HADISLAR🌙
2.54K subscribers
344 photos
53 videos
2 files
20 links
Rosululloh sollollohu alayhi vasallam dedilar:
Ummatimdan qaysi kishi sunnatimdan qirqta hadis yod olsa, Qiyomat kunida uni shafoatim ostiga kiritaman.
🌙 @hijratim🌙
@Baqara_255
Download Telegram
#hadis

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Alloh Pok, U poklikni yoqtiradi. Alloh Ozoda, U ozodalikni yoqtiradi. Alloh Oliyjanob, oliyjanoblikni yoqtiradi. Alloh muruvvatli, U muruvvatni yoqtiradi. Uy-joylaringizni iflos tutishingizda yahudiylarga oʻxshab qolmanglar".

Imom Termiziy rivoyat qilgan
@hijratim
#hadis

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
"Kim koʻzi ojiz kishini qirq qadam yetaklasa, Alloh yetaklovchi kishiga jannatni vojib qiladi".

Ibn Adiy rivoyati
@hijratim
#hadis

Ummul mo‘miniyn Juvayriya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ertalab subh namozi paytida uning huzuridan chiqib ketdilar. U namoz o‘qiydigan xonasida edi. So‘ngra zuho namozini o‘qib bo‘lib qaytib kelsalar, Juvayriya onamiz hali ham o‘tirgan edilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Chiqib ketganimdan beri shu holatda o‘tiribsanmi?» deb so‘radilar. Onamiz roziyallohu anho: «Ha», deya javob berdilar. «Men sendan keyin to‘rtta kalimani uch martadan aytdim, agar ular tarozida o‘lchansa, sen bugun aytgan narsalardan og‘ir keladi, – dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. – Ular
«Subhanallohi va bihamdihi ‘adada xolqihi va rizo nafsihi va zinata ‘arshihi va midaada kalimaatihi».
(Ma‘nosi: “Yaratganlarining adadicha, nafsi rozi bo‘lgunicha, arshning vaznicha, kalimalarning uzunligicha Allohga hamd aytaman va Uni poklayman”).

Imom Muslim rivoyati

@hijratim
#hadis

Sahl ibn Sa'ddan rivoyat qilinadi, "Rosululloh Sallohu alayhi vassallam Ali roziallohu anhuga: "Allohga qasamki, Alloh sen sababli bir kishini hidoyat qilmog'i senga beriladigan qizil tuyadan ham yaxshiroqdir", dedilar.


Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari

@hijratim

(Siz sababli kimdir hidoyatga kirganmi?)
#hadis

Ummu Salama roziyallohu anho dedilar: "Liboslar ichida Rosululloh sollallohu alayhi vasallam koʻylak kiyar edilar, liboslar ichida mahbubrogʻi ham koʻylak edi (chunki boshqa liboslardan koʻra koʻylakda ziyoda, mukammal satr hosil boʻladi).

Imom Termiziy rivoyat qilgan

@hijratim
#hadis

Ummu Atiya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi;
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam bayʼat olganlarida bizdan aytib yigʻlamaslik haqida ham ahd olganlar".

Imom Buxoriy rivoyat qilgan

@hijratim
#hadis

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:

"Yetti narsaki, banda vafotidan keyin qabrida ekan ularning ajri kelib turadi":
.

.

.

.

.

.

.

@hijratim
#hadis

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"Erkaklar tasbeh aytadi, ayollar esa chapak chaladi", - dedilar".

Imom Buxoriy rivoyat qilgan

@hijratim
#hadis

Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
"Kim Alloh uchun yaxshi koʻrsa, Alloh uchun yomon koʻrsa, Alloh uchun bersa va Alloh uchun man etsa, demak u kishining iymoni mukammal boʻlibdi".

Abu Dovud rivoyat qilgan

@hijratim
#hadis

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi;
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
"Har bir tugʻilgan bola faqat fitrat (sof-tabiat) ila tugʻiladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy va nasroniy yoki majusiy qiladi...".

Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari

@hijratim
#hadis

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
"...agar senga biror musibat yetsa, unday qilganimda bunday boʻlardi, demagin. Balki, Allohning taqdiri nimani xohlasa, oʻshani qiladi, degin. Chunki "agar" soʻzi shayton amali uchun yoʻl ochadi ".

Imom Muslim rivoyat qilgan

@hijratim
#hadis

Sahl ibn Saʼd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam; " Ikki narsa rad qilinmaydi; azon paytida va yomgʻir yogʻib turgan paytda qilingan duo", (rad qilinmaydi) dedilar.

Imom Hokim va Tabaroniy rivoyat qilishgan (Sahih)

@hijratim
#hadis

Ибн Масъуд розияллоху анхудан ривоят килинади:
Расулуллоҳ ﷺ  дедилар: «Қиёмат куни беш нарса ҳақида сўралмагунича Одам боласининг қадами Роббиси ҳузуридан силжимайди:

1. Умрини қандай ўтказгани,
2. Ёшлигида қандай ишлар қилгани,
3. Бойликни қаердан топгани,
4. Бойликни қаерга сарфлагани
5. Билган нарсаларига қай даражада амал қилгани»

Имом Термизий ривояти

@hijratim
#hadis

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Kim folbin yoki munajjim huzuriga borib, u aytgan narsani tasdiqlasa Muhammadga nozil bo'lgan narsaga kofir bo‘libdi".

Imom Termiziy rivoyat qilgan

@hijratim
#hadis

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Kimki zino qilsa yoki mast qiluvchi ichimlik sotsa, Alloh undan iymonni xuddi kishi boshidan libosini yechgan kabi yechib oladi".

Imom Hokim rivoyat qilgan

@hijratim
#hadis

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Bir-birlaringizga hadyalar beringlar. Chunki hadya qalb g'ashini ketkazadi".

Imom Termiziy rivoyat qilgan

@hijratim
#hadis

Расулуллоҳ ﷺ дедилар: «Бир банда Аллоҳ йўлида бир кун рўза тутса, ўша кунги рўзаси сабабли Аллоҳ унинг юзини дўзахдан етмиш йиллик масофага узоқ қилади».

Бухорий ва Термизий ривояти
#hadis

Расулуллоҳ ﷺ  дедилар: «Агар кишининг кишига сажда қилиши мумкин бўлганида, хотинларни ўз эрларига сажда қилишга буюрган бўлар эдим»

Имом Термизий ривояти

@hijratim
#hadis

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sallallohu alayhi vasallam dedilar:
"Alloh taolo: "Ey odam bolasi, sen Menga duo qilding va Mendan umid qilding. Men esa seni gunohingga ahamiyat bermasdan kechirib yubordim. Ey odam bolasi, agar gunohing osmon buluticha boʻlsa ham, Menga istigʻfor aytsang, gunohingni kechiraman. Ey odam bolasi, agar Menga yer toʻlaligicha gunoh bilan kelib, soʻngra Menga biror narsani shirk keltirmasang, yerning toʻlaligicha magʻfirat bilan boraman". deb aytdi.

Imom Termiziy rivoyati

@hijratim
#hadis

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sallallohu alayhi vasallam dedilar: " Shirk va kufr oʻrtasidagi farq namozni tark qilishdir".

Imom Muslim rivoyat qilgan

@hijratim