Havola
85 subscribers
14 photos
3 links
Havola.uz saytining rasmiy kanali
Download Telegram
to view and join the conversation
Channel created
Assalomu alaykum, bugundan saytimiz rasman ishga tushdi
#yangilanish
Hurmatli kanalimiz a'zolari!
Havola.uz saytini sizlar uchun yanada qulay va foydali qilish maqsadida saytimizda quyidagi yangilanishlar amalga oshirildi:
1. Foydalanuvchilar bo'limi qo'shildi. Bu yerda siz saytdan ro'yxatdan o'tgan AT mutaxassislarini topishingiz mumkin
2. Foydalanuvchilar ro'yxatini filtrlash. Foydalanuvchilarni turli mezonlar bo'yicha saralash va filtrlash mumkin
3. Foydalanuvchi statusi, Linkedin va loyihalar manzili. Foydalanuvhi sozlamalar orqali o'z statusini belgilab qo'yishi (Bandman, Loyiha qabul qilaman kabi), o'z profiliga Linkedin, Github profili yoki boshqa loyihalari manzilini qo'shishi mumkin
4. Bilaman/Ishlataman bo'limlari ajratildi. Foydalanuvchining sohalar va texnologiyalarni bilishi va ularni ishlatishi profilida endi alohida ko'rinadi
5. Foydalanuvchilar ro'yxatida va profilida yoqdi tugmasi qo'shildi. Endi o'zingiz bilgan foydalanuvchilarga shu orqali o'z munosabatingizni bildirishingiz mumkin
Bizni kuzatib boring 🤓
#yangilanish
Hurmatli kanalimiz a'zolari!
Havola.uz saytida navbatdagi yangilanishlar amalga oshirildi.
1. Muassasalar bo'limi qo'shildi. Bu yerda siz Axborot texnologiyalariga bog'liq yo'nalishlarda faoliyat yuritadigan muassasa va kompaniyalarni topishingiz mumkin. Agar ro'yxatda siz izlagan muassasa mavjud bo'lmasa, unda o'z taklifingizni qo'shishingiz mumkin.
2. Profil sozlamalari orqali ish yoki o'qish joyingizni va lavozimingizni qo'shish imkoniyati qo'shildi. Bunda ish yoki o'qish joyi axborot texnologiyalariga bevosita aloqador bo'lishi yoki shunday bo'limi mavjud bo'lishi kerak bo'ladi
3. Siz biladigan, ishlatadigan yoki o'rganayotgan texnologiya va vositalarni bevosita profilingizdan qo'shish imkoniyati qo'shildi. Endi bunday vositalarni profilingizga qo'shish uchun har bir elementlarni ko'rib chiqish zarurati qolmaydi.
4. Saytdan vositalar va manbalarni ma'lum bir texnologiya bo'yicha filtrlash funksiyasi qo'shildi.
5. Element qo'shish oynasida elementning qaysi muassasaga tegishliligini ko'rsatish funksiyasi qo'shildi. Muassasa sahifasida o'sha muassasaga tegishli bo'lgan elementlarni hamda o'sha muassasada ishlaydigan mutaxassislarni topish mumkin.
6. Muassasada foydalaniladigan texnologiyalar qo'shish imkoniyati qo'shildi. Agar ish joyingiz moderator tomonidan tasdiqlansa siz o'z ish joyingizda foydalanadigan texnologiyalarni o'sha muassasa sahifasiga qo'shishingiz mumkin bo'ladi.
7. Manbalar bo'limida manba tili qo'shildi. Endi manba qaysi tilda ekanini oson bilish mumkin.
Bu va qolgan o'zgarishlarni saytimizga tashrif buyurgan xolda o'zingiz ko'rishingiz mumkin. Havola.uz saytini boshqalarga ham ulashish, saytga ma'lumot qo'shish, duch kelgan muammolar haqida bizga murojaat qilish orqali loyiha rivojiga xissa qo'shishingiz mumkin.
Bizni kuzatib boring 🤓
#yangilanish
Hurmatli kanalimiz a'zolari!
Havola.uz saytida quyidagi yangilanishlar amalga oshirildi:
1. Ma'lumotlar bo'limi qo'shildi. Bu bo'lim axborot texnologiyalari va dasturlashga oid eng sara ma'lumotlar, tavsiyalar va tajribalarni o'zaro ulashish imkoniyatini yaratish maqsadida qo'shildi. Endi siz AT sohasi bo'yicha o'zingiz qiziqarli va foydali deb bilgan maqola, video ko'rinishidagi ma'lumotlarni havola yoki blogpost shaklida ulashishingiz yoki shu kabi ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
Ma'lumotlar o'zbek, ingliz yoki rus tillarida bo'lishi mumkin.
Bizni kuzatib boring.