiy sabablaridan biri ham aslida shu, ko‘proq reklama iste’mol qilish va umumiy savdo layoqatiga ega qatlam aholining hozirgi kreativlarga e’tiborini o‘lchash, kuzatish hisoblanadi. Qisqasi man ko‘chada yurganimda ham o‘rganaman. Sizga ham tavsiya etaman.
Did masalasi esa dizaynning asosi kontrast, yaqinlik teoriyasi, tekislik kabi qoidalar haqida bilimni mustahkamlashdan boshlanadi. Davomi esa pinterest, behance, dribbble kabi media platformalarda soatlab rasmlarni ko‘rish, taqqoslash ortidan keladi.
Muxtasar qilib aytganda marketingda qaysidir plankaga chiqish, chiqa olish uchun doim oʻqish, oʻrganish shart.
@hisperspective
👍4
Havodan pul qilish haqida
Man oʻzimni unchalik moliyaviy guru deb bilmayman. Ammo, banklar, umumiy moliya bozoridagi yangiliklardan xabardor boʻlib boraman, ayrimlarini sinab koʻraman.
TBC "Salom card" koʻp funksional qulay kartasini chiqargandi. Man ancha oldin dizayniga mahliyo boʻlib buyurtma qilgandim, ammo ishlatmas edim. Oʻtgan oy ishlatdim toʻliq. Bu oy sekinlik bilan mevasini yigʻib olmoqdaman.
Qisqasi 1 oy davomida kartada saqlagan pulim uchun oylik 280 ming soʻm yillik 12% foizlik stavkada keshbek, keyin bankomatdan naqd pul yechganim, Yandex Taksi xizmatiga aynan "Salom card" kartasi orqali toʻlaganim uchun qoʻshimcha 5% gacha keshbeklar berildi, berilyapti haliham ayrimlari.
Tavsiya qilaman foydalaning. TBC mobil ilovasidan kartaga buyurtma berasiz, bepul tarzda siz tanlagan manzilgacha yetkazib berishadi.

Oldin duch kelmagan muammolarga yechim berish qiziq
Xalqlar do‘stligi san’at saroyining 360 gradusli elektron xaritasini chizib berishni so‘rashgan edi. Oldin bunaqa katta inshootni qilib ko‘rmaganman, kichikroq binoni 360 vizualini qilgandim.
Lekin, Xalqlar do‘stligi juda qiziq loyiha + yangi yo‘nalishdek tuyuldi va okay qilib beraman dedim. Ko‘p o‘ylab, google it qilib yechim topdim, 360 kamera yordamida har 15-20 metrda rasm olib ularni ketma ketlikda joylab vizual yaratish.
Ilova qilgan rasmimda ko‘rishingiz mumkin 360 kamerada olingan surat qanaqa bo‘lishini. Qizil bilan belgilab qo‘ygan qismimdan tasvir ulanib yumaloq shar ko‘rinishiga keladi.
Keyingi qadamda har bir o‘rindiq joylashuvidan kelib chiqib sichqonchada klik qilinganda aynan o‘sha o‘rindiq joylashuvidan sahna qanday ko‘rinishini vizualda keltirib berish kerak.
Natija tayyor bo‘lsa havola bilan bo‘lishaman.

👍6
Inson erki va baxti shu rasmdagi qizaloq qo‘llaridagi kabutarlar hamda yuzidagi beg‘ubor tabassumga o‘xshaydi
Kishi har bir lahzada erkni his etishi, u erk ila yashashi juda muhim. Chunki, hozirgi har bir soniya kelajakning bir bo‘lagi.
Hayot bizga cheklovlar va doiralar chizib berishiga yo‘l qo‘ymaslik, qo‘lga sanchqi berib quduq kovla deganida kovlash, ahamiyatsiz narsalar hamda insonlarga ortiqcha vaqt, energiya, asab ketishiga yo‘l qo‘ymasdan quduq qazish maqsadi ila yashash.
Bularning barchasi kurash demakdir. Bu kurashda erkinlikni yo‘qotmaslik esa baxtdir.
Kuchli insonlar taqdiri shu axir ular doim kuchli, mas’uliyatli va albatta erk uchun kurashuvchi bo‘lishi shart. Shunda hayot ularga kulib boqadi.
As long as your heart beats 24/7, never give up.

Tasvirda e’tiborni nima tortishini belgilash muhim
Odatda tanish fotograflar ishini kuzatganimda ular bir vaqtda 5-10 ta rasmni tasvirga olishi va shundan eng yaxshisini tanlashiga guvoh boʻlardim. Bu men uchun eski maktab uslubidek tuyuladi.
Men sal boshqacha ya’ni istalgan rasvo kadrni ham tahrirda xohlagan formatimga moslab olishni yoqtiraman. Shu sabab, bitta rakursdan maksimum 2 ta rasm olishim mumkin. Men uchun tasvirning goʻyasi muhim.
Keltirgan misolimda ham koʻrishingiz mumkin, bir qarashda bir pulga qimmat brak kadr. Biroq, ozgina tahrir hamda ranglarni jonlantirish bilan moʻjaz suratga aylandi.

👍5
Qahva olgani Bonʼga kirgandim eslatmalar kartasi va shirinlik bilan siylashdi
1789-yil 14-iyul kuni Bastiliya qamoqxonasi bosib olinadi hamda fransuzlar uchun siyosiy o‘zgarishlar yaʼni respublika boʻlish harakatlari jadallashadi. Shu sabab, bu kun Fransiyada milliy bayram sifatida keng nishollanadi.
Fransuz qadriyatlari hamda taomlarini oʻzbek jamiyatiga yetkazishni maqsad qilgan kafe oʻlaroq Bon, ushbu kunni oʻz bayramidek nishollashi betakror marketing qadami hisoblanadi.
Jarayon qiziq, avval qahvamni soʻng shirinlikni berishdi va oxirida kassir qoʻlida turgan bir qancha kartalarni koʻrmasdan tanlashni soʻrashdi. Keyin, tanlagan kartamni berib, tushuntirib, bayram bilan qutlashdi.
Bir soʻz bilan kutilmaganda ajoyib boʻldi.

Shafaqni rasmga olish bu — kutish
C1 tarafdagi shu chorraha orqali har kun ishdan uyga qaytaman. Har kun eng yaxshi quyosh botishini kutaman, tomosha qilaman, ammo, doim ham kerakli rakursni topa olmas edim.
Kecha tabiatni o‘zi ajib rakursni tuhfa etdi va shunaqa rasm paydo bo‘ldi. Ranglarni ozgina kuchaytirib, biroz tahrir qilgandan so‘ng tasvir yana-da ochildi.
Aynan nimalar qilganim esa video ketma-ketlikda. Rasmni sifatli talqinda bu yerdan yuklab olish mumkin.

👍3
Texnologiyalar rivojlanmoqda, odamlar ishsiz qolmoqda
2016–2017-yillar Toshkentda yashagan kezlarimda metroga jeton orqali to‘lab kirilar edi. Ammo 2024-yil oxiriga kelib, kassalar ramziy darajada ishlay boshladi. 2025-yil iyuniga borib esa, metro kassalari soni hamda kassirlar shtati qisqartirilishi haqida rasman e’lon qilindi. Sabab — ATTO.
Xuddi shunday holat avtobusda ham yuz berdi. Konduktorlar o‘z ish o‘rinlarini asta-sekinlik bilan ATTO terminallariga bo‘shatib berishdi. Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimlari jamoat transportidagi inson ish oʻrnini olib qoʻydi.
Yana bir qiziq keys, fintexda kuzatilgan katta rivojlanish sabab kichik tadbirkorlik subyektlarida hisobchi xizmatidan foydalanish keskin kamaydi. Mobil banking sabab endi YaTT yoki kichik MChJ rahbari oʻz moliyaviy kirdi/chiqdilarini oʻzi hal qilyapti. Oʻz oʻrnida bu hisobchilar mehnat bozorida talab tushishiga olib kelyapti.
Oxirgi vaqtlar marketing agentliklarida kopirayterlar xizmatidan foydalanish keskin kamaydi. Hozir Gemini va ChatGPTʼga toʻgʻri prompt bera olish bilan marketologlar oʻzi sotuv matnlarini tayyorlayapti. Dizaynerlarda ham ishlar chappasiga ketgan. Oddiy posterlarni Midjourney, ChatGPT maromiga yetkazib qilib beryapti.
Ishqilib rivojlanish shu ketishda ketsa yaqin 2-3 yilda mehnat bozorida katta ishsizlik yarasi paydo boʻlib qoladi, bu yaraga tegishli boʻlib qolmaslik uchun kreativ va hissiyotli tahlilni talab qiladigan sohalarni oʻrganishni boshlash kerak menimcha. Chunki sunʼiy intellekt bu kabi insoniy qobiliyatlarga erisha olmaydi baribir.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vokzal esa boʻm-boʻsh
Osmondagi bolalar filmidagi jurnalist va Alisher aka obrazi oʻrtasida boʻladigan shu suhbat eng qadrli sahna hisoblanadi men uchun.
Hayolimda bu sahna insonning oʻzi bilan boʻladigan hayotiy kurashi haqida gapiradi va hayot suetasini tushuntirishga urinadigandek koʻrinadi menga. Filmni takror-takror koʻrishimga ham shu sahna sababchi.
Qizigʻi aynan shu sahnadagi monologni ishlatib trek chiqarishibdi. Bugun kun davomida tinglab yurdim. Trek va monolog mos tushgan, xuddiki zamonaviy dunyodagi oʻzlikni izlash haqida gapirgandek goʻyo.

👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbek mediasiga kuchli, erkin menejerlar kerak
Mehnat faoliyatimning koʻp qismi media bilan bogʻliq boʻldi. Hozirgacha oʻzbek mediasida har xil menejerlarni koʻrdim. Koʻplariga umuman havas qilib boʻlmaydi. Ammo, koʻrganlarim ichida bittasidan kam muddat ichida koʻp narsa oʻrgandim.
Ushbu mutaxassis Ernis. Kelib chiqishi qirgʻiz millatiga mansub bu media menejer bilan rus mediasida 3 oy birga ishlaganmiz. Meni ham aynan u ishga olgandi.
Yaqinda telegram kanaliga koʻzim tushib shu videoni koʻrib qoldim. Ish vaqtida oʻta erkinligi bilan ajralib turardi, qoʻyinki propaganda kesimida taqiqlar, cheklovlar, qizil chiziqlar koʻp boʻlsa-da. Bir kunlik ish jarayonini reja (scheduling) qilish, trendlarni filtr bilan kuzatishni shu odam oʻrgatgan menga.
Ishqilib, qiziq mutaxassis. Choʻkib borayotgan oʻzbek mediasiga aynan shunaqa odamlar kerak hozir. Masalan biror xususiy oʻzbek mediasida boʻlganida har qancha cheklov boʻlsa-da hammayoqni ostun-ustun qilardi (*imho).

Ichkilik oʻz yoʻliga, festivaldan zavqlanish kerak
Turmush tarzimda ichish/chekish va shu bilan bogʻliq activity’lardan juda yiroqdaman. Menga qolsa hamma otalar, akalar, insonlar ichmasin.
Lekin, ichgisi keldimi? Boshqa insonlarni shaxsiy chegarasini buzmasdan ichaversin. Dam olsin. Men oʻylaymanki nimadir bizga yoqmasa uni barcha insoniyatga taqiqlash absurd.
Ishqilib “mangal fest” nomli pivo festivalida sayr qildim. Odamlar, oilalar, doʻstlar, juftliklar kelgan. Oʻz hayotida yashab, oʻynab, ichib dam olishyapti.
Men esa doimgidek kamera ortida lahzalarni ushlashga urindim.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Bozor tahlili haqida
Marketingda bozorni chuqur tahlil qilish har qanday qarorning asosi bo‘lishi kerak. Masalan, dunyo miqyosida erkak va ayollar tomonidan investitsiya mahsuloti sifatida xarid qilinadigan Richemont Group’ga tegishli Cartier brendi distribyutorligini olish uchun yillik badal majburiyati kamida $1,5 mlnni tashkil etadi. Bunga qo‘shimcha ravishda, dastlabki $1 mln qiymatidagi mahsulot zaxirasi xarid qilinishi kerak.
Brend standartlariga mos butik interyeri va dizayni uchun o‘rtacha $450,000 – $600,000 atrofida mablag‘ sarflanadi. Kassa tizimi, xodimlar, xizmat ko‘rsatish protokollari, ijara va boshqa tashkiliy xarajatlarni hisobga olgan holda, butun loyiha uchun boshlang‘ich investitsiya hajmi $4 mln atrofida bo‘lishi mumkin.
Endi marketing ishlaydigan qismga oʻtamiz. Cartier mahsulotlarini xarid qila oladigan o‘zbekistonliklar ulushi 0.15% ga ham yetmasligi haqida ma’lumot bor. Bu taxminan atigi 55 ming nafar potentsial mijoz degani. Asosiy muammo aynan shu yerda boshlanadi, brend ulkan sarmoyani talab qiladi, biroq bozor juda tor. Narx yuqori, iste’molchi kam, mijozlar segmenti esa g‘oyat murakkab.
Bunday vaziyatda biznes yashab qolishi kuchli marketing tahlili asosida imkon qadar aniq ishlab chiqilgan strategiyaga bog‘liq bo‘lib qoladi. Marketing tahlillari esa koʻp vaqt, mablagʻ, asab talab qiladi.