Taqsimlash qurilmasida kuchlanishni o'chirmasdan ishlayotgan boshqa ish joyiga ko'chishni qanday rasmiylashtiriladi?
Anonymous Quiz
44%
Bir taqsimlash qurilmasidan ikkinchisiga ko'chirilganda naryadni 3-jadvalida rasmiylashtirish kerak
17%
Naryadning 3-jadvalida
11%
Maxsus rasmiylashtirilmaydi
29%
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori uskunalarda o'chirmasdan ishlash mumkin emas
"BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI" ARAFASIDA XODIMLARGA MAXSUS SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI
Xalqaro Mehnat tashkilotining tashabbusi bilan 2003-yildan boshlab 28-aprel kuni "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" deb e’lon qilingan. Xalqaro Mehnat tashkiloti tomonidan ushbu kunning ta’sis qilinishiga sabab butun dunyoda ish joylarida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olishga ko‘maklashishdir. Ma’lumki dunyoning barcha davlatlarida mehnat muhofazasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va muassasalar mazkur kunga bag‘ishlab turli tadbirlarni tashkil qiladilar.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali Kasaba uyushma qo‘mitasi va Mustahkamlik va xavfsizlik tehnikasi xizmati tashabussi bilan korxonada mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanish, kasb kasalliklari, baxtsiz xodisalarning oldini olishga doir ishlarni kuchaytirish hamda ma’sul xodimlarning xavfsizlik texnikasi, mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi yo‘nalishlarida filial xodimlari malakasini oshirish uchun shartnoma asosida “Xavfsiz mehnat” MCHJ maxsus o‘quv markazida o‘quv-kursi tashkil qilindi.
"Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" arafasida mazkur o’quv kursini yakunlanishi munosabati bilan Andijon hududiy filiali majlislar zalida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida sohaga oid muammolar va ularni yechimi ish beruvchi tomonidan xodimlarga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishi, shuningdek mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda kasaba uyushmalari faoliyatining samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan savol javoblar tashkil etildi.
Seminar yakunida o’quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan xavfsizlik tehnikasi muhandislari va mehnatni muhofaza qilish vakillariga tegishli sertifikatlar topshirildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

“MART” MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
Avval xabar berganimizdek Andijon tumanida joylashgan “Mart” mahallasi tarkibidagi ko’chalarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ- 408 – sonli qarori ijrosi boʼyicha rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Mahalla tarkibidagi Obod yo’li ko’chasiga 1 dona quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punkti hamda 50 dan ortiq temir- beton tayanchlar o’rnatilib, 1,2 km uzunlikdagi SIP kabel tarmoqlari tortildi. Hozirda yangi tarmoqqa aholi xonadonlarini o’tkazish ishlari bajarilmoqda.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday elektr uskuna ishlab turgan hisoblanadi?
Anonymous Quiz
38%
Kuchlanish ostidagi uskunalar
53%
Kuchlanish ostidagi va kommutatsiya apparatlari tomonidan kuchlanish berilishi mumkin bo'lgan uskuna
7%
Ekspluatatsiyaga qabul qilingan elektr uskunasi yoki uning bir qismi
2%
O'ta xavfli binolarda joylashgan elektr uskunalar