Hasanov kundaligi 📘
1.02K subscribers
733 photos
253 videos
20 files
1.98K links
Tafakkur, fikrlar, xulosalar...

📘 Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida...

👉https://taplink.cc/hasanov_farrux
Download Telegram
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
2000-yillar. Internet rivojlanib, emaildan foydalanish ommalashayotgan davr. Psixiatr Dr Wilson (King’s College London University) bir savol bilan qiziqadi.

”Aqliy mehnat bilan ishlovchilar orasida elektorn pochtalarni tez-tez tekshirish inson aqliy faoliyatiga qanday ta’sir qilmoqda?”

80 ga yaqin ilmiy tekshiruvlar davomida aqliy mehnat qiluvchilar IQ darajasini kun davomida tekshirib boradi. Natijalar shuni ko’rsatadiki emailni tez-tez tekshirish inson IQ darajasini kun davomida 10 ballga pasaytirar ekan. Odam bir kecha uxlamasa ertasi kungi IQ darajasi odatdagidan 10 ballga pastroq bo’lishi isbotlangan. Nasha (marixuana) chekkan odamda esa 4 ballga pasayar ekan.

Bu 2004-yildagi natijalar. Facebook 2006-yil ochildi. Instagram 2010, Tik-Tok esa 2016. Ular kuchli psixolog va muhandislarni yollab, bizni qaram qilish uchun maxsus algoritmlar ishlab chiqishdi va chiqishmoqda. Aqliy mehnat samaradorligi past ekanligi sabablari mana qayerda.

Biz nasha kabi miya faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalardan qaytarilganmiz.

Nasha kuchsizroq, lekin geroin, amfetamin kabi kuchli narkotik moddalar bor. Ularni qabul qilgan odam fikrlashi buziladi, qaror qabul qilish markazi ishdan chiqadi, qattiq qaramlik - narkomaniya rivojlanadi.

Shu o’rinda bir qiziq ma’lumot.

Geroin, kokain va amfetamin kabi og’ir narkotiklar inson qaror qabul qilish markaziga qanday salbiy ta’sir ko’rsatsa Facebookga qaramlik ham shu darajada ekan. Tik-Tok bundanda battar bo’lsa hayron qolmayman.

”Xullas, nashavandmasakanmizu, lekin gerani har kuni urib yurippizakan, narkosha bo’lib”

Ko’pchilik o’ziga men dangasaman, fikrim chalg’igan, tartib yo’q, intizom yo’q, qat’iyatsizman, ma’suliyatsizman deb baho beradi. Bu xislatlar barchasi alkash va narkomanlarni birlashtiradigan xislatlar ekanligiga e’tibor berish zarur.

Zaharingiz tanlovi o’z qo’lingizda.

Bek Olimjon
«Balki foydasi tegar…»
24.03.2024
Norvegiya
Haqiqatni izlab

Nihoyat, bu olis va tanho qishloqda uning qidiruvi tugadi!
Vayrona kulbada, haqiqat gulxan yonida o‘tirardi.
U umrida bunchalik qari va xunuk ayolni ko‘rmagan edi.
- Siz haqiqatmisiz?
Keksa ayol xijolatli lekin tantanavor ravishda boshini irg‘adi.
- Aytingchi siz haqingizda bu olamga nima deb aytay?
Kampir olovga tupurdi va javob berdi:
- Ularga meni yosh va juda go‘zal ekan
deb ayt...

©Orobert Tompkins

📌 telegram.me/hasanovblog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Cubic podcastining ikkinchi soni "Marketing Evolyutsiyasi - Sotuv muhim" mavzusida bo'lib o'tdi. Bu safargi mehmonimiz: 605 marketing agentligi asoschisi va rahbari Otabek Sharapov.

🗣 Podkastimiz davomida:
- O'zbekistonda retail qanday rivojlandi.
- Kuchli brendlar qanday paydo bo'lgan.
- Marketingda bu siz o'ylagan soha emas.
- Tadbirkorlar faqat pul ishlash haqida o'ylaydi.

🎬 To‘liq podkast YouTube-kanalimizda. O‘ting va tomosha qiling!

https://youtu.be/U8DOu7TuzgY?si=E5QRb1MwEQiZOS3q
... Yetti yotlar qo‘yib nosoz tarozi,
Oq-u qorani *kaj o‘lchashga tushdi.


(kaj - egri, qiyshiq)

©Omon Matjon

Shoir bu so‘zlarni tariximiz haqida aytgan bo‘lsada, hozirgi zamonimizga ham mos ekan.

Kim u?! Bizga qanday yashashni o‘rgatayotgan, qancha pul topish-u, baxtni nimadan izlashni, muvaffaqiyat neligini uqtirayotgan?!

O‘zining nosoz mezonli tarozisida, hayotimizni kaj o‘lchab, bizga baxtsiz-u, omadsiz, dangasa-yu yoki hayotni tushunmaydigan odam tamg‘asini bosayotgan... Kim ular?!

Biz hayot falsafasini kimdan o‘rganyapmiz?

Yaqin orada janozalar ko‘p bo‘ldi. Mayitni qabrga qo‘yarkanmiz, o‘lim haqida unutganimni angladim. Har bir janoza, u haqida ko‘proq fikrlashim, tafakkur qilishimga sabab bo‘ldi.

Soqqani bos deganga emas, rizqingni haloldan top, o‘zingni yaxshi ko‘r deganga emas, haddingni bil deydiganga muhtojligimni ko‘rdim.

Media, TV, ijtimoiy tarmoqlardagi kimlarningdir kaj o'lchovlari singib ketayotgan ekan. Muvaffaqiyat, baxt kabi tushunchalarni o‘lchash mezonlarim o‘zgaryapti...

📌 telegram.me/hasanovblog
Yomon kunlarga tayyor turing. Yaxshi kunlar tez tugaydi...

📌 telegram.me/hasanovblog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Cubic podcastining uchinchi soni "Avval insayt, Keyin kommunikatsiya" mavzusida bo'lib o'tdi. Bu safargi mehmonimiz: FCB Artgroup Tashkent boshqaruvchi hamkori va kreativ direktori Shaxrux Nizamutdinov.

🗣 Podkastimiz davomida:
- Jeyms Bond filmi to'liq reklamadan iborat(mi)?
- Hozir unikal savdo taklifi yaratishning imkoni yo'q(mi)?
- Marketing tadqiqotlarini qanday o'tkazish kerak?
- Sun'iy intellekt rivojlanishi marketingga qanday ta'sir qiladi?
- Iste'molchilar insaytlarini olishda nimalarga e'tibor berish kerak?
- Kreativlar qanday paydo bo'ladi?

🎬 To‘liq podkast YouTube-kanalimizda. O‘ting va tomosha qiling!

https://youtu.be/-csbGsd6kXM
25-31-mart hisoboti.

Ushbu hisobotda telefondan qancha vaqt, kunning asosan qaysi paytlarida va qaysi dasturlardan faol foydalanganimni ko‘rish mumkin.

7 kun ichida umumiy hisobda 1 kun-u, 11 soat 16 daqiqa davomida telefondan foydalangan bo‘lsam, shundan 1 kun-u 3 soat 9 daqiqam 3 ta ijtimoiy tarmoq ichida o‘tgan.

Bir haftaning to‘liq 1,5 kuni telefon bilan o‘tib ketgan! Bu, albatta, juda ham yomon holat.

Vaqt isrofidan tashqari uyqu sifatining buzilishi, arzon dofaminga o‘rganib qolish kabi yomon oqibatlar ham yuzaga kelgan.

"O‘lchab bo‘lmaydigan narsani yaxshilab bo‘lmaydi", derdilar Alisher Isaev.

Bu holatni shu hafta sezgach, vaziyatni o‘nglashni boshladim. Natijalari bilan yaqinda bo‘lishaman InshaAlloh.

📌 telegram.me/hasanovblog
1-7-aprel hisoboti.

O‘tgan haftaga nisbatan telefondan 4 soat kam foydalana oldim. Farq kam ko‘rinishi mumkin, lekin bu ham yutuq.

Endi bu haftada ham niyatim yana kamida shuncha kamaytirish xudo xohlasa.

Asosiysi natija kichik yoki umuman bo‘lmaganda ham yomon odatni yo‘qotishda mustahkam turish kerak. Unga rozi bo'lib qolmaslik kerak!

📌 telegram.me/hasanovblog
Kirib kelayotgan Ramazon hayiti muborak bo'lsin!

📌 telegram.me/hasanovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mo‘min birovga zulm qilmaydi, zulmga ham rozi bo‘lmaydi.

Odamlar (xoh u musulmon bo‘lsin, xoh g‘ayridin) undan zarar ko‘rmasligiga qanchalik ishonsa, uning oldida boshqalar zarar berolmasligiga ham shunday ishonishi kerak.

Sizning oldingizda kimdir, insonlarga zulm qilishlariga jismonan qarshi turolmasangiz, hech yo‘q qalbingiz bilan qarshi turing!

Zulmga hech qachon rozi bo‘lmang!

📌 telegram.me/hasanovblog
8-14-aprel hisoboti.

Bu haftada telefondan o‘tgan haftaga nisbatan 2 soatcha kam foydalandim.

Oz-ozdan bo‘lsada, kamaytirishga harakat qilyapman. To‘xtab qolmaslik kerak InshaAlloh

📌 telegram.me/hasanovblog
Bir yil deganda instagram lentamga vanihoyat post jayladim!

Foydali bo‘ladi degan umiddaman:
instagram.com/khasanovfarukh
Farzandingiz xususiy maktabda o'qiydimi?

Bolangiz sifatli ta'lim va to'g'ri tarbiya olishining bitta samarali usuli bor, bu — ...


Bu samarali usulni esa aynan SIZ bilasiz!

Xususuy maktablarni tanlash va farzandingizni o'qitish davomida qanday muammolarga duch kelagansiz?

Quyidagi havola orqali savollarga javob berib, ta'lim darajasini yaxshilashda bizga yordam bersangiz!

👉 So'rovnomaga o'tish linki🔗

👍: So'rovnoma 10 daqiqacha vaqtingizni olishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hafta oxirlab, deadline'larga yaqin qolganimiz sabab, unutibman. Bugun bizni kunimiz ekan, barchani tabriklayman hurmatli marketologlar!

🎉

📌 telegram.me/hasanovblog
Bu dunyodagi eng ajoyib kitob javonlaridan biri!

Avstraliyalik er-xotin Jess va Sinkler Bren do'kondan o’zlariga yoqadigan kitob javonini topma olmaydilar va shuning uchun uni o'zlari yasashgan!

Men ham ayolim bilan birga shunaqasidan yasaymiz deb niyat qilib qo‘ydik, InshaAlloh.

📌 telegram.me/hasanovblog
Men har doim katta va muvaffaqiyatli ishni ko‘rganimda bilamanki, kimlardur qachonlardir to‘g‘ri qaror qabul qilishgan.

©Peter F. Drucker

📌 telegram.me/hasanovblog
Filip Kotler o‘z kitobida shunday deydi: "Ilk marketolog Iblisdir."

Qur'oni Karimda "Alloh Odamni daraxt mevasini yeyishdan man qildi. Iblis vasvasa qilib: "Ey odam, men senga abadiyat daraxtini va yo‘q bo‘lmas mulku davlatni ko‘rsataymi?" dedi." (Toha surasi, 120-oyat).

Harom narsalarning nomlarini o‘zgartirish orqali ziynatlab ko‘rsatish Iblisning odatidir.

Insonlar uchun manfaatsiz bo‘lgan narsalarni maqtab, ko‘klarga ko‘tarib sotayotgan sotuvchi, targ‘ib qilayotgan marketolog, ishlab chiqarayotgan tadbirkorlarni o‘sha Iblisdan hech qanday farqi yo‘q men uchun.
#arxivdan

📌 telegram.me/hasanovblog
Savobli ishga hissa qo'shmoqchilar uchun

Imkoniyati cheklangan yigit va qiz uchun 2 ta elektron nogironlik aravachasi olib berishimiz kerak. Ikkalasi ham Qur'on muxlisi.

Qiz bola boʻlajak qoriya, in shaa Alloh. 365 kun ham oilaviy tahajjudni, hatto qazo qoldirmaydi. Bir necha pora Qurʼonni tarjimasi bilan yodlagan. Oilaviy sharoiti og‘ir. Yaqinda oyogʻini kesishdi.

Alloh roziligi yo‘lida harakat qilaylik.

Pul ehson qilmoqchilar uchun:
4073420039589381 (Umidjon Ibragimov)

Jami 15 mln so'm kerak bo'lyapti.

P.S. Moddiy yordam qilolmasangiz, tarqatish bilan yordam bersangiz.

Bolalarga tegishli rasmlar pastda 👇
Batafsil ma'lumot uchun:
+998936869969
G‘oipov Navro'z