His perspective
1.49K subscribers
256 photos
23 videos
168 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
His perspective
Masalan, men biroz re-search qilganimdan soʻng 15 million data ularda mavjudligiga ishonmadim. Lekin, ehtiyot boʻlish zarar qilmaydi.
10 kun oldingi kiberhujumda xakerlar aytgandek 15 mln emas balki 60 ming shaxs maʼlumotlari tarqalgani haqida maʼlumot berilibdi

Bu narsani oʻsha kuniyoq bilgandim va mana bu yerda aytgan edim. Keyin, bir yaxshi mutaxassis bilan fayllarni oʻrganganimizda bu buzib kirish emas balki, oddiy parser ekanligini tahmin qilgandik.

Nazdimda, bundan keyin davlat idoralari, banklar va boshqa raqamli xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar token almashinuvi hamda autentifikatsiya jarayonlarida yanada qat’iy siyosat yuritishi kerak. Ayniqsa, VPN shlyuzlar, IP-cheklovlar va server darajasidagi ruxsat nazoratini kuchaytirish muhim.

Humans va Paylov bilan bog‘liq avvalgi holatlarda ham, hozirgi vaziyatda ham muammo ko‘proq ochiq qolgan access tokenlar sabab yuzaga kelgan ko‘rinadi. Ya’ni tizim “buzilganidan” ko‘ra, noto‘g‘ri sozlangan kirish nuqtalari orqali ma’lumotlarga yo‘l ochilgan bo‘lishi mumkin.

Ishqilib, bizga endilikda yaxshi server muhandislari kerak.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
13👍2😁21🔥1
TBC Bank 1 milliondan ortiq Salom Card emissiya qilibdi

Bu haqda TBC Uzbekistan xabar bermoqda. Xabarga koʻra, Salom Card emissiya qilinishi 2024-yil noyabr oyida yo‘lga qo‘yilgan. Shundan kelib chiqsak, 1 millionlik marra deyarli 15 oyda zabt etilibdi.

Salom Card men foydalanadigan kartalarim qatorida eng talabgiri hisoblanadi. Har oy beriladigan keshbek va bonuslar esa juda yoqimli. Ushbu karta haqida mana bu yerda oʻqisangiz boʻladi.

Umuman keshbek va bonuslarga ega debet kartalar qanday ishlashi haqida esa mana bu yerda maʼlumot bor.

Bu zoʻr natija, ammo, ayni damda TBC app ishlamayotganligi sabab tushlik qila olmadim. Bu yomon natija.

Surat: Spot.

@hisperspective
😁16🔥10👍2🌚1🦄1
O‘zbekistonda venchur investitsiyalar hajmi 2 milliard dollarga yetkazilar ekan

Bu haqda davlat rahbarining tegishli qarori qabul qilinibdi. Bu qarordagi o‘zgarish va imkoniyatlar haqida shu yilning 21-yanvarida aytilgan edi. Kerakli punktlar bo‘yicha ishlar to‘g‘ri amalga oshirilsa menimcha startap asoschilariga yaxshi imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

Ushbu yangilikdan ham ko‘ra Twolabs.ai loyihasi bilan hamyurtimiz Sardor Y Combinatorga qabul qilingani haqidagi xabar atrofida yig‘ilsak qiziq menimcha. Chunki adashmasam O‘zbekistonlik bo‘lgan birinchi ishtirokchi hisoblanadi u.

Sardorning loyihasi dasturiy taʼminot muhandisligi jarayonlarini avtomatlashtirishga qodir bo‘lgan ilg‘or Ai agentlarini yaratishdan iborat. Hozirgi vibe coding rivojlanayotgan zamonda ayni kerak narsa, menimcha.

Vatandoshimizga omad tilaymiz.

Surat: Bahodir Rajabov.

@hisperspective
🔥181🌚1
Har qanday gʻoyani amalda qilib koʻrish sizni kuchliroq qiladi

2014-yillardan boshlab professional veb-saytlar tuzish, ularni maktab va bizneslarga sotish bilan shugʻillanganman. 2016-yil oxiridan esa doʻstim bilan x***.uz saytini yuritishni boshlaganmiz.

Sayt 6 oyda nol nuqtaga yetib kelgan. 2019-yilda esa birinchi katta foydasini ishlagan. Oʻsha vaqt saytning 1 oylik auditoriyasi 350-500 ming unikal host edi.

Shunday boʻlsa-da sayt faoliyatini 2021-yilda butkul toʻxtatganmiz. Chunki, sezgandik yaqin kelajakda telegram va striming platformalar bizni bozorni egallaydi. Egalladi ham. Ayta olamanki, sayt bilan oʻtgan 4 yilda men eng yaxshi doʻst, hozirgi kundagi bilimlarim va oʻzimga boʻlgan qatʼiyatni topdim.

Bu bilan aytmoqchimanki hozir qilayotgan startapingiz yoki biror biznes gʻoya atrofida koʻp pul topmasligingiz mumkin. Ammo, hayotiy muhim bilim/koʻnikmaga ega boʻlasiz. Bu esa barchasidan ustun narsa. Shunday ekan, olgʻa samuray.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
👍15🔥107❤‍🔥21
Alif Oʻzbekiston Islom savdoni moliyalashtirish korporatsiyasidan $5.6 mln sarmoya jalb qilibdi

Bu haqda Alif Oʻzbekiston bosh direktori Nuruddin Lafizov xabar bergan. Qiziq jihati kompaniyaga “Ipak Yo‘li banki” tomonidan shariat qoidalariga asoslangan holda 50 mlrd soʻm moliyalashtirish liniyasi ham berilgan.

Nuruddin Lafizovning ta’kidlashicha, mahalliy bank bilan tuzilgan ushbu kelishuv bozor uchun noyob parametrlarni o‘z ichiga oladi. Keyin, ushbu mablag‘lar “Alif Nasiya” muddatli to‘lov xizmatini rivojlantirish va kengaytirishga yo‘naltirilishi aytilgan.

Hammasidan ham qizigʻi esa 3-yanvar kuni Spotda eʼlon qilingan xabarda ITFC va “Ipak Yo‘li banki” tomonidan Alifga $3 mln sarmoya ajratilgani haqida xabar berilgan ekan. Endi sizga savol sarmoya $3 mlnmi yoki $5.6 mln? Men togʻrisi sal tushunmay qoldim.

Mayli nima boʻlsa ham menimcha bu yaxshi keys. Chunki, bu kabi moliyalashtirish liniyalari ortidan BNPL bozorida foiz stavkalari tushishi mumkin. Sal avval O‘zbekistonda 2030-yilgacha kamida 10 ta islomiy bank paydo bo‘lishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Surat: Yandex.Maps.

@hisperspective
106🔥6
Higgsfield atrofida kechayotgan axborot urushi haqida

Bir soʻz bilan Qozogʻiston unikorn kompaniyasi oʻzining rivojlanish bosqichida yangi pallaga kirdi. So‘nggi haftalarda kompaniya X, Threads va Reddit kabi platformalarda keskin tanqidlarga duch keldi.

Foydalanuvchilar kompaniyaning marketing strategiyasi va obuna modeli bilan bog‘liq ayrim keyslardan norozi. Eng ko‘p muhokama qilingan muammolardan biri “cheksiz obuna” sotib olgan foydalanuvchilarda kontent generatsiyasi tezligining sezilarli darajada pasaytirilgani bo‘lgan.

Kompaniya asoschilaridan biri Yerzat Dulatning ta’kidlashicha, salbiy munozaralar Higgsfield Kling 3.0 video generatsiya modeliga vaqtinchalik eksklyuziv kirish huquqini qo‘lga kiritganidan so‘ng raqobatchilar tomonidan uyushtirilgan axborot urushi hisoblanadi.

Alex Mashrabov esa tezkor masshtablash kompaniya qadriyatlari bilan ichki operatsion jarayonlar o‘rtasida muayyan tafovutlar yuzaga keltirganini tan olgan. Qolaversa, Mashrabov twitterda Higgsfield sahifasi bloklangani va uni tiklash jarayoni ketayotganini taʼkidlagan.

Ishqilib, biznesda ijtimoiy tarmoqlar kuchidan foydalanish texnikasini bilish muhimligiga yana bir misol bu.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
🔥11🦄31
His perspective
Biroq, ayta olamanki veb-saytida qo‘yilgan 1-2 ta taklifnoma shablonlari bilan bozorda yashab qolishiga men ishonmayman.
Xulosa, hayajonlanmasdan emotsional pitch qilish muhim. Bu loyiha (YorYor) ga uzoq umr va katta daromad tilayman. Endi borib ozgina kitob o‘qiy, sarmoya kiritish boʼyicha bilimlarim xato ishlayapti, menimcha.

Menga lekin, “Hisobchi Ai” loyihasi yoqdi. Ilgari eshitmagan ekanman. Asoschilariga omad tilayman. Siz ham foydalanib ko‘ring, qiziq ekan.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
😁17🔥1🌚1
Vayb koding dasturchilarni ishsiz qoldiradimi?

2025-yil boshida Andrey Karpaty tomonidan ommalashtirilgan vayb dasturlash bir soʻz bilan aytganda dasturchilarni ishsiz qoldiradi. Ammo, qanday dasturchilar ishsiz qoladi? Koʻrib chiqamiz.

Xullas, Goldman Sachs investitsiya banki hisobotiga ko‘ra, sun’iy intellekt 300 mlnta ish o‘rniga teng vazifalarni almashtirishi mumkin. AQSh va Yevropada ishdagi vazifalarning qariyb to‘rtdan bir qismi sunʼiy intellekt tomonidan bajarilish ehtimoli bor. Bu jarayonlar ichida esa dasturchilar bajaradigan vazifalar ham mavjud.

Aniqroq aytsak, junior, strongjunior va middle darajadagi dasturchilar mehnatiga boʻlgan talab keskin kamaymoqda. Qolaversa, bir sohaga ixtisoslashgan dasturchilar ham endi kerak emas. Masalan, siz faqat frontend yoki faqat backendni bilsangiz ish beruvchi uchun jozibador emassiz.

Chunki, sunʼiy intellekt barchasini bir prompt bilan qilib turgan zamonda siz oʻta sekin ishlaydigan va oʻta qobiliyatlari cheklangan mutaxassisdek koʻrinib qolasiz. Ish beruvchi esa vazifani sunʼiy yoki tabiiy intellekt qilishiga emas balki tez, arzon boʻlishiga qaraydi.

Shundan kelib chiqsak faqat dasturchiman, faqat bir yoʻnalishni bilaman degan odamlarning endilikda kosasi oqarmaydi. Oʻrganish, izlanishdan toʻxtamasdan oʻziga yangi skilllar qoʻshgan mutaxassislar esa bozorda oʻz oʻrnini aslo yoʻqotmaydi.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
🔥154👍2🌚1
MobiUz aloqa operatori serverlarini ham buzishibdi

Agar xakerlar berayotgan maʼlumotlar toʻgʻri boʻlsa, aloqa operatorining SMS gateway va billing tizimlari, mijozlar hamda xodimlarning shaxsiy hujjatlari, bir nechta yirik ma’lumotlar bazalari yomon bolalar qoʻliga tushibdi.

Men koʻrgan skrinshotlardan kelib chiqsak, ad.ums.uz va MobiUz ning toʻliq ichki arxitekturasi ularning qoʻlida boʻlishi mumkin. 2025-yil iyul oyi holatiga ko‘ra MobiUz abonentlari soni 8 milliondan oshgan.

Bu degani shuncha odam maʼlumotlari xavf ostida. Xabar toʻldirilmoqda.

Surat: Spot.

@hisperspective
🔥16😁8🦄4
His perspective
MobiUz aloqa operatori serverlarini ham buzishibdi
Qoʻrqmanglar hammasi nazoratimiz ostida — Mobiuz

Mobiuz rasmiylari aloqaga chiqishdi va ularning aytishiga qaraganda xujum test rejimidagi serverlarga uyushtirilgan ekan. Yomon bolalar asosiy tizim infratuzilmasiga kira olishmagan deb iddao qilishdi rasmiylar.

Maʼlumotga ishonamiz. Shunday boʻlsa-da oʻzim ham tekshirib koʻraman, nimadir chiqsa boxabar qilaman. Hozircha havotirlanmasak boʻladi.

Aytgancha maʼlumotlaringizni manabu usul yordamida oʻzingiz himoya qiling, iltimos.

Surat: Mem.

@hisperspective
😁21🔥76
O‘zbekiston korporativ obligatsiyalar bozori hajmi 5,2 trillion so‘mdan oshibdi

Bu haqda Markaziy qimmatli qog‘ozlar depozitariysi xabar bermoqda. Xabarga ko‘ra, 2026-yil 13-fevral holatiga muomaladagi korporativ obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati rekord darajadagi 5,28 trillion so‘mga yetgan.

2020–2024-yillar oralig‘ida bozor hajmi 1,98 trillion so‘mni qayd etgan. 2025-yil boshidan buyon 3,3 trillion so‘m miqdorda kapital jalb qilingan va bozor hajmi bir yil ichida 2,7 baravar o‘sgan.

Qiziq jihati emitentlarning 76% qismi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) hisoblanadi. Bu esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya vositalariga ishonch ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Qisqasi, investorlar O‘zbekistondagi biznes muhitiga ishonmoqda va sarmoya kiritmoqda degani bu.

Surat: The Wolf Of Wall Street.

@hisperspective
9🔥5
Gʻoya izlab yurgan asoschilar boʻlsa, bir gʻoya bor

Xullas, gʻoya jamoat hojatxonalarni avtomatlashtirish. Ha, bir koʻrishda gʻalati tuyulishi mumkin ammo, ushbu yoʻnalish xorijda ancha rivojlangan. Masalan, Yaponiyada “The Tokyo Toilet” loyihasi mavjud.

Loyihaning MVP bosqichida mobil ilovaga butun respublika boʻylab barcha jamoat hojatxonalarining onlayn xaritasi kiritiladi. Hozirda ularning ayrimlari 2GIS va Yandex Mapsʼda mavjud. Dastlab shularni integratsiya qilib, keyin qolganlari alohida baza koʻrinishida qoʻshib boriladi.

Shu bilan birga, ovqatlanish maskanlari, yoqilgʻi quyish shoxobchalari hamda turistik zonalardagi barcha sanitariya nuqtalarini ham tizimga birlashtirish kerak. Tushunishingiz uchun gʻoya beradigan yechim isteʼmolchiga oson sanitariya maskanini topish va toʻliq naqdlashgan bozorni raqamlashtirish hisoblanadi.

Ishlash prinspi oddiy. Isteʼmolchi koʻchada, sayohatda yoki umuman notanish biror joyda boʻlganida oʻziga yaqin gigiyenik maydonni topib berish va xizmat uchun toʻlovni avtomatlashtirish. Yaʼni dasturga kirdi, oʻziga yaqin sanitariya manzilini izladi, topdi, keldi, toʻladi, xizmatdan foydalandi va ketdi.

Gʻoyani doʻstlarim bilan qilamiz deb hech qoʻlimiz tegmayotgan edi. Kimdir qilsin, gʻoyaning MVPʼsini koʻtarib menga yozsin, pitch deck va tayyor domen nomlarini beraman.

Surat: Stive Jobs.

@hisperspective
🔥41😁12👍81
Starbucks’ning marketingdagi xatosi haqida

Qozog‘istondagi Starbucks Ramazon oyi munosabati bilan mijozlar uchun “ikkita qahva bitta narxda” aksiyasini e’lon qilgan.

Bir qarashda hammasi yaxshi ammo, muammo shundaki Starbucks ushbu aksiyani Ramazon oyi munosabati bilan eʼlon qilgan boʻlsa-da, uning amal qilish vaqtini kunduzi soat 12:00 dan 14:00 gacha qilib belgilagan.

Aniqroq aytsak Starbucks marketologlari roʻzadorlar aynan ovqat tanavvul qilmaydigan vaqt uchun aksiya eʼlon qilgan. Bu esa Qozogʻistonlik musulmonlarning noroziliklariga sababchi boʻlgan. Natijada, Starbucks Qozogʻistonliklar tomonidan boykot qilinmoqda.

Ishqilib, biznes oʻzi yashayotgan bozorning qadriyatlari, anʼanalarini bilmasdan nimadir qilmasligi shart, zarur.

Surat: Ulysmedia.

@hisperspective
🔥34👍16😁14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Google 3 oyda nimalar qilib tashladi?

2026-yil 19-fevral kuni yangilangan Gemini 3.1 pro modeli eʼlon qilindi. Xuddi shu modelning o‘tmishdoshi (Gemini 3 Pro) 2025-yil 19-noyabrda chiqarilgan va biroz ishlanishi kerak bo‘lgan jihatlari mavjud edi (videoda farq yaqqol mavjud).

Oradan 3 oy vaqt o‘tdi va qarabsizki Gemini ancha yaxshilanibdi. Bu qisqa davr ichida Google yangi modelning mantiqiy fikrlash va murakkab masalalarni yechish qobiliyatlarini sezilarli darajada yangilashga ulgurdi.

Endi sizga savol o‘tgan 3 oyda nimaga erishdingiz? Hech narsami? Unda sunʼiy intellekt poygasida ortda qolmaslik uchun manabu qobiliyatlaringizni har qachongidan ham tez rivojlantiring.

Video: Google.

@hisperspective
❤‍🔥15🔥104👍3
Bitta universitet va oddiy bir ustoz vodiy aholisi hayotini oʻzgartirgani haqida

Ha, taxmin qilganingizdek Kremniy vodiysining paydo boʻlish tarixi haqida ozgina mushohada qilamiz. Vodiyning aynan texnologik inqiloblar makoniga aylanishiga sabablardan biri Stanford universiteti va bitta oddiy professor hisoblanadi.

Universitet 1950-yillardan boshlab ilmiy ishlanmalarni biznes bilan bogʻlashni boshlagan. Aniqroq aytganda, universitet professori Frederik Terman oʻz talabalarini Sharqiy qirgʻoq (Nyu-York va Boston)ga ketmasdan, universitet atrofida kompaniya ochishga undagan, qoʻllab-quvvatlagan.

Vodiyga kremniy deb nom berishga sabab 1956-yilda paydo boʻladi. Aynan shu yilda tranzistorning ixtirochilaridan biri boʻlgan olim William Shockley vodiyda oʻzining yarimoʻtkazgichlar laboratoriyasini ochadi. U kompyuter qismlarini tayyorlashda germaniy oʻrniga arzonroq boʻlgan kremniy ishlatishni taklif qiladi.

Natijada 1971-yilga kelib bu hududda kremniy chiplarini ishlab chiqaruvchi oʻnlab kompaniyalar paydo boʻladi. Keyin shu yil jurnalist Don Hoefler mintaqadagi kompaniyalar haqida maqola yozadi. Maqolani esa “Silicon Valley, USA” sarlavhasi bilan eʼlon qiladi. Shu bilan vodiy oʻzining mashhur nomiga ega boʻladi.

Postdan mantiq shundaki. Universitet va professorlar formani talab qilish emas, balki, talabaning iqtidorini kashf qilish haqida qaygʻursa butun jamiyat va millatga foyda.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
❤‍🔥27👍174
O‘zbekiston sharoitida pulni qanday jamg‘argan maʼqul?

To‘g‘risi barcha uchun ishlaydigan formula mavjud emas. Ammo, men o‘zim foydalanadigan “60/40” usuli haqida aytib beraman. Bu usulda qoida oddiy, oylik daromadingizning 60% qismini yashash xarajatlariga, 40% qismini esa moliyaviy jamg‘armaga yo‘naltirasiz.

Asosiy qoida, jamg‘armaga yo‘naltirgan 40% mablag‘ingizni doimo diversifikatsiya qilasiz. Men 20-25% oylik jamg‘armamni bank omonatida (siz halol investitsiya loyihalarini tanlashingiz mumkin) saqlayman. Qolgan 15-20% miqdorni dollar, qimmatli metallar, domen nomlari, kripto-aktivlargacha bo‘lib yuboraman.

Kundalik xarajatlarimda mabodo kutilganidan ko‘proq moliyaviy talab bo‘lganda, kredit karta ishlatyapman. Bu esa menga kerak bo‘ladigan hayotiy ehtiyojlar uchungina pul sarflashni odat qilishimga o‘rgatyapti.

Sinab ko‘ring. Lekin unutmang, pul jamg‘arishda eng asosiysi bu iroda va moliyaviy intizomdir.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
❤‍🔥8👍52