His perspective
1.49K subscribers
256 photos
23 videos
168 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
So‘nggi paytlarda ayrim mahalliy venchur fondlari rahbarlari sarmoya kiritgan startap asoschilaridan investitsiya miqdorining 15–20 foizi atrofida “suyunchi puli” so‘rayotgani haqida eshityapman

Bu jarayon esa menga o‘ta g‘alati tuyulyapti negadir. Reaksiyam esa ilova qilingan suratdagidek.

Surat: Mem.

@hisperspective
😁31🔥32❤‍🔥1🦄1
Ideal kontent marketing qanday boʻlishi kerak?

Qisqa qilib aytganda, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda Aviasales’ga o‘xshash kontent marketing modelidan foydalana olgan kompaniya yoki brend tez mashhurlik va kuchli loyallikka erisha oladi.

Xo‘sh, bunga qanday erishish mumkin? Birinchi navbatda, o‘zbekona ichki senzura bilan xayrlashish kerak. Bizda ko‘plab kompaniya va brend rahbarlari o‘zidan yoki mahsulotidan “ideal obraz” yasab oladi. Natijada esa kreativ yo‘nalish hamda tarmoqning real kuchidan foydalanish uchun mutaxassislarga yetarli erkinlik berilmaydi.

Oʻzi erkinlik bersa nima boʻladi? Xuddi Uzum.Market va Uzum.Tezkordek loyal, fanat, aktiv auditoriyaga kirib borish imkoniyati karrasiga ortadi. Masalan, Uzum.Tezkor instagram sahifasidagi har bir post izohidagi aktivlikni deyarli biror boshqa brendda koʻrmaysiz. Hatto Aviasalesning oʻzbek sahifasida ham.

Chunki, Uzum.Tezkor har bir trendni oʻziga moslaydi. U xoh beda pres boʻlsin, xoh boshqasi albatta Uzum.Tezkor talqini mavjud boʻladi. Buning ortidan esa auditoriya diqqati doimo ushbu sahifada qoladi. Sahifada boʻlgan odamlarni esa yoʻnaltirish, xaridga chorlash oson.

Ishqilib, kontent marketingni biznes yoki startapingizda ishlating. Imkon qadar amaldagi qonunchilikni buzmagan shaklda erkin kontent qiling va natijaga erishing.

Surat: Uzum.Tezkor.

@hisperspective
🔥153👍1
Banklar nega bankomat oʻrnatadi?

So‘nggi yillarda bankomatlar soni sezilarli darajada ortdi. Pul yechish, kartani to‘ldirish, valyuta ayirboshlash kabi xizmatlar qulay va tezkor bo‘lib qoldi. Lekin shu bilan birga, ko‘pchilikda savol tug‘iladi, banklarga bankomat oʻrnatishdan nima naf?

Sizga aytsam bankomatlar banklar uchun bir vaqtning o‘zida daromad manbai ham, xarajatlarni tejovchi vosita ham, mijozlarni jalb etish quroli ham bo‘la oladi. Keling, bu foydalarni uchta asosiy yo‘nalishda ko‘rib chiqamiz.

Birinchisi, bankomat begona bank kartasiga xizmat koʻrsatganda oladigan foyda. Deylik, siz Xalq banki kartasi bilan Kapitalbank bankomatidan pul yechsangiz, Kapitalbank sizning bankingizdan yoki tranzaksiyadan xizmat haqi (komissiya) oladi.

Minglab odamlar har kuni pul yechganda, bu katta summaga aylanadi. Bundan tashqari valyuta ayirboshlash funksiyasi bor bankomatlarda bank valyuta kurslari farqidan ham foyda koʻradi.

Ikkinchidan esa bankomat bankga xarajatlarni tejashga yordam beradi. Yaʼni kassir oʻrnini bosadi, inkassatsiya xarajatlarini kamaytirishga koʻmaklashadi.

Uchinchidan ko‘pchilik mijozlar qulaylikni ustuvor ko‘radi. Shuning uchun ham bankomatlari ko‘p, har joyda mavjud bo‘lgan banklar odatda ko‘proq mijoz jalb qiladi. Bu bank uchun raqobatda katta ustunlik sanaladi. Qolaversa, bankomatlar joylashgan joylarda reklama qilish imkoniyati ham mavjud.

Surat: Shaxsiy arxiv.

@hisperspective
🔥114👍1
Linkedin sahifada 1500 follower boʻlibdi. Toʻliq oʻzbekcha kontent bilan 5-6 oyda yigʻilgan auditoriya bu. Telegram kanalni ham 1500 qilaylik, tanish-bilish qoʻni-qoʻshnilarga malol kelmasa kanalni tavsiya eting. Rahmat)

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
🔥249👍4
Alif foydalanuvchilari soni 10 millionga yetibdi

Bu haqda Alif Capital Holding asoschisi va direktori Zuhursho Rahmatulloev xabar beryapti. Unga koʻra ushbu oʻsish 2021-yilga nisbatan 9 barobarga koʻp ekan.

Qolaversa, Alif tomonidan mijozlarga taklif etilgan yangi moliyaviy xizmatlar hajmi 4 barobar oshgan. Shu bilan birga, yillik to‘lovlar hajmi (annual payment processing volume) $8.2 milliardni tashkil etgan va bu 2021-yilga nisbatan 26 barobar o‘sish demakdir.

Maʼlumot oʻrnida ushbu natijalar Alif Holdingi erishgan yutuq hisoblanadi.

Surat: Linkedin.

@hisperspective
🔥11👍64
Zoodmallga nima bo‘ldi? O‘zbek marketpleyslar “otasi”ning qisqa tarixi

O‘zbekiston onlayn bozoriga 2017-yil oxiri 2018-yil boshlarida yangi oʻyinchi Zoodmall kirib keldi. U Shveytsariyaning “OrientSwiss” kompaniyasiga tegishli loyiha edi.

Zoodmallning biznes modeli oddiy, Xitoydan mahsulotlarni 15-20 kunda yetkazib berish boʻlib, marketpleys oʻsha vaqtda Aliexpressdan farqlangan holda oʻzbek xaridoriga Uzcard/Humo orqali toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etdi.

Qolaversa, Zoodmall oʻzbek BNPL (buy now, pay later) bozori asoschilaridan biri ham hisoblanadi. Chunki oʻsha vaqtda kompaniya odamlarga Xitoydan keladigan arzon telefon yoki kiyimlarni bo‘lib to‘lashga olish imkoniyatini yaratgan.

2022-yilda bozorga Uzum Market juda agressiv kirib keldi. Uzum 1 kunda yetkazib berish modelini taklif etdi va shu bilan Zoodmall bozorda oʻz pozitsiyasini yoʻqotib bordi. Natijada kompaniya marketpleysni toʻxtatib toʻlaqonli BNPL xizmatlarini koʻrsatishni boshladi.

Aytish kerakki, Zoodmall loyihasi Livan, Pokiston bozorlariga ham kirgan boʻlib u yerda ham asosan Zood brendi ostida BNPL xizmatini taklif etgan. Kompaniyaning hozirgi faoliyati haqida maʼlumot olish uchun rasmiy saytiga kirish imkoniyati boʻlmadi (serveri oʻchib qolibdi).

Ishqilib, oʻz vaqtida bozorni oʻzgartirishga uringan ledakolning taqdiri shunaqaroq. Hozir Ishlari yaxshimikan, tirikmikan oʻzi? shu savolga javob topa olmadim.

Surat: Google maps.

@hisperspective
🔥1765👍1
Pulingiz koʻpayib ketdi va bank ochmoqchisiz, nima qilish kerak?

Birinchi qiladigan ishingiz 500 mlrd soʻm topish yoki jamgʻarish boʻladi. Bu pulni bankingiz ustav kapitali qilib shakllantirasiz. Keyin esa Markaziy bank har bir tiyiningizni tekshiradi. Bu sizning daromadingiz qonuniy tadbirkorlik ortidan kelganini aniqlash uchun zarur.

Pullarni toʻgʻri yoʻl bilan topganingizni isbotlaganingizdan soʻng, hujjatlarni topshirasiz, dastlabki ruxsatnomani olasiz. Keyin esa belgilangan muddat ichida (odatda 6 oy) bino, kiberxavfsizlik tizimi va IT-infratuzilmani tayyorlaysiz.

Bularni tayyorlab olganingizdan soʻng, asosiy litsenziyani olish uchun bankingiz kuzatuv kengashi hamda boshqaruv a’zolari Markaziy bank tomonidan baholash va tasdiqlash jarayonidan o‘tishadi.

Bankingiz rahbariyati eson-omon bu lavozimga loyiq deb topilganidan keyin Linkedinda oʻzingizni bemalol xususiy bank egasi deb eʼlon qilishingiz mumkin.

Maʼlumot oʻrnida, post informativ xususiyatga ega.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
🔥21😁84👍1
AQSHdagi unikornlarning deyarli barchasida muhojirlar rahbar ekan

Qadrdonimiz Ilya Strebulaev tadqiqotlariga ko‘ra, AQShdagi unikorn startaplarning deyarli yarmiga 65 ta turli davlatdan kelgan muhojir asoschilar rahbarlik qiladi. Bu ko‘rsatkich mamlakat innovatsion ekotizimida global iste’dod oqimining qanchalik muhim ekanini yaqqol namoyon etadi.

Mintaqalar kesimida yetakchi davlatlar ichida birinchi oʻrinda Hindiston keyingi oʻrinlarda esa Isroil, Kanada, Buyuk Britaniya turar ekan. Bu esa AQSH texnologik sektori ko‘p millatli va ochiq muhitda shakllanganini tasdiqlaydi.

Ilyaga koʻra muhojirlar AQSH texnologik dunyosining asosini tashkil etadi va bu nafaqat asoschilar kesimida balki oddiy xodimlar boʻginida ham ularning ulushi yuqori ekanligi bilan hisobga olinadi.

Trampga koʻrsatishli maʼlumot ekan.

Surat: Linkedin.

@hisperspective
🔥183👍2
Sunʼiy intellektlar ichida hozirgi vaqtda qaysi biridan pulli obuna sotib olish foydali?

Ushbu savol bilan ChatGPT, Gemini va Claudeʼga murojaat qildim. Ularning har biriga, “Menga xolis baho va tahlil kerak shu sabab senga murojaat qilyapman. Amaldagi texnologik yechimlari uchun Gemini, ChatGPT, Claude qaysi birini pullik obunada ishlatishim menga foydali. Bir oyda faqat bittasiga pul toʻlashim shart, qolganlaridan foydalanmayman” deb prompt berdim.

Uchala sunʼiy intellekt ham kutganimdek boshida oʻzini maqtadi. Nima ishga foydalanishimga qarab tanlashim kerakligini aytdi. Keyin, “umuman kundalik barcha vazifalar uchun bittasini tanlashim kerak bo‘lsa-chi?” deganimda bir ovozdan ChatGPTʼni tanlashim kerakligini maslahat berishdi (suratda javoblar).

Xulosa qilsak, sunʼiy intellektlar taʼbiriga koʻra modellar ichida rivojlanmay qolib ketgandek koʻrinayotgan ChatGPT baribir hozirda aktual va eng samaralisi boʻlib turibdi.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
🔥16🌚9😁52👍1
Oʻzbekistondagi elektron kitobxonlik reytingida Andijon peshqadam ekan

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi va Xalq banki homiyligi doirasida yoʻlga qoʻyilgan Mutolaa loyihasi oʻz platformasining statistik maʼlumotlarini ochiq manbada chiqaribdi.

Statistikaga koʻra ayni damda platformada 4.1 mln foydalanuvchi mavjud, shu bilan birga, platforma oʻzida 1913 ta audiokitob hamda 2628 ta elektron kitobni joylashtiribdi. Hozirda kitoblarni oʻqish soni 14 252 322 marotabani tashkil etmoqda ekan.

Hududlar kesimida foydalanuvchilar tahlil qilinsa eng koʻp Andijon viloyatida istiqomat qiladiganlar Mutolaadan foydalanishiga guvoh boʻlish mumkin.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
🔥172
His perspective
Masalan, men biroz re-search qilganimdan soʻng 15 million data ularda mavjudligiga ishonmadim. Lekin, ehtiyot boʻlish zarar qilmaydi.
10 kun oldingi kiberhujumda xakerlar aytgandek 15 mln emas balki 60 ming shaxs maʼlumotlari tarqalgani haqida maʼlumot berilibdi

Bu narsani oʻsha kuniyoq bilgandim va mana bu yerda aytgan edim. Keyin, bir yaxshi mutaxassis bilan fayllarni oʻrganganimizda bu buzib kirish emas balki, oddiy parser ekanligini tahmin qilgandik.

Nazdimda, bundan keyin davlat idoralari, banklar va boshqa raqamli xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar token almashinuvi hamda autentifikatsiya jarayonlarida yanada qat’iy siyosat yuritishi kerak. Ayniqsa, VPN shlyuzlar, IP-cheklovlar va server darajasidagi ruxsat nazoratini kuchaytirish muhim.

Humans va Paylov bilan bog‘liq avvalgi holatlarda ham, hozirgi vaziyatda ham muammo ko‘proq ochiq qolgan access tokenlar sabab yuzaga kelgan ko‘rinadi. Ya’ni tizim “buzilganidan” ko‘ra, noto‘g‘ri sozlangan kirish nuqtalari orqali ma’lumotlarga yo‘l ochilgan bo‘lishi mumkin.

Ishqilib, bizga endilikda yaxshi server muhandislari kerak.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
13👍2😁21🔥1
TBC Bank 1 milliondan ortiq Salom Card emissiya qilibdi

Bu haqda TBC Uzbekistan xabar bermoqda. Xabarga koʻra, Salom Card emissiya qilinishi 2024-yil noyabr oyida yo‘lga qo‘yilgan. Shundan kelib chiqsak, 1 millionlik marra deyarli 15 oyda zabt etilibdi.

Salom Card men foydalanadigan kartalarim qatorida eng talabgiri hisoblanadi. Har oy beriladigan keshbek va bonuslar esa juda yoqimli. Ushbu karta haqida mana bu yerda oʻqisangiz boʻladi.

Umuman keshbek va bonuslarga ega debet kartalar qanday ishlashi haqida esa mana bu yerda maʼlumot bor.

Bu zoʻr natija, ammo, ayni damda TBC app ishlamayotganligi sabab tushlik qila olmadim. Bu yomon natija.

Surat: Spot.

@hisperspective
😁16🔥10👍2🌚1🦄1
O‘zbekistonda venchur investitsiyalar hajmi 2 milliard dollarga yetkazilar ekan

Bu haqda davlat rahbarining tegishli qarori qabul qilinibdi. Bu qarordagi o‘zgarish va imkoniyatlar haqida shu yilning 21-yanvarida aytilgan edi. Kerakli punktlar bo‘yicha ishlar to‘g‘ri amalga oshirilsa menimcha startap asoschilariga yaxshi imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

Ushbu yangilikdan ham ko‘ra Twolabs.ai loyihasi bilan hamyurtimiz Sardor Y Combinatorga qabul qilingani haqidagi xabar atrofida yig‘ilsak qiziq menimcha. Chunki adashmasam O‘zbekistonlik bo‘lgan birinchi ishtirokchi hisoblanadi u.

Sardorning loyihasi dasturiy taʼminot muhandisligi jarayonlarini avtomatlashtirishga qodir bo‘lgan ilg‘or Ai agentlarini yaratishdan iborat. Hozirgi vibe coding rivojlanayotgan zamonda ayni kerak narsa, menimcha.

Vatandoshimizga omad tilaymiz.

Surat: Bahodir Rajabov.

@hisperspective
🔥181🌚1
Har qanday gʻoyani amalda qilib koʻrish sizni kuchliroq qiladi

2014-yillardan boshlab professional veb-saytlar tuzish, ularni maktab va bizneslarga sotish bilan shugʻillanganman. 2016-yil oxiridan esa doʻstim bilan x***.uz saytini yuritishni boshlaganmiz.

Sayt 6 oyda nol nuqtaga yetib kelgan. 2019-yilda esa birinchi katta foydasini ishlagan. Oʻsha vaqt saytning 1 oylik auditoriyasi 350-500 ming unikal host edi.

Shunday boʻlsa-da sayt faoliyatini 2021-yilda butkul toʻxtatganmiz. Chunki, sezgandik yaqin kelajakda telegram va striming platformalar bizni bozorni egallaydi. Egalladi ham. Ayta olamanki, sayt bilan oʻtgan 4 yilda men eng yaxshi doʻst, hozirgi kundagi bilimlarim va oʻzimga boʻlgan qatʼiyatni topdim.

Bu bilan aytmoqchimanki hozir qilayotgan startapingiz yoki biror biznes gʻoya atrofida koʻp pul topmasligingiz mumkin. Ammo, hayotiy muhim bilim/koʻnikmaga ega boʻlasiz. Bu esa barchasidan ustun narsa. Shunday ekan, olgʻa samuray.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
👍15🔥107❤‍🔥21
Alif Oʻzbekiston Islom savdoni moliyalashtirish korporatsiyasidan $5.6 mln sarmoya jalb qilibdi

Bu haqda Alif Oʻzbekiston bosh direktori Nuruddin Lafizov xabar bergan. Qiziq jihati kompaniyaga “Ipak Yo‘li banki” tomonidan shariat qoidalariga asoslangan holda 50 mlrd soʻm moliyalashtirish liniyasi ham berilgan.

Nuruddin Lafizovning ta’kidlashicha, mahalliy bank bilan tuzilgan ushbu kelishuv bozor uchun noyob parametrlarni o‘z ichiga oladi. Keyin, ushbu mablag‘lar “Alif Nasiya” muddatli to‘lov xizmatini rivojlantirish va kengaytirishga yo‘naltirilishi aytilgan.

Hammasidan ham qizigʻi esa 3-yanvar kuni Spotda eʼlon qilingan xabarda ITFC va “Ipak Yo‘li banki” tomonidan Alifga $3 mln sarmoya ajratilgani haqida xabar berilgan ekan. Endi sizga savol sarmoya $3 mlnmi yoki $5.6 mln? Men togʻrisi sal tushunmay qoldim.

Mayli nima boʻlsa ham menimcha bu yaxshi keys. Chunki, bu kabi moliyalashtirish liniyalari ortidan BNPL bozorida foiz stavkalari tushishi mumkin. Sal avval O‘zbekistonda 2030-yilgacha kamida 10 ta islomiy bank paydo bo‘lishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Surat: Yandex.Maps.

@hisperspective
106🔥6
Higgsfield atrofida kechayotgan axborot urushi haqida

Bir soʻz bilan Qozogʻiston unikorn kompaniyasi oʻzining rivojlanish bosqichida yangi pallaga kirdi. So‘nggi haftalarda kompaniya X, Threads va Reddit kabi platformalarda keskin tanqidlarga duch keldi.

Foydalanuvchilar kompaniyaning marketing strategiyasi va obuna modeli bilan bog‘liq ayrim keyslardan norozi. Eng ko‘p muhokama qilingan muammolardan biri “cheksiz obuna” sotib olgan foydalanuvchilarda kontent generatsiyasi tezligining sezilarli darajada pasaytirilgani bo‘lgan.

Kompaniya asoschilaridan biri Yerzat Dulatning ta’kidlashicha, salbiy munozaralar Higgsfield Kling 3.0 video generatsiya modeliga vaqtinchalik eksklyuziv kirish huquqini qo‘lga kiritganidan so‘ng raqobatchilar tomonidan uyushtirilgan axborot urushi hisoblanadi.

Alex Mashrabov esa tezkor masshtablash kompaniya qadriyatlari bilan ichki operatsion jarayonlar o‘rtasida muayyan tafovutlar yuzaga keltirganini tan olgan. Qolaversa, Mashrabov twitterda Higgsfield sahifasi bloklangani va uni tiklash jarayoni ketayotganini taʼkidlagan.

Ishqilib, biznesda ijtimoiy tarmoqlar kuchidan foydalanish texnikasini bilish muhimligiga yana bir misol bu.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
🔥11🦄31
His perspective
Biroq, ayta olamanki veb-saytida qo‘yilgan 1-2 ta taklifnoma shablonlari bilan bozorda yashab qolishiga men ishonmayman.
Xulosa, hayajonlanmasdan emotsional pitch qilish muhim. Bu loyiha (YorYor) ga uzoq umr va katta daromad tilayman. Endi borib ozgina kitob o‘qiy, sarmoya kiritish boʼyicha bilimlarim xato ishlayapti, menimcha.

Menga lekin, “Hisobchi Ai” loyihasi yoqdi. Ilgari eshitmagan ekanman. Asoschilariga omad tilayman. Siz ham foydalanib ko‘ring, qiziq ekan.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
😁17🔥1🌚1
Vayb koding dasturchilarni ishsiz qoldiradimi?

2025-yil boshida Andrey Karpaty tomonidan ommalashtirilgan vayb dasturlash bir soʻz bilan aytganda dasturchilarni ishsiz qoldiradi. Ammo, qanday dasturchilar ishsiz qoladi? Koʻrib chiqamiz.

Xullas, Goldman Sachs investitsiya banki hisobotiga ko‘ra, sun’iy intellekt 300 mlnta ish o‘rniga teng vazifalarni almashtirishi mumkin. AQSh va Yevropada ishdagi vazifalarning qariyb to‘rtdan bir qismi sunʼiy intellekt tomonidan bajarilish ehtimoli bor. Bu jarayonlar ichida esa dasturchilar bajaradigan vazifalar ham mavjud.

Aniqroq aytsak, junior, strongjunior va middle darajadagi dasturchilar mehnatiga boʻlgan talab keskin kamaymoqda. Qolaversa, bir sohaga ixtisoslashgan dasturchilar ham endi kerak emas. Masalan, siz faqat frontend yoki faqat backendni bilsangiz ish beruvchi uchun jozibador emassiz.

Chunki, sunʼiy intellekt barchasini bir prompt bilan qilib turgan zamonda siz oʻta sekin ishlaydigan va oʻta qobiliyatlari cheklangan mutaxassisdek koʻrinib qolasiz. Ish beruvchi esa vazifani sunʼiy yoki tabiiy intellekt qilishiga emas balki tez, arzon boʻlishiga qaraydi.

Shundan kelib chiqsak faqat dasturchiman, faqat bir yoʻnalishni bilaman degan odamlarning endilikda kosasi oqarmaydi. Oʻrganish, izlanishdan toʻxtamasdan oʻziga yangi skilllar qoʻshgan mutaxassislar esa bozorda oʻz oʻrnini aslo yoʻqotmaydi.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
🔥154👍2🌚1
MobiUz aloqa operatori serverlarini ham buzishibdi

Agar xakerlar berayotgan maʼlumotlar toʻgʻri boʻlsa, aloqa operatorining SMS gateway va billing tizimlari, mijozlar hamda xodimlarning shaxsiy hujjatlari, bir nechta yirik ma’lumotlar bazalari yomon bolalar qoʻliga tushibdi.

Men koʻrgan skrinshotlardan kelib chiqsak, ad.ums.uz va MobiUz ning toʻliq ichki arxitekturasi ularning qoʻlida boʻlishi mumkin. 2025-yil iyul oyi holatiga ko‘ra MobiUz abonentlari soni 8 milliondan oshgan.

Bu degani shuncha odam maʼlumotlari xavf ostida. Xabar toʻldirilmoqda.

Surat: Spot.

@hisperspective
🔥16😁8🦄4
His perspective
MobiUz aloqa operatori serverlarini ham buzishibdi
Qoʻrqmanglar hammasi nazoratimiz ostida — Mobiuz

Mobiuz rasmiylari aloqaga chiqishdi va ularning aytishiga qaraganda xujum test rejimidagi serverlarga uyushtirilgan ekan. Yomon bolalar asosiy tizim infratuzilmasiga kira olishmagan deb iddao qilishdi rasmiylar.

Maʼlumotga ishonamiz. Shunday boʻlsa-da oʻzim ham tekshirib koʻraman, nimadir chiqsa boxabar qilaman. Hozircha havotirlanmasak boʻladi.

Aytgancha maʼlumotlaringizni manabu usul yordamida oʻzingiz himoya qiling, iltimos.

Surat: Mem.

@hisperspective
😁21🔥76
O‘zbekiston korporativ obligatsiyalar bozori hajmi 5,2 trillion so‘mdan oshibdi

Bu haqda Markaziy qimmatli qog‘ozlar depozitariysi xabar bermoqda. Xabarga ko‘ra, 2026-yil 13-fevral holatiga muomaladagi korporativ obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati rekord darajadagi 5,28 trillion so‘mga yetgan.

2020–2024-yillar oralig‘ida bozor hajmi 1,98 trillion so‘mni qayd etgan. 2025-yil boshidan buyon 3,3 trillion so‘m miqdorda kapital jalb qilingan va bozor hajmi bir yil ichida 2,7 baravar o‘sgan.

Qiziq jihati emitentlarning 76% qismi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) hisoblanadi. Bu esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya vositalariga ishonch ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Qisqasi, investorlar O‘zbekistondagi biznes muhitiga ishonmoqda va sarmoya kiritmoqda degani bu.

Surat: The Wolf Of Wall Street.

@hisperspective
9🔥5