His perspective
1.49K subscribers
257 photos
23 videos
169 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbek mediasiga zamonaviy texnologiyalarni tushunadigan hamda zamon bilan hamnafas kontent mualliflari, jurnalist, muxbir va boshqa media vakillari juda-juda kerak.

@hisperspective
😁5🔥3
Markaziy bank qoshida $50 mln jamgʻarmaga ega venchur fondi faoliyati yoʻlga qoʻyilar ekan

Mazkur fond resurslari hisobga olinganda, O‘zbekistonda startaplarga yo‘naltirilayotgan umumiy investitsiya portfeli $195 millionga yetmoqda. Bungacha kapital bozorda faoliyat yuritgan 11 ta mahalliy ishtirokchining venchur investitsiya hajmi $145 millionni tashkil etgan edi.

Shu bilan birga, moliyaviy texnologiyalar segmentini rivojlantirish maqsadida $1 milliard miqdorida xorijiy kapital jalb etilishi belgilangan.

Xulosa qilsak, startaperlar uchun 14 224 590 000 000 (o‘n to‘rt trillion ikki yuz yigirma to‘rt milliard besh yuz to‘qson million) soʻm pul ajratilmoqda.

Endi ham startap qilmasa boʻlmaydi menimcha.

@hisperspective
🔥3
Founders circle - founderlardan founderlarga

Bugun ishdan shosha-pisha chiqib startapchilar yig‘iladigan mitapga bordim. Menga yoqdi, rasm olish barobarida yoshlarni tingladim. 1-2 ta qiziq g‘oyalar bor.

Pitch qilganlar yoshi o‘rtacha 18-21 yosh va bu yoshlar oddiy emas, o‘ziga ishongan nimadir “dvij” qilishni istayotgan founder yoshlar.

Elzodxon yaxshi ish boshlaganini o‘ziga aytish esimdan chiqibdi, shunga ilova qilgan rasmlarimda Elzodxon ko‘p :)

@hisperspective
🔥52
Suvsiz mintaqada joylashish ham bir ekologik “qarg‘ish” o‘zi

Rasmda Qozog‘iston, Olmaota shahri. Qiziq jihati shundaki rasm 2014-yil olingan. Rasm muallifi Igors Jefimovs.

@hisperspective
🔥41👍1
Elon Musk sunʼiy intellektni regulatsiya qilib turish haqida qiziq gaplar aytibdi

Umuman olganda podkast yaxshi. Asosiy suhbat mavzusi X (sobiq Twitter) boʻlibdi. Hindcha aksentdagi inglizchaga toqatingiz boʻlsa koʻring, havola: https://www.youtube.com/watch?v=Rni7Fz7208c

@hisperspective
🔥4😁1
Texnologik kompaniyalar uchun Angliya va Uels huquq normalariga asoslangan Markaz faoliyati yoʻlga qoʻyilibdi

“Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar markazi IT Park qoshida tashkil etilgan va IT Park rezidentlari hamda rezident boʻlmagan texnologik kompaniyalar huquqlarini himoya qiladi.

Sodda qilib aytganda texnologik kompaniya investorlari, taʼsischilari, egalari haq-huquqlarini endi shu Markaz qoʻriqlaydi. Bu esa venchur kapital bozori faoliyatini yana-da kengaytirishga xizmat qilishi kerak.

Yana-da soddaroq qilsak, texnologik kompaniyalarning egalik, oldi-sotdi huquqlari Markaz tarafidan oʻzbekona shaklda emas balki, britancha huquq normalari asosida koʻrib chiqiladi.

Markaz haqida 2 oy oldin Davronbek Parmonov (AloqaVentures’da direktor o‘rinbosari) Hikmat Abdurahmonov bilan boʻlgan suhbatda aytgan edi, shu suhbatda Laziz aka qiziq kontr argumentlar bergan.

@hisperspective
🔥3👍21
“Galmart” supermarketlar tarmog‘i 10 mlrd so‘m zarar ko‘rdi

iHamkor ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonning “Galmart” supermarketlar tarmog‘i Toshkent City Mall’dagi savdo nuqtasidan hozirgacha 34 mlrd 717 mln so‘m tushum olgan. Shunga qaramay, hozirda korxona umumiy hisobda 10 mlrd 590 mln so‘m zarar bilan faoliyat yuritmoqda.

Mazkur supermarket shu vaqtgacha 3,9 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘lagan. “Magnum” keysidan soʻng, qiziqish bilan ushbu supermarket faoliyatini kuzatib boryapman. Hozircha ishlari rasvo.

Rosti, bu supermarket tarmogʻi ham Park In Mallda ochilgan qoʻshnisi “Korzinka” bilan raqobatda yutqazib yopilsa kerak degan kutilmam mavjud.

@hisperspective
🔥2🎉21👍1
DeepSeek GPT-5 dan kuchli ikkita sun’iy intellekt modelini eʼlon qildi

Kuni kecha eʼlon qilingan yangi DeepSeek modellari (DeepSeek-V3.2 va DeepSeek-V3.2) oʻtkazilgan sinovlarda GPT-5-High va Claude’dan yuqori natija koʻrsatgan. Qizigʻi bu modellar butunlay bepul va ishlashi jihatidan juda arzon hisoblanadi.

Foydalanib koʻring: https://www.deepseek.com/

Foydalanish vaqtida maʼlumotlarni ulashishda ehtiyot boʻling. Ming zoʻr boʻlsa ham baribir kompartiya mahsuloti. :)

@hisperspective
🔥4
Muhrim / Муҳрим
Uchinchidan, “HET” qilgan ishni “HGT” ham qilsin — iste’molni butun tarixi bilan ko‘rsatadigan servisni tayyorlasin va xalqqa bepul taqdim etsin, chunki iste’molchilar “HGT”ga shunday xizmat ko‘rsatishi uchun qoida tariqasida allaqachon pul to‘lab bo’lgan va to’lab kelmoqda.
HGT eksklyuziv huquqga ega emas-ku, hamma dasturchilar paynet yoki Hududgaztaʼminotdan api olsa boʻladi

Bu yerda HGT faqat oqilona strategiya tanlagan: u to‘lov tizimi bozoridan emas, kommunal to‘lovlarga ixtisoslashgan segmentdan o‘rin egalladi. Shu sababli o‘z auditoriyasiga aniq qulaylik taklif qilyapti. Va buning uchun 5000 so‘m to‘lash hech nima emas oʻzi, chunki odamlar Telegram Premium uchun ham bundan ko‘proq to‘lashadi. Qolaversa, premium obuna olinganda to‘lovlarda 0,2% dan 2% gacha keshbek berilib, obuna narxi qisman yoki to‘liq qoplanishini ham inobatga olsak premium obuna foydalanuvchi uchun kerakli narsa aslida.

Lekin, Alisher akaning hissiyotlarga boy holda javob berishini yoqlab boʻlmaydi. Nu bir tarafdan tushunish mumkin. Katta jamoa, katta xarajat va sani nooʻrin ayblavorilsa tegadi-da.

Nima ham deymiz startaplar rivojlansin, yashasin, tushunmovchiliklar tezda barham topsin.

@hisperspective
🔥8🌚1
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
DeepSeek va boshqa sunʼiy intellektlar muvaffaqiyatidan soʻng ChatGPTʼda “qizil kod” eʼlon qilinibdi

Bu haqda Financial Times va bir qancha xorijiy nashrlar kechadan beri yozyapti. Sam Altman xodimlariga yuborgan korporativ maktubida: “ChatGPT uchun hal qiluvchi palladamiz,” deya ta’kidlagan ekan.

Bunga asosiy sabab sifatida raqobatchilarning oʻz sunʼiy intellekt modellariga mlrdlab dollar mablagʻ yoʻnaltirishi hamda bu orqali yuqori natijalarga erishayotgani koʻrsatilmoqda. OpenAi da esa hozircha vaziyat rasvo. Kompaniya mavjudligidan to ayni damgacha zarar bilan ishlamoqda.

Yaʼni OpenAiʼda raqobatchilari Google, Meta, Amazon kabi moliyaviy barqarorlik mavjud emas. Bu esa ulardan ortda qolib ketishiga asosiy sabablardan biri boʻlmoqda.

Maʼlumot uchun so‘nggi baholashda OpenAi qiymati 500 mlrd dollarga yetgan (o‘tgan yil 157 mlrd edi).

Ishqilib sunʼiy intellekt bozorida kelgusi 2-3 oy juda hal qiluvchi palla boʻlsa kerak, kim yashab qolsa oʻsha oxirigacha bozorda hukmron boʻladi. Kuch-qudrat jihatidan bu tahminan Gemini boʻlsa ajab emas.

@hisperspective
🔥3👍21
Telegram akkauntga kirish uchun passkeydan foydalanish imkoniyati qo‘shilmoqda

Quvonarlisi, bu funksiyani Google, Apple, Samsung va boshqa qurilmalarning parol menejerlari qo‘llab-quvvatlaydi.

“Passkey nima o‘zi?” degan savol sizda tugʻilgan boʻlsa, passkey bu parolsiz kirish texnologiyasi, ya’ni akkauntga kirish uchun an’anaviy SMS-kod emas, balki Face ID, barmoq izi yoki qurilma paroli kifoya bo‘ladi.

Oddiy aytganda, endi Telegram akkauntga kirish uchun shaxsni Face ID, barmoq izi yoki qurilmaning o‘z paroli orqali tasdiqlash kifoya bo‘ladi.

Bu funksional hozirda mavjud akkauntga kirish muammolarini bartaraf etishi mumkin. Hozir masalan akkaunt qaysidir devaysda aktiv boʻlsa boshqa bir devaysga uni ulash biroz muammo. Biroz emas oʻta muammo.

@hisperspective
🔥52
Tokbor oʻzining raqobatchisini sotib olibdi

Kompaniyaning rasmiy bayonotida BEON aksiyalarining nazorat paketini sotib olish bo‘yicha bitim 2025-yil sentyabr oyida yakunlanganini ma’lum qilgan. iHamkor maʼlumotlariga koʻra, Tokbor BEONning 95% ulushiga egalik qiladi.

E’tiborga molik jihati shundaki, BEON bozordagi elektrostansiyalar marketpleysi bo‘lib, uning ichida Tokbor ham, boshqa raqobatchilar ham faoliyat yuritadi.

Shunday ekan, BEON’ning sotib olinishi ortidan Tokbor barcha raqobatchilarini qora tuynukdek yutib yuborishga eng katta qadamni tashladi deb hisoblasak boʻladi.

@hisperspective
🔥4🦄41
YouTube 2025-yil trendlari boʻyicha yillik hisobot chiqaribdi

Hisobotga koʻra, Amerikada eng mashhur trek Bruno Mars, Lady Gaga - Die With A Smile, eng ommabop podkast The Joe Rogan
Experience
, top kontent muallifi MrBeast boʻlibdi.

Batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

@hisperspective
🔥5
Samarqandda qoʻy boqib yurgan bola “humanoid”larni boshqaradigan platforma yaratish uchun $2.5 mln sarmoya olgan

Rasmdagi yigit Sanjar Otamurodov. U hozir jahon robototexnikasi sohasidagi eng ambit­si­yali loyihalardan biri Humanola platformasini yaratmoqda.

Humanola — robotlarni masofadan boshqarish uchun mo‘ljallangan, fizik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishga qaratilgan to‘liq infratuzilmali platforma. Uning yechimi robototexnika kompaniyalariga rivojlanishni tezlashtirish imkonini beradi.

Platforma haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin.

Quvonarli tomoni shundaki, Sanjarning ushbu loyihasiga sarmoya kiritganlar orasida bir qator xalqaro venchur fondlari bilan birga o‘zbekistonlik texnotadbirkor, Express 24, MyTaxi va Workly loyihalari asoschisi Akmal Payziyev ham borligi aytilmoqda.

@hisperspective
❤‍🔥6👍4
Yandex Go Toshkent ichida dori vositalarini tez yetkazib berish xizmatini ishga tushiribdi

Aytishlaricha endilikda ilovaning do‘konlar (shops) bo‘limida dori mahsulotlarini buyurtma qilish mumkin. Hozircha OXYmed va Savii tarmoqlaridagi dorilarni tanlash, xaridni uyga buyurtma qilish imkoni mavjud.

Insayderlarga koʻra, yetkazib berishning o‘rtacha vaqti mahallaga qarab 25 daqiqadan boshlanar ekan.

@hisperspective
1❤‍🔥4
Afrosiyob poyezdiga bilet olganda ovqat tanlash va buyurtma berish imkoniyati qo‘shilibdi

Tez yurar poyezdga eticket.railway.uz saytidan chipta xarid qilish vaqtida, joyni tanlagandan so‘ng pastki qismdagi ovqat tanlash menyusini belgilab davom etish tugmasi bosilganda, ilova qilgan rasmimdagidek oyna ochiladi.

Ushbu oynadan taomni tanlab, oldindan buyurtma berib qo‘yish mumkin. Foydalanib ko‘ring,

@hisperspective
1👍5