His perspective
1.49K subscribers
256 photos
23 videos
168 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
Samarqandda qoʻy boqib yurgan bola “humanoid”larni boshqaradigan platforma yaratish uchun $2.5 mln sarmoya olgan

Rasmdagi yigit Sanjar Otamurodov. U hozir jahon robototexnikasi sohasidagi eng ambit­si­yali loyihalardan biri Humanola platformasini yaratmoqda.

Humanola — robotlarni masofadan boshqarish uchun mo‘ljallangan, fizik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishga qaratilgan to‘liq infratuzilmali platforma. Uning yechimi robototexnika kompaniyalariga rivojlanishni tezlashtirish imkonini beradi.

Platforma haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin.

Quvonarli tomoni shundaki, Sanjarning ushbu loyihasiga sarmoya kiritganlar orasida bir qator xalqaro venchur fondlari bilan birga o‘zbekistonlik texnotadbirkor, Express 24, MyTaxi va Workly loyihalari asoschisi Akmal Payziyev ham borligi aytilmoqda.

@hisperspective
❤‍🔥6👍4
Yandex Go Toshkent ichida dori vositalarini tez yetkazib berish xizmatini ishga tushiribdi

Aytishlaricha endilikda ilovaning do‘konlar (shops) bo‘limida dori mahsulotlarini buyurtma qilish mumkin. Hozircha OXYmed va Savii tarmoqlaridagi dorilarni tanlash, xaridni uyga buyurtma qilish imkoni mavjud.

Insayderlarga koʻra, yetkazib berishning o‘rtacha vaqti mahallaga qarab 25 daqiqadan boshlanar ekan.

@hisperspective
1❤‍🔥4
Afrosiyob poyezdiga bilet olganda ovqat tanlash va buyurtma berish imkoniyati qo‘shilibdi

Tez yurar poyezdga eticket.railway.uz saytidan chipta xarid qilish vaqtida, joyni tanlagandan so‘ng pastki qismdagi ovqat tanlash menyusini belgilab davom etish tugmasi bosilganda, ilova qilgan rasmimdagidek oyna ochiladi.

Ushbu oynadan taomni tanlab, oldindan buyurtma berib qo‘yish mumkin. Foydalanib ko‘ring,

@hisperspective
1👍5
Oʻzbekistondagi eng yaxshi ish beruvchilar aniqlanibdi

Eng yaxshi ish beruvchilar — Uzum, Click, Payme, TBC Bank, Yandex Uzbekistan, EPAM, Alif, Anorbank, Hamkorbank ekan.

Aytishlaricha, bu kompaniyalarda kuchli korporativ madaniyat, ochiq kommunikatsiya, qulay mehnat sharoitlari va professional rivojlanish imkoniyatlari hamda yuqori maosh mavjud emish.

Taʼkidlash joizki bu kompaniyalarning aksarida tanishlarim ishlashadi va rostdan ham bu eʼtirofga loyiq deb oʻylayman (*imho).

Hammasiku mayli, menga qiziq tuyulgan jihati kompaniyalarning barchasi fintek va axborot texnologiyalari yoʻnalishida. Ishlab chiqarish yoki qurilish sohasidagi gigant kompaniyalar yoʻq.

Tadqiqotni ECOPSY Consulting kompaniyasi oʻtkazibdi.

@hisperspective
1🔥71
Cloudflare yana quladi va buning natijasida bir qancha saytlarga kirishda muammo yuzaga kelmoqda

Jumladan, Linkedin, Cloudflarening rasmiy sayti va tarmoqlar qulagani haqida maʼlumot berib turuvchi downdetector saytiga ham kirmayapti.

@hisperspective
TBC Uzbekistan Oasis Creditga 24 mlrd soʻmlik sarmoya kiritibdi

Oasis Credit har qanday maqsad uchun 1 kunda garovsiz kreditlar ajratadigan mikromoliya tashkiloti hisoblanadi.

TBC Uzbekistan avvalroq, Payme, BillZ, Olx kompaniyalarini xarid qilgan edi.

Bu ketishda oʻzbek moliya bozori toʻlaqonli gruzin birodarlarimiz qoʻl ostiga oʻtib ketadi chogʻi. Mayli, yaxshilikka boʻlsin.

P/s: sarmoya deb oldim lekin, maʼlum shartlar asosida berilgan kredit bu.

@hisperspective
🔥3👍21
Kelgusi yil 1-yanvardan kriptovalyutalarda to‘lov qilish mumkin bo‘lar ekan

Bu haqda davlat rahbarining tegishli qarori imzolanibdi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab stablecoinlar (Bitcoin, Ether va.b) bilan to‘lovlarni tartibga solishga qaratilgan maxsus “tartibga solish qumdoni” rejimi joriy etiladi.

Ushbu rejim doirasida yangi to‘lov tizimlari sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslarga tokenlashtirilgan aksiyalar va obligatsiyalarni chiqarishga ruxsat beriladi.

Soddaroq qilib aytganda, 1-yanvardan boshlab moliyaviy to‘lov operatsiyalarida kripto-aktivlardan foydalanish jarayonlariga bosqichma-bosqich o‘tish boshlanadi.

Foto: Illustrativ.

@hisperspective
🔥61
His perspective
Kelgusi yil 1-yanvardan kriptovalyutalarda to‘lov qilish mumkin bo‘lar ekan Bu haqda davlat rahbarining tegishli qarori imzolanibdi. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab stablecoinlar (Bitcoin, Ether va.b) bilan to‘lovlarni tartibga solishga qaratilgan…
Faraz qiling, 1-yanvar, osh markaziga bordingiz, choyxona palovni yedingiz, girgittondan hisobni berishini so‘radingiz va kassaga borib bitcoinda to‘lov qildingiz, ajoyib-a?)

Foto: Illustrativ.

@hisperspective
😁9🔥4
Ijtimoiy himoya agentligi “Baraka” kartasi haqida

“Baraka” — ijtimoiy nafaqalarni olish va boshqarish uchun mo‘ljallangan rasmiy karta hamda mobil ilova hisoblanadi. Kartalar “Aloqabank” va “Xalq bank” tomonidan emissiya qilinib, Visa to‘lov tizimida ishlaydi.

Karta 15 toifadagi fuqarolarga bepul beriladi. Kartaning old tomonida rekvizitlar, orqa tomonida esa shaxs ma’lumotlari joylashtirilgan.

“Baraka” kartasi orqali quyidagi ijtimoiy to‘lovlar toʻlab beriladi.

BTW, karta yil boshida chiqarilgan ekan, men yaqinda ukam stipendiya olishni boshlaganida bildim. Qulay ekan.

@hisperspective
👍8
Humans nega bunaqa ogʻir ahvolga tushib qoldi?

2022-yilning 24-may sanasida Humans UPay toʻlov tizimini sotib oladi va oʻzining ekosistemasi tarkibiga qoʻshadi. Hamma balo shundan boshlanadi.

Markaziy bank 2024-yil oktabr oyida UPay to‘lov xizmati faoliyatini olti oyga chekladi. Insayderlarga koʻra, oʻshanda cheklovlarning asosiy sababi totalizatorlarga pul toʻldirish uchun UPay toʻlov tizimi apilaridan foydalanilganida boʻlgan.

Humans ilgari barcha toʻlov tizimlaridan balansga pul qabul qilar edi. UPay sotib olinishi ortidan esa ekosistemaga tashqaridan pul kirishi cheklanadi. UPay faoliyati toʻxtatilishi esa toʻgʻridan-toʻgʻri Humans aloqa operatori foydalanuvchilari oʻz hisoblarini toʻldirishda muammoga duch kelishiga olib keldi.

Qolaversa, kompaniya Humans visa kartalaridagi pullarni aynan UPay apilaridan foydalangan holda xalqaro oʻtkazma shaklida olib chiqgani ham Octobank tomonidan aytilmoqda va bankga koʻra ayni damda Humans visa kartalaridagi pullar shunchaki sonlar emish.

Gapni qisqa qilsa, 2 mlndan ortiq foydalanuvchiga ega aloqa operatori hozirgi vaqtda tahminan $60 mln qarz yukiga ega va buni toʻlay olmaydi.

Xulosa qilsak, Humans aloqa operatoriga tegishli raqamingizni mnp.uz orqali boshqa aloqa operatoriga olib oʻting. Humans appga ulangan kartalaringiz sms-xabarnomasini bir marotaba oʻchirib yoqing, shunaqa qilsangiz appda kartalar avtomatik yechilishi kerak.

Moddiy aktivlaringiz va asablaringizni sizniki boʻlmagan muammodan himoya qiling.

@hisperspective
👍9🔥1
Oʻzbekistonda Telegram Walletʼning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtibdi

Toshkent markazidagi JW Marriott mehmonxonasida boʻlib oʻtgan marosimda, Telegram Wallet maʼsullari ishtirok etib hamyonning imkoniyatlari haqida aytib berishibdi.

Ta’kidlash joizki, Telegram Wallet (@wallet) xizmatiga 2025-yil 21-iyul kuni TGHamyon MChJ bergan ariza asosida NAPP tomonidan litsenziya rasmiy ravishda taqdim etilgan va ushbu sanadan boshlab xizmat O‘zbekiston hududida qonuniy faoliyat boshlagan.

Amalda esa Telegram Wallet ishga tushirilgan ilk kunlardan boshlab O‘zbekiston hududida faoliyat yuritib kelgan. Xususan, Hamster Combat yoki unga o‘xshash o‘yinlarni o‘ynagan aksariyat foydalanuvchilar ushbu hamyonni hech bo‘lmaganda bir marta ishlatgan.

Xulosa qilsak, Telegram Wallet orqali kripto valyutalarni endilikda erkin oldi-berdi qilish mumkin. Avvalroq, Oʻzbekistonda 2026-yil 1-yanvardan kripto oʻtkazmalar va toʻlovlarga rasman ruhsat berilishi haqida yozgan edim.

Surat: Kapital nashri.

@hisperspective
🔥6
Yandex O‘zbekiston Allplay videokontent platformasini sotib oldi

Bu haqda Yandex O‘zbekiston rahbari Izzat Shukurov ma’lum qildi.

Ushbu bitim bilan Yandex O‘zbekiston ikkinchi o‘zbek texnologik kompaniyasini xarid qilmoqda.

Bungacha kompaniya Express24 servisini sotib olib, uni o‘z ekotizimiga to‘liq integratsiya qilgan va shu bilan ovqat yetkazish bozoridagi yirik raqobatchisini yo‘q qilgan edi.

@hisperspective
🎉4
His perspective
Yandex O‘zbekiston Allplay videokontent platformasini sotib oldi Bu haqda Yandex O‘zbekiston rahbari Izzat Shukurov ma’lum qildi. Ushbu bitim bilan Yandex O‘zbekiston ikkinchi o‘zbek texnologik kompaniyasini xarid qilmoqda. Bungacha kompaniya Express24…
Xarid summasi anʼanaga ko‘ra ochiqlanmayapti. Biroq, iHamkor ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, Allplay 2024-yil davomida 44 mlrd so‘mdan biroz ko‘proq daromad topgan. Shundan kompaniya daromadining qariyb uchdan bir qismi sof foyda bo‘lib, 13 mlrd 392 mln so‘mni tashkil etgan.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, bozor metrikalari va moliyaviy ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, kelishuv qiymati taxminan 5–10 mln dollar diapazonida bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Albatta bu *imho.

@hisperspective
🦄4🔥2🎉21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yandex Go haydovchilari 15-dekabrda ish tashlashadi

Bir necha kun oldin instagram tarmogʻida Yandex Go ning rus haydovchisi xizmat komissiya foizlari oshgani hamda boriladigan masofaga nisbatan taksi narxlari keskin arzonlagani yuzasidan video joylagan.

U oʻz videosida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va boshqa bir qancha davlatlar haydovchilariga murojaat yoʻllab 15-dekabr kuni bir kun ishga chiqmaslikni soʻragan.

Natijada uning bu murojaati virusdek tarqadi va oʻzbek segmentidagi haydovchilar ham unga qoʻshilib chorlov videolarini qilishni boshlashdi. Koʻramiz, kuzatamiz, nima boʻlar ekan.

@hisperspective
3🔥18😁5
Sun’iy intellekt sabab bozorda OZU va SSD narxi qimmatlab ketdi

Ma’lumotlarga koʻra, kompyuter butlovchi qismlari narxi, ayniqsa tezkor xotira (RAM) va doimiy SSD xotira segmentida keskin narx qimmatlashi kuzatilmoqda. Malika bozorida tahminan 35-40 kun oldin $45-50 sotilgan 16Gb tezkor xotira hozirda $80 dan qimmatlab ketgan.

Bunga eng asosiy sabab qilib mikrochiplar yetishmasligi koʻrsatilmoqda. Yirik chip ishlab chiqaruvchilar (Samsung, SK Hynix, Micron) ai data markazlari uchun kerakli HBM va server DRAM’ga ustuvorlik beryapti, shu sabab oddiy PC, noutbuk va user segmentiga kamroq chip yetib kelmoqda.

Natijada Transcend, Sandisk, Lexar kabi tezkor va doimiy xotira ishlab chiqaruvchi kompaniyalar esa bu muammo sabab yetarlicha mahsulot ishlab chiqara olmayapti.

Tahlillarga koʻra, kelgusi 6 oy davomida narxlar 3-4 barobar qimmatlashi kutilyapti ekan. Ishqilib kompyuteringizni upgrade qilmoqchi boʻlsangiz yangi yilni kutmang, bugunoq qilib oling.

Surat: Illustrativ.

@hisperspective
4👍3🔥2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adobe dasturlari ChatGPT bilan integratsiya qilinibdi

Tushunishimcha hozirda Adobe Photoshop, Acrobat va Adobe Express dasturlaridan bevosita ChatGPT ichida bepul foydalanish mumkin.

Bu integratsiyadan soʻng, ChatGPT bilan muloqot davomida foydalanuvchilar kerakli natijani so‘z bilan taʼriflash orqali dizaynlar yaratish, rasm yoki hujjatlarni tahrirlash imkoniyati mavjud.

Sal avval Adobe kompaniyasi Photoshop 2026 yangilanishida Nano Banana bilan integratsiyani ham eʼlon qilgan edi.

@hisperspective
😁5🔥3
Eldor Shomurodov TBC Uzbekistan bilan hamkorlikni boshlabdi

Hamkorlikdan asosiy maqsad Eldor bilan birgalikda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida futbolni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etish deb iddao qilmoqda TBC Uzbekistan.

“Birgalikda biz yoshlar uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratamiz, ularning nafaqat sportchi, balki shaxs sifatida rivojlanishi va o‘sishini qo‘llab-quvvatlaymiz,” — debdi TBC Uzbekistan rahbari Nika Kurdiani.

Maʼlumot uchun, Shomurodov ASU suvlari brend elchisi hisoblanadi. TBC bilan hamkorligi esa “brend doʻsti” deb taʼriflanmoqda. Qiziq holat.

Surat: TBC Uzbekistan.

@hisperspective
🔥8🌚1
Time nashri sun’iy intellekt ekosistemasini qurayotgan odamlarni “Yil odami” deb eʼtirof etibdi

“Yil odami” — bu dunyo e’tiborini hayotimizni shakllantirayotgan shaxslarga qaratishning kuchli vositasi. Bu yil bizning hayotimizga eng katta ta’sirni ko‘rsatganlar sun’iy intellektni tasavvur qilgan, loyihalashtirgan va barpo etgan insonlar bo‘ldi deyiladi nashr xabarida.

Muqovadagi suratda tasvirlanganlar:
Mark Zuckerberg — Meta;
Lisa Su — AMD;
Elon Musk — xAI;
Jensen Huang — Nvidia;
Sam Altman — OpenAI;
Demis Hassabis — DeepMind Technologies;
Dario Amodei — Anthropic;
Fei-Fei Li — Stanford Human-Centered AI Institute, World Labs.


Maʼlumot uchun, jurnal 2024-yil odami deb Donald Trumpni tanlagan edi.

Surat: TIME.

@hisperspective
🔥4🎉2👍1
Kripto startap asoschisi 15 yilga qamalibdi

TerraUSD va Luna tokenlarining qulashi oqibatida investorlar 40 milliard dollardan ortiq zarar ko‘rganidan so‘ng, ushbu tokenlar asoschisi Do Kvon firibgarlik bo‘yicha ikki band asosida sudlangan.

Qizigʻi, Kvon Nyu-York sudida o‘z kripto kompaniyasi tomonidan chiqarilgan kriptoaktivlarni sotib olgan investorlarni ataylab chalg‘itganini tan olgan.

Sudda 58 yoshli ayol so‘zga chiqib, luna tokeniga 81 ming dollar sarmoya kiritgani, biroq undan atigi 13 dollar qolganini aytgan. U hozirda uy-joysiz ekani va ko‘chada yashayotganini ta’kidlagan.

Zarar koʻrganlarga sabr tilagan holda, kriptoaktivlarga ehtiyotkorlik bilan sarmoya qilishni tavsiya qilaman.

@hisperspective
4😁3🔥1
So‘nggi 4 oyda oltin narxi 12,6% ga qimmatlashdi

Markaziy bankning 17-sentabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, 5 grammli oltin quymasi narxi 7 553 000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 12-dekabr holatiga kelib shu quymaning narxi 8 502 000 so‘mga yetgan.

4 oy ichida bitta quyma narxi 949 ming so‘mga (qariyb bir million so‘mga) oshgan.

Ishqilib, 4 oylik narx qimmatlashishi kripto, NFT demasdan jimgina oltinga sarmoya qilib qoʻyish toʻgʻriligining yaqqol misoli desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Surat: Spot.

@hisperspective
1🔥52
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videodagi humanoidni injenerlar insoniyatga foydasi tegsin deb ishlab chiqarishgan, u esa o‘yinchi bo‘lib ketibdi

Raqsga tushayotgan robot yanglishmasam Unitree Robotics’ning G1 modeli va uning narxi tahminan $13 ming 500 turadi. Ikkinchi kuchukcha robot esa Unitree Go2 va uning narxi $2800 atrofida.

Bu robotlar narxiga yarasha nimadir foyda keltirishi kerak. Lekin, raqqos/raqqosa bo‘lib emas-da endi.

@hisperspective
😁101🔥1