mind & ink
Photo
(#taqriztaym)
“Ko‘hna dunyo” - tarixiy asar bo‘lib, unda buyuk allomalarimiz, podshohlar, podshoh oilasi hamda oddiy xalq hayoti yanada yorqin va ta’sirchan tarzda tasvirlangan. Asar orqali nafaqat tarixiy voqealar, balki o‘sha davr insonlarining ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari va hayotga bo‘lgan munosabatlari ham ochib beriladi.
Masalan, Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy va Abu Ali ibn Sinoni dastlab faqat o‘z sohalarining yetuk mutaxassislari sifatida tasavvur qilish mumkin. Biroq asar orqali Abu Ali ibn Sino tabobat bilan bir qatorda turli mavzularda she’rlar bitgani, faqat tibbiyotga oid bo‘lmagan asarlar ham yozgani ma’lum bo‘ladi. Eng muhimi, bu buyuk shaxs ham oddiy inson kabi his-tuyg‘ularga ega bo‘lgani, uning Bo‘takо‘zbegim ismli sevgilisi bo‘lgani, ammo taqdir ularni ayirgani asarda ta’sirli tarzda yoritilgan.
Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy obrazi ham alohida e’tiborga loyiq. Uning sevgan qizi nasroniy qiz Rayhonabonu bo‘lgani, Beruniy faqatgina Yer sharining dumaloqligini isbotlagan olim emas, balki mushoira va she’riyatda ham yuksak o‘rin egallagan ulug‘ shoirlardan biri ekani ko‘rsatib beriladi. Hatto podshoh oilasiga mansub ayollar ham u uchun jonidan kechishga tayyor bo‘lgani asarda yaqqol tasvirlanadi.
Asarni o‘qir ekanmiz, Mahmud G‘aznaviy va Amir Ma’sud kabi podshohlar hayoti faqat jang-u jadal va tarixnavislik bilangina cheklanmaganini ko‘ramiz. Ularning rahmsizligi, ayollar sabab hatto yaqin kishilaridan voz kecha olgani, begunoh insonlarning quvg‘in qilinishi va minglab odamlarning halok bo‘lishi kabi fojeali holatlar ochiq tasvirlanadi.
Bundan tashqari, qadimgi davrlarda ko‘ngilochar joylar va ishratxonalar deyarli bo‘lmagan degan tasavvur ham asar orqali inkor etiladi. Aksincha, bunday maskanlar o‘sha davrlarda ham mavjud bo‘lib, ularning asta-sekin rivojlanib, hozirgi davrgacha yetib kelgani asarda yaqqol namoyon etilgan.
Xulosa qilib aytganda, “Ko‘hna dunyo” - bu nafaqat tarixga sayohat, balki insoniyatning abadiy hislari, kuchi va zaifliklari haqida chuqur, hayratlanarli va hissiy ta’sirga ega asardir.
© Marjona

👍3❤2👏1🕊1
mind & ink
Photo
(#taqriztaym)
Yolg‘izlikning yuz yili” (Gabriel Garsia Markes) - qadimgi Lotin Amerikasi hayotini yaqqol ochib bera olgan asarlardan biridir. Roman Makondo nomli qishloqning yuz yillik tarixini tasvirlaydi. Buendía oilasi Makondoga kelib joylashadi, uy quradi, farzandli bo‘ladi va yetti avlod davomida turli sinovlarni boshdan kechiradi. Ular ba’zan kambag‘al, ba’zan boy bo‘lib yashaydi, sevadi, iztirob chekadi, o‘ladi va oxir-oqibat butunlay yo‘q bo‘lib ketadi.
Asarning e’tiborli jihatlaridan biri - ismlarning deyarli bir xil shaklda takrorlanishidir. Bu holat o‘quvchini chuqur o‘ylashga majbur qiladi. Roman davomida tarixning takrorlanishi yaqqol ko‘rinadi: avlodlar almashsa ham, odamlar bir xil xatolarni qayta-qayta qiladi va bir xil his-tuyg‘ular bilan yashayveradi.
Asarning qiziqarli tomonlaridan yana biri shundaki, har bir avlodda Xose Arkadio va Aureliano ismli shaxslar uchraydi. Bu ham taqdirning aylanishi va o‘xshash hayot yo‘llarini ramziy tarzda ifodalaydi.
Roman davomida Buendía oilasida muhim qoida mavjud bo‘ladi: “Bir qondan bo‘lgan odamlar o‘zaro turmush qura olmaydi.” Chunki bunday nikohdan cho‘chqa dumli yoki kaltakesak dumli farzand tug‘ilishi haqida ishonch mavjud. Shu sababli bu avlod erkaklari o‘z qarindoshlariga nisbatan his-tuyg‘ular paydo bo‘lsa ham, boshqa ayollarga uylanishga majbur bo‘ladi. Natijada, bu oilaning ko‘plab a’zolari yolg‘izlikka yuz tutadi.
Biroq oxirgi avlodda - Amaranta Ursula va uning jiyani Aureliano bir-birini sevib qoladi va turmush quradi. Ulardan cho‘chqa dumli bola tug‘iladi. Bu bola Buendía oilasining so‘nggi a’zosi bo‘ladi. Bola chumolilar tomonidan yeb ketiladi, Makondo qishlog‘i esa kuchli shamol ta’sirida butunlay yo‘q bo‘lib ketadi. Asar shu bilan yakunlanadi.Asarni o'qir ekansiz,go'yoki siz ham o'zingizni shu Beundia oilasini a'zodek his qilasiz.
Xulosa qilib aytsam, asarning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, tarix takrorlanadi, ammo odamlar o‘z xatolaridan dars olmaydi.

👍3❤2👏2
“Odam bo‘lish qiyin” - O‘lmas Umarbekovning eng ta’sirchan asarlaridan biridir.
Bu kitobni o‘qiganimga salkam ikki yil bo‘lgan bo‘lsa-da, hanuzgacha qalbimni larzaga soladigan asar deb bilaman. Har safar asar haqida o‘ylasam, Abdullaga nisbatan nafrat, Gulchehraga esa cheksiz rahm uyg‘onadi. Qani endi u paytda Gulchehra Abdulla bilan uchrashmaganida, qani endi Abdulla qishloqqa kelmaganida, qani endi Gulchehra Samadning tuyg‘ulariga ozgina bo‘lsa-da e’tibor berganida yoki Abdullaning hayotida Sayyora paydo bo‘lmaganida…
Afsuski, bu “qani endilar”ning barchasi javobsiz qoladi va asar fojiali tarzda Gulchehraning o‘limi bilan yakunlanadi. Asar inson uchun odam bo‘lib qolish naqadar qiyin ekanini ochib beradi. Qahramonlar mansab, manfaat, qo‘rquv va bosimlar orasida qolib, vijdon bilan murosa qilish yoki uni butunlay yo‘qotish yoqasiga keladilar. Aynan shu ichki kurash asarni yanada ta’sirchan va unutilmas qiladi.
©️Marjona

Summmary for(How to train Elephants)
Firstly, there were two main techniques ; tough and gentle methods used for training elephants in the past. The former method was setting an elephant to work and beating him until he did what was expected of him. This stupid and immoral method made animals more resentful and even caused to them be a man-killer. The gentle one required lot of patience,but helped them to be a cheerful and good tempered elephants.For that, Elephants should have been assigned to a single trainer who was entirely responsible for the job. In this way of method, single trainers played a crucial role for the elephants. There were also some stories about half-trained elephant calves who refused to feed and pined to death.

🔥1 1 1 1 1
Summary for the Chinese lunar new year.
Lunar new year is considered one of the important holidays in China. It comes a month later than western new years. And it lasts about a month. There are also some parallels with western new years,like houses are cleaned thoroughly before upcoming new year. And all debts should be paid for fresh beginning in the new year. In the streets, there are shows like lively dragons and lion dances. Many superstitions are related to this chinese lunar new year, for instance, people awoid sweeping before holiday in case it swept out family’s fortune with the trash. Apart from this, most importantly, any dishes must not break,cuz it causes to some problems and bad relationships between family members during the year.
Written by me , hope u read till th e end))

❤2 2🔥1 1 1 1