His perspective
1.49K subscribers
259 photos
23 videos
171 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
Alisher Navoiy rasmini Nano Banananing yangi talqinida generatsiya qilib koʻrdim. Midjourneydan ancha oʻtib ketibdi meni fikri ojizimcha.

Foydalanib koʻring: https://gemini.google.com/

@hisperspective
👍7
His perspective
Bu esa Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur rasmi generatsiyasi. @hisperspective
Choʻlponning portretini shunaqaroq ishladi. Orqa fondagi jadidlar yozuvini yaxshi joylashtirdi.

@hisperspective
🔥5
His perspective
Choʻlponning portretini shunaqaroq ishladi. Orqa fondagi jadidlar yozuvini yaxshi joylashtirdi. @hisperspective
Cho‘lponning ifloslangan Toshkent havosi bilan tasvirlangan surati taxminan mana shunday ko‘rinishga ega bo‘ladi.

@hisperspective
😁6
Toshkentda yashayotganimga yaqinda 6 yildan oshadi lekin, shaharning istalgan notanishroq joyiga borganda onlayn xaritani ochib kerakli manzilni topib olaman.

Bu men shaharni bilmasligimdan emas, bu shahar tez oʻzgarib ketayotganidan.

@hisperspective
🔥3
Partizancha marketing

Yandex taksi chaqirgandim. Avtomobil keldi, oʻtirdim, ketyapmiz, prinspi hammasi yaxshi lekin, Yandex taksi ichida mytaxi reklamasi ketyapti.

Yaqinda Wolt orqali qahva buyurtirganimda, ichidagi idish Yandex Eats reklamasiga “o‘ralgancha” yetib kelgandi.

Brendlar mijoz e’tibori uchun sokin, ammo qat’iy jang olib borayotganini ko‘rish – zavqli.

@hisperspective
2🔥1🎉1🌚1
Dam olish kunlari hali qadamim yetmagan yemakxonalarga borib koʻrish yoqadi. Kecha Travelers-coffee.uz’ga bordik.

Xizmat koʻrsatish yaxshi. Barista degan komboni olganda 3 xil kofe va suv berishar ekan. Komboda espresso, flat white va filtr kofe bor. Kombodagi hamma qahvani ichgandan keyin miyada bazm boshlandi. Rosti, qiziq tajriba boʻldi. Tavsiyu.

@hisperspective
1🔥4👍3
Telegramda kanal nomiga emoji biriktirish mumkin ekan. Uzoq o‘ylab telegram emojisini qo‘ydim.

Pul, verified belgilarini olmadi negadir ;)

@hisperspective
👍4😁2
Elzodxon Sharofaddinov
Hamma joyda bitta gap: “Startup qil! Startup boshlang!”
Xuddi bir paytlar IT o‘rgan — $1000 maosh ol degan PR kompaniyalarini eslatyapti.
Elzodxonni gapida jon bor, ayniqsa ilgari showman boʻlgan odamlar koʻrsatuv tashkil etib startup qilishni bir oddiy ishdek tushuntirayotgani meni ensamni ham qotiryapti.

Ayta olamanki startup investitsiya olishi bu jamoa va startup asoschilariga katta mas’uliyat yuklaydi aslida. Ilgari gʻoyani realizatsiya qilish uchun ishlangan boʻlsa ma’lum bozor qiymatida baholanib sarmoya olinganidan soʻng investor oldidagi majburiyatlar, haqdorlik hissi sabab 100 karra koʻp mehmat qilish talab qilinadi.

@hisperspective
👍5
Farkhod Norbaevning asablari butun ekan agar man qurgan startupdan arzimagan pul evaziga 51% soʻrashsa aniq janjal qilardim

Kecha efirni aynan shu qismi haqida gaplashgandik. Men darrov JLo jinnimi qaysi startuper kompaniya boshqaruvini bunaqa arzon berarkan degandim.

Bugun Farkhod oʻzi ma’lumot bergani yaxshi boʻldi. Bu keys hammaga dars boʻlishi lozim-u shart, menimcha. Qisqasi startupga investitsiya qilishni bilmaydigan odamlardan investor chiqmaydi.

@hisperspective
1👍51
Buxoroda men guvoh boʻlgan eng gʻalati narsa bu mahalliy doʻkonlar nomi xalqaro brendlar nomiga oʻxshash qilingani

Masalan, rasmda Miyisou turibdi. Lekin, e’tiborsiz qarasangiz Miniso deb oʻylaysiz aniq.

Doʻkonga kirsangiz Minisoda sotiladigan hamma narsani topasiz. Faqat eskilari. Agar Miniso yuristlari bu doʻkonni bilib qolsa yaxshigina ermak topadi oʻziga.

Qiziq jihati shahardagi doʻkon, savdo markazlari, kafe & restoranlarda bunaqa holatlar juda bisyor.

@hisperspective
🔥1
Aytgancha, gʻirt oʻzbek tilida gapiradigan sun’iy intellekt Aisha qariyb 1 mlrd soʻm investitsiya oldi.

@hisperspective
15
His perspective
Aytgancha, gʻirt oʻzbek tilida gapiradigan sun’iy intellekt Aisha qariyb 1 mlrd soʻm investitsiya oldi. @hisperspective
Elzodxon yaxshi biznesmen. Sarmoyani oliboq Buxoro viloyatidagi vokzalda Aisha degan kafe ham ochgan menimcha)

@hisperspective
1🔥1
Afrosiyobda 15 ming soʻmga 48 soatlik wifiga ulanish sotib oldim

Tezlik 10-15 mbps atrofida. Bemalol youtube, netflix koʻrib ketish mumkin.

Yaxshi yechim qilishibdi. Yoʻlda aloqa uzilib qolganda nima qilaman degan oʻyni bartaraf etar ekan.

@hisperspective
1🔥4
Wildberries O‘zbekistonda o‘zining yangi taksi xizmatini ishga tushirmoqda

Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.

Xabarga ko‘ra, WB Taxi 2025-yil iyun oyida 500 ming so‘m ustav kapitali bilan ro‘yxatdan o‘tgan.

Xizmatni WB Int Export va RVB LLC tashkil etgan bo‘lib, loyihaga Wildberries’ning O‘zbekistondagi rahbari Akmal Primkulov boshchilik qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, hozirda WB Taxi Belarus Respublikasida sinov rejimida ishga tushirilgan.

@hisperspective
🔥2😁1
His perspective
Wildberries O‘zbekistonda o‘zining yangi taksi xizmatini ishga tushirmoqda Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Xabarga ko‘ra, WB Taxi 2025-yil iyun oyida 500 ming so‘m ustav kapitali bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Xizmatni WB Int Export va RVB LLC…
2025-yilning 7 oyida taksi bozori aylanmasi 5 trln so‘mdan oshgan ekan

Soliq qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, oʻsha vaqtda 215 ta taksi agregatori faoliyat yuritgan va jami hisobda 262,2 mln marta yoʻlovchi tashish amalga oshirilgan.

Bozordagi asosiy oʻyinchilar Yandex, Uklon, Taxi-master hisoblanar ekan. Mytaxi va Millenium taksi oʻylaganimdan ancha past pogʻonani band etibdi, qiziq.

@hisperspective
🦄2🔥1