His perspective
1.49K subscribers
257 photos
23 videos
169 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
EVOS fast-food bozoridagi raqobatchilarini yangi yil bilan tabriklabdi

Bozordagi o‘yinchilar, Bellissimo Pizza, KFC, Oqtepa Lavash, MaxWay, Papa John’s va Burger King’ga EVOS tomonidan 1 metrlik lavash sovg‘a qilingan.

“Biz hurmat va ochiqlik bozorni yanada kuchli qilishiga ishonamiz. 2026-yil barqarorlik, ilhom va oldinga ishonchli qadamlarni olib kelsin. Sog‘lom raqobatni qo‘llab-quvvatlaydigan va muloqot uchun ochiq bo‘lgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz”, — deb yozgan EVOS o‘z sahifasida.

Avvalroq, yoz oyida EVOS FeedUp bilan collab qilgan holda oʻz fillialini ochgan edi.

Ilgari xorijiy brendlarning bir-biriga bozordagi shunday iliq munosabatini ko‘rardik. O‘zbek bozoriga ham oʻzaro hurmat va doʻstona munosabat madaniyati kirib kelayotgani, ajoyib!

Video: EVOS.

@hisperspective
10🔥8👍31
Uzum ekotizimi foydalanuvchilari soni 20 mlnga yetibdi

Ekotizim matbuot xizmati xabariga koʻra, hozir Uzumda qariyb 12000 nafar odam ishlab kelmoqda ekan. 2025-yilda Uzum ekotizimi $1.5 mlrdga baholangan.

Uzumbank tomonidan hozirgacha 4 mln bank kartasi emissiya qilinibdi. Uzum Tezkor esa Oʻzbekistonning 26 shahrida ishlamoqda ekan.

Shu bilan birga, Uzum Marketda qariyb 17000 sotuvchi oʻz mahsulotlarini sotmoqda.

2022-yilda faoliyati yoʻlga qoʻyilgan biznes (ekotizim) uchun oʻta jozibador raqamlar, barakasini bersin!

Surat: Uzum.

@hisperspective
🔥102👍2
Bellissimoning “Rahmat” bilan integratsiyasi haqida

Bugun Yangi yil arafasi. Uyda ovqat qilmaslik uchun Bellissimo Pizzadan buyurtma bergandim, 30 daqiqada yetkazib berishdi. Lekin gap bu haqida emas.

Meni quvontirgani, Bellissimo yetkazib beruvchi xodimlarini oʻylab yaxshi yechim qilibdi. Yaʼni yetkazib beruvchi xodimlari uchun alohida “Rahmat” tizimi orqali “choy puli” qoldirish imkonini yaratibdi.

Ishlashi oddiy. Yetkazib berish amalga oshirilganidan soʻng, tizim avtomatik sms-xabarnoma yuboradi va unda “Rahmat” havolasi ilova qilinadi. Agar xizmat koʻrsatish sizga manzur boʻlsa, bemalol choy puli qoldirasiz. Ajoyib!

Bugungidek ko‘pchilik dam olayotgan paytda ishlayotgan insonlarga, rostakamiga rahmat aytish uchun juda foydali yechim. Qolaversa, xodimning toʻliq motivatsiya bilan oʻz ishini maksimum darajada qilishiga yaxshi turtki bu, *imho. Sinab ko‘ring.

P/s: Oʻzbek tilida sms-xabarnoma kelmasligi-ga esa tushunmadim, qoʻyinki men Bellissimo ilovasini toʻliq oʻzbek tilida ishlataman. Buni bazadan aniqlab, xabarnomani foydalanuvchi tanlagan tilda yuborishsa ancha samarali ishlardimi, bilmadim.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
1🔥10👍3
Sun’iy intellekt oʻzbek estradasiga ham kirib kelibdi

Suno’dan foydalanib trek qilib koʻrganimda striming platformalar uchun eski nostalgik ashulalarni cover talqinida joylashni oʻylagan edim.

Kimdir shu ishni boshlabdi. Musiqa eshitib tursam pleylistda Sun’iy Qiz nomi bilan trek chiqib qoldi. Eshitsam Suno Aiʼdagi qiz ovozining oʻzi. Qiziq tomoni tekshirsam 10-dekabrda reliz boʻlgan bu trek Yandex.Musicʼda 8000 marotaba oylik eshituvchilarga ega boʻlibdi.

Suno Aiʼdagi bu ovozda qilingan “Снегурочка” treki bilan rus internetida katta shovqin koʻtarilgan edi. Aynan shu trekni ham oʻzimizni Sun’iy qizimiz oʻzbekcha aytibdi.

Ishqilib bunaqa tempdagi rivojlanish yaxshimi yoki yomon bilmayman, biroq temp juda tezligidan odam yetib ulgura olishi qiyinlashyapti.

Surat: Apple Music.

@hisperspective
🔥72
Sunʼiy intellekt bilan tajriba qilib koʻrdim

Xullas, mana bu yerdagi kuzatuvimdan soʻng, oʻzim ham nimadir qilib koʻrgim keldi va sinov uchun ishni boshladim.

Dastlab Suno AI’da “artist” yaratdim, uni o‘zim yoqtiradigan uslublarga moslab sozladim. Keyin birinchi trek “Bor”ni tayyorladik va reliz uchun distribyutorga yukladim.

Trek distribyutorda 2 kun moderatsiyada turdi. “Bo‘ldi, endi reliz ham bo‘lmasa kerak”, deb turgan paytimda elektron pochtamga “Birinchi relizingiz bilan tabriklaymiz” degan xat keldi. Evrika!

Bu jarayonda men faqat prompt berdim qolganini sun’iy intellektlar bajardi. Muqovani Nano Banana tayyorladi, matnlarni ChatGPT silliqlab berdi, Suno esa kuy bastalab, yakuniy mahsulotga aylantirdi.

Natijada esa oʻzbek tinglovchisi har besh daqiqada trek yoza oladigan Asila nomli xonandaga ega boʻldi.

Surat: Apple Music.

@hisperspective
🔥10🎉21
O‘zbekiston bozorida qaysi gazli ichimlik asosiy yetakchi?

Anchadan beri shu mavzu o‘zimni qiziqtirib yurgan edi ushbu post esa biroz re-search qilishga stimul berdi va natijalarni bo‘lishishni joiz deb bildim. *Eslatma, ochiq manbalardan izlaganlarim bo‘yicha birnimalar topdim.

Xullas, 2024 yil yanvar–oktabr ko‘rsatkichlariga ko‘ra, Coca-Cola’ning O‘zbekistondagi savdo aylanmasi 5,68 trln so‘m, Pepsida esa 3,0 trln so‘mni tashkil etgan. Bu 2024-yildagi bozor narxida Coca-cola 1 litrlik idishda tahminan 517 mln dona, Pepsi esa 272 mln dona mahsulot sotgan degani.

2025-yilda esa natijalar yana-da qo‘rqinchli, o‘tgan yilning 11 oyida Coca-cola 6,15 trln so‘m, Pepsi esa 3,24 trln so‘m aylanmaga ega bo‘lgan. Coca-cola 3-chorakda 36,5% o‘sish qayd etgan. 2025-yilda Coca-cola Pepsiga nisbatan reklama bilan ishlashda ham ancha oldinda bo‘lgan ekan, aniqroq aytsak eng faol TV brendlar reytingida Coca-cola 9.1% natijani Pepsi esa 7.4% qamrovni qayd etgan.

Eng qiziq joyi shundaki, turli reytinglarda Coca-Cola raqibidan ancha ilgarilab ketgan bo‘lsa-da, 2025-yil avgustda Pepsi o‘tkazgan “ta’mlar jangi” natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda 59,28% iste’molchi Pepsi ta’mini afzal deb topgan.

Xulosa qilsak, Coca-cola o‘zbek gazli ichimliklar bozori ledakoli va Pepsi u bilan bu bozorda raqobat qilishi uchun hali ancha qovun pishig‘i bordek.

Surat: Xoshimovuz.

@hisperspective
🔥12🌚531👍1
$10 mln baholanishda BITO startapi qancha investitsiya oldi?

Bir haftacha oldin Qozog‘istonning MOST Ventures fondi Startup Garage’ning BITO startapidagi ulushining bir qismini sotib olgani, natijada Startup Garage qisman exit qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Negadir investitsiya miqdori ochiqlanmadi, shu sabab, hisoblab ko‘ramiz.

BITO startapi “Bito” MChJ tasarrufidagi loyiha hisoblanadi. “Bito” MChJning 5% ulushi jismoniy shaxsga, qolgan 95% ulushi esa “Unical” MChJga tegishli. “Unical” MChJ ta’sischilik tarkibida 93,18% ulush ikki nafar jismoniy shaxsga, qolgan 6,82% ulush esa Aloqa Ventures, IT-Park Ventures va Startup Garage’ga to‘g‘ri keladi.

Mazkur 6,82% ichida Startup Garage’ning ulushi 0,9%ni tashkil etadi. Endi matematika. Agar MOST Ventures $10 mln baholanishda Startup Garage’ning ulushini to‘liq sotib olgan bo‘lsa, bu $85 ming atrofida investitsiya degani.

Biroq xabarlarda ulushning faqat bir qismi sotib olingani aytilgani uchun, agar uni shartli ravishda “yarimi” deb olsak, taxminan $42–50 ming atrofida mablag‘ jalb etilgan bo‘lishi mumkin, *imho. Xulosa qilsak, Startup Garage uchun katta boʻlmasa-da kichik exit boʻlgan. Ammo, nega ushbu investitsiya/exit summasi ochiqlanmagan tushunmadim.

Taʼkidlash joizki, bungacha BITO startapi Aloqa Ventures’dan $200 ming, IT-Park Ventures’dan $100 ming investitsiya jalb qilgan ekan.

P/s: Startaplarning maʼlum summaga baholanishi bilamizki bu shar misolidir, 6 xonali sonlar bir deganda paydo boʻladi. Lekin, baholanish bu sarmoya emas. Spot nashridagilar esa baholanishni sarmoya deb olishibdi.

Surat: Spot.

@hisperspective
🔥10😁62
Butun dunyoda nega aynan humanoid robotlar ishlab chiqilmoqda?

Xitoyning Shanxay shahridagi Agibot zavodida minglab humanoid robotlar ishlab chiqarilayotgani haqidagi videoni ko‘rganimdan so‘ng, “nega aynan shu tipdagi robotlar?” degan savol xayolimga keldi.

Tushunishingiz uchun, ushbu zavod quvvati yiliga 5000 dona humanoid robot ishlab chiqarishga yetadi. Qolaversa, AQShda ham humanoid yo‘nalishida bir qancha loyihalar, Figure, NEO (home robot) va boshqalar bor.

Xullas, humanoidlar ishlab chiqilishining asosiy 3 ta sababi bor emish.

Birinchi sabab, insonlar yashaydigan muhitdagi deyarli hamma narsa insonlarga moslab yaratilgan. Ya’ni Wall-E multfilmidagi noodatiy robotlarni real hayotga keng joriy etish qimmat va murakkab bo‘lishi mumkin chunki yer yuzidagi infratuzilma boshqa tipdagi robotlar uchun moslashtirilmagan.

Ikkinchi sabab, humanoid tipidagi robotlarga kerakli vazifalarni oʻrgatish, oʻqitish oson va arzon. Tushunishingiz uchun hozir butun dunyo ishlatayotgan ChatGPT ham istiqbolda OpenAi yaratishni maqsad qilgan humanoidni oʻrgatish uchun ishlab chiqilgan sunʼiy intellekt hisoblanadi.

Uchunchi sabab, insonlar jamiyatiga ularga oʻxshagan insonsimon robotlarni reklama qilish va albatta sotish osonroq. Xuddiki “sizning o‘rningizga sizga o‘xshagan robot xuddi sizdek ishlaydi” deyilsa boshqa robot tiplariga qaraganda yengil qabul qilinadi.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
🔥173👍21
Firibgarlar kartangizdan 5 mln soʻmgacha pul yechib olsa payme uni qaytarar ekan

Albatta, bu imkoniyat hamma uchun emas, faqat Payme Plus obunasiga ega foydalanuvchilarga taalluqli boʻlib, Payme Plus shartlariga ko‘ra, firibgarlar tomonidan o‘zlashtirilgan mablag‘larni qaytarish maʼlum holatlarda qo‘llanadi.

Masalan, Paymeʼga ulangan bank kartangizdan mablag‘ aynan tizimdagi xatolik sabab yechib olingan bo‘lsa.

Soddaroq aytganda, Humans’dagi keysga o‘xshash vaziyat yuz bersa, Payme Plus obunasiga ega foydalanuvchiga Payme tomonidan 5 mln soʻmgacha boʻlgan balans qaytarilar ekan.

Qiziq taklif, hozircha boshqa toʻlov tizimlarida bunaqasini koʻrmadim.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
🔥11😁98👍43
Startapingizni MVPʼga olib chiqish uchun $40 ming grant berilishi haqida

Saudiya Arabistonida MVPLab nomli grant dasturi bor. U National Technology Development Program tashabbusi tarkibiga kiradi va startaplarning g‘oyasini MVP bosqichigacha olib chiqishga begʻaraz moliyaviy ko‘mak beradi.

Qiziq jihati hukumat ajratadigan granti evaziga startapdan ulush olmaydi va biror talab belgilamaydi. Shunchaki, gʻoyangizni MVPʼga olib chiqish uchun sizga pul beradi.

Muhim shart startap Saudiya Arabistoni yoki Yaqin Sharqda maʼlum texnologik gʻoya asosida ishlab chiqilsa bas. Grantga qabullar yil davomida boʻladi, shu sabab postni biror yerga saqlab qoʻying.

Qorakoʻz, begʻubor yosh startaperlar uchun yaxshi imkoniyat menimcha bu. Gʻoyani pullab, bozorni xohlagancha manyovr qilib sozlash mumkin.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
🔥1211👍1
Oʻzbekistonda Papa John’sning ishlari qanday?

Avvalroq, Papa John’s raqobatchilar bosimi sababli Markaziy Osiyo ya’ni Qozogʻiston va Qirgʻizistonda faoliyatini toʻxtatgani, shuningdek Papa John’sning Qozogʻistondagi tarmogʻini o‘zimizning Bellissimo Pizza o‘zlashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shundan keyin men Oʻzbekistondagi Papa John’s filiallariga kirib ko‘rdim, kuzatdim. Pitseriyaning moliyaviy holatini tekshirib ko‘rsam, Papa John’sga egalik qiluvchi “Alexander brands” MChJ 2024-yilni 34 mlrd soʻm zarar bilan yopgan. 2025-yil natijalari esa hozircha e’lon qilinmagan, *umid qilamanki oʻtgan yilda pitseriya foydaga chiqgan.

Aytish kerakki, Oʻzbekistonda Papa John’sning birinchi filliali 2023-yil ochilgan boʻlib, 2025-yilning dekabr oyi natijalariga koʻra, hozirda amerika pitseriya tarmogʻining Oʻzbekistonda 19 ta filliali bor.

Franshizani olib kirgan investorlarga baraka tilagan holda biznesning keyingi marralarini shunchaki kuzatamiz.

Surat: Gazeta.

@hisperspective
🔥122
2025-yilda Yandex.Eats hamkorlari daromadi $340 mlndan ortiqni tashkil etibdi

Oʻtgan yil yakuniga koʻra, Yandex.Eats Oʻzbekistonda 3000 dan oshiq restoran bilan hamkorlik qilmoqda ekan. Hozirgi vaqtda xizmat Oʻzbekistonning 14 shahrida faoliyat yuritmoqda deb xabar bermoqda Yandex.Eats Oʻzbekiston bosh menejeri Semyon Aksenov.

Shu bilan birga, Toshkent aholisining 80% qismi Yandex.Eatsdan foydalangan. Qolaversa, kompaniya o‘zini o‘zi band qilgan kuryerlar uchun soliq to‘lovlarini avtomatlashtiribdi.

Yandex.Eats 2026-yilda logistika, qoʻllab-quvvatlash modullarida sunʼiy intellekt bilan integratsiyalarga chuqur eʼtibor berar ekan.

Qiziq natijalar, lekin, men uchun baribir Wolt taom yetkazib berish xizmati eng yaxshisi boʻlib qolsa kerak. Wolt haqida esa batafsil sal keyinroq.

Surat: Yandex Eats.

@hisperspective
🔥1952
Telegram rus xavfsizlik xizmatiga aloqadormi?

Pavel Durovning bayonotiga ko‘ra, Telegram Rossiyaga bog‘liq emas. U aytishicha, so‘nggi marta chiqarilgan $1,7 mlrdlik obligatsiyalarda birorta rossiyalik investor qatnashmagan, 2021-yilda chiqarilgan obligatsiyalar esa asosan qaytarib bo‘lingan va muammo tug‘dirmaydi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Telegramning yagona aksiyadori Durovning o‘zi. Obligatsiya egalari esa aksiyador emas, ya’ni kompaniya qarorlariga ta’sir o‘tkaza olmaydi.

Xoʻsh, oʻzi rostdan ham shunaqami? Rosti bu haqida tayinli maʼlumot mavjud emas lekin, ayrim “belgilar” borki Telegram va rus xavfsizlik xizmati birga ishlaydi degan fikrni paydo qiladi.

Masalan, Rossiyada Telegram kanallarni rasmiy reyestrga kiritish bilan bog‘liq alohida mexanizm bor. 10 mingdan ortiq obunachiga ega yirik kanallar Roskomnadzor talabiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tishi kerak, ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlash uchun esa Telegram ichida maxsus botni ishga tushirib, uni kanal administratorlari ro‘yxatiga qo‘shish so‘raladi

Aynan shu jarayon orqali kanal egasi tasdiqlanadi va kanalga “A+” markirovka beriladi. Sodda aytganda kanal va kanal muallifi toʻliq Roskomnadzor nazoratida boʻladi. Rossiyadan boshqa davlatda esa bunaqa huquq mavjud emas.

Surat: Financial Times.

@hisperspective
1🔥13👍4🌚42
Muvaffaqiyatsizlikka uchragan startaplarni muvaffaqiyat sari yetaklaydigan kompaniya haqida

Italiyada toʻrt doʻst birgalikda bir necha yil davomida startap qurishadi. Ammo, biror loyiha natijaga chiqmaydi. Hafsalasi pir boʻlgan doʻstlar soʻnggi imkoniyat sifatida 10 ming yevroga ishlari umuman yurishmagan bir ilovani sotib olishadi. Aynan shu kichik tavakkal keyinchalik Bending Spoons kompaniyasi paydo boʻlishiga poydevor boʻladi.

Bending Spoons 2013-yilda tashkil etilgan italyan texnologiya konglomerati boʻlib, kompaniya odatda qiziq deb bilgan startaplarni sotib olgan holda ularni qayta ishlab chiqadi hamda bozorga taqdim etadi. Qisqa qilib aytganda, ular gʻoyalarni xarid qilishadi va yangi hayot berishadi.

Kompaniyaning mashhur loyihalaridan biri Remini dasturi hisoblanadi. Remini Bending Spoons sotib olib, qayta ishlab chiqganidan soʻng global fenomenga aylangan yirik loyihadir.

Hozirgi kunda Bending Spoons $11 mlrd atrofida baholanadigan yirik kompaniya hisoblanadi va 100 mlndan ortiq faol oylik foydalanuvchilarga xizmat qiladi.

Oʻzbekistonda startap ekotizimi endi rivojlanmoqda. Sizga noldan startap qurish yoqmasa, shunchaki, Bending Spoonsning oʻzbekcha talqiniga aylaning. Bizning bozorda hali bunaqa oʻyinchini koʻrmadim.

Surat: Today nashri.

@hisperspective
1🔥1485🌚1
Tizimda amalga oshiriladigan yirik migratsiya qanday boʻlishi kerak?

Bolgariya shu yilning 1-yanvaridan boshlab milliy valyutasi levdan yevroga o‘tdi. Bu qarordan so‘ng banklar oldiga levdagi mablag‘larni yevroga rasmiy kurs bo‘yicha konvertatsiya qilish vazifasi qoʻyildi.

Tushunishingiz uchun bunday o‘zgarish faqat kursni almashtirish emas balki, banklar amalda butun ekotizimni yevroga ko‘chiradi.

Bular hisob raqamlar, kartalar, bankomatlar, mobil/online banking, to‘lov infratuzilmasi va ichki hisob-kitob tizimlari. Bu tahminan sekundiga 3 mingta so‘rov degani. Shu jarayonni OTP Group tarkibiga kiruvchi DSK Bank muvaffaqiyatli yakunlagani haqida xabar beribdi.

Jarayonda 350 dan ortiq xodim tun-u kun ishlagan va barcha pullar rasmiy kurs 1 yevro = 1.9 lev bo‘yicha konvertatsiya qilib chiqilgan. Ajoyib jihati bu jarayonni foydalanuvchilar sezmagan, noqulaylik tugʻdirmagan va tizim stabil ishlagan.

Qiziq, bizda ham “1 oy ichida barcha banklar so‘mdan dollarga migratsiya qilsin” degan topshiriq berilsa, nechta bank buni tez va sifatli bajara olar ekan?

Surat: DSK Bank.

@hisperspective
1🔥197👍3
WB Taxi bir oyda qanday natijalarga erishdi? (Foydalanuvchi kuzatuvi)

Yandex Go’ga boykot fonida ish boshlagan WB Taxi hozircha 3 ta taksopark bilan ishlayotgani aytilmoqda. Har bir taksoparkda o‘rtacha 350 tadan haydovchi bor ekan.

Avvalroq, WB taxi oʻz haydovchilariga liniyada onlayn boʻlgani uchun soatiga 100 ming soʻmdan berayotgani va haydovchilar oʻrta hisobda 1 mln 200 ming kuniga daromad qilayotgani haqida aytgandim.

Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, 1050 haydovchining shunchaki liniyada turishining o‘zi kompaniyaga hozirgacha o‘rtacha $1.30 mln – $2.60 mln atrofida tushgan. Albatta, bu summa soliqlar va yoʻlovchilar uchun toʻlanayotgan bonuslarni hisobga olmaganda.

Insayderlarga koʻra, ushbu taksi agregatori kelgusi haftadan barcha haydovchi va yoʻlovchilar uchun ochiq boʻladi. Yaʼni hozirgidek roʻyxatdan oʻtish uchun navbat kutish kerak boʻlmaydi.

Ushbu agregator ham toʻliq ishga tushganidan soʻng qolgan safdoshlaridek boʻlib qolmaydi degan umiddaman, mayli kuzatamiz.

Surat: Wildberries.

@hisperspective
1🔥12👍62
Domen nomiga investitsiya qilish haqida

Sarmoyani koʻpaytirish va saqlashning bir qancha klassik usullari bor. Masalan, oltin quymasi, bitcoin, obligatsiya sotib olish va boshqalar. Men bu ro‘yxatga domen nomlarini sotib olish, saqlash va keyin qayta sotishni ham qo‘shgan bo‘lardim.

O‘zim 2016-yildan beri 40 dan ortiq domen nomlariga egalik qilaman. Shu yillar davomida umumiy hisobda 7 ta domenni sotishga muvaffaq bo‘ldim. Sotilgan domenlarim orasida birinchi.uz ham bor. 

Masalan, aynan shu domenning o‘zi soʻmda 6 xonali nollar kelishuvi asosida yangi egasiga o‘tkazib berilgan. Men bu domenga 2017-yildan beri egalik qilardim va har 12 oyda bir marta, bitta kofe puli evaziga uning amal qilish muddatini uzaytirib kelganman. Natijada esa ushbu domendan yaxshi daromad koʻrdim.

Xullas, Oʻzbekistonda startaplar sonining ortib borayotgani va e-commerce rivojlanayotganini hisobga olgan holda .uz domen zonasida kreativ nomlarni band qilib, siz bilan aloqaga chiqish uchun imkoniyat yaratib qoʻysangiz, domenni xarid qilishga sovchilarning oʻzlari sizni topib kelishadi.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
1🔥225🌚4👍2🦄1
To‘layotgan soliqlaringiz nimaga sarflanayotganini ko‘rish imkoniyati haqida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi qiziqarli tashabbusni yo‘lga qo‘yibdi. Endilikda vatandoshlar daromadidan to‘langan soliqlar hisobidan shakllangan davlat budjeti mablag‘lari, qaysi sohaga yo‘naltirilayotganini ochiq ko‘rishi mumkin ekan.

Vazirlik bu imkoniyat aholi hamda tadbirkorlik subyektlari orasida soliq to‘lash madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishini alohida ta’kidlabdi.

Qiziq imkoniyat, men ham sinab ko‘rdim, men birinchi o‘rinda “kelajakka investitsiya” qilayotgan ekanman.

Surat: Ekran tasviri.


@hisperspective
1🔥9😁83🌚3👍2
Startaplar investitsiyani qachon va qanday miqdorda olishi kerak?

So‘nggi 4 oy davomida bozordagi startap asoschilarini chuqur kuzatdim. Shu jarayonda ularning deyarli har qanday vaziyatda ham faqat va faqat sarmoya olishni istashlarini ko‘rib, sog‘lom startap qurishning taxminiy bosqichlarini bir joyga jamlab yozib qo‘yish fikri keldi.

Xullas, har qanday startapning asosi g‘oya. G‘oya bozordagi aniq bir muammoga yechim berishi kerak. Agar yechim bo‘lmasa, g‘oyaning qiymati ham bo‘lmaydi. Shu sabab, g‘oyanining ko‘lamini bozorni audit qilgan holda chuqur o‘rganish lozim.

G‘oya shakllangach, keyingi qadam g‘oya atrofida siz bilan birga harakat qiladigan, sizning zaif nuqtangizni to‘ldira oladigan co-founder topish. Chunki startap qurishda yakka holda nimagadir erishish, ayniqsa tezlik va ko‘lam talab qilinganda, ancha murakkab.

Shundan keyin startap haqida yaqinlar, oila a’zolari va do‘stlarga gapirib ko‘rish kerak. Bu bosqich, bir tomondan, g‘oyani real hayotda sinovdan o‘tkazish hamda yaqinlar orasida sarmoya kiritishga tayyor insonlar bo‘lsa, dastlabki mablag‘ni jalb qilish imkoniyatini beradi.

Ikkinchi tomondan esa katta davralar, venchur fondlar va investorlar oldida o‘zingizni erkin tutish, fikrni aniq va ishonchli yetkazish ko‘nikmasini shakllantirishda juda foydali.

G‘oya va jamoa yuqoridagilardan eson-omon o‘tganidan so‘ng, aniq talab va harakat rejadan kelib chiqib sarmoya olishga dastlabki qadamlarni boshlash mumkin, *imho. Qolgan qadamlar esa ilova qilingan suratda.

Surat: Linkedin.

@hisperspective
👍5🔥542
O‘zbekistonda diplom eksporti qanday ketmoqda?

Xususiy oliy taʼlim muassasalari keskin ko‘paygani ortidan “talabalar importi” dinamikasi qanchalik o‘zgarganini tahlil qilib ko‘rdim.

Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonga taʼlim olish maqsadida 37,2 ming nafar chet el fuqarosi kelgan. Shu bilan birga, qo‘mita 2025 yil avgust oyida eʼlon qilgan xabarida O‘zbekistonda 12 ming xorijlik talaba tahsil olayotgani qayd etilgan.

Qiziq jihati, 2025–2026-o‘quv yili boshlanganidan so‘ng mamlakatga 23 mingga yaqin xorijlik talaba o‘qishga kelgan bo‘lib, bu 2024–2025-o‘quv yiliga nisbatan 60% ko‘p ekan.

Taqqoslash uchun, qo‘shni Qozog‘istonda ham natija deyarli o‘xshash. Hozir qo'shnilarimizda 33 ming xorijiy talaba tahsil olmoqda. Qiziq jihati shundaki, ularning 4144 nafari o‘zbekistonlik. O‘zbekistonda esa qozoq talabalari soni atigi 113 nafar.

Bundan ko‘rish mumkinki qorako‘zlarimiz o‘zimizdagi oliy taʼlimdan qo‘shnimiznikini afzal bilishmoqda, qo‘shnimizda esa teskarisi.

Xullas, diplom eksporti bo‘yicha ko‘rsatkichlarimiz yaxshi o‘smoqda, shu bilan birga diplom import hajmi ham ancha yirik.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
🔥9🎉43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“365 kun”, 365 parcha integratsiyasi haqida

Avvalroq, Ipak yoʻli bankining product placement gʻoyasi haqida yozgan edim. Bu gal eʼtiborimni Korzinkaning sub brendi hisoblangan “365 kun” mahsulotlari integratsiyasi tortdi.

Qisqasi, “365 kun” mahsulotlari jurnalist, bloger, Daryo nashri bosh muharriri Muhrim Aʼzamxoʻjayevning instagram blogi bilan integratsiyani yoʻlga qoʻyibdi. Tushunishingiz uchun Muhrim aka oʻz blogida har bir kunga moslab maxsus rils videolar ishlab kelayotgan edi.

2026-yildan boshlab qoʻyilayotgan rilslarda “365 kun” brendining har xil mahsuloti, pechenye, nam salfetka, quruq salfetka stol ustida shunchaki turgan holda chiqa boshlabdi. Bir qarashda brend nomi va kontent formati oʻrtasida bogʻliqlikni anglash qiyin, ammo, juda maromiga yetkazilgan va oʻylangan product placement bu.

Toʻgʻrisi boshida men eʼtibor bermagan edim, izohlarda foydalanuvchilar “365 kun sizga pul bersa bo‘larkan”, deb yozganini oʻqib sahifani tahlil qildim va integratsiya boshlanganini tushundim.

Ajoyib, reklama bozorimizda product placementni totalizatorlardan boshqalar ham ishlatishi ochigʻi quvonarli hodisa.

Video: Instagram.

@hisperspective
🔥185👍3😁1🌚1