His perspective
1.49K subscribers
258 photos
23 videos
170 links
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.

Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.

Aloqa uchun: @brnchuz
Download Telegram
Apple endilikda Gemini sunʼiy intellektidan foydalanish uchun Googlega yiliga $1 mlrd toʻlashi kutilyapti

Bu haqda Bloomberg manbalariga tayanib xabar tarqatdi.

Aytilishicha, shartnoma Siri ovozli yordamchisini modernizatsiya qilish, unga kontekstni chuqurroq tushunish va murakkab savollarni qayta ishlash imkoniyatini berish uchun tuzilmoqda.

Bundan avval Apple OpenAi’ning ChatGPT modeli hamda Anthropic’ning Claude modelini ham sinovdan o‘tkazgan. Biroq test natijalari bo‘yicha kompaniya yakunda Gemini modelida to‘xtagan.

Ishqilib dunyo sunʼiy intellektlashib ketyapti, man boʻlsa obedga osh yeyishni oʻylayapman hozir)

@hisperspective
3
His perspective
Apple endilikda Gemini sunʼiy intellektidan foydalanish uchun Googlega yiliga $1 mlrd toʻlashi kutilyapti Bu haqda Bloomberg manbalariga tayanib xabar tarqatdi. Aytilishicha, shartnoma Siri ovozli yordamchisini modernizatsiya qilish, unga kontekstni chuqurroq…
Lekin, iOSʼning ayni damdagi versiyasida ChatGPT bilan integratsiya turibdi, qizigʻi ChatGPT akkauntingizni ulab qoʻysangiz ham boʻladi.

Bunda Siri oʻzi yaxshi javob bera olmaydigan soʻrovlarga oshnasi, hamkasbi ChatGPTʼdan yordam soʻraydi. Qizigʻ-a, endi bu oshna Applening azaliy raqobatchisi Googlening sunʼiy intellekti boʻladi😁.

@hisperspective
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toʻqilgan 3D effektli rasm/videolarni qanday yasash mumkin?

Juda oddiy, hozir shuni oʻrganamiz.

Instagramda ilova qilganimdaqa video va shunga oʻxshash rasmlarni koʻrgan boʻlsangiz kerak. Bunaqa generativ rasm/videolar Seedream 4.0 sunʼiy intellekt bazasida ishlab chiqilmoqda.

Foydalanish juda ham oson seedream-4.com saytiga kirasiz, rasmni ilova qilgan holda quyidagi promptni berasiz:

Transform the input image into a highly detailed 3D embroidered artwork. The entire scene must look hand-stitched using colorful threads, yarn, and textile textures. Convert all objects into needle-felted miniature forms with layered embroidery. Replace all surfaces with thread patterns, soft wool textures, and stitched outlines. Use thick yarn for trees and foliage, satin-stitch texture for shiny surfaces, and dense needlework for ground and landscapes. Add subtle handcrafted imperfections characteristic of textile art. Maintain the original composition and shapes, but fully convert the visual style into a cozy, handcrafted embroidery diorama with macro-photography sharpness.


Maʼlumot oʻrnida free talqinda atigi 2 credit beradi va bunda 1 ta rasm generatsiya qilish mumkin. Sifatli va yaxshiroq kontent ishlash uchun minimalida $13.9ʼlik tarifni olishni maslahat beraman.

@hisperspective
13🔥31
O‘zi yozgan postga o‘zi layk bosish qanchalik to‘g‘ri?

2014-yildan buyun internetdan faol foydalansam doim shu savol meni qiynagan. Inson oʻzi post yozib, oʻzi birinchi layk bosishi umuman oʻzini fikrini oʻzi maʼqullashi qanchalik toʻgʻri? deb koʻp oʻylayman.

Bunaqa holatlarni asosan instagram, facebook, twitter yoki shunga oʻxshash boshqa tarmoqlarda uchrataman.

Biroz research qildim bu mavzuda. Maqolalarni oʻqidim. Oʻrganishlar shuni koʻrsatdiki odatda oʻziga nisbatan ishonchi past odamlarda bu holat kuzatilar ekan. Ular oʻzini fikrini oʻzi maʼqullab qaysidir maʼnoda oʻziga ishonch oladi.

Bu ham tarmoqlarning o‘ziga xos psixologiyasi, o‘zini namoyon qilish ehtiyoji. Soddaroq aytganda bu xuddi ilova qilgan rasmimdagi holatdek gap)

@hisperspective
1😁652
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent manzaralari 3D effektli toʻqilgan video talqinida

Toshkanli bollarga ulashing)

@hisperspective
12🔥2😁2
Ijtimoiy tarmoqlar kuchidan toʻgʻri foydalanish haqida

Rasmdagi shaxs Zohran, Nyu-York shahrining yangi, musulmon, repper, kelib chiqishi afrikalik hind meri. U saylov kampaniyasini ijtimoiy tarmoqlarda juda oddiy, ammo agressiv formatdagi videolar orqali olib bordi

Xo‘sh, bu qanday amalga oshdi?

Javob juda oddiy. Zohran Instagram va Facebook’da aynan oddiy odamlar uchun kontent qildi. U o‘ziga o‘xshagan, saylash huquqiga ega bo‘lgan oddiy migrant backgroundi bor fuqarolarni atrofida birlashtirdi va shunchaki quruq, yoqimli vaʼdalar berishni boshladi.

Zohranning vaʼdalari:
— yangi ijtimoiy uy-joylar qurish;
— ijaraga beriladigan uylar narxini tartibga solish;
— avtobuslarda bepul harakat;
— bepul ta’lim;
— boylar va korporatsiyalar uchun soliqlarni oshirish;
— minimal ish haqini 2030 yilga borib soatiga 30 dollargacha ko‘tarish;
— arzon narxlardagi kommunal oziq-ovqat do‘konlari tarmog‘ini yaratish.


Bu vaʼdalarni 20% qismini amalda bajarishga uning oʻzining ham koʻzi yetmasa kerak lekin, moddiy qiynalgan shahar fuqarolari ogʻriqlarini aniq-tiniq vaʼda shakliga keltira olgan. Ishqilib Zohran yaxshi media xaypajor yoki jamoasida shunaqa kuchli strateg bor.

Masalan soʻnggi chiqishida oddiygina oʻzbek hamshiralariga ham rahmat deganini butun oʻzbek mediasi bong urib yoritdi. Bu esa tekin, simpatiyaga oʻynaydigan ajoyib reklama uslubi hisoblanadi.

Muxtasar qilib aytganda amerikancha saylov kampaniyalari shunaqa media oʻyinlariga toʻla. Qizigʻi bu oʻyinlarda asosiy qurol ijtimoiy tarmoqlardir.

@hisperspective
👍2
Google AI Studioʼni oʻrganing

Hozirda ko‘plab dasturchi tanishlarim Google AI Studio imkoniyatlaridan hayratda. Ushbu platforma kichik modulli tizimlarni yaratish jarayonini shunchalik soddalashtiradiki, har bir g‘oya bir necha daqiqada funksional mahsulotga aylanadi.

Masalan, garderobingizda mavjud kiyimlar rasmlarini sunʼiy intellektga yuklab outfit uchun qiziqarli tavsiyalar olishga xizmat qiladigan appni yaratish google ai studioda atigi 2 daqiqalik ish.

Shunchaki ideani yozdingiz, enter tugmasini bosdingiz va qarabsizki siz xohlagan tizimni sunʼiy intellekt bilan integratsiya qilgan holda yaratib beradi. Ushbu ideaning tayyor talqiniga havola: https://ai.studio/apps/bundled/fitcheck

Google AI Studioʼdan foydalanib koʻring: https://aistudio.google.com/

@hisperspective
1👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
LEGO koʻrinishidagi Toshkent manzaralari

Avvalroq yasalgan toʻqilgan Toshkent manzaralariga qaraganda qiziq chiqdi bu talqin.

Koʻring, ulashing.

@hisperspective
14🔥2🦄1
Bugun bayrogʻimizning tugʻilgan kuni ekan

Van Gogh tirik boʻlganida shunaqa rasmlar bilan bayrogʻimizni tabriklagan boʻlar edi.

Rasmlar sunʼiy intellekt orqali yaratildi.

@hisperspective
1👍5
Cloudflare serverlari uxlagani sabab Oʻzbekistondagi bir qancha saytlarga kirishda muammo boʻlmoqda

Donwdetectorga koʻra X, Spotify, ChatGPT va boshqa global tarmoq/xizmatlarda ham uzilish kuzatilyapti.

Avvalroq, AWS serverlari sabab xuddi shunday uzilishlar kuzatilgan edi.

@hisperspective
1👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Google Gemini sunʼiy intellektining 3 versiyasini taqdim etdi

Yangi model avvalgi Gemini versiyalariga nisbatan sezilarli darajada kuchaytirilgan bo‘lib, tezlik, aniqlik va ishlash sifati bo‘yicha bir necha barobar yuqori natija ko‘rsatmoqda.

Ayniqsa, Gemini 3 Deep Think rejimi atrofida katta qiziqish mavjud bu rejim murakkab masalalarni tahlil qilish va yuqori darajadagi mantiqiy xulosalar chiqarishda sezilarli ustunlik beradi.

Xullas Gemini 3 modeli ChatGPT 5.1 ga asosiy raqobatchi sifatida qaralmoqda. Modelni Google Ai stduioda hoziroq test qilib koʻrsangiz boʻladi: https://aistudio.google.com/apps

@hisperspective
1👍3
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
1🎉10🌚1
Kontentda kuch

Shu yil bahor oylarida tanishim Linkedin sahifasini rivojlantirish masalasida aloqaga chiqdi. Linkedinda sahifani qanday rivojlantirish mumkinligini bilmasligimni lekin, 3 oy kuta olsa oʻrganib yechim topishni aytdim.

Oʻrganishga 4 oy ketdi. Natija esa ilova qilgan rasmimdek. Bunaqa qamrovga chiqish uchun atigi 7 ta maqsadli va aniq manzili bor post yozdim xolos.

Infoloʻttivozlik qilmasdan aniq reja bilan post orqali trafik yigʻish biroz qiyin lekin, maroqli baribir :)

@hisperspective
1
Audio
“Odamlar nima deydi?” treki sunʼiy intellekt talqinida

Xullas, bir tajriba qilib koʻrdim. Sunʼiy intellektga Konstaning “Odamlar nima deydi?” treki matnlarini yubordim va Ed Sheeran stilida aytishini prompt berdim.

Natijani eshitib koʻrishingiz mumkin :)

@hisperspective
😁64🌚1
Alisher Navoiy rasmini Nano Banananing yangi talqinida generatsiya qilib koʻrdim. Midjourneydan ancha oʻtib ketibdi meni fikri ojizimcha.

Foydalanib koʻring: https://gemini.google.com/

@hisperspective
👍7