His perspective
1.49K subscribers
259 photos
23 videos
171 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
Ijtimoiy tarmoqlar kuchidan toʻgʻri foydalanish haqida

Rasmdagi shaxs Zohran, Nyu-York shahrining yangi, musulmon, repper, kelib chiqishi afrikalik hind meri. U saylov kampaniyasini ijtimoiy tarmoqlarda juda oddiy, ammo agressiv formatdagi videolar orqali olib bordi

Xo‘sh, bu qanday amalga oshdi?

Javob juda oddiy. Zohran Instagram va Facebook’da aynan oddiy odamlar uchun kontent qildi. U o‘ziga o‘xshagan, saylash huquqiga ega bo‘lgan oddiy migrant backgroundi bor fuqarolarni atrofida birlashtirdi va shunchaki quruq, yoqimli vaʼdalar berishni boshladi.

Zohranning vaʼdalari:
— yangi ijtimoiy uy-joylar qurish;
— ijaraga beriladigan uylar narxini tartibga solish;
— avtobuslarda bepul harakat;
— bepul ta’lim;
— boylar va korporatsiyalar uchun soliqlarni oshirish;
— minimal ish haqini 2030 yilga borib soatiga 30 dollargacha ko‘tarish;
— arzon narxlardagi kommunal oziq-ovqat do‘konlari tarmog‘ini yaratish.


Bu vaʼdalarni 20% qismini amalda bajarishga uning oʻzining ham koʻzi yetmasa kerak lekin, moddiy qiynalgan shahar fuqarolari ogʻriqlarini aniq-tiniq vaʼda shakliga keltira olgan. Ishqilib Zohran yaxshi media xaypajor yoki jamoasida shunaqa kuchli strateg bor.

Masalan soʻnggi chiqishida oddiygina oʻzbek hamshiralariga ham rahmat deganini butun oʻzbek mediasi bong urib yoritdi. Bu esa tekin, simpatiyaga oʻynaydigan ajoyib reklama uslubi hisoblanadi.

Muxtasar qilib aytganda amerikancha saylov kampaniyalari shunaqa media oʻyinlariga toʻla. Qizigʻi bu oʻyinlarda asosiy qurol ijtimoiy tarmoqlardir.

@hisperspective
👍2
Google AI Studioʼni oʻrganing

Hozirda ko‘plab dasturchi tanishlarim Google AI Studio imkoniyatlaridan hayratda. Ushbu platforma kichik modulli tizimlarni yaratish jarayonini shunchalik soddalashtiradiki, har bir g‘oya bir necha daqiqada funksional mahsulotga aylanadi.

Masalan, garderobingizda mavjud kiyimlar rasmlarini sunʼiy intellektga yuklab outfit uchun qiziqarli tavsiyalar olishga xizmat qiladigan appni yaratish google ai studioda atigi 2 daqiqalik ish.

Shunchaki ideani yozdingiz, enter tugmasini bosdingiz va qarabsizki siz xohlagan tizimni sunʼiy intellekt bilan integratsiya qilgan holda yaratib beradi. Ushbu ideaning tayyor talqiniga havola: https://ai.studio/apps/bundled/fitcheck

Google AI Studioʼdan foydalanib koʻring: https://aistudio.google.com/

@hisperspective
1👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
LEGO koʻrinishidagi Toshkent manzaralari

Avvalroq yasalgan toʻqilgan Toshkent manzaralariga qaraganda qiziq chiqdi bu talqin.

Koʻring, ulashing.

@hisperspective
14🔥2🦄1
Bugun bayrogʻimizning tugʻilgan kuni ekan

Van Gogh tirik boʻlganida shunaqa rasmlar bilan bayrogʻimizni tabriklagan boʻlar edi.

Rasmlar sunʼiy intellekt orqali yaratildi.

@hisperspective
1👍5
Cloudflare serverlari uxlagani sabab Oʻzbekistondagi bir qancha saytlarga kirishda muammo boʻlmoqda

Donwdetectorga koʻra X, Spotify, ChatGPT va boshqa global tarmoq/xizmatlarda ham uzilish kuzatilyapti.

Avvalroq, AWS serverlari sabab xuddi shunday uzilishlar kuzatilgan edi.

@hisperspective
1👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Google Gemini sunʼiy intellektining 3 versiyasini taqdim etdi

Yangi model avvalgi Gemini versiyalariga nisbatan sezilarli darajada kuchaytirilgan bo‘lib, tezlik, aniqlik va ishlash sifati bo‘yicha bir necha barobar yuqori natija ko‘rsatmoqda.

Ayniqsa, Gemini 3 Deep Think rejimi atrofida katta qiziqish mavjud bu rejim murakkab masalalarni tahlil qilish va yuqori darajadagi mantiqiy xulosalar chiqarishda sezilarli ustunlik beradi.

Xullas Gemini 3 modeli ChatGPT 5.1 ga asosiy raqobatchi sifatida qaralmoqda. Modelni Google Ai stduioda hoziroq test qilib koʻrsangiz boʻladi: https://aistudio.google.com/apps

@hisperspective
1👍3
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
1🎉10🌚1
Kontentda kuch

Shu yil bahor oylarida tanishim Linkedin sahifasini rivojlantirish masalasida aloqaga chiqdi. Linkedinda sahifani qanday rivojlantirish mumkinligini bilmasligimni lekin, 3 oy kuta olsa oʻrganib yechim topishni aytdim.

Oʻrganishga 4 oy ketdi. Natija esa ilova qilgan rasmimdek. Bunaqa qamrovga chiqish uchun atigi 7 ta maqsadli va aniq manzili bor post yozdim xolos.

Infoloʻttivozlik qilmasdan aniq reja bilan post orqali trafik yigʻish biroz qiyin lekin, maroqli baribir :)

@hisperspective
1
Audio
“Odamlar nima deydi?” treki sunʼiy intellekt talqinida

Xullas, bir tajriba qilib koʻrdim. Sunʼiy intellektga Konstaning “Odamlar nima deydi?” treki matnlarini yubordim va Ed Sheeran stilida aytishini prompt berdim.

Natijani eshitib koʻrishingiz mumkin :)

@hisperspective
😁64🌚1
Alisher Navoiy rasmini Nano Banananing yangi talqinida generatsiya qilib koʻrdim. Midjourneydan ancha oʻtib ketibdi meni fikri ojizimcha.

Foydalanib koʻring: https://gemini.google.com/

@hisperspective
👍7
His perspective
Bu esa Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur rasmi generatsiyasi. @hisperspective
Choʻlponning portretini shunaqaroq ishladi. Orqa fondagi jadidlar yozuvini yaxshi joylashtirdi.

@hisperspective
🔥5
His perspective
Choʻlponning portretini shunaqaroq ishladi. Orqa fondagi jadidlar yozuvini yaxshi joylashtirdi. @hisperspective
Cho‘lponning ifloslangan Toshkent havosi bilan tasvirlangan surati taxminan mana shunday ko‘rinishga ega bo‘ladi.

@hisperspective
😁6
Toshkentda yashayotganimga yaqinda 6 yildan oshadi lekin, shaharning istalgan notanishroq joyiga borganda onlayn xaritani ochib kerakli manzilni topib olaman.

Bu men shaharni bilmasligimdan emas, bu shahar tez oʻzgarib ketayotganidan.

@hisperspective
🔥3
Partizancha marketing

Yandex taksi chaqirgandim. Avtomobil keldi, oʻtirdim, ketyapmiz, prinspi hammasi yaxshi lekin, Yandex taksi ichida mytaxi reklamasi ketyapti.

Yaqinda Wolt orqali qahva buyurtirganimda, ichidagi idish Yandex Eats reklamasiga “o‘ralgancha” yetib kelgandi.

Brendlar mijoz e’tibori uchun sokin, ammo qat’iy jang olib borayotganini ko‘rish – zavqli.

@hisperspective
2🔥1🎉1🌚1