"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali
2.39K subscribers
23.6K photos
1.68K videos
48 files
9.7K links
"Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialining telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: www.andijonhetk.uz
Facebook: www.fb.com/hetandijon
Instagram: www.instagram.com/hetandijon
Youtube: www.youtube.com/@hetandijon
Download Telegram
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali Ulug'nor tuman elektr ta'minoti xodimlari tomonidan "Mingbuloq" MFY hududida temir-beton tayanchlar o'rnatish ishlari olib borilmoqda

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#MUROJAATGA_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlardan “Shahrixon mas’ullarining yolg’onlari” sarlavhali murojaat yuborilgan. Unda Shahrixon tumani “Ipak yo’li” mahallasida ko’rsatilgan muammolar bo’yicha hech qanday ish qilinmaganligi to’g’risida aytilgan. Ushbu murojaat “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali direktori X.Yuldashev tomonidan nazoratga olindi va joyiga borib o’rganilganda “Ipak yo’li” MFY Guzar ko’chasiga shu kunga qadar manzilli dasturlar asosida 60 ga yaqin yangi temir – beton tayanchlar o’rnatilganligi lekin ayrim sabablarga ko’ra ushbu ob’ekt chala holatda qolib ketganligi ma’lum bo’ldi.

Murojaatda keltirilgan hudud uchun quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punkti hamda 1.5 km uzunlikdagi yangi tarmoq olib kelinib qurilish ishlari boshlanishi belgilandi. “Ipak yo’li” mahallasi Guzar ko’chasidagi elektr energiyasidan bo’lgan muammolar qisqa vaqt ichida bartaraf qilinadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILISHI SABABLI ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida shuningdek, podstansiyalarda ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, bugun 18-oktabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Andijon shahar: "Bo'ston", "Sadoqat" MFY hududlarida

Marhamat tuman: “Mirishkor”, “Uvaysiy”, “O’qchi”, “Do’stlik” MFY hududlarida

Baliqchi tuman: “Afsona”, “Jartepa”, “O’rmonbek”, “Ziyokor”, “Charog’on”, “Orolxon” MFY hududlarida

bugun soat 10:00 dan 18:00 ga qadar elektr energiyasi ta'minotida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.

Ta’mirlash jarayonida elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитойга ташрифнинг иккинчи кунидаги тадбирлар доирасида “China Energy Engineering Corporation” раиси Сун Хайлян билан учрашув ўтказди.

В рамках мероприятий второго дня пребывания в КНР Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев встретился с председателем компании «China Energy Engineering Corporation» Сун Хайляном.

#Mirziyoyev #uchrashuv #ChinaEnergy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
“NOVKAN” MAHALLASIDAN KELIB TUSHGAN MUROJAAT IJOBIY HAL ETILMOQDA

“Mening yurtim” telekanali “Markaziy studiya” informatsion dasturi orqali Аsaka tumani, “Novkan” MFY, Novkan-1 koʼchasidagi yangi olib kelingan transformator va eletkr tarmoqlari tortilmasdan yaroqsiz holatga kelib qolayotganligi tanqid qilingan. Ushbu holat “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali rahbariyati tomonidan nazoratga olinib kerakli choralar ko’rilmoqda.

Hozirda Asaka tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan “Novkan” MFY Novkan-1 ko’chasiga yangi olib kelingan quvvati 250 kVA bo’lgan transformator punkti hamda 8 dona temir- beton tayanchlar o’rnatildi. Bundan tashqari ushbu hududga 0,8 km uzunlikdagi yangi tarmoq tortish ishlari ham rejalashtirilgan. Qisqa vaqt davomida qurilish ishlari yakunlanib “Novkan” mahallasining elektr energiyasi sifati barqarorlashadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram