Safa | صفا
112 subscribers
19 photos
3 videos
•murojaat: @theraykhonas_bot
Download Telegram
Yo’q, menda avvalgi men qolmagan…
Kel, dunyoni bo’lamiz tengga,
Hamma narsa, hammasi senga.
Sengachi deb so’rasang agar,
Dunyo senga, sen esa menga.
–Jinoyat va Jazo
pages
Borgan joying ham aslida – taqdir…
Bazida yoshingga qaraysanu, qayerga shoshayotganingni tushunmaysan. Go’yo hammasi hali oldinda, lekin ichingda shunday tuyg’u borki, kechikyapsan, o’zing va kelajaging uchun kam narsa qilyapsan…
Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom,
Yulduz bo‘lib yog‘ildi bir sas.
Bemahalda nigohni ko‘rdim:
Yashash kerak, sevish shart emas.
Uyingizni topib bormasin xatlar,
Yomg'irlar chertmasin derazangizni.
Sizga yo'ldosh bo'lsin eng ulkan dardlar,
Eng mitti dardlar ham o'rtasin sizni.

Sizni bo'm-bo'sh xona ishga kuzatsin,
Faqat stol suhbat qursin siz bilan.
Tunlar ko'rpangizni zulmat tuzatsin,
O't bilan yashamang, yashang muz bilan.

Omadli yo'llarning izini tashlang,
Omadsiz yo'llarda yuring qoqilib.
Meni sog'inguncha siz shunday yashang,
Men shunday yashayapman, sizni sog'inib...
.
Insonning ming yugurgani –Allohning bir buyurgani.
Yonimda yoʻgʻingga koʻnaman ammo,
Yodingda yoʻqligim qoʻyar oʻldirib…
Kel, ikkimiz qahva ichaylik,
Qahva sendan, manzara mendan.
Dardimizni teng bo’lishaylik,
Yig’lash mendan, kulish sendan…
Nafsim bilan yuzma-yuz,
Janggohdagi loydaman.
Gar izlar bo’lsang meni,
O’sha o’sha joydaman…
Chiroyli odamlarning hammasi ham yaxshi insonlar emas, lekin mehribon va yaxshi odamlar hamisha chiroylidir.
Bekordan bekorga botmaydi
quyosh,
Balki bezigandir inson zotidan.
Agar jonli bo'lsa to'kardi ko'z yosh,
Insonni insonga qilgan ishidan…
Kelmaydimi ikkimizning?
Baxtli-baxtli yashagimiz!

–Usmon Azim
Har kim bitta narsaga muhtoj – uni undanda ko'proq tushunadigan qalbga..