His perspective
1.49K subscribers
256 photos
23 videos
168 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
Humans nega bunaqa ogʻir ahvolga tushib qoldi?

2022-yilning 24-may sanasida Humans UPay toʻlov tizimini sotib oladi va oʻzining ekosistemasi tarkibiga qoʻshadi. Hamma balo shundan boshlanadi.

Markaziy bank 2024-yil oktabr oyida UPay to‘lov xizmati faoliyatini olti oyga chekladi. Insayderlarga koʻra, oʻshanda cheklovlarning asosiy sababi totalizatorlarga pul toʻldirish uchun UPay toʻlov tizimi apilaridan foydalanilganida boʻlgan.

Humans ilgari barcha toʻlov tizimlaridan balansga pul qabul qilar edi. UPay sotib olinishi ortidan esa ekosistemaga tashqaridan pul kirishi cheklanadi. UPay faoliyati toʻxtatilishi esa toʻgʻridan-toʻgʻri Humans aloqa operatori foydalanuvchilari oʻz hisoblarini toʻldirishda muammoga duch kelishiga olib keldi.

Qolaversa, kompaniya Humans visa kartalaridagi pullarni aynan UPay apilaridan foydalangan holda xalqaro oʻtkazma shaklida olib chiqgani ham Octobank tomonidan aytilmoqda va bankga koʻra ayni damda Humans visa kartalaridagi pullar shunchaki sonlar emish.

Gapni qisqa qilsa, 2 mlndan ortiq foydalanuvchiga ega aloqa operatori hozirgi vaqtda tahminan $60 mln qarz yukiga ega va buni toʻlay olmaydi.

Xulosa qilsak, Humans aloqa operatoriga tegishli raqamingizni mnp.uz orqali boshqa aloqa operatoriga olib oʻting. Humans appga ulangan kartalaringiz sms-xabarnomasini bir marotaba oʻchirib yoqing, shunaqa qilsangiz appda kartalar avtomatik yechilishi kerak.

Moddiy aktivlaringiz va asablaringizni sizniki boʻlmagan muammodan himoya qiling.

@hisperspective
👍9🔥1
Oʻzbekistonda Telegram Walletʼning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtibdi

Toshkent markazidagi JW Marriott mehmonxonasida boʻlib oʻtgan marosimda, Telegram Wallet maʼsullari ishtirok etib hamyonning imkoniyatlari haqida aytib berishibdi.

Ta’kidlash joizki, Telegram Wallet (@wallet) xizmatiga 2025-yil 21-iyul kuni TGHamyon MChJ bergan ariza asosida NAPP tomonidan litsenziya rasmiy ravishda taqdim etilgan va ushbu sanadan boshlab xizmat O‘zbekiston hududida qonuniy faoliyat boshlagan.

Amalda esa Telegram Wallet ishga tushirilgan ilk kunlardan boshlab O‘zbekiston hududida faoliyat yuritib kelgan. Xususan, Hamster Combat yoki unga o‘xshash o‘yinlarni o‘ynagan aksariyat foydalanuvchilar ushbu hamyonni hech bo‘lmaganda bir marta ishlatgan.

Xulosa qilsak, Telegram Wallet orqali kripto valyutalarni endilikda erkin oldi-berdi qilish mumkin. Avvalroq, Oʻzbekistonda 2026-yil 1-yanvardan kripto oʻtkazmalar va toʻlovlarga rasman ruhsat berilishi haqida yozgan edim.

Surat: Kapital nashri.

@hisperspective
🔥6
Yandex O‘zbekiston Allplay videokontent platformasini sotib oldi

Bu haqda Yandex O‘zbekiston rahbari Izzat Shukurov ma’lum qildi.

Ushbu bitim bilan Yandex O‘zbekiston ikkinchi o‘zbek texnologik kompaniyasini xarid qilmoqda.

Bungacha kompaniya Express24 servisini sotib olib, uni o‘z ekotizimiga to‘liq integratsiya qilgan va shu bilan ovqat yetkazish bozoridagi yirik raqobatchisini yo‘q qilgan edi.

@hisperspective
🎉4
His perspective
Yandex O‘zbekiston Allplay videokontent platformasini sotib oldi Bu haqda Yandex O‘zbekiston rahbari Izzat Shukurov ma’lum qildi. Ushbu bitim bilan Yandex O‘zbekiston ikkinchi o‘zbek texnologik kompaniyasini xarid qilmoqda. Bungacha kompaniya Express24…
Xarid summasi anʼanaga ko‘ra ochiqlanmayapti. Biroq, iHamkor ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, Allplay 2024-yil davomida 44 mlrd so‘mdan biroz ko‘proq daromad topgan. Shundan kompaniya daromadining qariyb uchdan bir qismi sof foyda bo‘lib, 13 mlrd 392 mln so‘mni tashkil etgan.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, bozor metrikalari va moliyaviy ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, kelishuv qiymati taxminan 5–10 mln dollar diapazonida bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Albatta bu *imho.

@hisperspective
🦄4🔥2🎉21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yandex Go haydovchilari 15-dekabrda ish tashlashadi

Bir necha kun oldin instagram tarmogʻida Yandex Go ning rus haydovchisi xizmat komissiya foizlari oshgani hamda boriladigan masofaga nisbatan taksi narxlari keskin arzonlagani yuzasidan video joylagan.

U oʻz videosida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va boshqa bir qancha davlatlar haydovchilariga murojaat yoʻllab 15-dekabr kuni bir kun ishga chiqmaslikni soʻragan.

Natijada uning bu murojaati virusdek tarqadi va oʻzbek segmentidagi haydovchilar ham unga qoʻshilib chorlov videolarini qilishni boshlashdi. Koʻramiz, kuzatamiz, nima boʻlar ekan.

@hisperspective
3🔥18😁5
Sun’iy intellekt sabab bozorda OZU va SSD narxi qimmatlab ketdi

Ma’lumotlarga koʻra, kompyuter butlovchi qismlari narxi, ayniqsa tezkor xotira (RAM) va doimiy SSD xotira segmentida keskin narx qimmatlashi kuzatilmoqda. Malika bozorida tahminan 35-40 kun oldin $45-50 sotilgan 16Gb tezkor xotira hozirda $80 dan qimmatlab ketgan.

Bunga eng asosiy sabab qilib mikrochiplar yetishmasligi koʻrsatilmoqda. Yirik chip ishlab chiqaruvchilar (Samsung, SK Hynix, Micron) ai data markazlari uchun kerakli HBM va server DRAM’ga ustuvorlik beryapti, shu sabab oddiy PC, noutbuk va user segmentiga kamroq chip yetib kelmoqda.

Natijada Transcend, Sandisk, Lexar kabi tezkor va doimiy xotira ishlab chiqaruvchi kompaniyalar esa bu muammo sabab yetarlicha mahsulot ishlab chiqara olmayapti.

Tahlillarga koʻra, kelgusi 6 oy davomida narxlar 3-4 barobar qimmatlashi kutilyapti ekan. Ishqilib kompyuteringizni upgrade qilmoqchi boʻlsangiz yangi yilni kutmang, bugunoq qilib oling.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
4👍3🔥2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adobe dasturlari ChatGPT bilan integratsiya qilinibdi

Tushunishimcha hozirda Adobe Photoshop, Acrobat va Adobe Express dasturlaridan bevosita ChatGPT ichida bepul foydalanish mumkin.

Bu integratsiyadan soʻng, ChatGPT bilan muloqot davomida foydalanuvchilar kerakli natijani so‘z bilan taʼriflash orqali dizaynlar yaratish, rasm yoki hujjatlarni tahrirlash imkoniyati mavjud.

Sal avval Adobe kompaniyasi Photoshop 2026 yangilanishida Nano Banana bilan integratsiyani ham eʼlon qilgan edi.

@hisperspective
😁5🔥3
Eldor Shomurodov TBC Uzbekistan bilan hamkorlikni boshlabdi

Hamkorlikdan asosiy maqsad Eldor bilan birgalikda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida futbolni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etish deb iddao qilmoqda TBC Uzbekistan.

“Birgalikda biz yoshlar uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratamiz, ularning nafaqat sportchi, balki shaxs sifatida rivojlanishi va o‘sishini qo‘llab-quvvatlaymiz,” — debdi TBC Uzbekistan rahbari Nika Kurdiani.

Maʼlumot uchun, Shomurodov ASU suvlari brend elchisi hisoblanadi. TBC bilan hamkorligi esa “brend doʻsti” deb taʼriflanmoqda. Qiziq holat.

Surat: TBC Uzbekistan.

@hisperspective
🔥8🌚1
Time nashri sun’iy intellekt ekosistemasini qurayotgan odamlarni “Yil odami” deb eʼtirof etibdi

“Yil odami” — bu dunyo e’tiborini hayotimizni shakllantirayotgan shaxslarga qaratishning kuchli vositasi. Bu yil bizning hayotimizga eng katta ta’sirni ko‘rsatganlar sun’iy intellektni tasavvur qilgan, loyihalashtirgan va barpo etgan insonlar bo‘ldi deyiladi nashr xabarida.

Muqovadagi suratda tasvirlanganlar:
Mark Zuckerberg — Meta;
Lisa Su — AMD;
Elon Musk — xAI;
Jensen Huang — Nvidia;
Sam Altman — OpenAI;
Demis Hassabis — DeepMind Technologies;
Dario Amodei — Anthropic;
Fei-Fei Li — Stanford Human-Centered AI Institute, World Labs.


Maʼlumot uchun, jurnal 2024-yil odami deb Donald Trumpni tanlagan edi.

Surat: TIME.

@hisperspective
🔥4🎉2👍1
Kripto startap asoschisi 15 yilga qamalibdi

TerraUSD va Luna tokenlarining qulashi oqibatida investorlar 40 milliard dollardan ortiq zarar ko‘rganidan so‘ng, ushbu tokenlar asoschisi Do Kvon firibgarlik bo‘yicha ikki band asosida sudlangan.

Qizigʻi, Kvon Nyu-York sudida o‘z kripto kompaniyasi tomonidan chiqarilgan kriptoaktivlarni sotib olgan investorlarni ataylab chalg‘itganini tan olgan.

Sudda 58 yoshli ayol so‘zga chiqib, luna tokeniga 81 ming dollar sarmoya kiritgani, biroq undan atigi 13 dollar qolganini aytgan. U hozirda uy-joysiz ekani va ko‘chada yashayotganini ta’kidlagan.

Zarar koʻrganlarga sabr tilagan holda, kriptoaktivlarga ehtiyotkorlik bilan sarmoya qilishni tavsiya qilaman.

@hisperspective
4😁3🔥1
So‘nggi 4 oyda oltin narxi 12,6% ga qimmatlashdi

Markaziy bankning 17-sentabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, 5 grammli oltin quymasi narxi 7 553 000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 12-dekabr holatiga kelib shu quymaning narxi 8 502 000 so‘mga yetgan.

4 oy ichida bitta quyma narxi 949 ming so‘mga (qariyb bir million so‘mga) oshgan.

Ishqilib, 4 oylik narx qimmatlashishi kripto, NFT demasdan jimgina oltinga sarmoya qilib qoʻyish toʻgʻriligining yaqqol misoli desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Surat: Spot.

@hisperspective
1🔥52
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videodagi humanoidni injenerlar insoniyatga foydasi tegsin deb ishlab chiqarishgan, u esa o‘yinchi bo‘lib ketibdi

Raqsga tushayotgan robot yanglishmasam Unitree Robotics’ning G1 modeli va uning narxi tahminan $13 ming 500 turadi. Ikkinchi kuchukcha robot esa Unitree Go2 va uning narxi $2800 atrofida.

Bu robotlar narxiga yarasha nimadir foyda keltirishi kerak. Lekin, raqqos/raqqosa bo‘lib emas-da endi.

@hisperspective
😁101🔥1
Yevropa AQSh texnologik kompaniyalarini jarimaga tortishdan ko‘proq daromad ko‘ryapti

Quyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda Yevropa Ittifoqi AQSh texnologik kompaniyalaridan €3,8 mlrd miqdorida jarima undirgan.

Xuddi shu yilda esa ommaviy aksiyadorlikka ega bo‘lgan barcha Yevropa internet kompaniyalari jamlanib €3,2 mlrd korporativ soliq to‘lagan.

O‘zbekistonda ham 4 ta AQSh kompaniyasi yirik soliq to‘lovchi hisoblanar ekan.

Surat: Linkedin.

@hisperspective
👍4🔥1
Burger King rasmiy ochilishi 16-dekabr kuni boʻlib oʻtishi haqida rilslar tarqayapti

Bu haqda bir qancha mashhur restoranlar asoschisi va egasi Novikov oʻz instagram sahifasida xabar bergan. Tuzatish (Spot nashrida PR maqola ham eʼlon qilingan ekan).

Onlayn xaritaga ishonadigan boʻlsak, Burger King birinchi filliali talabalar shaharchasi yaqinidagi Alpomish muz saroyi hududida ochiladi.

Xorijdagi safarlar vaqtida Burger Kingni taʼtib koʻrgan odam sifatida aytamanki Oʻzbekiston bozorida Evos, Oqtepa Lavash bilan raqobat qilishda qiynalsa kerak.

Tahminan Domino's pizza, Papa Johnslarni oʻzimizning qorakoʻz Bellissimo yeb yutib yuborayotganidek, albatta bu *imho.

@hisperspective
4🔥2
Avtomatlashtirish va sunʼiy intellekt farqi haqida

Shu kunlarda oʻzbek startap bozoridagi texnologik yechimlarni obdon qarab chiqyapman. Deyarli 85% ishlanmalar oʻzini “AI” deb atab olgan. Lekin, juda koʻp ishlanmalar aslida oddiy avtomatlashtirish hisoblanadi.

Soddaroq aytganda, avtomatlashtirish bu oldindan aniq belgilangan qoida va jarayonlarni tizim orqali avtomatik bajarish. Ya’ni “A bo‘lsa, B qil” tamoyili. Masalan, oddiygina Google tarjimonni olsak bu avtomatlashtirilgan mahsulot.

Yaʼni Google tarjimonda aniq soʻz boshqa tildagi aniq bir soʻzga biriktirilgan hamda tarjima bosqichida shu soʻz kelganda manabu soʻzni tarjima javobi qilib belgilab natija ber deb yozilgan boʻladi.

Xoʻsh, unda sunʼiy intellekt nima? Sunʼiy intellekt ham qisman avtomatlashtirish, faqat farqi katta maʼlumot bazasini noaniq shaklda oʻrganib maʼlum aniq javob beradi xolos.

Xulosa qilamiz, sunʼiy intellektli startap boʻlishi uchun startap nomi yoniga .ai domenini qoʻyish yoki GPT bilan integratsiya qilib yechim berish emas balki, uning mohiyatan sunʼiy intellekt ekanligini isbotlash muhim, *menimcha albatta.

@hisperspective
1🔥53👍2❤‍🔥1
Dorini sotib olish uchun retsept kerakmi-yo‘qligini bilishga foydali servis ishga tushirishibdi

Foydalanib koʻrdim. Ancha sodda va qulay qilingan. Shunchaki dori.qalb.uz saytiga kirasiz, kerakli dori nomini yozasiz va servis sizga natijani chiqarib beradi.

Vaziyatdan yaxshi foydalanishibdi. Asoschining yozishicha, foydalanuvchilar soni shu qadar ko‘p bo‘lgan ekanki, servis ishga tushganidan keyin 4 soat ichida serverlar qulab tushgan.

Kontekstdan boxabar boʻlmaganlar uchun, 10-dekabrdan boshlab Toshkent hamda O‘zbekistonning 15 ta tuman va shahrida dorilar elektron retsept asosida berilmoqda.

@hisperspective
5🔥2
Yandex Go va uning hamkorlari 11 oy davomida 6,6 trillion so‘m daromad koʻribdi

Bu haqda Yandex Oʻzbekiston strategik rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Sardor Qodirov maʼlum qildi.

Shu bilan birga, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida haydovchilarning Yandex Goʼdagi safarlardan oladigan soatlik o‘rtacha daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha 21% oshgani aytilmoqda.

Qolaversa, haydovchining Yandex Go orqali safar qilishdan olgan o‘rtacha oylik daromadi (kuniga 8 soatdan, oyiga 22 kunlik ish taqvimida) Oʻzbekiston bo‘yicha o‘rtacha 10,2 million so‘mni tashkil etibdi.

Taʼkidlash joizki bugun 15-dekabr Oʻzbekiston va boshqa davlatlarda Yandex Go haydovchilari ommaviy ish tashlash eʼlon qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Surat: Yandex Oʻzbekiston.

@hisperspective
🔥6
His perspective
Taʼkidlash joizki bugun 15-dekabr Oʻzbekiston va boshqa davlatlarda Yandex Go haydovchilari ommaviy ish tashlash eʼlon qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bugun ishga chiqgan haydovchilarni yolgʻon chaqiruv qilgan holda jazolashyapti ekan

Menimcha bu ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Ishga chiqish/chiqmaslik har kimning erkin tanlovi hamda bunga nisbatan nimadir action qilish orqali qorakoʻz oʻzbeklarga zarar yetkazilishini oqlab boʻlmaydi.

Har qanday norozilik qaysidir bir vatandoshning jabr chekishi bilan davom etmasligi shart, lozim.

@hisperspective
4🎉1
Sun’iy intellekt davrida mehnat bozorida “yashab qolish” uchun muhim 6 ta ko‘nikma

Zamon rivojlanmoqda, mehnat bozorida insonning raqobatchisi inson emas balki texnologiya boʻlib qolmoqda. Xoʻsh bunaqa vaziyatda texnologiyani “yengish” uchun nima qilsa boʻladi? Xuddi shu savol meni qiynab yurgan edi, biroz re-search qilsam Linkedindagi doʻstlarimiz bunga 2024-yilda javob topib qoʻyishgan ekan.

Linkedin oʻtkazgan soʻrovnomada Amerikadagi rahbarlarning 92% qismi soft skillslar har qanday texnologik yechimdan koʻra muhimroq ekanligini aytibdi, hamda eng muhim 6 ta koʻnikmani sanashibdi. Bu asosiy 6 koʻnikmaga, muloqot, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, emotsional intellekt, moslashuvchanlik va albatta qaror qabul qilish kirishi aytilmoqda.

Yaʼni sizga berilgan vazifa doirasida muloqotga kirishishdan qochmaydigan, emotsional intellekti yuqori, turli vaziyatlarga moslashadigan, ijodkorona qaror qabul qila oladigan va oʻziga, qilayotgan ishiga nisbatan tanqidiy fikrlashni biladigan mutaxassis boʻlsangiz, hech qanday sunʼiy intellekt mehnat bozorida oʻrningizni olib qoʻya olmaydi ekan.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
9🔥4😁4
Yandex Goʼga boykot fonida WB Taxi Oʻzbekistonda faoliyatini boshladi

Maʼlumotlarga koʻra, WB Taxi dasturini hoziroq App Store va Google Playdan yuklab olish hamda roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Foydalanish uchun maxsus saytdan kutish uchun soʻrov yuborish kerak ekan.

Kecha boʻlgan katta masshtabli boykotlar aslida WB Taxi faoliyati boshlanishi oldidan qilingan yaxshi PR degan fikr kelib qoldi menga.

Nima ham deymiz, Yandex va Wildberries rus bozorida “it-mushuk” oʻynab yurishar edi. Endilikda bu oʻyinlar oʻzbek bozorida ham davom etadi chogʻi.

Surat: Wildberries.

@hisperspective
😁43
Reklamaning eng muhim vazifalaridan biri e’tiborni tortish

Keyingilari esa brendni tanitish va sotish. Everest o‘quv markazining ushbu reklama banneri bu vazifalarni yaxshi bajaribdi.

“Aji-buji”lashib ketayotgan reklama dunyosida bejirim, oddiy yechim qilishibdi. Ajoyib.

@hisperspective
🔥132👍1