Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom,
Yulduz bo‘lib yog‘ildi bir sas.
Bemahalda nigohni ko‘rdim:
Yashash kerak, sevish shart emas.
Yulduz bo‘lib yog‘ildi bir sas.
Bemahalda nigohni ko‘rdim:
Yashash kerak, sevish shart emas.
Uyingizni topib bormasin xatlar,
Yomg'irlar chertmasin derazangizni.
Sizga yo'ldosh bo'lsin eng ulkan dardlar,
Eng mitti dardlar ham o'rtasin sizni.
Sizni bo'm-bo'sh xona ishga kuzatsin,
Faqat stol suhbat qursin siz bilan.
Tunlar ko'rpangizni zulmat tuzatsin,
O't bilan yashamang, yashang muz bilan.
Omadli yo'llarning izini tashlang,
Omadsiz yo'llarda yuring qoqilib.
Meni sog'inguncha siz shunday yashang,
Men shunday yashayapman, sizni sog'inib...
Yomg'irlar chertmasin derazangizni.
Sizga yo'ldosh bo'lsin eng ulkan dardlar,
Eng mitti dardlar ham o'rtasin sizni.
Sizni bo'm-bo'sh xona ishga kuzatsin,
Faqat stol suhbat qursin siz bilan.
Tunlar ko'rpangizni zulmat tuzatsin,
O't bilan yashamang, yashang muz bilan.
Omadli yo'llarning izini tashlang,
Omadsiz yo'llarda yuring qoqilib.
Meni sog'inguncha siz shunday yashang,
Men shunday yashayapman, sizni sog'inib...
Nafsim bilan yuzma-yuz,
Janggohdagi loydaman.
Gar izlar bo’lsang meni,
O’sha o’sha joydaman…
Janggohdagi loydaman.
Gar izlar bo’lsang meni,
O’sha o’sha joydaman…
Chiroyli odamlarning hammasi ham yaxshi insonlar emas, lekin mehribon va yaxshi odamlar hamisha chiroylidir.