His perspective
1.49K subscribers
257 photos
23 videos
169 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
Oʻzbekistondagi “eng yaxshi” investitsiya modeli temir yoʻl chiptasi ekanligi haqida

“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi 2026-yil 1-fevraldan boshlab poyezd chiptalari narxi yana oshirilishini ma’lum qilibdi. Xususan, “Afrosiyob” biletlari 20−25 foizga, qolgan biletlar esa 30 foizga qimmatlar ekan.

Bu taqlid narx oshishi oxirgi ikki yilda tahminan 4-marotaba kuzatilmoqda. Shu ketishda temir yoʻl chiptasi narxi samolyot chiptasi narxidan ham oʻtib ketadi yoki oʻtib ketdi.

Hozirgi holatda, 2 yil ichida “Afrosiyob” poyezdining bilet narxi ekonom klassda 99%, biznes klassda 124%, Vip klassda esa 142% ga qimmatlagan. Qolgan poyezdlar haqida gapirmasa ham boʻladi.

Xoʻsh, qaysi sarmoya modeli soʻnggi ikki yilda bunchalik koʻp qimmatlay oldi? Hech qaysisi. Shunaqa ekan, temir yoʻllar saytidan chiptalarni bronlab qoʻyadigan kichik tizim yozib ikkinchi qoʻl qilib sotish chora-tadbirlarini koʻrib chiqish mumkin.

Surat: Temir yoʻllar.

@hisperspective
🔥23😁113
Y Combinator talabalarga $25 mingdan ortiq qiymatdagi “AI Student Starter Pack” beryapti

Ushbu to‘plam doirasida talabalar pul sarflamasdan sunʼiy intellekt yordamida oʻz mahsulotlarini qurishlari mumkin ekan. Toʻplamda, $20 ming AWS va Azure servislariga kredit, shu bilan birga, $5 ming miqdorida esa ChatGPT, Claude, Grok kabi sunʼiy intellekt modellari uchun kreditlar kiritilgan.

Y Combinator yetib borgan oliy taʼlim muassasida tahsil olsangiz (Harvard, Yale va.b) ushbu imkoniyatdan foydalaning, agar bunday boʻlmasa oʻzingiz tahsil oladigan dargoh rahbariyatini YCʼga qiziqtiring hamda bu kabi imkoniyatlarni qolganlar ham olishiga koʻmaklashing.

Rosti qiziq taklif ekan, obunachilardan hech bo‘lmasa 1 kishi foydalansa ham xursand bo‘lardim. Kelgusida Uz Combinatordagilar shunaqaroq foydali nimadir o‘ylab topishsa zo‘r bo‘lar edi.

Surat: Botir Qobilov.

@hisperspective
🔥184👍2
Sunʼiy intellekt mehnat bozorida yangi kasblar paydo qilyapti

Klassik ish oʻrinlari qisqarmoqda. Masalan oddiy dasturchi endi ish beruvchiga kerak emas. Unga sunʼiy intellekt agentlari bilan ishlay oladigan dasturchi kerak. Sodda aytganda prompter dasturchi.

Xuddi shunday o‘zgarish dizayn va videografiya yo‘nalishlarida ham ketmoqda. Bozorda oddiy dizaynerga talab sezilarli pasaygan, sababi Gemini, ChatGPT va Midjourney kabi modellar kuchli grafik yechimlarni tez bera olyapti. Dizayner sun’iy intellekt bilan ishlashni bilmasa, ko‘plab ish beruvchilar uchun bu allaqachon red flag.

Qiziq jihati mehnat bozoriga endi oddiy videograf ham kerak emas. Ish beruvchilar sunʼiy intellektga prompt berib video yasay oladigan mutaxassislarni izlashni allaqachon boshlab yuborishdi. Va bularning barchasi atrofimizda sodir boʻlmoqda.

Sunʼiy intellekt tezligi juda katta, qotib qolmang. Undan oʻtib ketish uchun kerakli koʻnikmalar haqida esa bu yerda bilib oling.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
🔥1121
2025-yil yakunlariga koʻra Oʻzbekistonning Top-10 banki aniqlanibdi

KAP DEPO investitsiya kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, yil yakunida O‘zbekiston bank sektorining sof foydasi 15,5 trln so‘mga yetibdi. Bu 2024-yildagi 6,6 trln so‘mga nisbatan yillik 136% o‘sish ekan.

Tahlilga koʻra, 2025-yilda eng koʻp Milliy bank 1,92 trln so‘m, O‘zsanoatqurilishbank 1,88 trln so‘m va Kapitalbank 1,79 trln so‘m foyda koʻribdi.

2023-yildan buyon ilk marotaba Kapitalbank Hamkorbankni quvib oʻtgani eʼtiborga molik jihat hisoblanadi.

Surat: KAP DEPO.

@hisperspective
🔥611👍1
Oʻzbekistondagi eng qimmat gul doʻkonlari haqida

Soʻnggi yillarda klassik biznes modellaridan aynan gul doʻkonlari segmentini juda koʻp kuzataman. Ayniqsa, premium segmentda xizmat koʻrsatadigan gul doʻkonlari oʻta qiziq, sababi aynan shu segmentda pul va bozor katta.

Toshkentda asosan 3 ta gul doʻkonini premium segmentda katta oʻyinchi deb oʻylayman. Bular, Infinity roses, Vetka flowers, Secret Tashkent. Dastlabki ikki gul doʻkoni, Infinity roses va Vetka flowers narx boʻyicha deyarli bir xil. Bu gul doʻkonlarida minimal chek 4 mln soʻm atrofida. Maksimal chekda nollar soni cheksiz.

Secret Tashkent esa birmuncha oʻzbekona, yaʼni narxlar 500 ming soʻmdan boshlanadi va cheksizlikka qadar davom etadi. Yuqoridagi ikki gul doʻkonidan farqi hamda ustunligi bozorga narx masalasida toʻliq moslashgan.

Kuzatuvlarim natijasida hozircha ayta olamanki, premium gul doʻkonlarida avtomatlashtiriladigan jihatlar juda koʻp. Ularning bozori va muammosini oʻrganib yechim taklif etilsa yurib ketishi aniq. Chunki, chek katta, bozor savdolashadigan emas va asosan boyvuchcha mijozlar makoni, *imho.

Surat: Infinity roses.

@hisperspective
🔥12👍32
So‘nggi 2 yilda O‘zbekistondagi startap va venchur ekotizimining umumiy qiymati $3,9 mlrdga yetibdi

Oʻzbekistonda 2030-yilga qadar startaplarning sonini 5 mingtaga, venchur investitsiyalarning hajmini esa $2 milliardga olib chiqish maqsad qilingani haqida prezidentga maʼlumot berilibdi.

Qiziqarli maʼlumotlardan yana biri, mahalliy startaplarning soni 750 tadan oshibdi. Hozirgi kunda 15 ta venchur fond faoliyat yuritmoqda ekan. Venchur kapital hajmi esa $180 million dollardan ortibdi.

Bulardan xulosa oddiy, har qanday qiziqarli gʻoyangiz uchun harakat qilishni hoziroq boshlang. Imkoniyat, vaziyat, sharoit barchasi eng optimal holatida turibdi, ushlab qoling.

Surat: It park.

@hisperspective
🔥108👍1
O‘zbekona mashinaparastlik marketingi haqida

Toshkent City hududida g‘alati bir marketing uslubi ommalashib boryapti yoki menga shunaqa tuyulyapti. Qisqasi uslub oddiy, qimmat avtomobillarni mall yoki do‘konlar oldiga koʻrgazmaga qo‘ygan holda iste’molchi e’tiborini jalb qilish orqali trafikni chaqirish.

Nazarimda bu “cult”ning eng yaqqol namoyondalaridan biri TC Mall. Kompleks ichida qavatdan qavatga qarab turli rusumdagi avtomobillar qator qilib qo‘yilganini ko‘rsa boʻladi. Xuddi shu yondashuvni TC Mall yonida ochilgan Park In Mall ham qo‘llayapti.

Bu model qanchalik ishlayapti aniq bilmayman. Balki, umuman ishlamas lekin, bir narsa maʼlum, bu ikkala savdo kompleksida trafik boshqa joylarga nisbatan ancha yuqori. Faqat shu trafikning qanchasi aynan “mashinaparastlar” e’tibori hisobiga kelayotganini aytish qiyin.

Mundoq eslasam ushbu marketing yondashuvini birinchi NestOne qo‘llagan edi. Ular buni shunchaki e’tibor jalb qilish vositasi emas, balki ramziy timsol sifatida ma’lum bir status va ambitsiyani ifodalovchi belgi ekanligini ham aytishgan.

Xullas, hozircha shunaqa kuzatuvlar. Bu narsaga aniqroq qarash boʻlsa va kimdir menga bu “cult”ning mohiyatini tushuntirsa xursand boʻlardim.

Surat: Google.

@hisperspective
🔥13😁6🌚6👍21
Sun’iy intellekt bilan shaxsning ma’lumotlarini o‘zgartirganlar jazolanishi haqida

Bu borada tegishli qonun qabul qilingani aytilmoqda. Biroq, hozircha qonunning o‘zini to‘liq o‘qib chiqish imkoni bo‘lmadi. Chunki eʼlon qilinmagan.

Shunga qaramay, yangiliklardagi umumiy mazmundan kelib chiqib aytganda, odamlarning rasmi, ovozi yoki videosini sun’iy intellekt yordamida qayta ishlab, keyin uni ijtimoiy tarmoqlarga joylash va tarqatish masalasiga qat’iy cheklovlar kiritilayotganga o‘xshaydi.

Masalan, Instagram’da mashhur bo‘lgan “prezident do‘konimizga keldi” kabi prikol trendlar, ya’ni real shaxsni Ai orqali oʻzgartirib kontent qilish endi qonunan mumkin emas.

Agar bilmasdan sunʼiy intellekt bilan biror shaxs maʼlumotlarini o‘zgartirgan holda kontent qilsangiz huquqbuzarlik qurollari (laptop, smartfon) musodara qilinib, 41,2 mln so‘mgacha jarima solinadi.

Qoyil, laptop va smartfon “qurol” deb ataladigan zamonlarga ham yetib keldik. Agar bu mantiqdan kelib chiqsak, men har kun ryukzakimda qurol koʻtarib yurgan retsidivist boʻlib qolar ekanman.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
😁22🔥9👍1
O‘zbek migrantlari o‘rniga, milliy bizneslar xorijga chiqayotgani haqida

Elchilar va tadbirkorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda Safia hamda Bellissimo Pizza xorijiy nuqtalarni koʻpaytirishini aytibdi.

Jumladan, Safia qandolatchilik tarmog‘i rahbari Bekzod Samig‘jonov Qozog‘istonda 10 ga yaqin nuqta ochilganini, endilikda Turkmaniston, Ozarbayjon, Tojikiston va Qirg‘iziston bozorlariga kirish bo‘yicha ishlar ketayotganini bildirgan. Quvonarlisi, Safia o‘tgan yili $7–8 mln qiymatidagi qandolat mahsulotlarini eksport qilgan.

Shu bilan birga, Bellissimo Pizza franshiza asosida Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya bozorlariga kirishga harakat boshlaganini maʼlum qilibdi. Kompaniya rahbari Farruh Abdullayev Qozog‘istonda 200 ta nuqta ochish imkoniyati borligini maʼlumot sifatida keltiribdi.

Qolaversa, shu kunlarda Sariq bola pizza ham Nyu-Yorkda oʻz fillialini ochganini maʼlum qildi. Bungacha Amerikada Goʻsht ovqatlanish tarmogʻining restorani ochilib faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Vatandoshlar ish soʻrab emas aksincha biznesni kengaytirish ilinjida xorijni zabt etayotgani qaysidir maʼnoda kichkina faxr. Bir soʻz bilan super.

Surat: Safia.

@hisperspective
1🔥35👍83❤‍🔥2
Takrorlashdan charchamasam kerak, yuqori servis — barqaror biznes kaliti

Kecha Woltdan kechlik buyurtma qilgandim. Aytilgan vaqtdan 15 daqiqa kech kelishi haqida tizimda maʼlumot chiqdi. Supportdan buning sababini soʻrab yozdim, support sovuq sabab kuryerlar kamligi, buyurtmalar esa koʻpligi uchun kechikish boʻlishini aytdi.

Shu bilan men support bilan chatdan chiqib ketdim. Taom keldi, yedim, uxladim va bugun ishda tushlik buyurtma qilishga Wolt dasturiga kirib qarasam, supportdan bir qancha smslar kelgan. Smslardan bildimki, support xodimi buyurtmamni toʻliq kuzatgan, menga yetib kelganini koʻrgan va oxirida koʻcha sovuqligini aytib issiq kiyinishimni soʻragan.

Tushunyapsizmi? Men tizimda oflayn ekanligimni bilgan boʻlsa-da, masʼuliyat bilan yondashgan holda oʻz ishini maksimumda bajargan. Kamiga biznes va isteʼmolchi oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun gʻamxoʻrlik sifatida iliq soʻzlar yozgan. To‘g‘risi, “issiq kiyin” degan gapni shu paytgacha faqat oyim, dadam yoki ukamdan eshitardim. Bunday g‘amxo‘rlikni support’dan eshitish esa shunchaki super.

Masalan, Wolt’ning bozordagi ayrim raqobatchilarida support’ga murojaat qilsangiz, sizni deyarli e’tiborsiz qoldirishadi. Woltda esa, aksincha, har bir qadamda mijoz sifatida siz ular uchun muhim ekaningizni his qilasiz.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
1🔥3510
Darbadar o‘g‘ilning qaytishi yohud Openbank “otasi”ga sotilyaptimi?

Joriy yilning 15-yanvar kuni Agrobank aksiyadorlar yig‘ilishida Open Bank aksiyalarini sotib olish bo‘yicha qaror qabul qilingani aytilmoqda.

Open Bank ilgari Agrobank tasarrufida bo‘lgan Smart Bank’ning yangilangan nomi. 2025 yil boshida Smart Bank “Future Open Technology Group” AJ’ga sotilgan, shundan so‘ng bank nomi Open Bankga o‘zgartirilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Open Bank 2025 yilni 8,2 mlrd so‘m sof foyda bilan yakunlagan. Aynan shundan keyin Agrobank aksiyalarni qayta xarid qilish bo‘yicha qaror qabul qilgani haqidagi fikrlar iddao qilinmoqda.

Qiziq, keys. Keysning sodda talqinini suratda ilova qila qoldim.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
1🔥162👍1
Samurayda maqsad bo‘lmaydi, faqat yo‘l bo‘ladi — but why?

Internetning ingliz segmentida 2007-yilda suratga olingan “Encounters at the End of the World” hujjatli filmidan kesilgan “tog‘lar tomonga ketayotgan pingvin” videosi juda tarqalib ketdi.

Lavhada Antarktidada yashovchi imperator pingvini kutilmaganda koloniyani tark etib, okean va oziq-ovqat manbalaridan uzoqlashib, tog‘lar tomonga yo‘l olgani tasvirlanadi. Olimlar ushbu holatni har xil tushuntirishgan.

Lekin, bu pingvin menga hozirda startap qilayotgan, g‘oyasini amalda tatbiq etish uchun tun-u kun ishlayotgan, qancha qiyinchilik bo‘lmasa-da ortga chekinmasdan o‘z yo‘lida harakat qilayotgan asoschi birodarlarni eslatdi.

Postni o‘qiyotgan va ish ko‘pligidan charchagan bo‘lsangiz bilingki, yo‘l oxirigacha baribir borish kerak. Taslim bo‘lmang.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
2🔥36👍762
Clickʼda juda koʻp yechim bor biroq, reklama umuman yo‘q

Masalan, kecha Click kompaniyasi o‘zining “Click olami” nomli qisqa metrajli multfilmini e’lon qildi. Multfilmda endilikda ilova ichida sun’iy intellekt yordamchisi Cleo ish boshlagani haqida maʼlumot berilgan. Ammo bu haqida boshqa biror joyda aytilmagan.

Oʻzi Click katta ekotizim shakllantirib bo‘lgan. Misol uchun, Clickda to‘lovlarni, telegram bot, mobil ilova, ussd kodlar orqali amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, jamoat transportida yuz orqali to‘lash imkoniyati hozircha boshqa biror o‘yinchida yo‘q. Yaqin orada boʻlmasa ham kerak.

Eng qiziq jihati Click QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish uchun maxsus Click Sado nomli alohida uskuna ham ishlab chiqqan. Bu hali men bilgan kichik funksionallarning o‘zi, xolos. Aslida esa Click’da bundan tashqari yana qancha-qancha imkoniyatlar bor.

Ammo, barcha funksionallarni qizgʻonishadimi ommadan bilmayman deyarli hech qayerda reklama qilishmaydi (3-4 ta bannerni aytmasa). Bilmadim-u Click allaqachon o‘zbekona Kaspiga aylangan, faqat buni o‘zi tan olmayapti yoki shunaqa ko‘rinadi menga.

Surat: Click.

@hisperspective
🔥23👍62
Kanal uchun dizaynerga logo chizdirmoqchi bo‘ldim

Dizayner yulduzcha belgisi va yonida kanal nomini yozib berdi.

Men unga to‘lovni o‘rniga shu skrinshotni yubordim.

Surat: Linkedin.

@hisperspective
😁51🔥4🦄32🌚1
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2020-yildan buyon qariyb 2 barobarga oshgani haqida

2020-yilda O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot $1960 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich $3647 ga yetdi. Xo‘sh, bu raqamlar nimani anglatadi va ular nega muhim?

Sodda aytganda, yalpi ichki mahsulot bu davlatning bir yil davomida yaratgan barcha iqtisodiy qiymatini ifodalaydi. Agar shu ko‘rsatkichni aholi soniga bo‘lsak, bir kishiga o‘rtacha qancha iqtisodiy qiymat to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatadi yoki aholi qanchaga boyiganini bilish mumkin desak boʻladi.

Qisqasi, jamiyatda odamlar boyisa, ishsizlik kamaysa, investitsiyalar hajmi oshsa hamda eksport hajmi koʻpaysa yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichi ham ortadi. Ya’ni bu ko‘rsatkich iqtisodiyotning umumiy salohiyatini aks ettiradi. Shu sababli tadbirkorlar va investorlar uchun bozorni baholash, solishtirish hamda prognoz qilishda muhim indikatorlardan biri hisoblanadi.

Masalan siz qaysidir bir xorijiy brendni Markaziy Osiyoga olib kirmoqchi boʻlsangiz davlatlarni analiz qilasiz va shunda yalpi ichki mahsulotga bexosdan qaraysiz, bunda Qozogʻiston iqtisodi eng kuchli 50 ta davlat ichiga kirgani uchun avval u bozorga soʻng 63-oʻrinda turgan Oʻzbekistonga kirasiz.

Chunki, yalpi ichki mahsulot hajmi yuqori bo‘lgan davlatlarda bozor xaridorgirroq bo‘ladi. Natijada, bu bozorda mahsulot yoki xizmat taklif qilish osonroq va tezroq natijaga chiqish imkoniyati mavjud.

Surat: Google.

@hisperspective
🔥94👍32
Bozorda solishtirishni boshlagan taraf, odatda mag‘lub bo‘ladi

Gazli ichimliklarning oʻzbek bozorini tahlil qilgandan soʻng, ularning tarmoqlardagi global marketing uslublarini kuzatdim. Shunda qiziq narsaga duch keldim.

Pepsi o‘z sahifalarida Coca-Cola bilan ochiqchasiga solishtiruvchi postlarni (1, 2) muntazam joylab boradi. Coca-Cola esa butunlay boshqa yo‘ldan ketgan. U mahsulotini raqobatchi bilan taqqoslashdan ko‘ra, brend beradigan eksklyuzivlik, hissiyot va hayot tarzini targ‘ib qiladi.

Bu holatni texnologiya bozorida ham ko‘rish mumkin. Samsung, Xiaomi va boshqa ishlab chiqaruvchilar o‘z taqdimotlarida Apple mahsulotlari ustidan kulishga yoki ularni solishtirishga urinadi. Apple esa bu solishtirishlarning deyarli birortasiga javob bermaydi va e’tiborni faqat mahsulot yaratadigan tajriba va eksklyuzivlikka qaratadi.

Xo‘sh, nega solishtirishni boshlagan taraf mag‘lub bo‘ladi? Bu juda oddiy mantiq.

Agar brend bozorda doimiy ravishda raqobatchi bilan o‘zini solishtirib, “men yaxshiroqman” deb isbotlashga urinayotgan bo‘lsa, demak u raqibni kuchliroq deb qabul qilgan bo‘ladi. Kuchli brend esa o‘zini solishtirmaydi, u standartni o‘zi belgilaydi, *imho.

Surat: Pepsi.

@hisperspective
🔥29👍7😁41🦄1
Men dasturchi emasman-u lekin, telegram bot yaratdim

Kasbim sabab Instagram va YouTube’dan videolar yuklaydigan botlarga tez-tez ishim tushadi. Ammo bunday botlardan foydalanish uchun doimiy ravishda turli kanallarga obuna bo‘lish majburiyati borligi anchadan beri jonimga tekkan edi. Shu sabab Cursor’dan foydalanib, o‘zimga kerak bo‘lgan Telegram botni yozishga qaror qildim.

Men product owner boʻldim, ChatGPT esa product manager. Cursor jamoamizning senior dasturchisi pozitsiyasida ishladi. Natijada birgalikda jamoaviy ishlashimiz sabab 1 soatga bormasdan @reelsshortsrobot botimiz tayyor boʻldi.

Bot Pythonʼda yozilgan va Railway platformasida ishlayapti. Hozircha YouTube shorts, Instagram reels va postlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Telegram’ga yuklab beradi.

Foydalanib koʻring. Xatolari chiqmaydi degan umiddaman. Chiqsa ham buyogʻi vibe coderchilik endi.

UPD: Server uxladi.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
🔥23😁13
His perspective
Men dasturchi emasman-u lekin, telegram bot yaratdim Kasbim sabab Instagram va YouTube’dan videolar yuklaydigan botlarga tez-tez ishim tushadi. Ammo bunday botlardan foydalanish uchun doimiy ravishda turli kanallarga obuna bo‘lish majburiyati borligi anchadan…
Serverchamni uxlatib qoʻydinglar-e, tagʻin 10 soatlik video ham tashesilarmi? Insof bormiye?)

UPD: Boʻldi, dasturchim (Cursor) limit qoʻyib kodni edit qildi. Muammo chiqmasa kerak endi.

@hisperspective
😁56🌚5🔥2
Dori yetkazib berish bozorida yangi mobil dastur paydo bo‘libdi

Dasturda oʻzingizga yaqin dorixonalarni topish, narxlarni solishtirish va uyga yetkazib berish uchun buyurtma qilish mumkin ekan. Bungacha ushbu bozorda PharmaClick, GoPharm loyihalari mavjud edi.

Bulardan farqli, Arzon va Oson apteka tizimlarida dorini topish mumkin edi biroq, yetkazib berish dorixona zimmasida qolardi. Oʻtgan yil dekabrda esa OxyMed va Yandex Go Toshkent ichida dori vositalarini tez yetkazib berish xizmatini ishga tushirishgan edi.

Rosti, dori-darmon bozori juda katta bozor. Lekin, QR kodli elektron retsept tizimiga oʻtilayotgan bir vaqtda, e-pharmacy loyihalarini ushbu tizim bilan qanchalik integratsiya qilish mumkin degan savol bor menda.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
3🔥126👍2
Startap baholanishi boʻyicha qanday nomlanadi?

Avvalroq, startaplarning investitsiya olish bosqichlarini koʻrib chiqgan edik. Bugungi postda esa startaplarning baholanish bosqichlariga nazar tashlaymiz.

Startap ekotizimida Unikorn atamasi juda keng tarqalgan. Unikorn deb odatda $1 milliard baholanishga ega bo‘lgan startaplar nomlanadi. Ushbu nomlash 2013-yilda ilk bor Cowboy Ventures asoschisi Aileen Lee tomonidan e’lon qilingan hisobotlar doirasida shakllangan. Aniqrogʻi Lee hisobotlarida Unikorn atamasini ishlatgan.

Bundan so‘ng, 2015-yilda Dave McClure “pony” hamda “kentavr” tushunchalarini ta’riflab bergan. Unga ko‘ra, pony bahosi $10 milliondan yuqori bo‘lgan startaplar, kentavr esa $100 milliondan yuqori baholangan startaplar hisoblanadi.

Bugungi kunga kelib, guruhlash yanada kengaydi. Bahosi $10 mlrddan yuqori boʻlsa dekakorn va $100 mlrddan yuqori deb topilsa gektakorn deb ataladi. Dekakorn loyihalar deb Stripe, SpaceX, Canva kabi startaplarni olishimiz mumkin. Gektakorn startap esa albatta TikTok hisoblanadi.

Xullas, faqat unikornni emas balki, undan balandroqlarini ham maqsad qilish joiz. Postni esa saqlab qoʻying, kompaniyangizni baholashganda kerak boʻladi.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
🔥123👍3
DataTruck $12 mlnlik investitsiya jalb qilgani haqida

Bu haqda startapning oʻzi xabar berdi. Xabarga koʻra, sarmoya Series A raundi doirasida jalb qilingan va kompaniya bu bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan. Series A raundi haqida batafsil bu yerda oʻqishingiz mumkin.

DataTruck Amerika bozorining yuk tashish sohasida, logistikani optimallashtirish platformasi sifatida oʻz xizmatlarini taqdim etib keladi. Asoschilari Shohruh Rahmonov, Maʼmur Qodirov, Aziz va Ulugʻbek Ergashevlar hisoblanadi.

Xullas, jalb qilingan $12 mln sarmoya sunʼiy intellekt yordamida mavjud modullarni kuchaytirish, yangi funksiyalarni ishlab chiqish va logistlarga tezroq, aniqroq, foydaliroq qarorlar qabul qilish imkonini beradigan qulayliklar ishlab chiqishga yoʻnaltirilishi aytilibdi.

2025-yil bahorida DataTruck $823 ming miqdoridagi bridge raundini ham muvaffaqiyatli yakunlagan edi. O‘shanda kompaniyaga AloqaVentures $300 ming, IT Park Ventures $250 ming, Domino Ventures $100 ming va AQShdagi Silk Road Angels investorlar klubi $173 ming sarmoya kiritgan edi.

Bir soʻz bilan yaxshi oʻsish va yaxshi startap. Yigitlarga omad.

Surat: Google.

@hisperspective
🔥13👍1