His perspective
1.49K subscribers
258 photos
23 videos
170 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
Avtomatlashtirish va sunʼiy intellekt farqi haqida

Shu kunlarda oʻzbek startap bozoridagi texnologik yechimlarni obdon qarab chiqyapman. Deyarli 85% ishlanmalar oʻzini “AI” deb atab olgan. Lekin, juda koʻp ishlanmalar aslida oddiy avtomatlashtirish hisoblanadi.

Soddaroq aytganda, avtomatlashtirish bu oldindan aniq belgilangan qoida va jarayonlarni tizim orqali avtomatik bajarish. Ya’ni “A bo‘lsa, B qil” tamoyili. Masalan, oddiygina Google tarjimonni olsak bu avtomatlashtirilgan mahsulot.

Yaʼni Google tarjimonda aniq soʻz boshqa tildagi aniq bir soʻzga biriktirilgan hamda tarjima bosqichida shu soʻz kelganda manabu soʻzni tarjima javobi qilib belgilab natija ber deb yozilgan boʻladi.

Xoʻsh, unda sunʼiy intellekt nima? Sunʼiy intellekt ham qisman avtomatlashtirish, faqat farqi katta maʼlumot bazasini noaniq shaklda oʻrganib maʼlum aniq javob beradi xolos.

Xulosa qilamiz, sunʼiy intellektli startap boʻlishi uchun startap nomi yoniga .ai domenini qoʻyish yoki GPT bilan integratsiya qilib yechim berish emas balki, uning mohiyatan sunʼiy intellekt ekanligini isbotlash muhim, *menimcha albatta.

@hisperspective
1🔥53👍2❤‍🔥1
Dorini sotib olish uchun retsept kerakmi-yo‘qligini bilishga foydali servis ishga tushirishibdi

Foydalanib koʻrdim. Ancha sodda va qulay qilingan. Shunchaki dori.qalb.uz saytiga kirasiz, kerakli dori nomini yozasiz va servis sizga natijani chiqarib beradi.

Vaziyatdan yaxshi foydalanishibdi. Asoschining yozishicha, foydalanuvchilar soni shu qadar ko‘p bo‘lgan ekanki, servis ishga tushganidan keyin 4 soat ichida serverlar qulab tushgan.

Kontekstdan boxabar boʻlmaganlar uchun, 10-dekabrdan boshlab Toshkent hamda O‘zbekistonning 15 ta tuman va shahrida dorilar elektron retsept asosida berilmoqda.

@hisperspective
5🔥2
Yandex Go va uning hamkorlari 11 oy davomida 6,6 trillion so‘m daromad koʻribdi

Bu haqda Yandex Oʻzbekiston strategik rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Sardor Qodirov maʼlum qildi.

Shu bilan birga, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida haydovchilarning Yandex Goʼdagi safarlardan oladigan soatlik o‘rtacha daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha 21% oshgani aytilmoqda.

Qolaversa, haydovchining Yandex Go orqali safar qilishdan olgan o‘rtacha oylik daromadi (kuniga 8 soatdan, oyiga 22 kunlik ish taqvimida) Oʻzbekiston bo‘yicha o‘rtacha 10,2 million so‘mni tashkil etibdi.

Taʼkidlash joizki bugun 15-dekabr Oʻzbekiston va boshqa davlatlarda Yandex Go haydovchilari ommaviy ish tashlash eʼlon qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Surat: Yandex Oʻzbekiston.

@hisperspective
🔥6
His perspective
Taʼkidlash joizki bugun 15-dekabr Oʻzbekiston va boshqa davlatlarda Yandex Go haydovchilari ommaviy ish tashlash eʼlon qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bugun ishga chiqgan haydovchilarni yolgʻon chaqiruv qilgan holda jazolashyapti ekan

Menimcha bu ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Ishga chiqish/chiqmaslik har kimning erkin tanlovi hamda bunga nisbatan nimadir action qilish orqali qorakoʻz oʻzbeklarga zarar yetkazilishini oqlab boʻlmaydi.

Har qanday norozilik qaysidir bir vatandoshning jabr chekishi bilan davom etmasligi shart, lozim.

@hisperspective
4🎉1
Sun’iy intellekt davrida mehnat bozorida “yashab qolish” uchun muhim 6 ta ko‘nikma

Zamon rivojlanmoqda, mehnat bozorida insonning raqobatchisi inson emas balki texnologiya boʻlib qolmoqda. Xoʻsh bunaqa vaziyatda texnologiyani “yengish” uchun nima qilsa boʻladi? Xuddi shu savol meni qiynab yurgan edi, biroz re-search qilsam Linkedindagi doʻstlarimiz bunga 2024-yilda javob topib qoʻyishgan ekan.

Linkedin oʻtkazgan soʻrovnomada Amerikadagi rahbarlarning 92% qismi soft skillslar har qanday texnologik yechimdan koʻra muhimroq ekanligini aytibdi, hamda eng muhim 6 ta koʻnikmani sanashibdi. Bu asosiy 6 koʻnikmaga, muloqot, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, emotsional intellekt, moslashuvchanlik va albatta qaror qabul qilish kirishi aytilmoqda.

Yaʼni sizga berilgan vazifa doirasida muloqotga kirishishdan qochmaydigan, emotsional intellekti yuqori, turli vaziyatlarga moslashadigan, ijodkorona qaror qabul qila oladigan va oʻziga, qilayotgan ishiga nisbatan tanqidiy fikrlashni biladigan mutaxassis boʻlsangiz, hech qanday sunʼiy intellekt mehnat bozorida oʻrningizni olib qoʻya olmaydi ekan.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
9🔥4😁4
Yandex Goʼga boykot fonida WB Taxi Oʻzbekistonda faoliyatini boshladi

Maʼlumotlarga koʻra, WB Taxi dasturini hoziroq App Store va Google Playdan yuklab olish hamda roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Foydalanish uchun maxsus saytdan kutish uchun soʻrov yuborish kerak ekan.

Kecha boʻlgan katta masshtabli boykotlar aslida WB Taxi faoliyati boshlanishi oldidan qilingan yaxshi PR degan fikr kelib qoldi menga.

Nima ham deymiz, Yandex va Wildberries rus bozorida “it-mushuk” oʻynab yurishar edi. Endilikda bu oʻyinlar oʻzbek bozorida ham davom etadi chogʻi.

Surat: Wildberries.

@hisperspective
😁43
Reklamaning eng muhim vazifalaridan biri e’tiborni tortish

Keyingilari esa brendni tanitish va sotish. Everest o‘quv markazining ushbu reklama banneri bu vazifalarni yaxshi bajaribdi.

“Aji-buji”lashib ketayotgan reklama dunyosida bejirim, oddiy yechim qilishibdi. Ajoyib.

@hisperspective
🔥132👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ChatGPT yangi rasmlarni generatsiya qilish modulini ishga tushiribdi

Mazkur model bugundan boshlab ChatGPT’ning barcha foydalanuvchilari uchun mavjud.

Model Googlening Nano Banana rasm tahrirchi modelidek yoki ayrim keyslarda undan yaxshiroq sifatni taqdim etyapti.

Use it: https://chatgpt.com/images

@hisperspective
5🔥3
Linkedin yil sarhisobini eʼlon qildi

2025-yilda yozgan postlarim orqali 1150 ta reaksiya yigʻibman.

Yil davomida esa Yandex Oʻzbekiston sobiq GR direktori, ayni damda Yandex Oʻzbekiston strategik rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Sardor Qodirovning sahifasini qiziqib kuzatibman.

Maʼlumot uchun, yil sarhisobini Linkedinning mobile applari orqali koʻrish mumkin.

@hisperspective
4🔥1
Yandex Go va WB Taxini solishtirib koʻrdim

Bir xil manzil, bir xil tarifda Yandex Go baribir arzonroq chiqyapti. WB Taxiʼda onlayn xarita 2Gis orqali ekan.

Mayli kuzataylikchi nimalar boʻladi.

@hisperspective
4❤‍🔥2👍1🔥1
Mirzodan maktub
Bir rus tilli bloger esa elchi Henikdan rus tilida intervyu olib, hatto aynan rus tilida javob berishini soʻradi, elchiga rahmat, masalan, u ruscha javob qaytarmadi.
Mana bu yerda Mirzayor Erkinov (Mirzozominiy) yangi ochilgan Burger Kingdagi ruscha menyu, qadoq haqida o‘rinli fikr bildiribdilar.

Lekin, hatto Amerikaliklar oʻzbeklar bilan qilgan loyihadagi kontent tili ruscha bo‘lib turgan bir vaqtda. Xususiy biznesdan nimani kutish kerak tushuna olmayapman men.

AQSh elchixonasi shou-biznes vakillari bilan qilayotgan bir loyihaning birinchi sonida Yalla guruhi solisti Farruh Zokirov chiqganlarida men Farruh aka ingliz tilini bilmaganlariga ruscha gaplashishibdi-da degandim.

Biroq, Q.zlar guruhi bilan qilingan ikkinchi qism ham ruscha. Katta ehtimol bilan loyihani amalga oshirish topshirilgan prodakshn jamoa rusiyzabon bo‘lganiga o‘zbeklar ishtirok etgan AQSh elchixonasi loyihasi ruscha olingan.

Ishqilib, rus tilida muloqot qilish qulay bo‘lgan mutaxassislar sabab menimcha bu taqlid ruscha kontent, marketing yurishlari va biznes amaliyotlari bo‘lyapti. Yana bilmadim.

@hisperspective
😁3🦄3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz sabab ishsiz qoldingiz, uzr tariqasida 65% chegirma beramiz

Oʻtgan hafta higgsfield.ai asoschisi Alex Mashrabov Toshkentga kelib, oʻz bilim-tajribasi bilan ulashib ketgani haqida eshitgandirsiz.

Shu tadbir bahona bu startap va asoschi haqida biroz re-search qildim hamda qiziq keysga duch keldim.

Xullas, higgsfield.ai sabab 100 mingdan ortiq ish o‘rinlari yo‘qqa chiqgan. Noyabr oyida esa startap buni tan olib, odamlardan uzr so‘ragan.

Ajablanarlisi esa higgsfield.ai xodimlari bir oylik ish haqlaridan voz kechib, barcha tariflar boʻyicha narxlar pasayishiga oʻz hissalarini qoʻshishini bildirishgan.

Bu holat ayni butun dunyoda “Black Friday” chegirmalari ketayotgan vaqt televideniyada eʼlon qilingan hamda keng jamoatchilik ichida koʻp muhokamalarga sabab boʻlgan balki, savdolar ham oshgandir. Qiziq marketing keysi.

Video: Instagram.

@hisperspective
6😁2🔥1
Bugun 100 tacha yoki undan koʻp umidli yoshlar “Founder Circle” tadbiriga keldi

Bir aka Andijondan kelibdi. Shu tadbir uchun. Taqdimotida kamchilik bisyor, shunaqa boʻlsa-da 1 daqiqa vaqt berildi. Baholi qudrat hammani ulgurganimizcha pitch qildirdik.

Qizigʻi soat 9 dan oshdi lekin, kelgan yoshlar bir-biri bilan fikr almashib, netvorking qilyapti. Bularni koʻrib odamni koʻzi quvnaydi.

Unicornlar koʻp chiqsin Oʻzbekistondan.

@hisperspective
🔥71
Rasmda Obamaning chap tomonida turgan qiz Risolat Maxsimova

Risolat Chikago universiteti talabasi va shu bilan birga, Obama Foundation scholarshipi sohibasi.

Bir oʻzbek qizi Amerika Qoʻshma Shtatlarining 44-Prezidenti bilan koʻrishib, uning fondi tomonidan tashkil etilgan scholarshipni qoʻlga kiritishini koʻradigan zamonlar ham kelganidan odamni koʻngli yorishdi.

@hisperspective
🔥127
Davlat tili masalasidagi baxslar ortidan masalan Bon! qahvaxonalar tarmogʻi yaxshi tarafga oʻzgardi

Aprel oyi boshlarida bloger Aktivist ushbu qahvaxonada oʻzbekcha xizmat koʻrsatilmasligini tanqid ostiga olganidan soʻng, Bonʼda 3 ta tilda menyu shakllantirildi. Brend zoʻr va tez munosabat bildirib oʻzbek tilida faoliyat yuritishni yaxshiladi.

Masalan, hech kim deyarli eʼtibor bermaydigan bir martalik kofe idishing qopqogʻida “ehtiyot boʻling, issiq” deb yozilishini faqat shu Bon! da koʻrdim hozircha.

Biznes isteʼmolchilarga moslashishi va hurmat qilishi, isteʼmolchi esa haqqini talab qilmogʻi, bir soʻz bilan aytganda ajoyib.

@hisperspective
🔥135🦄2👍1
Toshkentda ajib qor yog‘moqda

Taksini kutib turish bahonasida 1-2 ta rasm ham oldim.

@hisperspective
8🔥5👍2
“Dubay shokoladi”ning muvaffaqiyat tarixi haqida

Trend sifatida “Dubay shokoladi” 2023-yil oxiri 2024-yil boshida ommalashdi. Bunga asosiy turtki TikTok’dagi reaksiya videosi va uning 140 milliondan ortiq ko‘rilgani bo‘ldi.

Biroq, mahsulotning yana-da talabgir bo‘lib ketishida eng muhim omillardan biri uning cheklangan geografiyada sotilgani va nomi aynan shu hudud bilan bog‘langani edi.

Ya’ni shokolad asosan Dubayda sotilar, Dubay esa ijtimoiy tarmoqlarda hashamat, premium hayot va “zodagonlar o‘lkasi” kabi obrazlar bilan assotsiatsiya qilinadi. Qo‘shimchasiga “faqat shu yerda bor” degan eksklyuzivlik hissi esa talabni keskin oshirdi.

Bu xuddi “kotta bola” bo‘lish ilinjida qora jentra oladigan ayrim qatlamdagi odamlarda kuzatiladigan effektga o‘xshaydi. Ya’ni insonlar ko‘pincha ko‘proq pul to‘lash orqali status va e’tirof sotib olayotgandek his qiladi. Shu psixologiya fonida esa “premium” tasavvurini to‘g‘ri qurgan brendlar uchun monetizatsiya qilish ancha osonlashadi.

“Dubay shokoladi” esa aynan shu ishni qila oldi.

@hisperspective
🔥5🦄1
Bundan 3 yil oldin boshliq bilan sun’iy intellekt haqida tun-u/kun gaplashardik

Facebookga adashib kirsam 2022-yilda yozgan postimni eslatdi, aynan shu kundan boshlab sun’iy intellektni chuqurroq o‘rganishni boshlagandim.

Oradan 3 yil o‘tdi va hozir hayotimning 45-50% qismi sun’iy intellektga bog‘liq. Hayot qiziq, texnologiyalar qiziq.

Qisqasi o‘rganishdan to‘xtab qolmaslik kerak, shart.

@hisperspective
11🔥10👍3
Xalq bankining xazna mobil ilovasi 10 million foydalanuvchiga erishibdi

Bu haqda Xalq banki raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Kutliev ma’lum qildi. Uning aytishicha, ushbu natija Humo Arenada, 12 mingdan ortiq tomoshabin ishtirokida nishonlangan.

Ochig‘i, xaznadagi mavjud imkoniyatlar to‘g‘ri targ‘ib qilinganida, menimcha, bu raqam ancha oldin 20 milliondan ham oshgan bo‘lardi.

Chunki ilovada farzand tug‘ilgani uchun suyunchi puli olishdan tortib, vafot etganlar uchun dafn pulini rasmiylashtirishgacha bo‘lgan funksiyalar bor.

Agar shu va boshqa funksionallar ozgina reklama qilinganda xazna eng yirik app boʻlar edi, *imho.

Surat: Linkedin.

@hisperspective
🔥4🦄2😁1