His perspective
1.49K subscribers
257 photos
23 videos
169 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
Anorbankning egasi oʻzgargani aytilmoqda

Tarmoqda tarqalayotgan maʼlumotga koʻra Qahramonjon Olimov hozirgi vaqtda Anorbank ustav kapitalining 49,38% ulushiga egalik qilmoqda.

Bankning 50.62% ulushi 2019-yilda Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan Bekamin B.V. kompaniyasiga oʻtgani aytilmoqda.

Qiziq, keys. Kuzatish kerak.

Surat: Spot.

@hisperspective
🦄42🔥1
Tom ma’noda ushbu yil “g‘oliblari”ni saralab chiqamiz

2025-yil yakuniga yetishiga yaqin qolmoqda va barcha platforma, kompaniyalar yil sarhisobini taqdim etmoqda. Jumladan, biz ham aynan 25-dekabr sanasida 2025-yilda boʻlgan 5 ta yil voqealigini sanab oʻtishni joiz deb bildik.

Yil xaridi — TBC Bank Group tomonidan BILLZ startapining nazorat paketini 9 mln dollarga sotib olishini.
Yil mojorosi — Humans MChJ, bankrot deb topilishi hamda yil davomida boʻlgan sud jarayonlari uchun.
Yil investitsiyasi — Uzum, $65,5 mln bilan yangi moliyalashtirish raundini yopgani.
Yil sunʼiy intellekti — Gemini, Veo va Nano banana modullarini ishlab chiqib hayotga tatbiq etgani uchun.
Yil asoschisi — Rustam Hamdamov, BILLZ startapining nazorat paketi sotilishi ortidan millioner asoschiga aylangani uchun.

Ushbu post subyektiv xarakterga ega va muallifning kuzatuvlari asosida tayyorlangan boʻlib, xatoliklar boʻlsa kechirvorilishi joiz.

@hisperspective
🔥8
PayPal bank litsenziyasini olish uchun ariza topshiribdi

Musk va Thiel PayPal’ni taqdim etgan paytda u an’anaviy bank xizmatlariga muqobil bo‘lishi, hattoki ularni “yoʻq qilishi” haqida gaplar ko‘p bo‘lgan ekan. Bugun esa vaziyat qiziq tus oldi, PayPalning o‘zi bankka aylanish istagini bildirmoqda.

Agar ruxsat olsa, PayPal Bank kichik biznesni kreditlash yo‘nalishini yanada kengaytirishini aytyapti. Hozirgacha PayPal Amerikada $30 mlrddan ortiq miqdorda kredit va kapitalga kirish imkonini taqdim etganini ma’lum qilmoqda.

O‘zbekistonda ham fintechlar ko‘pincha banklar bilan integratsiya qilish uchun oldi-sotdi qilishyapti. Masalan, Click & Tenge Bank, Payme & TBC Bank, Paynet & HUMO.

Xulosa qilsak, fintechlar ma’lum rivojlanish bosqichidan so‘ng baribir bank infratuzilmasiga ehtiyoj sezadi. Banklar esa rivojlanishdan orqada qolmaslik uchun fintechlar berayotgan yechimlarga muhtoj.

Surat: PMW nashri.

@hisperspective
🔥52
His perspective
Anorbankning egasi oʻzgargani aytilmoqda Tarmoqda tarqalayotgan maʼlumotga koʻra Qahramonjon Olimov hozirgi vaqtda Anorbank ustav kapitalining 49,38% ulushiga egalik qilmoqda. Bankning 50.62% ulushi 2019-yilda Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan Bekamin B.V.…
Insayderlarga koʻra, Anorbankning 50.62% ulushiga egalik qilayotgan Bekamin kompaniyasi Qahramonjon Olimovning Bekmuhammad va Amina degan farzandlari nomidan olingan emish.

Ya’ni, Niderlandiyada bolalari nomiga kompaniya ochgan va O‘zbekistondagi bankning nazorat paketi aynan shu kompaniya nomiga o‘tkazilgan.

Izoh: Bu tasdiqlanmagan xabar hisoblanadi.

@hisperspective
😁7🔥32👍2
2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi.

@hisperspective
🔥52🌚1
Oshxona emas joyim “yuraging”da

Tunov kuni Q.zlar guruhining “Baland” klipida Ipak Yo‘li Banki qanday qilib product placement qilgani haqida o‘ylab qoldim. Hozir shu haqida biroz kuzatuvlarimni yozib qo‘yay.

Bilmaganlar uchun Ipak Yo‘li Bankining Women Card nomli bank kartasi bor. Ushbu karta faqat ayollarga beriladi va ayol/qizlar uchun maxsus imkoniyatlarni taqdim etadi.

“Baland” treki mustaqil, o‘z yo‘lini o‘zi belgilaydigan qiz/ayollar haqida. Bank marketologlari yoki klip rejissyori bu yerda shunchalik zo‘r ishlaganki, klipdagi product placement kreativi juda o‘rinli tushgan.

Yaʼni karta ustidagi rasmda aks etgan qizga o‘xshash guruh aʼzosi aynan shu kartani kadrda tabiiy tarzda “отсылка” qilib ketadi. Bir qarashda buni ko‘rgan tomoshabin uncha tushunmaydi ammo, ong ostida ajib bir signal yoqiladi.

Bu signal esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qilingan reklamadan ancha kuchli.

@hisperspective
🔥9❤‍🔥3👍3
ChatGPT foydalanuvchilarining 83,3 foizi bir necha daqiqa avval sunʼiy intellekt bilan yozgan matnidan hatto bitta jumlani ham eslay olmabdi

Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) o‘tkazgan tadqiqotda, ishtirokchilarning miyasi ChatGPTʼdan foydalangandan so‘ng skaner qilingan vaqtda ushbu natija qayd etilibdi.

Tadqiqot davomida miya yarimsharlari o‘rtasidagi bog‘liqlik 79 balldan 42 ballgacha keskin pasaygani ham taʼkidlanyapti.

Qiziq tomoni shundaki, sunʼiy intellektsiz mustaqil ravishda matn yozgan ishtirokchilar esa yozganlarini eslab qolishda sezilarli qiyinchilikka duch kelmagan.

Xulosa qilsak, ChatGPT ishni tezlatib, qulaylik berayotgandek ko‘rinsa-da, aslida miyada fikrlash, eslab qolish va o‘z ustida ishlash jarayonini asta-sekin sustlashtirib qo‘yishi mumkin ekan. Shu sabab, dangasalik qilmasdan mustaqil izlanishni odat qiling.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
🔥63
Qaysi sunʼiy intellekt modeliga pul to‘lab obuna bo‘lish kerak?

Tanishlarim bu savolni juda tez-tez berishadi. Qisqa javob, imkon bo‘lsa, barchasini pulli tarifda ishlatish joiz.

Masalan ChatGPT bera oladigan imkoniyatlarni Gemini, Gemini bera oladigan qulayliklarni Perplexity yaxshiroq qila olishi mumkin. Ammo, unutmaslik kerak har bir sunʼiy intellekt modelining o‘z bozori, o‘z ustun tomoni mavjud.

Shu uchun men ehtiyojga qarab bir-ikkitasini tanlab o‘tirmay, premiumʼlarni kompleks ishlataman. Masalan, Syntx.ai, Higgsfield.ai kabi bir nechta modelni bir joyga jamlagan platformalarga obuna bo‘lib olganman, bu esa turli Aiʼlarning premium imkoniyatlaridan parallel foydalanish degani.

Agar siz ham “qaysi birini premium tarifini sotib olay?” deb ikkilanib yurgan bo‘lsangiz, maslahat oddiy bitta emas, bir nechta sunʼiy intellekt modelini ishlating. Shunda sarflagan pulingiz qiymatga aylanadi, vaqt tejaladi, natija tezlashadi.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
🔥81🎉1
Urushga qarshi bitta posti sabab $20 mlrdlik biznesidan ayrilgan tadbirkor haqida

Rossiyada birorta filliali bo‘lmasdan muvaffaqiyatga erishgan Tinkoff bank asoschisi Oleg Tinkoff haqida Locals.org asoschilaridan biri Timon Afinsky xotiralari bilan bo‘lishibdi.

Qiziq joylaridan biri, Tinkoff 20 yoshida harbiy xizmatdan qaytadi. Oradan ikki oy o‘tib, u va qiz do‘sti avtobusda ketayotgan bo‘ladi. Qarshi tomondan Kamaz kelib, avtobusga uriladi. Qiz do‘sti shu zahoti vafot etadi.

Oleg tirik qoladi. Lekin o‘z shahrida yurganda hamma narsa qiz do‘stini eslatgani uchun Leningraddagi universitetga hujjat topshiradi va shahridan ketadi. Shundan so‘ng uning hayoti tubdan o‘zgaradi. 2019-yilda esa Oleg Tinkoff saraton kasalligiga chalinadi. Omon qolish ehtimoli juda past bo‘lsa-da, u taslim bo‘lmaydi va tirik qoladi. 2022-yil fevral oyida Rossiya Ukrainaga bosqinni boshlaydi.

Aprel oyida esa Tinkoff Instagram’da “Bu telba urushdan birorta ham foyda ko‘rmayapman… begunoh odamlar va askarlar o‘lyapti” mazmunida urushni keskin tanqid qilgan holda post yozadi. Postidan so‘ng Oleg Rossiyadan quviladi, bizneslari ustidan nazoratni yo‘qotadi. Shunga qaramay, hozirda u Meksika bozorida Plata loyihasini rivojlantirmoqda va erkin hayot tarzida yashamoqda.

Bu tarixdan xulosa shuki, milliardlar shunchaki aqlli bola boʻlganimiz uchun kelib qolmaydi. Pozitsiya, ambitsiya va isyonkor ruh boʻlsagina nimadirga erishish mumkin.

Surat: RIA.

@hisperspective
🔥106👍6
Alif Oʻzbekistonning xodimlarni nazorat qiladigan tizimi haqida

Oʻzbekistondagi fintechlar raqamli bozorni tubdan oʻzgartirgani kabi, xodim yollash va xodimlarni boshqarish jarayonlariga ham yangi yondashuv olib kirdi. Shunday o‘zgarishlardan birini Alif juda chiroyli yechim bilan amaliyotga tatbiq etgan.

Alifda xodimlarning ishga kelib-ketishini nazorat qiladigan tizim faqat attendance bilan cheklanmaydi. Unda xodimning kompaniya bilan qancha vaqtdan beri birga ekani, hafta davomida necha soat ofisdan ishlagani kabi ko‘rsatkichlar ham tizim orqali ko‘rinadi.

Ya’ni bu yerda maqsad “keldi-ketdi”ni shunchaki hisoblash emas, balki xodimga, “siz biz bilan falon muddatdan beri birgasiz” degan qiymatni doimiy eslatib turish hisoblanadi.

Bu kichik info ortidan xodimlarda kompaniyaga daxldorlik hissi kuchayadi, o‘zini kerakli va qadrlanayotganini his qilib turadi. Natijada javlon urib ishlaydi.

@hisperspective
🔥7👍32
His perspective
Bilmaganlar uchun Ipak Yo‘li Bankining Women Card nomli bank kartasi bor. Ushbu karta faqat ayollarga beriladi va ayol/qizlar uchun maxsus imkoniyatlarni taqdim etadi.
Ushbu fikri ojizimni Linkedinga joylagan edim, Ipak yoʻli bank tuzatish kiritdi. Women Cardni erkaklar ham olishi mumkin ekan va hozirgacha 15 mingta erkak ushbu kartani olibdi.

@hisperspective
😁95
Asaxiy Invest $5 million baholanib sarmoya olgani haqida

Imkon Ventures tomonidan Asaxiy Invest’ga sarmoya kiritilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu ma’lumotni Asaxiy internet do‘koni asoschilaridan biri Firuz Allayev ham e’lon qildi. Biroq, negadir investitsiya miqdori ochiqlanmadi.

Shunga qaramay, bozor mantiqidan kelib chiqib taxminiy hisob-kitob qilib ko‘rish mumkin.

Asaxiy Invest “Asaxiy maxteach IT va kompaniya” kommandit shirkati tarkibidagi loyiha hisoblanadi. Ushbu shirkatning 20,50% ulushi jismoniy shaxslarga tegishli, qolgan 79,5% esa asoschilar va “Asaxiy maxteach IT” MChJ tasarrufida.

Agar Imkon Ventures aynan asoschilar nazoratidagi 79,5% ulushning 5–10% qismini olgan deb faraz qilsak, taxminan $250–500 ming atrofida sarmoya kiritilgan bo‘lishi mumkin.

Albatta aytish joizki, bu amaldagi bozor metrikalaridan kelib chiqqan tahmin xolos. Sarmoya miqdori rasmiy eʼlon qilinmagan.

Toʻgʻrisi sarmoya summasi ochiqlanmagani menga negadir gʻalati tuyuldi. Chunki loyiha investitsiya platformasi hisoblanadi va uning egalik huquqlari hamda boshqa koʻrsatkichlari shaffof boʻlsa yaxshi, *imho.

@hisperspective
🔥7👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
EVOS fast-food bozoridagi raqobatchilarini yangi yil bilan tabriklabdi

Bozordagi o‘yinchilar, Bellissimo Pizza, KFC, Oqtepa Lavash, MaxWay, Papa John’s va Burger King’ga EVOS tomonidan 1 metrlik lavash sovg‘a qilingan.

“Biz hurmat va ochiqlik bozorni yanada kuchli qilishiga ishonamiz. 2026-yil barqarorlik, ilhom va oldinga ishonchli qadamlarni olib kelsin. Sog‘lom raqobatni qo‘llab-quvvatlaydigan va muloqot uchun ochiq bo‘lgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz”, — deb yozgan EVOS o‘z sahifasida.

Avvalroq, yoz oyida EVOS FeedUp bilan collab qilgan holda oʻz fillialini ochgan edi.

Ilgari xorijiy brendlarning bir-biriga bozordagi shunday iliq munosabatini ko‘rardik. O‘zbek bozoriga ham oʻzaro hurmat va doʻstona munosabat madaniyati kirib kelayotgani, ajoyib!

Video: EVOS.

@hisperspective
10🔥8👍31
Uzum ekotizimi foydalanuvchilari soni 20 mlnga yetibdi

Ekotizim matbuot xizmati xabariga koʻra, hozir Uzumda qariyb 12000 nafar odam ishlab kelmoqda ekan. 2025-yilda Uzum ekotizimi $1.5 mlrdga baholangan.

Uzumbank tomonidan hozirgacha 4 mln bank kartasi emissiya qilinibdi. Uzum Tezkor esa Oʻzbekistonning 26 shahrida ishlamoqda ekan.

Shu bilan birga, Uzum Marketda qariyb 17000 sotuvchi oʻz mahsulotlarini sotmoqda.

2022-yilda faoliyati yoʻlga qoʻyilgan biznes (ekotizim) uchun oʻta jozibador raqamlar, barakasini bersin!

Surat: Uzum.

@hisperspective
🔥102👍2
Bellissimoning “Rahmat” bilan integratsiyasi haqida

Bugun Yangi yil arafasi. Uyda ovqat qilmaslik uchun Bellissimo Pizzadan buyurtma bergandim, 30 daqiqada yetkazib berishdi. Lekin gap bu haqida emas.

Meni quvontirgani, Bellissimo yetkazib beruvchi xodimlarini oʻylab yaxshi yechim qilibdi. Yaʼni yetkazib beruvchi xodimlari uchun alohida “Rahmat” tizimi orqali “choy puli” qoldirish imkonini yaratibdi.

Ishlashi oddiy. Yetkazib berish amalga oshirilganidan soʻng, tizim avtomatik sms-xabarnoma yuboradi va unda “Rahmat” havolasi ilova qilinadi. Agar xizmat koʻrsatish sizga manzur boʻlsa, bemalol choy puli qoldirasiz. Ajoyib!

Bugungidek ko‘pchilik dam olayotgan paytda ishlayotgan insonlarga, rostakamiga rahmat aytish uchun juda foydali yechim. Qolaversa, xodimning toʻliq motivatsiya bilan oʻz ishini maksimum darajada qilishiga yaxshi turtki bu, *imho. Sinab ko‘ring.

P/s: Oʻzbek tilida sms-xabarnoma kelmasligi-ga esa tushunmadim, qoʻyinki men Bellissimo ilovasini toʻliq oʻzbek tilida ishlataman. Buni bazadan aniqlab, xabarnomani foydalanuvchi tanlagan tilda yuborishsa ancha samarali ishlardimi, bilmadim.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
1🔥10👍3
Sun’iy intellekt oʻzbek estradasiga ham kirib kelibdi

Suno’dan foydalanib trek qilib koʻrganimda striming platformalar uchun eski nostalgik ashulalarni cover talqinida joylashni oʻylagan edim.

Kimdir shu ishni boshlabdi. Musiqa eshitib tursam pleylistda Sun’iy Qiz nomi bilan trek chiqib qoldi. Eshitsam Suno Aiʼdagi qiz ovozining oʻzi. Qiziq tomoni tekshirsam 10-dekabrda reliz boʻlgan bu trek Yandex.Musicʼda 8000 marotaba oylik eshituvchilarga ega boʻlibdi.

Suno Aiʼdagi bu ovozda qilingan “Снегурочка” treki bilan rus internetida katta shovqin koʻtarilgan edi. Aynan shu trekni ham oʻzimizni Sun’iy qizimiz oʻzbekcha aytibdi.

Ishqilib bunaqa tempdagi rivojlanish yaxshimi yoki yomon bilmayman, biroq temp juda tezligidan odam yetib ulgura olishi qiyinlashyapti.

Surat: Apple Music.

@hisperspective
🔥72
Sunʼiy intellekt bilan tajriba qilib koʻrdim

Xullas, mana bu yerdagi kuzatuvimdan soʻng, oʻzim ham nimadir qilib koʻrgim keldi va sinov uchun ishni boshladim.

Dastlab Suno AI’da “artist” yaratdim, uni o‘zim yoqtiradigan uslublarga moslab sozladim. Keyin birinchi trek “Bor”ni tayyorladik va reliz uchun distribyutorga yukladim.

Trek distribyutorda 2 kun moderatsiyada turdi. “Bo‘ldi, endi reliz ham bo‘lmasa kerak”, deb turgan paytimda elektron pochtamga “Birinchi relizingiz bilan tabriklaymiz” degan xat keldi. Evrika!

Bu jarayonda men faqat prompt berdim qolganini sun’iy intellektlar bajardi. Muqovani Nano Banana tayyorladi, matnlarni ChatGPT silliqlab berdi, Suno esa kuy bastalab, yakuniy mahsulotga aylantirdi.

Natijada esa oʻzbek tinglovchisi har besh daqiqada trek yoza oladigan Asila nomli xonandaga ega boʻldi.

Surat: Apple Music.

@hisperspective
🔥10🎉21