"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali
2.19K subscribers
22.7K photos
1.6K videos
48 files
9.36K links
"Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialining telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: www.andijonhetk.uz
Facebook: www.fb.com/hetandijon
Instagram: www.instagram.com/hetandijon
Youtube: www.youtube.com/@hetandijon
Download Telegram
“XAVFSIZLIK TEXNIKASI” KOʻRIK OYLIGI DOIRASIDA KASB MAHORATI MUSOBAQASI VA OʻQUV SEMINARI OʻTKAZILDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tashabbusi bilan “Andijon HETK” AJda faoliyat yurituvchi xodimlar o‘rtasida mehnatni muhofaza qilish, baxtsiz hodisalarni oldini olish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ishlarni to‘g‘ri tashkil etish, shuningdek ishchanlik mas’uliyatini oshirish va jarohatlanish darajasini pasaytirish maqsadida joriy yilning 15 iyundan 15 iyulgacha “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rik oyligi deb belgilangan.

O‘tkazilayotgan ko‘rik oyligi davomida musobaqa tashkil etilib, unda jamiyat tarkibidagi Podstansiyalar xizmati xodimlari o‘zaro bellashdilar.

Musobaqada xodimlarni xavfsizlik texnikasi qoidalari va birinchi yordam usullaridan nazariy bilimlarini tekshirish, shuningdek, kuchlanish ta’siridan shikastlangan jabrlanuvchini qutqarish hamda birinchi yordam ko‘rsatish, favqulodda yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va elektr qurilmalarida ishlash vaqtida himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

O‘tkazilgan musobaqa davomida barcha jamoalar xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga oid bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Barcha topshiriqlarni a’lo darajada bajargan jamoalar hay’at a’zolari tomonidan baholandi va ular ichidan “Xonobod podstansiyalar guruhi” jamoasi g‘olib deb topildi. G‘oliblar faxriy yorliqlar hamda qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

"Andijon HETK" AJ Matbuot xizmati

Andijonhetk.uz | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
BARCHASI INSON QADRI UCHUN

Xalqimizda shunday ezgu an’analar borki ular azal-azaldan qon-qonimizga singib ketgan. Ayniqsa muborak hayit bayrami a
rafasida keksalar holidan xabar olib, ularning duosini olishga oshiqamiz.

Mana shunday an’analarni davom ettirgan holda bugun “Аndijon HETK” АJ rahbariyati hamda Kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan uzoq yillar davomida ishlab nafaqaga chiqqan, ish faoliyati davomida , oʼzining halol mehnati bilan jamiyat tarixida iz qoldira olgan fahriylarimiz hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj ishchi hodimlarga e’tibor qaratildi.

Bunday e’tibor va uchrashuvlardan asosiy koʼzlangan maqsad ularni siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha jabhalarida qo’llab – quvvatlashdan iboratdir.


"Andijon HETK" AJ Matbuot xizmati

Andijonhetk.uz | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube