Hammamizda xato bor. Hatto siz nuqsonsiz, aybsiz va mukammal hayot kechirishga harakat qilsangiz ham, sizni tanqid qilishning qandaydir, kichik bo‘lsa ham, yo‘li topiladi. Siz mehribon qiz yoki o‘g‘il bo‘lishingiz mumkin, lekin ota-onangizga keraklicha tez qo‘ng‘iroq qilmayotgandirsiz. Siz halol inson bo‘lishingiz mumkin, lekin bir-ikki marta yolg‘on gapirgansiz, shunday emasmi? Hech kim mukammal emas.
Stoik faylasufi Senekaning fikricha, hayotning maqsadi mukammal bo‘lish emas, balki yaxshiroq bo'lishdir. Nuqsonsiz bo‘lish emas, balki kamchiliklarimizni bartaraf etishdir.
Stoiklar har tong hayotlarini tahlil qilib, qanday qilib yaxshiroq bo‘lish yo‘llarini o‘ylab chiqardilar. Har kecha ular o‘sha kun davomida qanday xatolarga yo‘l qo‘yganlarini va qanday qilib yanada yaxshiroq bo‘lish mumkinligini mulohaza qilishardi.
Senekaning so‘zlariga ko‘ra: “Men donishmand emasman va hech qachon bo‘lmayman ham. Shuning uchun mendan eng yaxshilarga teng bo‘lishni emas, balki yomonlardan yaxshiroq bo‘lishni talab qiling. Menga har kuni gunohlarim sonini kamaytirish va xatolarimni tan olish yetarli.”
Seneka va keng ma’nodagi stoisizm bizni dunyoning mo‘jizalari sifatida emas, balki rivojlanayotgan insonlar sifatida ko‘rishga undaydi. Har bir kun devorga qo‘yilgan navbatdagi g‘isht, sayohatdagi navbatdagi qadamdir. Senekaning aytishicha: “Shahar qurilishi uchun ancha vaqt kerak, o‘rmon ham uzoq yillar davomida barpo bo'ladi.” Bizning xarakterimiz ham xuddi shunday - vaqt talab qiladi.

👍8
Just for pleasure
Hammamizda xato bor. Hatto siz nuqsonsiz, aybsiz va mukammal hayot kechirishga harakat qilsangiz ham, sizni tanqid qilishning qandaydir, kichik bo‘lsa ham, yo‘li topiladi. Siz mehribon qiz yoki o‘g‘il bo‘lishingiz mumkin, lekin ota-onangizga keraklicha tez…
Aslida, shu gaplarni deyarli hamma biladi. Allaqachon o'ylab ko'rgan bo'lishadi. Lekin hammani yetkazib berish usuli har xil, tushuntirishi har xil.
⚡4👍3
If your life were a movie, what would the audience be screaming at the screen telling you to do right now?
👍4❤1⚡1💔1
Bog'liqlik omili (correlation) va sabab omili (causation) degan tushunchalar bor. Bunga juda ham ajoyib misollar ham mavjud. Lekin ularni orasidan eng yoqadiganlaridan biri bu "saryog' va ajrashish darajasi" misoli.
Amerikani qaysidir shtatida saryog' iste'moli va ajrashish darajasi bir-biriga katta nisbatta bog'liqligi aniqlangan. Ya'ni agar siz ko'p saryog' yesangiz ajrashish darajangiz ham shunchalik katta bo'ladi.
Lekin ajrashuvga asl sabab umuman boshqa. Shunchaki ikkalasi tasodifan to'g'ri kelib qolgan. Haqiqiy sababni aniqlab bo'lmaydi.
O'zim o'ylab ko'rgan va yana bir joyda ko'rgan bitta kulguli gipotezam bor: erkak kishi ko'p saryog' yedi degani uyda ovqat kam bo'lishini bildirishi mumkin. Demak ayol ovqat qilmaydi. Bu esa ajrimga olib keladi.
Afsuski, bu xato fikr. O'zbekistonda bo'lganida shunaqa sabab bo'lishi mumkin edi. Ovqatni deb ajrashib ketadiganlar ko'p axir bizda

👍3
Just for pleasure
Psixoanalizga bo'lgan e’tirozim shuki, u azob-uqubatni (suffering) xato, zaiflik belgisi, yoki hattoki kasallik deb xulosa qiladi. Aslida esa, biz biladigan eng buyuk haqiqatlar aynan insonlarning azoblanishidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Muammo azobni…
“I do not believe that sheer suffering teaches. If suffering alone taught, all the world would be wise, since everyone suffers. To suffering must be added mourning, understanding, patience, love, openness and the willingness to remain vulnerable. All these and other factors combined, if the circumstances are right, can teach and can lead to rebirth.”
— Anne Morrow Lindbergh
— Anne Morrow Lindbergh
💯4❤1👍1
Hozir siz bajargan vaqtingizda zavq/rohat oladigan har qanday mashg'ulot sizni doimiy ish faoliyatingizga aylansa zavqlanish darajangiz tushib ketaveradi.
Masalan, sayohatchi bo'lish. Oddiy holatda, deylik, har oyda yoki ikki oyda bitta katta sayohat qilib turasiz va bundan odam rohatlanishi tabiiy (agar u sayohatni yoqtirsa). Endi sayohat qilish orqali pul topmoqchisiz ya'ni uni ishga aylantirmoqchisiz. Blog yuritasiz yoki sayohatlar tashkil qilishni boshlaysiz. Oxir-oqibat doimiylik sizni bezdiradi.
Sohalardagi professionallik har doim zerikib ishlash orqali kelsa kerak. Zavqlanib professional darajaga chiqib bo'lmaydi.

👍3❤2
Substack'da bir kanal bor. Ora-orada ijodiy yozish uchun antiqa mavzular berib turadi. Oldinlari shunga o'xshash vaziyatlarga xayoliy yoki hayotiy voqelarni yozib turar edim.
Sinab ko'ringlar.
Publication
Sinab ko'ringlar.
Publication
❤2👍2
Kayfiyatim yo'lda yuz bergan bir nechta ko'ngilsiz voqealarga qaramasdan juda ham ajoyib. Bilmadim, balki, uyga kelganim uchundir yoki bayram shukuhi balki ikkisi ham ta'sir qilayotgandir.
Undan tashqari futbol. Jahon chempionatiga yaqinmiz. Ular g'alaba qilishsa nur ustiga nur.
Aytgancha, hammaga Arafa muborak!

⚡4❤2🔥2👍1
Just for pleasure
Kayfiyatim yo'lda yuz bergan bir nechta ko'ngilsiz voqealarga qaramasdan juda ham ajoyib. Bilmadim, balki, uyga kelganim uchundir yoki bayram shukuhi balki ikkisi ham ta'sir qilayotgandir. Undan tashqari futbol. Jahon chempionatiga yaqinmiz. Ular g'alaba…
Qurbon Hayiti muborak bo'lsin barchamizga!
❤9👍3👎1
Odamlar katta bo'laversa qiziqishlari o'zgaradi deyishadi. Rostan ham shunaqa, lekin qiziqishlar tabiiy o'zgaradimi yoki majburan o'zgartiriladimi degan savol tug'iladi.
⚡5🔥5👍2👏1
O'zimni 3-shaxs bo'lib kuzataman ko'pincha. Hamma qilayotgan ishim "3-shaxs men"ga yoqmaydi.
"3-shaxs men" faqat kuzatadi, hech qanday o'zgarishlar kiritmaydi hayotimga, maslahat bermaydi. Faqat "harakat qilayotgan men"ni krinj ishlariga izoh bildiradi.

👍5💯3💔2
Nimaga odam boshqa odamni yoqtiradi? Qanday yoqtiradi? (Yoqtirish sevgi ma'nosida emas). Ba'zilarni boshqalaridan ko'ra ko'proq yaxshi ko'radi.
Bitta yagona sabab bilan bo'lmasligi aniq. Bir nechta sabablar yig'indisi bilan yoqtirsa kerak. Ba'zida boshqalarni yoqtirgan narsalari uchun ham yoqtirishimiz mumkin. Usmon Azimni gapi bor edi "men nevaramni yoqtiraman, u esa mushukni yoqtiradi. Mushukni yoqtirgani uchun uni ko'proq yoqtiraman" degan.

⚡7👍4
Even when I am not thinking I would be thinking about why I am not thinking
👍2🤔1
"Nega ba'zi ayollar ishlashni afzal ko'radi, ba'zilari yo'q?" degan savolga javob qidirish uchun ikki tadqiqotchilar Amerikalik opa-singillarni o'rganishgan ekan.
Bir nechta sabablar topishgan va ular orasida eng qizig'i shu ekan: singlisi/opasini eri o'zining eridan ko'proq pul topsa, ayolning ish qidirish ehtimoli yuqori bo'larkan.

👍4
When you don't know what you want, the only thing you want is to know what you really want
👍4👏3😁2
"It is better to be unhappy and know the worst, than to be happy in a fool's paradise"
"Bir yomon haqiqatni bilmasdan baxtli yashagandan ko'ra, uni bilib baxtsiz bo'lgan yaxshiroq"
Shu gapni "Telba" asarida Dostoyevskiy yozgan. Lekin bu gapga men qo'shilmas ekanman o'ylab qarasam.
To'g'ri, odamzod haqiqatni har doim bilgisi keladi. Lekin uni bilish baxtsiz qilsa, haqiqat unga qanday foyda olib keladi?

👍4💯3❤1👎1