His perspective
1.49K subscribers
257 photos
23 videos
169 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
Linkedin yil sarhisobini eʼlon qildi

2025-yilda yozgan postlarim orqali 1150 ta reaksiya yigʻibman.

Yil davomida esa Yandex Oʻzbekiston sobiq GR direktori, ayni damda Yandex Oʻzbekiston strategik rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Sardor Qodirovning sahifasini qiziqib kuzatibman.

Maʼlumot uchun, yil sarhisobini Linkedinning mobile applari orqali koʻrish mumkin.

@hisperspective
4🔥1
Yandex Go va WB Taxini solishtirib koʻrdim

Bir xil manzil, bir xil tarifda Yandex Go baribir arzonroq chiqyapti. WB Taxiʼda onlayn xarita 2Gis orqali ekan.

Mayli kuzataylikchi nimalar boʻladi.

@hisperspective
4❤‍🔥2👍1🔥1
Mirzodan maktub
Bir rus tilli bloger esa elchi Henikdan rus tilida intervyu olib, hatto aynan rus tilida javob berishini soʻradi, elchiga rahmat, masalan, u ruscha javob qaytarmadi.
Mana bu yerda Mirzayor Erkinov (Mirzozominiy) yangi ochilgan Burger Kingdagi ruscha menyu, qadoq haqida o‘rinli fikr bildiribdilar.

Lekin, hatto Amerikaliklar oʻzbeklar bilan qilgan loyihadagi kontent tili ruscha bo‘lib turgan bir vaqtda. Xususiy biznesdan nimani kutish kerak tushuna olmayapman men.

AQSh elchixonasi shou-biznes vakillari bilan qilayotgan bir loyihaning birinchi sonida Yalla guruhi solisti Farruh Zokirov chiqganlarida men Farruh aka ingliz tilini bilmaganlariga ruscha gaplashishibdi-da degandim.

Biroq, Q.zlar guruhi bilan qilingan ikkinchi qism ham ruscha. Katta ehtimol bilan loyihani amalga oshirish topshirilgan prodakshn jamoa rusiyzabon bo‘lganiga o‘zbeklar ishtirok etgan AQSh elchixonasi loyihasi ruscha olingan.

Ishqilib, rus tilida muloqot qilish qulay bo‘lgan mutaxassislar sabab menimcha bu taqlid ruscha kontent, marketing yurishlari va biznes amaliyotlari bo‘lyapti. Yana bilmadim.

@hisperspective
😁3🦄3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz sabab ishsiz qoldingiz, uzr tariqasida 65% chegirma beramiz

Oʻtgan hafta higgsfield.ai asoschisi Alex Mashrabov Toshkentga kelib, oʻz bilim-tajribasi bilan ulashib ketgani haqida eshitgandirsiz.

Shu tadbir bahona bu startap va asoschi haqida biroz re-search qildim hamda qiziq keysga duch keldim.

Xullas, higgsfield.ai sabab 100 mingdan ortiq ish o‘rinlari yo‘qqa chiqgan. Noyabr oyida esa startap buni tan olib, odamlardan uzr so‘ragan.

Ajablanarlisi esa higgsfield.ai xodimlari bir oylik ish haqlaridan voz kechib, barcha tariflar boʻyicha narxlar pasayishiga oʻz hissalarini qoʻshishini bildirishgan.

Bu holat ayni butun dunyoda “Black Friday” chegirmalari ketayotgan vaqt televideniyada eʼlon qilingan hamda keng jamoatchilik ichida koʻp muhokamalarga sabab boʻlgan balki, savdolar ham oshgandir. Qiziq marketing keysi.

Video: Instagram.

@hisperspective
6😁2🔥1
Bugun 100 tacha yoki undan koʻp umidli yoshlar “Founder Circle” tadbiriga keldi

Bir aka Andijondan kelibdi. Shu tadbir uchun. Taqdimotida kamchilik bisyor, shunaqa boʻlsa-da 1 daqiqa vaqt berildi. Baholi qudrat hammani ulgurganimizcha pitch qildirdik.

Qizigʻi soat 9 dan oshdi lekin, kelgan yoshlar bir-biri bilan fikr almashib, netvorking qilyapti. Bularni koʻrib odamni koʻzi quvnaydi.

Unicornlar koʻp chiqsin Oʻzbekistondan.

@hisperspective
🔥71
Rasmda Obamaning chap tomonida turgan qiz Risolat Maxsimova

Risolat Chikago universiteti talabasi va shu bilan birga, Obama Foundation scholarshipi sohibasi.

Bir oʻzbek qizi Amerika Qoʻshma Shtatlarining 44-Prezidenti bilan koʻrishib, uning fondi tomonidan tashkil etilgan scholarshipni qoʻlga kiritishini koʻradigan zamonlar ham kelganidan odamni koʻngli yorishdi.

@hisperspective
🔥127
Davlat tili masalasidagi baxslar ortidan masalan Bon! qahvaxonalar tarmogʻi yaxshi tarafga oʻzgardi

Aprel oyi boshlarida bloger Aktivist ushbu qahvaxonada oʻzbekcha xizmat koʻrsatilmasligini tanqid ostiga olganidan soʻng, Bonʼda 3 ta tilda menyu shakllantirildi. Brend zoʻr va tez munosabat bildirib oʻzbek tilida faoliyat yuritishni yaxshiladi.

Masalan, hech kim deyarli eʼtibor bermaydigan bir martalik kofe idishing qopqogʻida “ehtiyot boʻling, issiq” deb yozilishini faqat shu Bon! da koʻrdim hozircha.

Biznes isteʼmolchilarga moslashishi va hurmat qilishi, isteʼmolchi esa haqqini talab qilmogʻi, bir soʻz bilan aytganda ajoyib.

@hisperspective
🔥135🦄2👍1
Toshkentda ajib qor yog‘moqda

Taksini kutib turish bahonasida 1-2 ta rasm ham oldim.

@hisperspective
8🔥5👍2
“Dubay shokoladi”ning muvaffaqiyat tarixi haqida

Trend sifatida “Dubay shokoladi” 2023-yil oxiri 2024-yil boshida ommalashdi. Bunga asosiy turtki TikTok’dagi reaksiya videosi va uning 140 milliondan ortiq ko‘rilgani bo‘ldi.

Biroq, mahsulotning yana-da talabgir bo‘lib ketishida eng muhim omillardan biri uning cheklangan geografiyada sotilgani va nomi aynan shu hudud bilan bog‘langani edi.

Ya’ni shokolad asosan Dubayda sotilar, Dubay esa ijtimoiy tarmoqlarda hashamat, premium hayot va “zodagonlar o‘lkasi” kabi obrazlar bilan assotsiatsiya qilinadi. Qo‘shimchasiga “faqat shu yerda bor” degan eksklyuzivlik hissi esa talabni keskin oshirdi.

Bu xuddi “kotta bola” bo‘lish ilinjida qora jentra oladigan ayrim qatlamdagi odamlarda kuzatiladigan effektga o‘xshaydi. Ya’ni insonlar ko‘pincha ko‘proq pul to‘lash orqali status va e’tirof sotib olayotgandek his qiladi. Shu psixologiya fonida esa “premium” tasavvurini to‘g‘ri qurgan brendlar uchun monetizatsiya qilish ancha osonlashadi.

“Dubay shokoladi” esa aynan shu ishni qila oldi.

@hisperspective
🔥5🦄1
Bundan 3 yil oldin boshliq bilan sun’iy intellekt haqida tun-u/kun gaplashardik

Facebookga adashib kirsam 2022-yilda yozgan postimni eslatdi, aynan shu kundan boshlab sun’iy intellektni chuqurroq o‘rganishni boshlagandim.

Oradan 3 yil o‘tdi va hozir hayotimning 45-50% qismi sun’iy intellektga bog‘liq. Hayot qiziq, texnologiyalar qiziq.

Qisqasi o‘rganishdan to‘xtab qolmaslik kerak, shart.

@hisperspective
11🔥10👍3
Xalq bankining xazna mobil ilovasi 10 million foydalanuvchiga erishibdi

Bu haqda Xalq banki raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Kutliev ma’lum qildi. Uning aytishicha, ushbu natija Humo Arenada, 12 mingdan ortiq tomoshabin ishtirokida nishonlangan.

Ochig‘i, xaznadagi mavjud imkoniyatlar to‘g‘ri targ‘ib qilinganida, menimcha, bu raqam ancha oldin 20 milliondan ham oshgan bo‘lardi.

Chunki ilovada farzand tug‘ilgani uchun suyunchi puli olishdan tortib, vafot etganlar uchun dafn pulini rasmiylashtirishgacha bo‘lgan funksiyalar bor.

Agar shu va boshqa funksionallar ozgina reklama qilinganda xazna eng yirik app boʻlar edi, *imho.

Surat: Linkedin.

@hisperspective
🔥4🦄2😁1
inDrive — Qozog‘iston ishonadigan shaharlararo taksi xizmati

Qozog‘istonda juda qiziq reklama kampaniyasi chiqibdi. Gap shundaki, inDrive taksi agregatori marketologlari Qarag‘anda shahrida yashovchi tarix o‘qituvchisi Qozog‘iston Uteulinni topib, undan “qaysi shaharlararo taksi xizmatiga ishonasiz?” deb so‘rashgan.

U esa inDrive deb javob bergan. Shundan so‘ng ular reklama kommunikatsiyasini “inDrive — Qozog‘iston ishonadigan shaharlararo taksi xizmati” degan g‘oya atrofida qurishgan.

Natijada oddiy, lekin tagida mantiq bor esda qoladigan va ishonch uyg‘otadigan kuchli reklama paydo bo‘lgan. Maʼlumotlarga koʻra, Qozog‘istonda 28 nafar inson “Qozog‘iston” ismi bilan nomlangan.

Qiziq keys, masalan Oʻzbekistonda ham qaysidir xizmat oʻzini shunaqa reklama qilsa boʻlar ekan.

@hisperspective
🔥7😁4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ChatGPTʼdan yangi yil sovgʻasini oldim

Xullas, ChatGPTʼda yangi chat ochib 🎁 emojisini yuborasiz va selfie rasm yuklaysiz.

Shundan soʻng, ChatGPT yil davomidagi suhbatlaringiz asosida siz uchun qorbobodan maxsus sovgʻa videosini tayyorlaydi.

Ajoyib ekan, sinab koʻring.

@hisperspective
5🔥31
WB Taxi’da yo‘lovchi sifatida o‘tgan bir hafta (foydalanuvchi tajribasi)

15-dekabrdan buyon WB Taxi’ning faol foydalanuvchisiman. Chunki boshqa agregatorlarga qaraganda chegirmali narxlar bor. Masalan, Yandex Go’da 30–35 mingga boradigan manzillarimga WB Taxi’da bonus/chegirmalar sabab 5–10 mingga boryapman. Albatta, bu hozircha amal qiladigan qulaylik, biroq shuning o‘zi ham ancha yoqimli bo‘lyapti.

WB Taxi’da boshqalarda yo‘q funksionalni sezdim. Ya’ni, siz bir marta xizmatidan foydalangan taksi haydovchisiga 5 yulduz va yaxshi sharh qoldirsangiz, agregator o‘sha haydovchini iloji boricha sizga qayta-qayta chiqaraverar ekan. Bu menga yoqdi. Yandex va Uklon’da bunaqa qulaylikni sezmagan edim.

Shu bilan birga, dastlabki kunlarda WB Taxi haydovchilarga agregatorda onlayn bo‘lib turgani uchun soatiga 100 ming so‘mdan beribdi.

Bunda 1 ta haydovchi kuniga 12 soat onlayn bo‘lishi shart va onlayn bo‘lsa 1 200 000 so‘m oladi. Hozirda bu pulning yarmi berilayapti ekan. Menimcha buning sababi oddiy, haydovchilar kutilganidan ko‘ra ko‘payib ketgan.

Aytish joizki qo‘llab-quvvatlash xizmati hozircha yaxshi ishlayapti. Foydalanib ko‘ring.

*Suratda esa ertalab ishga borish safarimda 8 ming so‘m to‘laganim aks etgan.

@hisperspective
👍8
Burger King ikki begʻubor qalb egalarining toʻy xarajatlarini toʻlab bergani haqida

AQShning Illinoys shtatida Joel Burger va Ashley King juftligi yashagan. Joel va Ashley familiyalari qoʻshilishidan paydo boʻladigan Burger King nomi tushirilgan logotiplar oldida rasmlarga tushib yurishgan.

Unashtiruv marosimi oʻtganidan soʻng juftlik Burger Kingga murojaat qilishgan hamda toʻylariga homiylik qilishini soʻrashgan. Burger King esa juftlikning toʻyiga homiylik qilgan hamda misli koʻrilmas eʼtibor markazida qolib ketgan.

Oʻzbekistonda ham endilikda Burger King rasman mavjudligini hisobga olsak toʻyi tekinga tushishini istaydigan begʻubor qalb egalariga tekin layfhak.

@hisperspective
😁8🔥2
TBC Bank O‘zbekistonda 49,6 mlrd so‘mlik obligatsiya chiqardi va investorlar uni sotib oldi

Bu haqda TBC Uzbekistan matbuot xizmati xabar bermoqda. Xabarga ko‘ra, bank ushbu joylashtirish orqali 4,14 mln dollar (49,6 mlrd so‘m) miqdorida mablag‘ jalb qilgan.

Jarayonni Toshkentda faoliyat yurituvchi ALKES investitsiya kompaniyasi muvofiqlashtirgan va emissiya muvaffaqiyatli yakunlangan.

Soddaroq aytganda, TBC Bank oʻzbek bozoridan 49,6 mlrd so‘m qarz oldi, uni o‘z faoliyatida ishlatadi. Shartnoma shartlariga muvofiq, keyinchalik investor(lar)ga foiz to‘lab boradi hamda muddat yakunida asosiy summani qaytaradi.

Surat: Spot.

@hisperspective
41🔥1
O‘ron nimaligini bilasizmi?

Shartnomalar uchun hisob yuborish kerak bo‘lgani sabab e-imzoni o‘rnatdim va kel o‘zbek tilida ishlataman deb o‘zbekchani tanlab ishni boshladim.

Elektron imzoni ulab endi Didox'ga kiraman desam dastur o‘ronni o‘zgartir yoki yarat deb qoldi. Endi bu o‘roni nima ekan deb avval e-imzo saytida keyin googleda rosa izlanibman, vaholanki o‘ron parol emish.

Joriy yil yozida 40 ta xorijiy atama o‘zbekcha muqobillariga almashtirilgan va e-imzo dasturida bu o‘zgarishlar kiritilgan ekan.

O‘zbek tilidagi nimadir so‘zni tushunish uchun hayotimda birinchi marta Google it qildim. Evrika!

@hisperspective
1😁10🔥5
TechCrunchʼdagi doʻstlarimiz Oʻzbekiston yoʻllaridagi kameralar xavfsizligining zaifligi haqida maqola eʼlon qilishibdi

Maqolada aytilishicha, asosiy muammo, yo‘llar bo‘ylab o‘rnatilgan taxminan 100 ta kameraning avtomobillarni doimiy kuzatib, davlat raqamlari va hatto salon ichidagi yo‘lovchilar tasvirigacha qayd etadigan tizimi haqida ketmoqda.

Tadqiqotchi Anurag Sen bu tizimning parolsiz holda internetga ochiq qolganini aniqlagan. Ma’lumotlar bazasida kameralar joylashuvining GPS koordinatalari, millionlab suratlar va video lavhalar borligi aytilmoqda.

Anurag hatto misol sifatida bir avtomobilning 6 oy davomida Chirchiq–Toshkent–Eshonguzar yo‘nalishida qatnovini kuzatgan va uning umumiy marshrutini eʼlon qilgan.

Ishqilib DYHXXdagi dasturchi akalar xavfsizlik jihatidan bir test qilib teshiklarni yopib qoʻyishsa boʻladi deyishmoqda, TechCrunchdagi doʻstlarimiz.

Surat: TechCrunch veb-sayti.

@hisperspective
🔥9
TBC Uzbekistan foydalanuvchilar uchun yil sarhisobini eʼlon qilibdi

Men TBC bank xizmatlaridan 2020-yildan buyon foydalanar ekanman. Qariyb 5 yil boʻlibdi. Bungacha Hamkorbank va Kapitalbankda hisob raqam, karta ochib ishlatar edim.

TBC appga yil davomida 1000 martadan koʻp kiribman bu kuniga kamida 3 marta bank xizmatlaridan foydalanganimni anglatadi.

Qolaversa, qariyb 2 mln soʻmga yaqin Salom card bonusini olibman, bu boshqa 85% bank mijozlariga qaraganda koʻp ekan.

Ajoyib, tahlil. Siz ham oʻz natijangizni bilib oling.

@hisperspective
🔥61👍1🎉1