His perspective
1.49K subscribers
259 photos
23 videos
171 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
LEGO koʻrinishidagi Toshkent manzaralari

Avvalroq yasalgan toʻqilgan Toshkent manzaralariga qaraganda qiziq chiqdi bu talqin.

Koʻring, ulashing.

@hisperspective
14🔥2🦄1
Bugun bayrogʻimizning tugʻilgan kuni ekan

Van Gogh tirik boʻlganida shunaqa rasmlar bilan bayrogʻimizni tabriklagan boʻlar edi.

Rasmlar sunʼiy intellekt orqali yaratildi.

@hisperspective
1👍5
Cloudflare serverlari uxlagani sabab Oʻzbekistondagi bir qancha saytlarga kirishda muammo boʻlmoqda

Donwdetectorga koʻra X, Spotify, ChatGPT va boshqa global tarmoq/xizmatlarda ham uzilish kuzatilyapti.

Avvalroq, AWS serverlari sabab xuddi shunday uzilishlar kuzatilgan edi.

@hisperspective
1👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Google Gemini sunʼiy intellektining 3 versiyasini taqdim etdi

Yangi model avvalgi Gemini versiyalariga nisbatan sezilarli darajada kuchaytirilgan bo‘lib, tezlik, aniqlik va ishlash sifati bo‘yicha bir necha barobar yuqori natija ko‘rsatmoqda.

Ayniqsa, Gemini 3 Deep Think rejimi atrofida katta qiziqish mavjud bu rejim murakkab masalalarni tahlil qilish va yuqori darajadagi mantiqiy xulosalar chiqarishda sezilarli ustunlik beradi.

Xullas Gemini 3 modeli ChatGPT 5.1 ga asosiy raqobatchi sifatida qaralmoqda. Modelni Google Ai stduioda hoziroq test qilib koʻrsangiz boʻladi: https://aistudio.google.com/apps

@hisperspective
1👍3
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
1🎉10🌚1
Kontentda kuch

Shu yil bahor oylarida tanishim Linkedin sahifasini rivojlantirish masalasida aloqaga chiqdi. Linkedinda sahifani qanday rivojlantirish mumkinligini bilmasligimni lekin, 3 oy kuta olsa oʻrganib yechim topishni aytdim.

Oʻrganishga 4 oy ketdi. Natija esa ilova qilgan rasmimdek. Bunaqa qamrovga chiqish uchun atigi 7 ta maqsadli va aniq manzili bor post yozdim xolos.

Infoloʻttivozlik qilmasdan aniq reja bilan post orqali trafik yigʻish biroz qiyin lekin, maroqli baribir :)

@hisperspective
1
Audio
“Odamlar nima deydi?” treki sunʼiy intellekt talqinida

Xullas, bir tajriba qilib koʻrdim. Sunʼiy intellektga Konstaning “Odamlar nima deydi?” treki matnlarini yubordim va Ed Sheeran stilida aytishini prompt berdim.

Natijani eshitib koʻrishingiz mumkin :)

@hisperspective
😁64🌚1
Alisher Navoiy rasmini Nano Banananing yangi talqinida generatsiya qilib koʻrdim. Midjourneydan ancha oʻtib ketibdi meni fikri ojizimcha.

Foydalanib koʻring: https://gemini.google.com/

@hisperspective
👍7
His perspective
Bu esa Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur rasmi generatsiyasi. @hisperspective
Choʻlponning portretini shunaqaroq ishladi. Orqa fondagi jadidlar yozuvini yaxshi joylashtirdi.

@hisperspective
🔥5
His perspective
Choʻlponning portretini shunaqaroq ishladi. Orqa fondagi jadidlar yozuvini yaxshi joylashtirdi. @hisperspective
Cho‘lponning ifloslangan Toshkent havosi bilan tasvirlangan surati taxminan mana shunday ko‘rinishga ega bo‘ladi.

@hisperspective
😁6
Toshkentda yashayotganimga yaqinda 6 yildan oshadi lekin, shaharning istalgan notanishroq joyiga borganda onlayn xaritani ochib kerakli manzilni topib olaman.

Bu men shaharni bilmasligimdan emas, bu shahar tez oʻzgarib ketayotganidan.

@hisperspective
🔥3
Partizancha marketing

Yandex taksi chaqirgandim. Avtomobil keldi, oʻtirdim, ketyapmiz, prinspi hammasi yaxshi lekin, Yandex taksi ichida mytaxi reklamasi ketyapti.

Yaqinda Wolt orqali qahva buyurtirganimda, ichidagi idish Yandex Eats reklamasiga “o‘ralgancha” yetib kelgandi.

Brendlar mijoz e’tibori uchun sokin, ammo qat’iy jang olib borayotganini ko‘rish – zavqli.

@hisperspective
2🔥1🎉1🌚1
Dam olish kunlari hali qadamim yetmagan yemakxonalarga borib koʻrish yoqadi. Kecha Travelers-coffee.uz’ga bordik.

Xizmat koʻrsatish yaxshi. Barista degan komboni olganda 3 xil kofe va suv berishar ekan. Komboda espresso, flat white va filtr kofe bor. Kombodagi hamma qahvani ichgandan keyin miyada bazm boshlandi. Rosti, qiziq tajriba boʻldi. Tavsiyu.

@hisperspective
1🔥4👍3