Hilola Umarova
14.9K subscribers
1.37K photos
261 videos
433 links
👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Аnons
#Ikkinchi_ustozlar_forumi

📣📣Aziz ustozlar!

Sohangizda yangi marralarni egallashingiz uchun ajoyib imkoniyat!

Joriy yilning 8-9-avgust kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda "Ikkinchi ustozlar forumi" tashkil etilmoqda.

Ushbu forumdan ko‘zlangan maqsad:

✔️o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish hamda
✔️ yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab olishdan iborat.

❗️Bu hali hammasi emas! Tez orada forum sizning maktabingizga qadar yetib boradi:

📆 15-17- avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda,

📍22-24- avgust kunlari tuman va shaharlarda,

🏢 28-29 - avgust kunlari esa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.

⚡️ Ta’lim sohasining rivojiga birgalikda hissa qo‘shaylik!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Сурхондарё вилояти Сариосиё туманидаги 28- мактаб директори билан боғлиқ вазиятни шахсан ўз назоратимга олдим. Мактаб директори айни дамда маъмурий қамоқ жазосидан озод этилди.

Шу ўринда таълим соҳасида фаолият юритаётган ҳар бир шахс ўз муомала маданияти билан барчага ўрнак бўлиши лозимлигини эслатиб ўтмоқчиман.
Surxondaryodagi maktab direktori o‘z ish faoliyatini davom ettiradi!

Bugun pedagog xodimlarning obro‘ va nufuzini oshirish davlatimizning eng ustuvor vazifalaridan ekanligi barchaga ma’lum.

Davlatimiz rahbari tomonidan barcha hokimliklarga maktablarni moddiy-texnik bazasini yaxshilash va maktab jamoasi faoliyat olib borishi uchun qulay infratuzilma yaratish vazifasini topshirgan. Davlatimizda bugun olib borayotgan ta’lim sohasi xodimlarini obro‘ va nufuzini ko‘tarish kabi ustuvor siyosatini qo‘llab-quvvatlagan holda har bir rahbar xodim barcha pedagog xodimlarimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlarini, maktabda pedagog xodimlar faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga e’tibor qaratishlarini, maktabdagi ma’naviy muhit, ta’lim sifati va mazmuni bilan bog‘liq har qanday vaziyat esa vazirlik nazoratida ekanligini eslatib o‘tmoqchiman.

Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan har bir pedagog xodim davlatimiz himoyasida!
Bolalar maktabda o‘zini bexavotir va xotirjam his qilsa, albatta, bu kayfiyat ularning o‘zlashtirishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Maktabdagi ijobiy muhitni belgilovchi eng asosiy omillardan biri bu o‘qituvchilarning o‘z kasbiga muhabbati hamda jamoadagi o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatdir. Bunday maktabda taʼlim olgan bola kelajakda, albatta, o‘z yo‘lini topib, jamiyatga foyda keltiruvchi shaxs bo‘lib kamol topadi. Jamoada do‘stona muhit bo‘lsagina, ijobiy natija haqida gapirish mumkin.

Bugun Buxorodagi 2-umumtaʼlim maktabining pedagogik jamoasida ana shu do‘stona muhitning guvohi bo‘ldim. Maktab jamoasi menda juda iliq taassurot qoldirdi.

Taʼlim maskanida 20 yildan ziyod faoliyat yuritayotgan pedagoglar bor. Maktab rahbari tashabbuskor, jamoa esa juda ahil. Taʼlim maskani o‘ziga xos tarixga ega. Yangi zamonaviy bino bo‘lmasa ham, taʼlim sifati nihoyatda yuqori. Tabiiyki, maktabda o‘quvchilar ham iqtidorli. Yaqinda Xalqaro SAT imtihonida yuqori ballni qo‘lga kiritib, rekord natijani qayd etgan o‘quvchi ham aynan shu maktab bitiruvchisi Parviz Tuksanov bo‘ladi. U avvalgi yil ham IELTS imtihonida 8.5 ballni qo‘lga kiritib, tengdoshlari orasida yuqori natijani qayd etgan ekan. Parviz aynan shu maktab bitiruvchisi ekanligi yuqoridagi fikrlarimga yaqqol dalil bo‘la oladi.

Maktab jamoasi allaqachon yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. O‘ylaymanki, o‘qituvchilarning xushkayfiyati yangi o‘quv yilida ularga hamroh bo‘lib, o‘quvchilarining taʼlim-tarbiyasida ham o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#infografika

"Biz Oʼzbekiston bolalarimiz!

Biz baxtiyor bolalikda taʼlim va tarbiya olmoqdamiz".
Davlat granti uchun  ajratilgan o‘rinlarning 77 foizini joriy yilgi maktab bitiruvchilari egallagan

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda kirish imtihonlarida ishtirok etgan (jami 888 511 nafar) abituriyentlarning 303 560 nafari (31,5 foiz) umumta’lim maktablarining joriy o‘quv yilgi bitiruvchilaridir.

❗️ Ushbu bitiruvchilarning 95 497 nafari (25 foizi) joriy test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, mahalliy OTMlari talabasi bo‘lgan.

✔️Aslida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan bitiruvchilarimiz bundan ham ko‘p, har yili o‘rtacha 10-15 foiz (44 000 nafar) bitiruvchi nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lmoqda. Shu bois ayrim bitiruvchilar xususiy va xorijiy OTMlarga kirgan va test sinovlarida ishtirok etmagan.

⚡️Oliy ta’lim muassasalariga kirgan bitiruvchilar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, 2021-yilga nisbatan oliy ta’lim muassasalariga kirgan bitiruvchilar soni 14019 nafarga, 2022-yilga nisbatan esa 9 628 nafarga ortgan  (2021-yil 81478 nafar, 2022-yilda 85 869 nafar bitiruvchi OTMga kirgan).

Bitiruvchilarning oliy ta’lim qabul kvotasi uchun ajratilgan davlat granti o‘rinlarini egallash salmog‘i ham yildan-yilga ortib bormoqda. Joriy yilda davlat granti uchun  34930 ta kvota ajratilgan bo‘lsa, uning 77 foizini (26 884 nafar bitiruvchi) aynan maktab bitiruvchilari egallagan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 3,5 foizga, ya’ni 3 537 taga ko‘p (2022-yilda 23 347 nafar maktab bitiruvchilar grantga kirgan bo‘lib, ulushi 73,5% bo‘lgan).

Bitiruvchilarning bilim samaradorligi ham o‘tgan yilga nisbatan yaxshilanganligini ko‘rish mumkin. Joriy yilda  o‘rtacha ball 77,1 ni tashkil etib, 2021-yilga nisbatan qariyb 3 balga, 2022-yilga nisbatan esa 1 balga ortgan (2021-yilda 74,2 ball, 2022-yilda 76,3 ball).

Ma’lumot o‘rnida, jami abituriyentlarning o‘rtacha bali 66,7 ni tashkil etgan bo‘lsa, aynan joriy yil bitiruvchilarining o‘rtacha bali 77,1 ballni (+10,4) tashkil etmoqda.

❗️Shuni alohida qayd etish lozimki, maksimal balning 75 foizidan yuqorisini to‘plab, ijobiy natija ko‘rsatgan abituriyentlarning 68 foiz ulushi joriy yilgi bitiruvchilarga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yil 30640 nafar yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarning 20873 nafari ham maktab bitiruvchilaridir.

Shu o‘rinda minimal o‘tish ball (56,7 ball) dan past natija ko‘rsatgan abituriyentlar soni ham yildan-yilga kamayib borayotganini alohida ta’kidlash lozim. Joriy yilda jami 888 511 nafar abituriyentdan 415 159 nafari (46,7 foizi) 56.7 ballni ham to‘play olmagan bo‘lsa, ular orasida maktab bitiruvchilari 11,7 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan qariyb 4 ming nafarga kamaygan.

Natijalar kutilayotgan ko‘rsatkichlardan yiroq bo‘lishi mumkin. Biroq oxirgi yillarni tendensiyasini tahlil qilar ekanmiz, yildan-yilga bitiruvchilar qayd etayotgan natijalarda ijobiy dinamika mavjudligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.

✔️Maktab ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Bunda faqatgina maktab jamoasi hamda pedagoglarning mehnati bilan cheklanmay, farzandlarimizning bilimli bo‘lishida ota-onalarning ham o‘rni muhimligini aytib o‘tishimiz lozim.

Fursatdan foydalanib, oliy ta’lim muassasalariga kirish sinovlarida yuqori natijalarni qayd etgan barcha bitiruvchilarimiz, ularning ustozlari va ota-onalariga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qorabog‘da Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab очилди.

Mustahkam do‘stlik va birodarlik ifodasi sifatida mamlakatimiz yetakchisi 2021-yil 31-mart kuni o‘tgan Turkiy kengashning norasmiy sammitida O‘zbekiston Qorabog‘ zaminidagi yodgorliklar, madaniyat va ma’rifat maskanlarini qayta tiklashga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanini ta’kidlagan edi.

Fuzuliy shahrida 960 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan zamonaviy maktab qurilishi Prezidentimiz tashabbusining amaliy ifodasi bo‘ldi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli maktabda 40 ta sinfxona, 6 ta laboratoriya, 2 ta informatika xonasi, 5 ta funksional o‘quv xonasi, majlislar va sport zallari, oshxona, kutubxona mavjud. Futbol maydoni, dam olish va tadbirlar o‘tkazish uchun joylar, yugurish yo‘laklari tashkil qilingan.

Yangi maktab xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish, o‘sib kelayotgan ozarbayjonlik o‘g‘il-qizlarni O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatiga, buyuk ajdodlarimizning merosiga oshno qilishga xizmat qiladi.