Safa | صفا
112 subscribers
19 photos
3 videos
•murojaat: @theraykhonas_bot
Download Telegram
Balki unutilganmiz allaqachonlar..
Yoki sevilganmiz hammadan koʻproq..
Imkonim bo’lsaydi qaniydi shu on,
Qaysidir manzilga, bilmadim qay on..
Faqatgina jimlik bo’lgan hukmron,
Insonlar yo’q joyga ketgim kelyapdi…
Inson hamma narsaga ko‘nikadi deyishadi go‘yoki yurak temirdan yasalgan go‘yoki dard vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketadigandek aslida esa unday emas inson ko‘nikmaydi
u shunchaki ichiga yutadi jim bo‘lib qoladi ovozsiz chidashni o‘rganadi har safar og‘riq kelganda u yana o‘sha joyidan sinadi faqat buni boshqalarga ko‘rsatmaydi kuladi gaplashadi yashayotgandek ko‘rinadi lekin ichida ichida hammasi boshqacha u hali ham o‘sha yo‘qotilgan narsalarni sog‘inadi hali ham o‘sha og‘riqlarni eslaydi hali ham o‘sha savollarga javob topolmaydi….
Kecha bola edim, bugun ulg'aydim,
O'tgan fursatlarim tushga o'xshaydi.
Murg'ak bolajondan asar yo'q ammo,
Qalbimda bolalik hamon yashaydi.

Umr oqar suvday o'tar bir zumda,
Beg'ubor paytlarni ko'ngil qumsaydi.
Dardning neligini bilmasdik unda,
Qalbimda bolalik hamon yashaydi.

Taqdir har ko'ylarga soladi bizni,
Bergan zarbasidan yurak qaqshaydi.
Sog'indim quvonchdan porlagan yuzni,
Qalbimda bolalik hamon yashaydi.

Bugun jismim ulkan, ulg'aydim ammo,
Qalbimda bolalik hamon yashaydi…
ishtiqoq, ijtiboh, igʻroq-u gʻulu,
taʼrifing bitarga yarar qaysi til?
Isbotlay olmayman, xohishim ham yo'q,
Qanday o'ylasangiz,shunday insonman.
Bilmadim qaysi payt zararim tekkan,
Yomonsan desangiz, mayli yomonman.

Ortimdan gapirmang yuzimga ayting,
Ming tosh otilsa ham, shukur omonman.
Tegmay qoldimikan Sizga yo foydam,
Yomonsan desangiz, mayli yomonman.

Mening qandayligim Sizlarga gumon,
Alloh o'zi bilar, Qanday insonman.
O'z-O'zimga haqman,ko'nglim hotirjam,
Siz yomon desangiz, mayli yomonman.

Sizga yomonlikdan yo'qdir hech foyda,
Ahir ne istaysiz bilmay hayronman,
Ortimdan ig'volar qilarsiz tinmay,
Siz yomon desangiz, Mayli yomonman!
Hoxla och, hoxla yop eshik darchasin,
Baribir qaytmaydi qaytmaydiganlar.
Eshik ochiqligin qayerdan bilsin,
Burnidan uyog'in ko'rmaydiganlar...
Ishqiy qissalarning barchasi ro’yo,
Menimcha, sevgi deb hech kim o’lmagan.
Ammo, yaralgandan beri bu dunyo,
Seni sog’inishdek azob bo’lmagan.

Soxta maddohlikning bari behuda,
Hammayam g’animni ko’rmaydi baham.
Qoshlaring chimirib qaraganingda,
Yoqimli peshonang tirishig’i ham.

Qanchalar qadrdon bu yangi nigoh,
Ko’rdimmi, qalbimga mehr to’ladi.
Ismingmi xotirdan chiqarish gunoh,
Xatto, suratingni sevsa bo’ladi.
.
Forwarded from safa’rumiy
Нега бунча тушкунсан?
Иброҳим а.с. каби оловга ташландингми? Закариё а.с каби арра билан арраландингми? Юсуф а.с каби қудуққа ташландингми? Муҳаммад с.а.в каби тоифдан тошбурон қилиб қувилдингми? Намоз уқиётганингда бошинга ичак-чавоқ ағдарилдими Тишинг синдими? Юзингга тупурилдими? Юртингдан кувилдингми Севганларингдан айрилдингми?!
Нега тушкунсан?
Yo’q, menda avvalgi men qolmagan…
Kel, dunyoni bo’lamiz tengga,
Hamma narsa, hammasi senga.
Sengachi deb so’rasang agar,
Dunyo senga, sen esa menga.
–Jinoyat va Jazo
pages
Borgan joying ham aslida – taqdir…
Bazida yoshingga qaraysanu, qayerga shoshayotganingni tushunmaysan. Go’yo hammasi hali oldinda, lekin ichingda shunday tuyg’u borki, kechikyapsan, o’zing va kelajaging uchun kam narsa qilyapsan…
Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom,
Yulduz bo‘lib yog‘ildi bir sas.
Bemahalda nigohni ko‘rdim:
Yashash kerak, sevish shart emas.
Uyingizni topib bormasin xatlar,
Yomg'irlar chertmasin derazangizni.
Sizga yo'ldosh bo'lsin eng ulkan dardlar,
Eng mitti dardlar ham o'rtasin sizni.

Sizni bo'm-bo'sh xona ishga kuzatsin,
Faqat stol suhbat qursin siz bilan.
Tunlar ko'rpangizni zulmat tuzatsin,
O't bilan yashamang, yashang muz bilan.

Omadli yo'llarning izini tashlang,
Omadsiz yo'llarda yuring qoqilib.
Meni sog'inguncha siz shunday yashang,
Men shunday yashayapman, sizni sog'inib...