His perspective
1.49K subscribers
256 photos
23 videos
168 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
Gʻoyangiz uchun Red Bull’dan $100 ming oling

Oʻzbekistondagi Red Bull’ning rasmiy sahifasida e’lon qilinishicha. Red Bull Basemant’ga arizalar qabul boshlanibdi.

Red Bull Basement dunyo miqyosida talaba-innovatorlarni bir joyga jamlaydigan platforma hisoblanadi.

Bu oddiy tanlov emas balki, g‘oyalarni global miqyosda bozorga olib chiqishga koʻmaklashadigan, talantlarni izlaydigan loyiha. Bu loyiha iqtidorli asoschilarga Silikon vodiysi tomon oson yoʻl ham hisoblanadi.

Xullas, arizalar joriy yilning 22-fevraligacha qabul qilinadi. Sizda istalgan yoʻnalishda yaxshi texnologik yechim deb koʻrayotgan gʻoya yoki startapingiz bo‘lsa topshiring. Silikon vodiysiga yoʻl oling.

Surat: Red Bull.

@hisperspective
🔥145👍5😁1
Shaxsiy maʼlumotlaringiz daxlsizligini taʼminlang

Xullas, Humans voqeasidan keyin “o‘zing uchun o‘zing qayg‘ur” tamoyiliga amal qilib, shaxsiy maʼlumotlarimga kirishga qanday cheklov qo‘yish mumkinligini izlay boshladim.

Izlanishlarim natijasida One ID tizimida shaxsiy maʼlumotlaringizni qaysi tizimlar qayta ishlashi mumkinligiga o‘zingiz ruxsat berib, qolganlarini esa cheklash imkoniyati borligini aniqladim.

Shaxsga doir maʼlumotlar deganda pinfl raqamingizdan yashash manzilingizgacha boʻlgan siz haqingizdagi muhim maʼlumotlar tushuniladi. Ulardan foydalanish imkoniyati esa maʼlum talablar asosida xususiy sektorga beriladi. Xususiy sektorga oʻtganidan soʻng esa nimalar boʻladi bilib boʻlmaydi.

Shu sababli, One ID tizimidagi bloklash funksiyasi orqali siz xizmatidan foydalanmaydigan tashkilot va xizmatlarga siz haqingizdagi maʼlumotlarga kirish, ko‘rish yoki ularni qayta ishlash huquqini bemalol bloklashingiz mumkin.

Masalan, men oʻzim ishonadigan hamda foydalanadigan Payme, TBC, AloqaBank va Uzum xizmatlariga ruxsat berdim, qolgan barcha tizimlarni esa oddiygina blokladim. Bloklash uchun elektron imzo yoki mobil id kerak boʻladi. Foydalaning.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
🔥204👍31
Unikorn startap asoschisi boʻlish imkoniyati qaysi universitet bitiruvchilarida koʻproq?

Bu savolga tinib-tinchimas Ilya Strebulaev javob izlabdi. Unga koʻra, Yale universiteti bitiruvchilarida unikorn startap asoschisi boʻlish imkoniyati koʻproq.

Qiziq jihati, u oʻz tahlilida 986 ta AQSh unikorn kompaniyasining asoschilariga tegishli bo‘lgan malaka diplomlarini tahlil qilgan va unda Stanford 187 ta unikorn startap bilan birinchi oʻrinni band etgan.

Shunday boʻlsa-da, ehtimollar nisbati boʻyicha Yale bitiruvchilarida imkoniyat Stanford bitiruvchilariga qaraganda koʻproq deb baholamoqda mutaxassis. Toʻliq reyting maʼlumotlari rasmda mavjud. Bilmaganlar uchun Ilya “The Venture Mindset” kitobi hammuallifi hisoblanadi.

Ushbu post 300 ta🔥yigʻsa Oʻzbekistondagi OTMʼlarni bitirgan ketmoni uchgan biznes egalari kesimida tayyorlab chiqamiz.

Surat: Linkedin.

@hisperspective
🔥683👍2
Statistika qoʻmitasi va boshqa bir nechta davlat tashkilotlari serverlari buzilibdi

Xabarga koʻra, 15 milliondan ortiq fuqarolarning shaxsga doir maʼlumotlari noqonuniy ravishda qoʻlga kiritilib, ochiq manbalarda tarqatilgan.

Mavjud skrinshotlar tahliliga tayangan holda aytish mumkinki, asosiy maʼlumotlar bazasi IIV va Stat.uz tizimlariga tegishli boʻlishi ehtimoli yuqori.

Ishqilib kecha bergan maslahatimga amal qilib, shaxsga doir maʼlumotlaringizni oʻzingiz himoya qiling.

Surat: Reddit.

@hisperspective
🔥103🌚1
Oʻzi bu buzib kirish qanchalik xavfli?

Xoʻsh, yangilik oqimlari asosan buzib kirish va maʼlumotlar hajmi haqida boʻlib qolyapti. Oddiy foydalanuvchining hayotida bu xujumdan keyin nima oʻzgaradi? Qisqa qilib aytganda, hech nima.

Qoʻlga kiritdik deb eʼlon qilingan maʼlumotlar asosan informativ xususiyatga ega hisoblanadi. Yaʼni sizning yoshingiz, ismingiz, manzilingiz va boshqalar endi yomon amakilar qoʻlida boʻlishi mumkin. Aslida bu ham aniq emas. Lekin, bu maʼlumot boʻlgani bilan ular nimadirga foydalana oladimi? 99% holatda yoʻq.

Shunday boʻlsa-da, bu holatda oʻzingiz uchun oʻzingiz qaygʻuring. Kichik kibermadaniyat amallarini bajaring, kredit olishga taqiq qoʻying. Davlat tashkilotlari tizimlaridan foydalansagiz parol va loginni oʻzgartiring.

Masalan, men biroz re-search qilganimdan soʻng 15 million data ularda mavjudligiga ishonmadim. Lekin, ehtiyot boʻlish zarar qilmaydi.

Surat: Dribbble.

@hisperspective
🔥152👍2
Y Combinatorga arizalar qabuli boshlanibdi

Bahorgi qabullar uchun arizalar 9-fevralga qadar qabul qilinar ekan. Agar dedlaynga amal qilib topshirilsa Y Combinator 13-martgacha ariza yuzasidan aniq javob berishni vaʼda qilgan.

Agar dedlayndan kechikib topshirilsa ham zarari yoʻq, ariza koʻrib chiqiladi ammo, aynan qachon javob berilishi noaniq.

Qiziq jihatlardan biri Y Combinator yaqinda startaplar bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini yangiladi va aynan qaysi g‘oyalarga e’tibor berayotganini ochiq e’lon qildi. Shundan kelib chiqib topshirib koʻraverishli joyi.

Xullas, topshiring, sarmoya oling.

Surat: Y Combinator.

@hisperspective
🔥91
Kanal muallifi talqiniga koʻra sarmoyani oqlamagan yoki oqlamayotgan loyihalar

Avval boshidan aytib qoʻyay ushbu post oʻta subyektiv kayfiyatga ega va muallifning shaxsiy kuzatuvlari asosida tayyorlandi. Nimadir yoqmasa uzr.

Mendagi “shu loyiha aniq uxlaydi” ro‘yxatining boshida Yor-Yor loyihasi turadi. Chunki, telegramda oddiy guruh ochib qo‘yib qilinadigan ishni alohida startap qilishdan mantiq mavjud emas deb o‘ylayman. Lekin, ushbu loyihaga AloqaVentures tomonidan $20 ming sarmoya kitirilgan va venchur loyihaning istiqboliga ishongan.

Ishqilib, bu startap hozir yashayaptimi, real foydalanuvchilari bormi o‘zi bilmayman. Biroq, ayta olamanki veb-saytida qo‘yilgan 1-2 ta taklifnoma shablonlari bilan bozorda yashab qolishiga men ishonmayman. Menimcha to‘y qiladigan odamlar ham. Ammo, lekin, biroq.

Ikkinchi o‘rinda esa ayollar uchun qulay taksi xizmatini taklif etishni maqsad qilgan Lola taksi agregatori turadi. G‘oya jihatidan juda zo‘r o‘ylangan ammo, bozor hali tayyor emas. Bozorda 3480 nafar ayol taksi haydovchi ushbu faoliyat bilan shug‘ullanmoqda va bu haydovchilarning yarimidan ko‘pi Loladan har qanday taraflama imkoniyati keng bo‘lgan bozor o‘yinchilarida ishlaydi.

Menimcha Lola bozorda yashashi uchun avvaliga bozorni o‘ziga qulay muhitda yaratishi kerak ammo, bu juda katta sarmoya talab qiladi. Ushbu loyihaga 2024-yilda AloqaVentures tomonidan $100 ming sarmoya kitirilgani haqida aytilgan. Lekin, bu raqam boshqa manbalarda tasdiqlanmagan.

Xullas, hozircha shular, qolgan loyihalar haqida kelgusida yozib boraman.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
🔥19❤‍🔥4
ElevenLabs $11 mlrdga baholangani haqida

Ushbu startap so‘nggi bir yil ichida $500 mln investitsiya jalb qilgan va kompaniya bahosi $3,3 mlrddan hozirgi $11 mlrdgacha oʻsgani aytilmoqda.

Bunda asosiy oʻsish koʻrsatkichlardan biri 2 yildan kam muddatda $25 mln ARR (yillik takrorlanuvchi daromad) dan $330 mlnga chiqishgan. Kompaniya 2025 yilda 3 mlndan ortiq sunʼiy intellekt agentlarini qayta ishlagan. Shu bilan birga, $100 mln sof foyda koʻrgan.

Rosti, ikkita polshalik qorakoʻz asoschilar Piotr Dąbkowski va Mati Staniszewski atigi 3 yil avval ushbu gʻoyani amalga oshirishga bel bogʻlashganda menimcha bu taqlid boʻlib ketishini oʻzlari ham oʻylashmagan.

Surat: Linkedin.

@hisperspective
🔥223👍2
Epshteyn sabab qulayotgan bitkoin, bu qanchalik haqiqat?

AQSh Adliya vazirligi pedofil jinoyatchi millioner Jeffri Epshteyn ishi doirasida eʼlon qilgan surishtiruv fayllari fonida Bitkoin narxi keskin qulashni boshladi.

Bunga asosiy sabab Epshteyn 2015-yillarda Bitkoinning yadro kodini yozuvchi dasturchilarni o‘z nazoratiga olishga uringani va ularni maxfiy moliyalashtirish sxemalari orqali qoʻllab-quvvatlagani boʻlmoqda.

Shu bois, investorlarning ishonchi so‘nib, narx so‘nggi bir hafta ichida pasayishda davom etyapti deb baholanmoqda. *Menimcha ham shunaqa va odamlar oʻz sarmoyasini shu taqlid ongli ravishda boshqarishi tarafdoriman.

Surat: DL News.

@hisperspective
🔥146🦄2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Reklama sun’iy intellektga kirib kelmoqda, ammo Claude’ga emas

Anthropic e’lon qilgan maqolaga ko‘ra, Claude yon daftar, doska yoki bo‘sh qog‘oz kabi reklamalardan butunlay xoli muhit bo‘lib qoladi. Ya’ni sun’iy intellekt bilan muloqot jarayonida hech qanday reklama, homiylik qilingan havola yoki tashqi tijoriy ta’sirlar paydo bo‘lmaydi.

Bu xabarga ilova tariqasida Claudeʼning youtubedagi sahifasida 4 ta reklama roligi eʼlon qilingan. Ushbu reklama roliklarida “Ads are coming to AI. But not to Claude” gʻoyasi ilgari surilgan.

Bu roliklardagi gʻoya toʻgʻridan-toʻgʻri moliyaviy qiyinchiliklar fonida oʻz tizimiga reklamani integratsiya qilishni boshlagan ChatGPTʼga qarata aytilgan.

Sal avval, Perplexity ham oʻz imkoniyatlarini Google bilan solishtirib qiziq reklama roligini taqdim etgan edi. Claude ham xuddi shu uslubni tanlab bozor qoidalari aslida qanaqa boʻlishi kerakligini raqobatchisiga koʻrsatib qoʻydi, *imho.

Video: Claude.

@hisperspective
🔥8👍4
Oʻzbekistonda Apple va Google pay endi ishlaydimi?

Senatda kecha “Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun maʼqullandi. Bu esa, ayrimlar o‘ylagandek, bugunoq Apple Pay va Google Pay tizimlari ishga tushadi degani emas.

Shunchaki, yangi qonun bu to‘lov tizimlariga yo‘l ochib berdi, xolos. Ammo endi bu kompaniyalar bu yo‘ldan yurib kira oladimi? Bu boshqa masala. Chunki ichki bank tizimlarining aksariyati (masalan, Uzcard) adashmasam 2005–2008-yillarda ishlab chiqilgan, eski texnologiyalar asosida ishlaydi. Shu sabab, integratsiya masalasi katta muammo boʻlishi mumkin.

Shaxsan men cheklov boʻlsa-da Apple Pay va boshqa to‘lov tizimlarini O‘zbekiston sharoitida bir necha marotaba sinab ko‘rganman. Bilmaganlar uchun aytishim mumkinki, Humo terminallari bu tizimlarni 100% qo‘llab-quvvatlaydi.

Chunki Humo 2019-yilda yaratilgan, nisbatan zamonaviy, xorijdan xarid qilingan markazlashgan platforma. Shu bois u texnologik jihatdan kengroq imkoniyatlarga ega. Qolgan tizimlarda esa texnologik imkoniyatlar Humodek zamonaviy emas.

Mayli, kuzatamiz. Yaxshi yechimlar boʻladi degan umiddaman.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
🔥107👍3
Soʻnggi 10 yillik rivojlanish haqida

2016-yildan boshlab dasturlash va dasturchilarga bo‘lgan talab keskin oshdi. Natijada o‘quv markazlari ko‘paydi, bloger-dasturchilar paydo bo‘ldi. Ilgari qorong‘i xonada, qop-qora terminal qarshisida yolg‘iz kod yozgan mutaxassislar asta-sekin media maydoniga chiqishni boshladi. Jamiyatda dasturchilar role model sifatida qabul qilinishi keng ommalashdi.

2026-yildamiz. Endilikda dasturlashdan mutlaqo xabari bo‘lmagan oddiy odamlar ham sun’iy intellekt vositalari yordamida o‘z mahsulotlarini yaratmoqda. Qisqasi, kod yozish ommaviy jarayonga aylandi va buning natijasida jamiyat yoshlari uchun yangi role modellari startap qurayotgan, mahsulot yaratib bozorga chiqayotgan insonlar paydo bo‘lyapti.

Aytmoqchi boʻlganim, biz soʻnggi 10 yillikda mutaxassis tayyorlashdan, mahsulot ishlab chiqish bosqichiga yetib keldik. Sizningcha keyingi 10 yillikda bizni nima kutyapti?

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
🔥224
So‘nggi paytlarda ayrim mahalliy venchur fondlari rahbarlari sarmoya kiritgan startap asoschilaridan investitsiya miqdorining 15–20 foizi atrofida “suyunchi puli” so‘rayotgani haqida eshityapman

Bu jarayon esa menga o‘ta g‘alati tuyulyapti negadir. Reaksiyam esa ilova qilingan suratdagidek.

Surat: Mem.

@hisperspective
😁31🔥32❤‍🔥1🦄1
Ideal kontent marketing qanday boʻlishi kerak?

Qisqa qilib aytganda, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda Aviasales’ga o‘xshash kontent marketing modelidan foydalana olgan kompaniya yoki brend tez mashhurlik va kuchli loyallikka erisha oladi.

Xo‘sh, bunga qanday erishish mumkin? Birinchi navbatda, o‘zbekona ichki senzura bilan xayrlashish kerak. Bizda ko‘plab kompaniya va brend rahbarlari o‘zidan yoki mahsulotidan “ideal obraz” yasab oladi. Natijada esa kreativ yo‘nalish hamda tarmoqning real kuchidan foydalanish uchun mutaxassislarga yetarli erkinlik berilmaydi.

Oʻzi erkinlik bersa nima boʻladi? Xuddi Uzum.Market va Uzum.Tezkordek loyal, fanat, aktiv auditoriyaga kirib borish imkoniyati karrasiga ortadi. Masalan, Uzum.Tezkor instagram sahifasidagi har bir post izohidagi aktivlikni deyarli biror boshqa brendda koʻrmaysiz. Hatto Aviasalesning oʻzbek sahifasida ham.

Chunki, Uzum.Tezkor har bir trendni oʻziga moslaydi. U xoh beda pres boʻlsin, xoh boshqasi albatta Uzum.Tezkor talqini mavjud boʻladi. Buning ortidan esa auditoriya diqqati doimo ushbu sahifada qoladi. Sahifada boʻlgan odamlarni esa yoʻnaltirish, xaridga chorlash oson.

Ishqilib, kontent marketingni biznes yoki startapingizda ishlating. Imkon qadar amaldagi qonunchilikni buzmagan shaklda erkin kontent qiling va natijaga erishing.

Surat: Uzum.Tezkor.

@hisperspective
🔥153👍1
Banklar nega bankomat oʻrnatadi?

So‘nggi yillarda bankomatlar soni sezilarli darajada ortdi. Pul yechish, kartani to‘ldirish, valyuta ayirboshlash kabi xizmatlar qulay va tezkor bo‘lib qoldi. Lekin shu bilan birga, ko‘pchilikda savol tug‘iladi, banklarga bankomat oʻrnatishdan nima naf?

Sizga aytsam bankomatlar banklar uchun bir vaqtning o‘zida daromad manbai ham, xarajatlarni tejovchi vosita ham, mijozlarni jalb etish quroli ham bo‘la oladi. Keling, bu foydalarni uchta asosiy yo‘nalishda ko‘rib chiqamiz.

Birinchisi, bankomat begona bank kartasiga xizmat koʻrsatganda oladigan foyda. Deylik, siz Xalq banki kartasi bilan Kapitalbank bankomatidan pul yechsangiz, Kapitalbank sizning bankingizdan yoki tranzaksiyadan xizmat haqi (komissiya) oladi.

Minglab odamlar har kuni pul yechganda, bu katta summaga aylanadi. Bundan tashqari valyuta ayirboshlash funksiyasi bor bankomatlarda bank valyuta kurslari farqidan ham foyda koʻradi.

Ikkinchidan esa bankomat bankga xarajatlarni tejashga yordam beradi. Yaʼni kassir oʻrnini bosadi, inkassatsiya xarajatlarini kamaytirishga koʻmaklashadi.

Uchinchidan ko‘pchilik mijozlar qulaylikni ustuvor ko‘radi. Shuning uchun ham bankomatlari ko‘p, har joyda mavjud bo‘lgan banklar odatda ko‘proq mijoz jalb qiladi. Bu bank uchun raqobatda katta ustunlik sanaladi. Qolaversa, bankomatlar joylashgan joylarda reklama qilish imkoniyati ham mavjud.

Surat: Shaxsiy arxiv.

@hisperspective
🔥114👍1
Linkedin sahifada 1500 follower boʻlibdi. Toʻliq oʻzbekcha kontent bilan 5-6 oyda yigʻilgan auditoriya bu. Telegram kanalni ham 1500 qilaylik, tanish-bilish qoʻni-qoʻshnilarga malol kelmasa kanalni tavsiya eting. Rahmat)

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
🔥249👍4
Alif foydalanuvchilari soni 10 millionga yetibdi

Bu haqda Alif Capital Holding asoschisi va direktori Zuhursho Rahmatulloev xabar beryapti. Unga koʻra ushbu oʻsish 2021-yilga nisbatan 9 barobarga koʻp ekan.

Qolaversa, Alif tomonidan mijozlarga taklif etilgan yangi moliyaviy xizmatlar hajmi 4 barobar oshgan. Shu bilan birga, yillik to‘lovlar hajmi (annual payment processing volume) $8.2 milliardni tashkil etgan va bu 2021-yilga nisbatan 26 barobar o‘sish demakdir.

Maʼlumot oʻrnida ushbu natijalar Alif Holdingi erishgan yutuq hisoblanadi.

Surat: Linkedin.

@hisperspective
🔥11👍64
Zoodmallga nima bo‘ldi? O‘zbek marketpleyslar “otasi”ning qisqa tarixi

O‘zbekiston onlayn bozoriga 2017-yil oxiri 2018-yil boshlarida yangi oʻyinchi Zoodmall kirib keldi. U Shveytsariyaning “OrientSwiss” kompaniyasiga tegishli loyiha edi.

Zoodmallning biznes modeli oddiy, Xitoydan mahsulotlarni 15-20 kunda yetkazib berish boʻlib, marketpleys oʻsha vaqtda Aliexpressdan farqlangan holda oʻzbek xaridoriga Uzcard/Humo orqali toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etdi.

Qolaversa, Zoodmall oʻzbek BNPL (buy now, pay later) bozori asoschilaridan biri ham hisoblanadi. Chunki oʻsha vaqtda kompaniya odamlarga Xitoydan keladigan arzon telefon yoki kiyimlarni bo‘lib to‘lashga olish imkoniyatini yaratgan.

2022-yilda bozorga Uzum Market juda agressiv kirib keldi. Uzum 1 kunda yetkazib berish modelini taklif etdi va shu bilan Zoodmall bozorda oʻz pozitsiyasini yoʻqotib bordi. Natijada kompaniya marketpleysni toʻxtatib toʻlaqonli BNPL xizmatlarini koʻrsatishni boshladi.

Aytish kerakki, Zoodmall loyihasi Livan, Pokiston bozorlariga ham kirgan boʻlib u yerda ham asosan Zood brendi ostida BNPL xizmatini taklif etgan. Kompaniyaning hozirgi faoliyati haqida maʼlumot olish uchun rasmiy saytiga kirish imkoniyati boʻlmadi (serveri oʻchib qolibdi).

Ishqilib, oʻz vaqtida bozorni oʻzgartirishga uringan ledakolning taqdiri shunaqaroq. Hozir Ishlari yaxshimikan, tirikmikan oʻzi? shu savolga javob topa olmadim.

Surat: Google maps.

@hisperspective
🔥1765👍1
Pulingiz koʻpayib ketdi va bank ochmoqchisiz, nima qilish kerak?

Birinchi qiladigan ishingiz 500 mlrd soʻm topish yoki jamgʻarish boʻladi. Bu pulni bankingiz ustav kapitali qilib shakllantirasiz. Keyin esa Markaziy bank har bir tiyiningizni tekshiradi. Bu sizning daromadingiz qonuniy tadbirkorlik ortidan kelganini aniqlash uchun zarur.

Pullarni toʻgʻri yoʻl bilan topganingizni isbotlaganingizdan soʻng, hujjatlarni topshirasiz, dastlabki ruxsatnomani olasiz. Keyin esa belgilangan muddat ichida (odatda 6 oy) bino, kiberxavfsizlik tizimi va IT-infratuzilmani tayyorlaysiz.

Bularni tayyorlab olganingizdan soʻng, asosiy litsenziyani olish uchun bankingiz kuzatuv kengashi hamda boshqaruv a’zolari Markaziy bank tomonidan baholash va tasdiqlash jarayonidan o‘tishadi.

Bankingiz rahbariyati eson-omon bu lavozimga loyiq deb topilganidan keyin Linkedinda oʻzingizni bemalol xususiy bank egasi deb eʼlon qilishingiz mumkin.

Maʼlumot oʻrnida, post informativ xususiyatga ega.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
🔥21😁84👍1
AQSHdagi unikornlarning deyarli barchasida muhojirlar rahbar ekan

Qadrdonimiz Ilya Strebulaev tadqiqotlariga ko‘ra, AQShdagi unikorn startaplarning deyarli yarmiga 65 ta turli davlatdan kelgan muhojir asoschilar rahbarlik qiladi. Bu ko‘rsatkich mamlakat innovatsion ekotizimida global iste’dod oqimining qanchalik muhim ekanini yaqqol namoyon etadi.

Mintaqalar kesimida yetakchi davlatlar ichida birinchi oʻrinda Hindiston keyingi oʻrinlarda esa Isroil, Kanada, Buyuk Britaniya turar ekan. Bu esa AQSH texnologik sektori ko‘p millatli va ochiq muhitda shakllanganini tasdiqlaydi.

Ilyaga koʻra muhojirlar AQSH texnologik dunyosining asosini tashkil etadi va bu nafaqat asoschilar kesimida balki oddiy xodimlar boʻginida ham ularning ulushi yuqori ekanligi bilan hisobga olinadi.

Trampga koʻrsatishli maʼlumot ekan.

Surat: Linkedin.

@hisperspective
🔥183👍2
Sunʼiy intellektlar ichida hozirgi vaqtda qaysi biridan pulli obuna sotib olish foydali?

Ushbu savol bilan ChatGPT, Gemini va Claudeʼga murojaat qildim. Ularning har biriga, “Menga xolis baho va tahlil kerak shu sabab senga murojaat qilyapman. Amaldagi texnologik yechimlari uchun Gemini, ChatGPT, Claude qaysi birini pullik obunada ishlatishim menga foydali. Bir oyda faqat bittasiga pul toʻlashim shart, qolganlaridan foydalanmayman” deb prompt berdim.

Uchala sunʼiy intellekt ham kutganimdek boshida oʻzini maqtadi. Nima ishga foydalanishimga qarab tanlashim kerakligini aytdi. Keyin, “umuman kundalik barcha vazifalar uchun bittasini tanlashim kerak bo‘lsa-chi?” deganimda bir ovozdan ChatGPTʼni tanlashim kerakligini maslahat berishdi (suratda javoblar).

Xulosa qilsak, sunʼiy intellektlar taʼbiriga koʻra modellar ichida rivojlanmay qolib ketgandek koʻrinayotgan ChatGPT baribir hozirda aktual va eng samaralisi boʻlib turibdi.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
🔥16🌚9😁52👍1